ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| I. Kadrlar salohiyatini oshirish | |||||
| 1. | Tibbiy taʼlim tizimini, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. | 1. Toshkent tibbiyot akademiyasida Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) standartlarini joriy etish boʻyicha pilot loyihani amalga oshirish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | Hisob-kitoblar asosida Toshkent tibbiyot akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov) |
| 2. Tibbiyot yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining bilimlarini ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholashni yoʻlga qoʻyish. Bunda, oʻqish davomiyligidan kelib chiqib tegishincha ikkinchi yoki uchinchi kurs yakuni boʻyicha birinchi bosqichda fundamental fanlar (anatomiya, gistologiya, fiziologiya, mikrobiologiya, immunologiya, biokimyo, farmakologiya, jamoat salomatligi va boshqalar) boʻyicha davlat imtihonlarini oʻtkazish koʻzda tutiladi. Oʻqish yakunidan soʻng ikkinchi bosqichda asosiy klinik fanlar (ichki kasalliklar va endokrinologiya, pediatriya, jarrohlik, akusherlik va ginekologiya, ruhiy salomatlik va psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam va boshqalar) boʻyicha bilimlarni qoʻllash yuzasidan davlat imtihonlarini, shuningdek, bemor oldida klinik imtihonni (shu jumladan professional tibbiy yordamni koʻrsatish boʻyicha) oʻtkazish koʻzda tutiladi. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | - | |||
| 3. “Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Nealth and Nealthcare Management), “Jamoat salomatligi: epidemiologiya va maʼlumotlar tahlili” (Public Nealth: Epidemiology and data science/data analytics), “Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Nealth: Nutrition), “Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine), “Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation) magistratura mutaxassisliklarini joriy etish hamda ushbu mutaxassisliklar boʻyicha har yili kamida 150 nafar mutaxassisni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralarini koʻrish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | |||
| 4. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | Davlat budjeti mablagʻlari | |||
| 5. Hududlarda tor sohadagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining 200 nafar bitiruvchisini magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va markazlarida oʻqitish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab reja-grafik asosida | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) | ||
| 6. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. Bunda, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish: talabalar va oʻqituvchilar nisbatini qayta koʻrib chiqish; kompetensiyalarga asoslangan oʻquv dasturlarini joriy etish; hamshiralarning klinik kompetensiyalarini kengaytirish, hamshiralar roli, lavozimlari va ish haqi darajalariga eʼtibor qaratgan holda hamshiralik kasbini isloh qilish; xalqaro tibbiyot maktablari bilan hamkorlikda oilaviy tibbiyot dasturlarini joriy etish; talabalarda klinik koʻnikmalarni shakllantirishga masʼul boʻlgan shifokorlar (klinik instruktorlar) uchun haq toʻlanadigan lavozimlarni joriy etish; hamshiralar, doyalar va boshqa oʻrta boʻgʻin mutaxassislari uchun bakalavr, magistr va fan doktori darajalarini beruvchi yangi kasbiy tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini joriy etish; fundamental fanlarni oʻzlashtirish bosqichidan keyingi bosqichga oʻtish uchun ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha talabni belgilash; talabalarning bilim va malakalari sifatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish. | 2024-yil 1-oktabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov) | ||
| 7. Uzluksiz tibbiy taʼlim tizimini takomillashtirish. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida uzluksiz kasbiy taʼlim elektron portalini joriy etish. | 2025-yil 1-yanvar | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) | ||
| 8. Shifokorlar va farmatsevtlar faoliyatini litsenziyalash, shuningdek, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. | 2024-2025-yillar | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) | ||
| II. Birlamchi boʻgʻinda xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish | |||||
| 2. | Birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish. | 1. Pulli va bepul xizmatlarni aniq belgilagan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini toʻliq joriy etish va moliyalashtirishni taʼminlash. Bunda quyidagilarni inobatga olish: oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda tibbiyot xodimlarining koʻnikmasini mustahkamlash; tuman miqyosida eng keng tarqalgan kasalliklar boʻyicha (ambulator tashriflarning 40 foizini tashkil etadigan kasalliklar hamda statsionar sharoitda yotqizib davolanadigan kasalliklarning 80 foizi) koʻrsatiladigan tibbiy yordamni xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash, buning uchun zarur boʻlgan asosiy dori vositalari, diagnostika usullari, tibbiy asbob-uskunalar bilan toʻliq taʼminlash. | 2024-2025-yillar | Hisob-kitoblar asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov) |
| 2. Tuman shifoxonalari darajasida diagnostika salohiyatini markazlashtirish va integratsiyalashuv orqali samaradorlik va sifat nazoratini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2024-yil 1-noyabr | ||||
| 3. Shifokorlar va hamshiralar oʻrtasidagi vazifalarni qayta koʻrib chiqish. | 2024-yil 1-avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) | |||
| 4. Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni hisobga olgan holda tibbiyot xodimlarining amaldagi funksional majburiyatlarini qayta koʻrib chiqish. | 2025-yil 1-yanvar | ||||
| 5. Sogʻliqni saqlash yoʻnalishidagi axborot tizimlarini yaratishni jadallashtirish. | 2024 — 2026-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) | |||
| 3. | Bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Infarkt, insult, shikastlanish va jarrohlik amaliyotlaridan soʻng hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari mavjud boʻlgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-iyun | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
| 4. | Sogʻlom turmush tarzini keng joriy etish. | 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash. | 2024-yil 1-may | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
| III. Hududlar va respublika darajasida xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish | |||||
| 5. | Davlat tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. | Tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish: | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Ermatov) | |
| a) Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida; | 2024-yil yakuniga qadar | ||||
| b) respublikaning barcha hududlarida. | 2026-yil yakuniga qadar | ||||
| 6. | Hududlardagi tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish. | Hududlardagi tibbiyot muassasalarida yakuniy natijaga yoʻnaltirilgan moliyalashtirishning yangi usullarini (“davolangan holat” uchun, jon boshiga moliyalashtirish va boshqalar) joriy etish. | 2024-2025-yillar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov) |
| 7. | Hududlar va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish. | 1. Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlarini joriy etish hamda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash. | 2024-yil yakuniga qadar | Hisob-kitoblar asosida ushbu markazlar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov ) |
| 2. Ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, dispanserlar va boshqa markazlarni koʻp tarmoqli hududiy shifoxonalarga aylantirishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish. | 2024-yil 1-sentabr | ||||
| 3. Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb etish orqali tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish. Bunda: nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha yoʻnalishlarda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat berish; arzonlashtirilgan narxlar va yuqori sifatning eng yaxshi kombinatsiyasini taklif qiluvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlarini tanlash boʻyicha har yili tenderlar oʻtkazish tartibini nazarda tutish. | 2024-yil 1-oktabr | ||||
| IV. Sogʻliqni saqlash tizimining boshqa yoʻnalishlarini takomillashtirish | |||||
| 8. | Tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasini takomillashtirish. | Tibbiyot xodimlarining (ish joyida) kasbiy etika bilan bogʻliq koʻnikmalarini rivojlantirish, shifokor sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik masalalari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish. | Reja-grafik asosida | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
| 9. | Onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish. | 1. Oilani toʻgʻri rejalashtirish va sogʻlom homiladorlikni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlarini olib borish. | 2024-yil yakuniga qadar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
| 10. | Xususiy sektor salohiyatidan keng foydalanishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish. | 1. Ilgari boshlangan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish. 2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini transformatsiya qilish, davlat tibbiyot muassasalarini ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov) |
| 11. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida islohotlarni jadallashtirish. | 1. Jahon savdo tashkiloti talablari, tibbiyot muassasalarini loyihalash, qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha yetakchi xorijiy tajribani inobatga olgan holda amaldagi 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish. | 2024-yil yakuniga qadar | Hisob-kitoblar asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
| 2. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining laboratoriyalarini kompleks baholash va ular samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2024-yil 1-noyabr | ||||
| 3. Shikastlanishlar, jumladan, yoʻl-transport hodisalari natijasida shikastlanish va oʻlim holatlari, shuningdek, oʻz joniga qasd qilish holatlari ustidan epidemiologik nazoratni yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil yakuniga qadar | ||||