ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddati | |||
1-bosqich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Xavf tahlili asosida ichki audit xizmatlarini tanlab oladi va baholash yillik rejasini tasdiqlaydi. | Har yili 1-martga qadar | |||
2-bosqich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Baholashni oʻtkazish muddati koʻrsatilgan holda davlat organlari va tashkilotlarini xabardor qiladi. | Baholash boshlanish sanasidan kamida oʻn kun oldin | |||
3-bosqich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | 1. Ichki audit xizmatida baholashni amalga oshiradi. 2. Baholash natijalarini rasmiylashtiradi hamda ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. | Oʻn ish kuni ichida | |||
4-bosqich | Davlat organlari va tashkilotlar | Ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. | Baholash yakunlangandan soʻng besh ish kuni ichida | |||
5-bosqich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | 1. Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash va takomillashtirish boʻyicha hisobotni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 2. Hisobot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka eʼlon qiladi. | Yarim yil yakunlari boʻyicha iyul oyining 20-sanasiga va yil yakunlari boʻyicha yanvar oyining 25-sanasiga qadar | |||
2-ILOVA
T/r | Nazorat savollari | Baholash mezoni | Ball | Vazn |
1. Ichki audit xizmati faoliyatining belgilangan tartibda tashkil etilishi, mustaqilligi hamda resurslar bilan taʼminlanishi | ||||
1.1. | Ichki audit xizmati davlat organi va tashkilotining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilganmi? | Ha, mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilgan — 2 ball. Yoʻq, mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilmagan — 0 ball. | ||
1.2. | Ichki audit xizmatining davlat organi va tashkilotining birinchi rahbariga boʻysunuvi belgilanganmi? | Ha, birinchi rahbarga boʻysunuvi belgilangan — 2 ball. Yoʻq, birinchi rahbarga boʻysunuvi belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.3. | Ichki audit xizmati xodimlarining mustaqilligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilangan — 2 ball. Yoʻq, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.4. | Ichki audit xizmatiga oʻz faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatga oid vazifalar yuklanishiga cheklov(lar) ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi (ichki) nizomda belgilanganmi? | Ha, belgilangan — 2 ball. Yoʻq, belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.5. | Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyatiga aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bandlar qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, qabul qilingan — 2 ball. Yoʻq, qabul qilinmagan — 0 ball. | ||
1.6. | Ichki audit xizmati xodimining asosiy faoliyat natijalariga javobgar hisoblanmasligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, tegishli normalar belgilangan — 2 ball. Yoʻq, tegishli normalar belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.7. | Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun xodimlar bilan toʻldirilganmi? | Xodimlar bilan toʻldirilganlik darajasi 90 foiz va undan yuqori — 2 ball. Xodimlar bilan toʻldirilganlik darajasi 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball. 80 foizdan past — 0 ball. | ||
1.8. | Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganmi? | Ha, yetarli moddiy-texnik baza bilan taʼminlangan — 2 ball. Yoʻq, moddiy-texnik baza bilan taʼminlanmagan — 0 ball. | ||
1.9. | Ichki audit xizmati xodimlarining qoʻnimsizligi qanday? (oxirgi 12 oyda) | Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi almashmagan — 2 ball. Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi 30 foizgacha almashgan — 1 ball. Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi 30 foizdan yuqori almashgan — 0 ball. | ||
2. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid tegishli ichki hujjatlarning qabul qilinishi | ||||
2.1. | Davlat organi va tashkilotining ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi (ichki) nizomi Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilganmi? | Ha, muvofiq ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, muvofiq ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
2.2. | Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari mavjudmi (tasdiqlanganmi)? | Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
2.3. | Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiqmi? | Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga toʻliq muvofiq — 2 ball. Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boʻlmagan qismlar mavjud — 0 ball. | ||
2.4. | Lavozim yoʻriqnomalarida ichki audit xizmati xodimlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi koʻrsatilganmi? | Koʻrsatilgan — 2 ball. Toʻliq koʻrsatilmagan — 0 ball. | ||
2.5. | Ichki audit xizmati hisobdorligi ichki hujjatlar bilan belgilanganmi hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqmi? | Ha, belgilangan hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq — 2 ball. Yoʻq, ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq emas (Ichki audit xizmati hisobdorligi belgilanmagan) — 0 ball. | ||
2.6. | Ichki audit xizmatiga ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga yoki ushbu tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaslik holatlari qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, qabul qilingan va amal qilinadi — 2 ball. Qabul qilingan, lekin amal qilinmaydi — 1 ball. Qabul qilinmagan — 0 ball. | ||
3. Ichki audit yillik rejasining xavf tahlili asosida ishlab chiqilishi | ||||
3.1. | Ichki audit yillik rejasi xavf tahlili asosida ishlab chiqilganmi? | Ha, xavf tahlili asosida ishlab chiqilgan — 2 ball. Ichki audit yillik rejasi ishlab chiqilgan, lekin uni ishlab chiqishda xavf tahlili oʻtkazilmagan — 1 ball. Yoʻq, yillik reja ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
3.2. | Xavf tahlilini amalga oshirishda barcha ichki audit obyektlari qamrab olinganmi? | Barcha ichki audit obyektlari qamrab olingan — 2 ball. Ayrim ichki audit obyektlari qamrab olinmagan — 0 ball. | ||
3.3. | Ichki audit yillik rejasini ishlab chiqishda xavf darajasi yuqori boʻlgan ichki audit obyektlari toʻliq qamrab olinganmi? | Toʻliq qamrab olingan — 2 ball. Mavjud vaqt va inson resurslari yetarli boʻlmaganligi sababli toʻliq qamrab olinmagan — 1 ball. Toʻliq qamrab olinmagan (boshqa sabablarga koʻra) — 0 ball. | ||
3.4. | Xavf darajasi yuqori boʻlgan ichki audit obyektlarini toʻliq qamrab olish uchun resurslar yetarlimi (yoki yetarli boʻlmagan taqdirda, bu toʻgʻrisida birinchi rahbar xabardor qilinganmi)? | Ha, resurslar yetarli (yoki resurslar yetarli boʻlmaganligi toʻgʻrisida xabardor qilingan) — 2 ball. Yoʻq, resurslar yetarli boʻlmaganligi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan — 0 ball. | ||
3.5. | Ichki audit yillik rejasini ishlab chiqishda rejadan tashqari ichki audit tadbirlariga ajratiladigan vaqt resurslari jami vaqt resurslarining qancha qismini tashkil qiladi? | 20 foizgacha boʻlgan qismini tashkil qiladi — 2 ball. 20 foizdan koʻproq qismini tashkil qiladi — 0 ball. | ||
3.6. | Ichki audit yillik rejasi mavjud vaqt resurslarini hisobga olgan holda ishlab chiqilganmi? | Ha, mavjud vaqt resurslarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, mavjud vaqt resurslarini hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan — 0 ball. | ||
3.7. | Barcha oʻtkazilgan ichki audit tadbirlari tarkibida rejadan tashqari audit tadbirlari ulushi qancha qismni tashkil etadi? | 20 foizdan kam — 2 ball. 20 foizdan koʻp — 0 ball. | ||
3.8. | Ichki audit xizmatining ichki audit yillik rejasi davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan oʻz vaqtida tasdiqlanadimi? | Ha, oʻz vaqtida tasdiqlanadi — 2 ball. Tasdiqlanadi, lekin oʻz vaqtida emas — 1 ball. Yoʻq, oʻz vaqtida tasdiqlanmaydi — 0 ball. | ||
4. Ichki audit tadbirlarining qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi va natijalarining rasmiylashtirilishi (tanlama tartibda oʻrganiladi) | ||||
4.1. | Ichki audit tadbirlari uchun belgilangan tartibda dastur ishlab chiqilganmi? | Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
4.2. | Ichki audit tadbirlari natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilganmi? | Ha, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan — 2 ball. Yoʻq, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan — 0 ball. | ||
4.3. | Ichki audit tadbiri hisobotida taklif va tavsiyalar mavjudmi? | Ha, taklif va tavsiyalar mavjud — 2 ball. Yoʻq, taklif va tavsiyalar mavjud emas — 0 ball. | ||
4.4. | Ichki audit xizmati faoliyati natijalari yuzasidan hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligiga muntazam ravishda va oʻz vaqtida taqdim etiladimi? | Hisobot belgilangan muddatlarda taqdim etiladi — 2 ball. Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etiladi, lekin belgilangan muddatlarda emas — 1 ball. Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmaydi — 0 ball. | ||
4.5. | Ichki audit tadbirlari belgilangan muddatlarda oʻtkazilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda oʻtkazilgan — 2 ball. Yoʻq, belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan — 0 ball. | ||
4.6. | Ichki audit tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarida jinoyat alomati mavjud boʻlgan taqdirda davlat organi va tashkiloti rahbari yozma ravishda xabardor qilinganmi? | Xabardor qilingan — 2 ball. Xabardor qilinmagan — 0 ball. | ||
4.7. | Ichki audit tadbirlari natijalari belgilangan muddatlarda “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga kiritilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda kiritilgan — 2 ball. Kiritilgan, lekin belgilangan muddatlarda emas — 1 ball. Yoʻq, kiritilmagan — 0 ball. | ||
4.8. | Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan xavf-tahlillar boʻyicha belgilangan muddatlarda audit tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida tegishli choralar koʻrilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda choralar koʻrilgan — 2 ball. Choralar koʻrilgan, lekin muddatida emas — 1 ball. Yoʻq, choralar koʻrilmagan — 0 ball. | ||
4.9. | Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan xavf-tahlillar boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish natijalari belgilangan muddatlarda “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali Hisob palatasiga taqdim etilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda taqdim etilgan — 2 ball. Taqdim etilgan, lekin muddatida emas — 1 ball. Yoʻq, taqdim etilmagan — 0 ball. | ||
4.10. | Budjet dasturlarining ijrosi ichki audit xizmati tomonidan belgilangan yoʻnalishlarda baholanganmi? | Ha, belgilangan yoʻnalishlarda baholangan — 2 ball. Baholangan, lekin belgilangan barcha yoʻnalishlarda emas — 1 ball. Yoʻq, baholanmagan — 0 ball. | ||
4.11. | Budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlari ichki audit xizmati tomonidan belgilangan muddatlarda baholanganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda baholangan — 2 ball. Baholangan, lekin muddatida emas — 1 ball. Yoʻq, baholanmagan — 0 ball. | ||
4.12. | Ichki audit xizmati tomonidan budjet dasturlarining ijrosini baholash natijalari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganmi? | Ha, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
4.13. | Ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha davlat organi va tashkiloti rahbariga hisobotlar taqdim etib borilganmi? | Ha, taqdim etib borilgan — 2 ball. Yoʻq, taqdim etib borilmagan — 0 ball. | ||
4.14. | Ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha har chorakda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida hisobotlar jamoatchilikka eʼlon qilib borilganmi? | Ha, eʼlon qilib borilgan — 2 ball. Eʼlon qilib borilgan, lekin har chorakda emas — 1 ball. Yoʻq, eʼlon qilib borilmagan — 0 ball. | ||
5. Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi | ||||
5.1. | Ichki audit tadbirida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning barchasi chora-tadbirlar rejasiga kiritilganmi? | Barcha taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan — 2 ball. Ayrim taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 1 ball. Taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 0 ball. | ||
5.2. | Ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi qanday? | Chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi 90 foiz va undan yuqori — 2 ball. Chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball. 80 foizdan past — 0 ball. | ||
5.3. | Ichki audit xizmati tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi boʻyicha monitoring yoʻlga qoʻyilganmi? | Ha, monitoring yoʻlga qoʻyilgan — 2 ball. Yoʻq, monitoring yoʻlga qoʻyilmagan — 0 ball. | ||
5.4. | Ichki audit tadbiri natijalari yakuniga koʻra chora-tadbirlar rejasi belgilangan tartibda tuzilganmi? | Ha, belgilangan tartibda tuzilgan — 2 ball. Yoʻq, belgilangan tartibdan farq qiladi — 0 ball. | ||
5.5. | Ichki audit xizmati tomonidan qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlarining oldini olish (profilaktika) amalga oshirilganmi? | Ha, profilaktika amalga oshirilgan — 2 ball. Yoʻq, profilaktika amalga oshirilmagan — 0 ball. | ||
5.6. | Ichki audit xizmati tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy audit amalga oshirilganmi? | Ha, amalga oshirilgan — 2 ball. Yoʻq, amalga oshirilmagan — 0 ball. | ||
5.7. | Ichki audit xizmatining barcha xodimlari masofaviy audit oʻtkazish uchun “OʻzASBO” dasturiy majmuasidan foydalanadimi? | Ha, barchasi foydalanadi — 2 ball. Ayrim xodimlar foydalanadi — 1 ball. Yoʻq, foydalanmaydi — 0 ball. | ||
5.8. | Ichki audit xizmati tomonidan yillik ish rejasining bajarilishi koʻrsatkichi qanday? | 90 foiz va undan yuqori — 2 ball. 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball. 80 foizdan past — 0 ball. | ||
6. Ichki audit xizmati xodimlarining malaka darajasi hamda faoliyati samaradorligining Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida baholanishi | ||||
6.1. | Ichki audit xizmati xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ichki audit xizmati xodimlarini kasbiy rivojlantirish boʻyicha ishlar amalga oshirilganmi? | Xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilgan — 2 ball. Xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilmagan — 0 ball. | ||
6.2. | Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit faoliyatiga oid seminar, treninglarda, shu jumladan, xorijiy davlatlarda tashkil etilgan seminar, treninglarda ishtirok etadimi? | Ha, seminar, treninglarda muntazam ravishda ishtirok etadi — 2 ball. Seminar, treninglarda ishtirok etadi, lekin muntazam emas — 1 ball. Seminar, treninglarda ishtirok etmaydi — 0 ball. | ||
6.3. | Ichki audit xizmati rahbari va xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash amalga oshirilganmi? | Ha, baholash amalga oshirilgan — 2 ball. Yoʻq, baholash amalga oshirilmagan — 0 ball. | ||
6.4. | Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholashda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan toʻliq foydalanilganmi? | Ha, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan toʻliq foydalanilgan — 2 ball. Yoʻq, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan toʻliq foydalanilmagan — 0 ball. | ||
6.5. | Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholashda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash toʻgʻri amalga oshirilganmi? | Ha, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻri hisoblangan — 2 ball. Yoʻq, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻri hisoblanmagan — 0 ball. | ||
6.6. | Ichki audit xizmatining faoliyati samaradorlik koʻrsatkichi qanday? | 86 foiz va undan yuqori — 2 ball. 71 foizdan (71 foiz ham kiradi) 86 foizgacha — 1 ball. 71 foizdan past — 0 ball. | ||
7. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid boshqa savollar | ||||
7.1. | Ichki audit faoliyatiga oid murojaatlar ijrosi koʻrsatkichi qanday? | 100 foiz — 2 ball. 90 foizdan (90 foiz ham kiradi) 100 foizgacha — 1 ball. 90 foizdan past — 0 ball. | ||
7.2. | Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun ichki va tashqi axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjudmi? | Ha, barcha ichki va tashqi axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjud — 2 ball. Ichki va tashqi axborot tizimlaridan qisman foydalanish imkoniyati mavjud — 1 ball. Yoʻq, foydalanish imkoniyati mavjud emas — 0 ball. | ||
7.3. | Ichki audit xizmati xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilganlik holati? | Odob-axloq qoidalariga rioya etilgan — 2 ball. Odob-axloq qoidalariga rioya etilmaganlik holatlari mavjud — 0 ball. | ||
7.4. | Ichki audit xizmati tomonidan fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi boʻyicha nazorat obyektlari “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga toʻliq kiritilganmi? | Toʻliq kiritilgan — 2 ball. Kiritilgan, lekin toʻliq emas — 1 ball. Kiritilmagan — 0 ball. | ||
7.5. | Ichki audit xizmati davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan audit (nazorat) ishlariga oid hujjatlar monitoringini yuritganmi? | Ha, monitoring yuritilgan — 2 ball. Yoʻq, monitoring yuritilmagan — 0 ball. | ||
7.6. | Ichki audit xizmatining davlat organi va tashkilotida “Xavflarni boshqarish” qoʻmitasining ishchi organi sifatida faoliyati yoʻlga qoʻyilganmi? | Ha, toʻliq yoʻlga qoʻyilgan — 2 ball. Qisman yoʻlga qoʻyilgan — 1 ball. Yoʻq, yoʻlga qoʻyilmagan — 0 ball. | ||
7.7. | Ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oldingi baholashda berilgan taklif va tavsiyalar bajarilganmi? | Ha, bajarilgan — 2 ball. Yoʻq, bajarilmagan (yoki qisman bajarilgan) — 0 ball. | ||
Baholash natijasi (foizda) | ||||
Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijasi | ||
___________ (davlat organi va tashkiloti nomi) ___________ (ichki audit tuzilmasi nomi) tomonidan ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqlik va sifat darajasi “__” foiz koʻrsatkich bilan ________ (biri tanlanadi: yuqori, oʻrta, past) deb baholandi. | ||
Maʼlumot uchun. Baholash natijasiga koʻra ichki audit xizmati faoliyatining sifat darajasi quyidagicha baholanadi: | ||
yuqori — 90 foiz va undan yuqori, oʻrta — 70 foizdan (70 foiz ham kiradi) 90 foizgacha, past — 70 foizdan kam. | ||
____________________________ | ____________ | ____________ |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼul xodimi | (imzo) | (kun, oy, yil) |
3-ILOVA
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Ichki audit obyekti fikr-mulohazalarining | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | Ichki audit obyekti nomi | | ||||||||||||||||||||||
| | Soʻrovnomani toʻldiruvchining F.I.O. | |||||||||||||||||||||||
| | Sana | | ||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
T/r | Savollar | Bildirilgan fikr — mulohazalar | ||||||||||||||||||||||
yaxshi (ha) | qoniqarli | qoniqarsiz (yoʻq) | ||||||||||||||||||||||
I. | Umumiy savollar | |||||||||||||||||||||||
1. | Ichki audit xizmati faoliyatini qanday baholaysiz? | |||||||||||||||||||||||
2. | Ichki audit xizmati xodimlarining bilim va tajribasini qanday baholaysiz? | |||||||||||||||||||||||
3. | Ichki audit xizmati xodimlari tomonidan faoliyatingiz yuzasidan beriladigan maslahatlarni qanday baholaysiz? | |||||||||||||||||||||||
II. | Ichki audit tadbirlariga oid savollar | |||||||||||||||||||||||
4. | Ichki audit tadbiri boshlanishidan avval Sizga bu haqida xabarnoma yuborilganmi? | |||||||||||||||||||||||
5. | Ichki audit xizmati xodimlarining ichki audit tadbiri boʻyicha bilim va koʻnikmalarini qanday baholaysiz? | |||||||||||||||||||||||
6. | Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit tadbiri davomida odob-axloq qoidalariga muvofiq faoliyat olib bordimi? | |||||||||||||||||||||||
7. | Ichki audit tadbiri dasturda koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlarda oʻtkazildimi? | |||||||||||||||||||||||
8. | Ichki audit tadbiri belgilangan muddat davomida oʻtkazildimi? | |||||||||||||||||||||||
9. | Ichki audit tadbiri davomida aniqlangan xato va kamchiliklarga ichki audit xizmati tomonidan berilgan taklif va tavsiyalardan qay darajada qoniqish hosil qildingiz? | |||||||||||||||||||||||
10. | Ichki audit xizmati tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar amaliymi, ular tashkilot faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladimi? | |||||||||||||||||||||||
11. | Ichki audit tadbiri hisoboti ichki audit xizmati tomonidan xolis tayyorlandimi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmadimi? | |||||||||||||||||||||||
12. | Ichki audit tadbiri hisobotiga oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirdingizmi hamda ular inobatga olindimi? | |||||||||||||||||||||||
Qoʻshimcha: | ||||||||||||||||||||||||
a) kelgusida ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha nima ishlar qilinishi kerak deb oʻylaysiz? | ||||||||||||||||||||||||
| _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||||||||||||
b) boshqa fikr-mulohazalar, takliflar (davlat organi va tashkiloti moliyaviy faoliyatini yaxshilash yoki ichki audit xizmati faoliyati bilan bogʻliq): | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Izoh. | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
_________________________________ | | | ____________ | | | ____________ | | | ||||||||||||||||
Soʻrovnomani toʻldiruvchi (F.I.O., lavozimi) | | | (imzo) | | | (kun, oy, yil) | | | ||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |