08.08.2023 yildagi PF-129-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish orqali hududga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning takliflarini bevosita oʻrganish asosida kelgusi yetti yilda rivojlantirishning belgilangan pirovard natijalariga erishish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “Oʻzmilliybank” AJ, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va AT “Aloqabank”ga 100 million AQSh dollari ajratsin. Bunda, ushbu mablagʻlar doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 12 foiz boʻlgan yillik stavkalarda 10 yil muddatgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi. Bunda, tijorat bankining marjasi xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha 1 foiz, milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha 2 foiz miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar tijorat banklari taʼsischiligidagi investitsiya kompaniyalari tomonidan amalga oshirilib, keyinchalik ular “tayyor loyiha” sifatida tadbirkorlarga sotiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit mablagʻlari 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2024-yil yakuniga qadar yangi loyihalarni moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan qoʻshimcha 200 million AQSh dollari miqdorida kredit mablagʻlari jalb qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu mablagʻlarni moliyalashtirish va loyihalarni amalga oshirish mazkur Farmonning 1-bandida belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida biznes muhitini yanada yaxshilash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga 2025-yil 1-yanvarga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan, istisno tariqasida, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda aylanma mablagʻlarni shakllantirish maqsadlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda, kafillik shartnomasini bir tomonlama bekor qilmaslik sharti bilan kafillik taqdim etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarga yer uchastkalarini, bino va inshootlarni xususiylashtirib berish tartibi belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududda ommaviy savdolarda turgan davlat mulki obyektlari 3 oy muddatda sotilmagan taqdirda ularni elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyati bilan berish tartibi joriy qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida 1 million AQSh dollari, qolgan tumanlarida 300 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyati bilan loyiha tashabbuskorlariga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri uzoq muddatli ijara huquqi bilan berish tizimi joriy qilinadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga oʻzining qarori asosida oʻrmon fondi yerlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidagi sugʻorilmaydigan yer uchastkalarining (yaylovlar, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past boʻlgan yerlarning) yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha, istisno tariqasida, vakolat beriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika ishchi guruhi rahbari A.N. Aripov:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda joyiga chiqqan holda yuzaga kelgan muammolarni oʻrgansin va ularni bartaraf etish choralarini koʻrib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi A.T. Orinbayev bilan birgalikda har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga amalga oshirilayotgan ishlar samarasi va natijadorligi toʻgʻrisida axborot berib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023 — 2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va istiqbolli loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha kichik ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Markaziy bank:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2024-yildan boshlab har yili tijorat banklariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kamida 2 trln soʻm kredit mablagʻlari ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi shartlar asosida kredit mablagʻlari ajratish tizimini yoʻlga qoʻysin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida yangidan tashkil etilgan, hisob raqamida mablagʻ yetarli darajada aylanmagan tadbirkorlik subyektlariga, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun garov taʼminotidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish hamda ishlab chiqarish jarayonidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash, bilim va salohiyatini oshirish maqsadida ularning xorijiy davlatlarda tahsil olishlari uchun 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori boʻlmagan miqdorda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xoʻjayli tumanidagi 100 gektar yer maydonida “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi”ni (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar markazi) tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar markazi hududida IT-park, loyiha ofislari, startaplar texnoparki, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash “innovatsion guruhlari”, madaniy va maʼnaviy markazlar, kutubxona hamda sport komplekslari tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va yoshlarga “Mening birinchi uyim” loyihasi doirasida koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar quriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari Yoshlar markazi hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash sharti bilan tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yoshlar markazida belgilangan obyektlarni barpo etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 2023 — 2027-yillar davomida 10 yil muddatda qaytarish sharti bilan 1 trln soʻm miqdorida ssuda mablagʻlari ajratishni koʻzda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraoʻzak tumani hududidagi “Berkuttau” mis konida geologik qidiruv ishlarini yakunlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 ta istiqbolli maydonda aniqlangan ohaktosh, mineral tuzlar, qurilish toshi va qumlari, bentonit, porfirit zaxiralarini elektron auksion savdolariga joylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari A.N. Aripov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi A.T. Orinbayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 8-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-129-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PF-129-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Aripov Abdulla Nigmatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Orinbayev Amanbay Tleubayevich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

Xodjayev Jamshid Abduxakimovich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

4.

Qudratov Laziz Shavkatovich

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

5.

Zakirov Botir Irkinovich

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

6.

Voitov Aziz Botirovich

qishloq xoʻjaligi vaziri

7.

Saydullayev Nodir Narzullayevich

Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

8.

Boboyev Adiz Muzaffarovich

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

9.

Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari

10.

Fayzullayev Djamal Sabaxonovich

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari

11.

Jumanazarov Akmal Roʻziqulovich

energetika vaziri oʻrinbosari

12.

Musamuxamedov Nodir Kamalitdinovich

Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

13.

Mirzayev Mubin Muxiddinovich

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

14.

Tursunov Jamshid Yunusovich

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi v.b.

15.

Usmonov Bekzod Shavkat oʻgʻli

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari

16.

Abdullayev Abdushukur Hamidovich

Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari

17.

Azimov Dilshod Surʼatovich

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b.

18.

Mustafayev Ulugʻbek Mavlonovich

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

19.

Eshmuratov Baxodir Beshimovich

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

20.

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PF-129-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023 — 2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va istiqbolli loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KIChIK IShChI GURUHI TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Vafayev Shuxrat Abdusharifovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori, Kichik ishchi guruhirahbari

2.

Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpulatovich

energetika vaziri

3.

Islamov Bobir Farxadovich

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

4.

Boboyev Adiz Muzaffarovich

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

5.

Pulatov Farrux Jahongirovich

Kadastr agentligi direktori

6.

Mirsoatov Alisher Kudratullayevich

“Oʻzmilliybank”AJ boshqaruvi raisi

7.

Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

8.

Toʻlaganov Kudratilla Asatullayevich

“Asakabank” ATB boshqaruvi raisi

9.

Sidiqov Bahodirjon Bahromovich

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

10.

Muxamedjanov Timur Rasulovich

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b.

11.

Xaydarov Ilhom Utkurovich

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

12.

Mustafayev Ulugʻbek Mavlonovich

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

13.

Eshmuratov Baxodir Beshimovich

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

14.

Rustamov Olimxon Bakiyevich

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari, Kichik ishchi guruh kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik ishchi guruhi rahbari belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda zaruratga qarab ishchi guruhga qoʻshimcha vakillarni jalb qilish vakolatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PF-129-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida ishlab chiqarish, xiz�at koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish uchun Namangan viloyati tajribasi asosida mahallalararo tayyor infratuzilmaga ega sanoat maydonlarini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, tasdiqlash va samarali joriy etishni doimiy nazoratga olish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

1 oy muddatda

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov)

2.

Respublika ishchi guruhi har bir aʼzosining Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha vazifalarini va ish rejasini tasdiqlash.

Har bir aʼzoning alohida ish rejasi

3 kun muddatda

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov)

3.

Respublika ishchi guruhining har bir aʼzosi tomonidan belgilangan ish reja ijrosini taʼminlash va Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida hisobot berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Yil yakunida

Respublika ishchi guruhining aʼzolari

4.

2023 — 2025-yillarda shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, sanoat yoʻnalishida amalga oshiriladigan kamida 1 mingta investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish va ularning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazorat olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2 oy muddatda

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov)

5.

Xalqaro va respublika ahamiyatidagi yoʻl infratuzilmasini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish talab etiladigan obyektlar manzilli roʻyxatini ishlab chiqish hamda ushbu obyektlarning 2024-yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-oktabr

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov)

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi davlat ulushi mavjud aktivlarni toʻliq auksion savdolariga chiqarish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov)

7.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narx-navosi barqarorligini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov)

8.

Misr Arab Respublikasidan investorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasida shakar mahsulotini ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyoni hududning oʻzida yetishtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

9.

Xitoy Xalq Respublikasidan investorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida kamida 50 ming bosh naslli chorvaga moʻljallangan chorvachilik komplekslarini tashkil etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

10.

Qoʻngʻirot tumanida “Polibutilen adipat tereftalat (RVAT) ishlab chiqarish” hamda “MTO texnologiyasi asosida monoetilenglikol (MEG), polietilentereftalat (PET) va polipropilen ishlab chiqarish” investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyiha hujjatlarini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yakuniga qadar

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

11.

Tovarlarni eksport va import qilish uchun bojxona rasmiylashtiruvida beriladigan sertifikat va ruxsatnomalarni hududning oʻzida rasmiylashtirish maqsadida laboratoriyalarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

12.

“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi va “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi hududiga olib boruvchi temir yoʻl tarmogʻini qurish masalasini oʻrganib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

13.

Xoʻjayli tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududidagi hamda Qoʻngʻirot tumanining Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh hududidagi bojxona postlari atrofida erkin savdo zonalari tashkil etish masalasini oʻrganib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

Respublika ishchi guruhi

(A.N. Aripov)

14.

Nukus shahri, Muqimiy koʻchasi, 22-uyda joylashgan sobiq Nukus transport texnikumi negizida Raqamli texnologiyalar institutini tashkil etish.

Bunda, talabalarni oʻqishga qabul qilish 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish va istiqbolli loyihalarga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlarini jadallashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillarda

Kichik ishchi guruh

(Sh.A. Vafayev)

16.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish va ular boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har oyda kamida bir marotaba

Kichik ishchi guruh

(Sh.A. Vafayev)

17.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun istiqbolli xorijiy investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har oyda

Kichik ishchi guruh

(Sh.A. Vafayev)

18.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi Beruniy tumani filialini zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan belgilangan tartibda 55 mlrd soʻm mablagʻ ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillarda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 06/23/129/0569-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)