30.09.2023 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida ilmiy tadqiqot olib borish, ijtimoiy sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda — Laboratoriya) tashkil etilganligi;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari hamda Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va Institut xodimlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasining tuzilmasi 1-ilovaga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktoriga Laboratoriya va Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Laboratoriya aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ijtimoiy himoyaga muhtojlikning birlamchi sabablarini tahlil qilish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan samarali va istiqbolli takliflar ishlab chiqish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan hamda monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlaridagi xodimlari malakasini oshirish uchun hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Laboratoriya va Markazning shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qaroriga asosan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatilishi munosabati bilan boʻshagan shtatlar hisobidan shakllantiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan oʻquv jarayoniga professor-oʻqituvchilarni hamda soha boʻyicha mutaxassislarni mehnatga soatbay (kunbay, ishbay) haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etilishi mumkin;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va Laboratoriyaning xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan koʻp boʻlmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:

a) Laboratoriya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;

ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2024-yil 1-apreldan boshlab, Markazda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralarning Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlaridagi xodimlari uchun uch yilda kamida bir marta mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining uch baravarigacha boʻlgan miqdordagi toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan toʻlov-shartnoma asosida 30 soatgacha boʻlgan ishdan ajralgan yoki ishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) shakldagi majburiy malaka oshirish kurslari;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Laboratoriyaga 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini hamda Markazga jami 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Laboratoriya va Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 30-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
518-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-sentabrdagi 518-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ilmiy kengash

Direktor

Ilmiy-metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor

Ijtimoiy tadqiqotlar boʻlimi

3

Buxgalter

Dasturiy tadqiqotlar boʻlimi

4

Bosh yuriskonsult

Tahririyat noshirlik boʻlimi

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Laboratoriya xodimlarining cheklangan umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 14 nafar.
(izohninng 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori bilan kelishilgan holda, qoʻshimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarga jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-sentabrdagi 518-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tashkiliy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ilmiy kengash

Direktor

Oʻquv va metodik jarayonlarni tashkil etish boʻyicha direktor oʻrinbosari

Ijro intizomi — devonxona va umumiy nazorat katta inspektori**

Taʼlim jarayonlarini tashkil qilish va nazorat qilish boshqarmasi

3

Bosh yuriskonsult**

Taʼlim dasturlar va normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish boʻlimi

4

Buxgalter**

Keys-menejmentni tashkil qilish va monitoring qilish boʻlimi

4

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor**

Ijtimoiy ish kafedrasi*

4

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻlimi

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 23 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha kafedra mudiri boʻlim boshligʻiga, professor-oʻqituvchilar bosh mutaxassisga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi. Bunda, ularning ish haqini hisoblash yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarif koeffitsiyentini 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Masʼul xodimlar shtat birliklari soni bir nafardan iborat boʻlganda mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha boʻlim boshligʻiga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professor-oʻqituvchilar soni malaka oshiruvchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 09/23/518/0741-son; 19.10.2023-y., 09/23/539/0785-son; 01.05.2024-y., 09/24/253/0314-son, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)