Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2026 07.07.2023 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-sonli “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda respublikada xalqaro tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, logistika xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va samarali transport infratuzilmasini yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda transport va logistika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli amaliy ishlarga qaramasdan, hamon ushbu sohada tizimli kamchiliklar mavjud boʻlib, ayrim normalarni takomillashtirish hamda jahon tajribasidan kelib chiqib uygʻunlashtirish, sohani yashirin iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish talab etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro tashish sohasida band boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining xorijiy ruxsatnomalarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022-yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-avgustdagi PQ-364-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchilarning xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyoji haqidagi maʼlumotlarni shakllantirish hamda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlarini inson omilisiz toʻliq avtomatlashtirilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchilar reytingini yuritish va bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan eng koʻp daromad olayotgan tashuvchilarni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchilarga ularning ehtiyojini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga qaytarish majburiyatini yuklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga bergan hamda ularni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga qaytarmagan milliy tashuvchilarga nisbatan ruxsatnomalar berilishini toʻxtatib turish boʻyicha sanksiyalarni inson omilisiz avtomatik tarzda qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston ruxsatnomalarini xorijiy tashuvchilarga berish, ulardan foydalanish hamda yuklarni xalqaro tashish turlarini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda milliy tashuvchilarning elektron hisobvaraq-fakturalar boʻyicha bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan daromadini aniqlash maqsadida tegishli axborot tizimlari oʻrtasida elektron maʼlumot almashinuvini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida xorijiy tashuvchilar tomonidan avtomobilda xalqaro yuk tashishning ruxsatnoma tizimiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan mezonlar va tartibga asosan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlari 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda milliy tashuvchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan joriy yil uchun qoʻshimcha ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini kelishish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, avtomobilda yuklarni xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro va mintaqaviy bozorlarga chiqishni taʼminlaydigan tashqi savdo yoʻnalishlaridagi asosiy tranzit davlatlar bilan bosqichma-bosqich tranzit yuk tashishlarni ruxsatnomasiz tizimga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va amaliy ahamiyati milliy tashuvchilar oʻrtasida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 7-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning amal qilishi milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashishni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil transportida xavfli, katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilarni, bagajni xalqaro tashishda — yoʻlovchilarni, bagajni tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrindigʻi bilan hisoblaganda 9 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi (avtobus);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklarni xalqaro tashishda — yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi (yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobili, shatakchi avtomobil yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobil);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yoʻlovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi va bunga maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tashuvchi — xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yoʻlovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish — yuk yoki yoʻlovchilarni ikki yoki undan ortiq davlatlar hududlari boʻylab avtomobil transportida tashish, shuningdek, yuksiz avtotransport vositasining ikki yoki undan ortiq davlatlar hududi boʻylab oʻtishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni ikki tomonlama xalqaro tashish (yuk va yoʻlovchilar ikki tomonlama tashish) — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga yoki xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tashish hamda xorijiy davlat tashuvchisiga tegishli avtotransport vositasida va ushbu avtotransport vositasi roʻyxatga olingan xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ushbu xorijiy davlat hududiga tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tranzit tashish (tranzit tashish) — avtotransport vositasining yuk yoki yoʻlovchilar bilan (yoxud ularsiz) davlat hududi boʻylab oʻtishi, bunda joʻnash va borish punktlari ushbu davlat hududidan tashqarida joylashgan boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga avtomobilda yuklarni xalqaro tashish (uchinchi davlatga/dan tashish) — joʻnatuvchi mamlakatda yuklangan va qabul qiluvchi mamlakatda tushirilgan, joʻnash yoki qabul qilish mamlakati hisoblanmaydigan mamlakatda roʻyxatga olingan avtotransport vositalarida yuklarni tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashish — oldindan kelishilgan yoʻnalish, jadval, tariflar, tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar chiqariladigan va tushiriladigan toʻxtash bekatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisida avtomobil transportida yoʻlovchilarni va bagajni muntazam tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro nomuntazam tashish — avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashishga tegishli boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisida avtomobil transportida yoʻlovchilarni va bagajni tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnov — avtotransport vositasining joʻnash punktidan borish punktigacha oʻtishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma — avtotransport vositasining davlat hududi boʻylab oʻtishi va unda koʻrsatilgan tashish turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat (blanka yoki e-Permit elektron shakli);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston ruxsatnomasi — xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻtishiga bir martalik ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ruxsatnoma — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining xorijiy davlat hududi boʻylab oʻtishiga bir martalik ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp tomonlama ruxsatnoma — bunday ruxsatnoma egasiga tegishli boʻlgan avtotransport vositasining koʻp tomonlama ruxsat berish tizimiga aʼzo boʻlgan har qanday davlat hududi boʻylab bir martalik oʻtishiga ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi — xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ayirboshlash uchun tenglik asosida bir yilga kelishilgan ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E-avto ruxsatnoma avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“E-avto ruxsatnoma” AAT) — xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarning milliy tashuvchilar orasida avtomatik tarzda taqsimlanishini, ularga berilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimining bir qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tovar-transport yuk xati — Xalqaro yoʻllarda yuklarni tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiyada nazarda tutilgan, shu jumladan, tashilayotgan yuk, uning joʻnatuvchisi va qabul qiluvchisi, tashuvchisi va tashuvni amalga oshiruvchi avtotransport vositasi toʻgʻrisida, shuningdek, uni ortish va tushirish joylari haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab xorijiy tashuvchilar tomonidan avtomobilda xalqaro, shuningdek, tranzit tashish Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari qoidalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalarida ikki tomonlama va tranzit tashishni ruxsatnomasiz amalga oshirish nazarda tutilgan taqdirda, bunday tashish tashish turini tasdiqlovchi xalqaro tovar-transport yuk xati asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Amalga oshirilayotgan avtomobilda xalqaro yuk tashish turi (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlat hududiga/dan tashish) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan belgilangan mezonlar va tartibga muvofiq xalqaro tovar-transport yuk xati va boshqa yuk kuzatuv hujjatlaridagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston ruxsatnomalarida avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki tomonlama yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tranzit yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ikki tomonlama qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tranzit qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilgan ruxsatnomalardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish masalalari boʻyicha qoʻshma/aralash komissiyalarning protokol qarorlari bilan ruxsatnomaning boshqa turlari nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar orasida yoʻlovchi va yuklarni tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi tashuvchilar oʻz davlatida roʻyxatga olingan va farqlovchi belgilariga ega boʻlgan avtotransport vositalaridan foydalanishlari lozim, bunda tirkamalar va yarim tirkamalar boshqa davlatda roʻyxatga olingan va farqlovchi belgilarga ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun talab etiladigan Oʻzbekiston ruxsatnomalari, xalqaro tovar-transport yuk xatlari va boshqa hujjatlar avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishidan oldin xorijiy tashuvchi tomonidan toʻldirilishi lozim va avtotransport haydovchilari yonida boʻlishi hamda nazorat qiluvchi organlar talablariga muvofiq avtotransport vositasi haydovchilari tomonidan taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijiy davlat hududi boʻylab avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashish Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatning vakolatli organlari kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarini bajarish doirasida ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-avto ruxsatnoma” AAT orqali milliy tashuvchilarning xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik ehtiyoji haqidagi maʼlumotlarni shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga berilgan Oʻzbekiston/koʻp tomonlama ruxsatnomalar (xorijiy davlat nomi, turiga qarab miqdori, roʻyxat raqamlari va amal qilish muddati hamda yoʻl yigʻimlaridan ozod etilishi /etilmasligi, yuk tashishning alohida shartlari) toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasini xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarni milliy tashuvchilarning “E-avto ruxsatnoma” AATdagi shaxsiy kabinetiga joylashtirish yoʻli bilan ularni xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarning mavjudligi, shu jumladan, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi taqsimlangan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar soni haqida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-avto ruxsatnoma” AAT orqali milliy tashuvchilarga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar berilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun milliy tashuvchilar kelgusi yil boshlanishidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha buyurtmanomalar taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etiladi. Elektron tarzda taqdim etilgan hujjatlar milliy tashuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomada rejalashtirilayotgan qatnovlar soni (yuk tashish uchun), tashuvchining xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik ehtiyoji har bir davlat/koʻp tomonlama ruxsatnoma tizimi va tashish turi boʻyicha koʻrsatiladi, shuningdek, avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soni qayd etiladi. Buyurtmanoma kelgusi yil mobaynida avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning aniq prognozlari asosida tuzilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, milliy tashuvchilar asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda qolgan davrga yil davomida buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq berilgan buyurtmanomalar haqidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelgusi yil boshlanishidan ikki oy oldin xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyoj toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlarni shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi kelgusi yil boshlanishidan kamida bir oy oldin xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi va ularni ayirboshlash jarayonini kelishib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash oʻzarolik shartida kelgusi yil 31-yanvarga qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyoj hamda ularni milliy tashuvchilarga kelgusi yildan oldingi oʻn ikki oy mobaynida berilishini tahlil qilish asosida navbatdagi yil uchun aniqlangan har bir turdagi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi quyidagilarga ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan kvotalar boʻyicha xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi toʻgʻrisidagi doimiy yangilanadigan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida oshkora eʼlon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash va taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga Oʻzbekiston/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni beradi hamda ulardan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondiruvchi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilar orasida taqsimlanmaydi va yil davomida ularning arizasiga binoan berib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Taqsimlash shartlari asosida bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar taqdim etgan milliy tashuvchilar orasida bir yilga (olti oyga) taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Taqsimlangan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar teng ulushlarda choraklarga ajratiladi va milliy tashuvchilarga berib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqsimlangan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilar tomonidan joriy chorakda toʻliq ishlatilgan taqdirda, ularning xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojlari kelgusi choraklar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqsimlangan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchi tomonidan bir chorak davomida olinmagan taqdirda, ular kelgusi choraklarga barcha tashuvchilar orasida qayta taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar ishlatilish dinamikasidan kelib chiqib, xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan joriy yil uchun qoʻshimcha ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini kelishib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Milliy tashuvchilarga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni berish va ulardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan arizani milliy tashuvchi oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun berilgan ariza Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni berish yoki berishni rad etish “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kun ichida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarish sharti bilan milliy tashuvchilarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Har bir beriladigan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma uchun ruxsatnomani berish sanasida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻilgan mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining budjetdan tashqari jamgʻarmasi gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va undan Oʻzbekiston/koʻp tomonlama ruxsatnoma blankalarini tayyorlash, vakillik xarajatlari, qoʻshma/aralash komissiyalar yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazish hamda avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish masalalari boʻyicha boshqa tadbirlarga sarflangan xarajatlarni qoplash hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida band boʻlgan xodimlar taʼminoti uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir berilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma uchun undirilgan yigʻim qaytarilmaydi va qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga ularning xalqaro yuk tashishda foydalaniladigan mavjud avtotransport vositalari soni doirasida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchiga muayyan davlatning avval berilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalari oʻrniga yangilari, ushbu davlatning avval berilgan ruxsatnomalarini qaytarish sharti bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Quyidagilar xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni berishni rad etishga asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) milliy tashuvchida avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun litsenziya va (yoki) litsenziya kartochkalari mavjud emasligi yoxud ularning amal qilish muddati toʻxtatib qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu Nizomning 33 va 36-bandlariga muvofiq xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar berilishi toʻxtatib turilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organida xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarning mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) milliy tashuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni berishning boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik sababi bilan rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Arizani rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma milliy tashuvchiga elektron tarzda “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali rad etish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchi tomonidan rad etish sabablarini bartaraf etish va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma berilishi rad etilganligi toʻgʻrisida elektron shakldagi bildirishnoma olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar milliy tashuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, arizani takroran koʻrib chiqish, xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va ular bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Arizani takroran koʻrib chiqish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ariza beruvchi oldin “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali yoʻllangan elektron shakldagi bildirishnomada koʻrsatilmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari qayd etilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Milliy tashuvchi tomonidan elektron shakldagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlganidan keyin taqdim etilgan ariza yangi taqdim etilgan ariza hisoblanadi va umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Milliy tashuvchi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma berishning rad etilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Milliy tashuvchiga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma berilganda, blankaning tegishli kataklarida Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining masʼul xodimi tomonidan majburiy tarzda tashuvchining nomi va manzili qayd etiladi, shuningdek, muhr (shtamp) va ruxsatnomani bergan shaxsning imzosi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga, shu jumladan, ishlatmasdan qaytarilganlarga, agar avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish masalalari boʻyicha qoʻshma/aralash komissiyalar protokol qarorlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Olingan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilar tomonidan ushbu milliy tashuvchining litsenziya kartochkasida qayd etilgan avtotransport vositasida foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlarni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga — uch oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa — olti oy muddatga barcha xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar berilishi toʻxtatiladi hamda unga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkin boʻlgan taqsimlangan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kundan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangilarini olish uchun foydalanilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar zarur tarzda va toʻgʻri toʻldirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organiga safar yakunlanganidan soʻng ushbu bandda nazarda tutilgan muddatdan ilgari qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga belgilangan tartibda qaytarilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar masʼul xodim tomonidan maqsadli ishlatilganligi (ishlatilmaganligi) darhol tekshiriladi va “E-avto ruxsatnoma” AATda tegishli belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda har bir qaytarilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomaning (oldi va orqa tomoni) elektron nusxasi “E-avto ruxsatnoma” AATga bir ish kuni ichida yuklanadi va jamoatchilik nazorati uchun milliy tashuvchilarga xolisona tekshirish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangisini olish uchun foydalanilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarilgunga qadar uning (oldi va orqa tomoni) elektron nusxasi “E-avto ruxsatnoma” AATga toʻgʻridan-toʻgʻri milliy tashuvchi tomonidan ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Milliy tashuvchi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomani berilgan kundan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90 kalendar kun ichida ishlatmasdan qaytarsa, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkin boʻlgan taqsimlangan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar soni har bir ishlatilmasdan qaytarilgan ruxsatnomalar soniga kamaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90 kalendar kun ichida qaytarmasa, olingan ruxsatnoma qaytarilguniga qadar “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga barcha xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar berilishi toʻxtatiladi, yoʻl-transport hodisasi, yongʻin, tabiiy ofatlar va jinoyat sodir etilganlik natijasida yoʻqotilganligi yoki yoʻq boʻlganligi holatlari (vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida) bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 90 kalendar kun oʻtgandan soʻng ishlatmasdan qaytarilganda, ushbu tashuvchiga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkin boʻlgan aynan shu davlatning taqsimlangan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalari bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. “E-avto ruxsatnoma” AATda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarilgan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar hisoboti xorijiy davlatlar va milliy tashuvchilar kesimida yuritiladi va oshkora eʼlon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Oʻzbekiston ruxsatnomalarini xorijiy tashuvchilarga berish va ulardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻzbekiston ruxsatnomalari xorijiy tashuvchilarga oʻz davlatlarining vakolatli organlari tomonidan tegishli yilga ayirboshlangan ruxsatnomalar hisobidan beriladi. Oʻzbekiston ruxsatnomalari joriy kalendar yilda va kelgusi yilning 31-yanvarigacha (ushbu sana ham shunga kiradi) amal qiladi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Xorijiy tashuvchi har bir safarga borishda Oʻzbekiston ruxsatnomasi blankasini olishi shart. Ushbu blankadan u faqat bir marta va amalga oshirilayotgan avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning bir turi boʻyicha foydalanishi mumkin, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tuzilgan avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish masalalari boʻyicha qoʻshma/aralash protokol qarorlarida boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 820-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit qatnovdan orqaga qaytib harakatlanayotgan xorijiy yuk avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl-yoʻlakay yuk olishiga Oʻzbekistonning avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning tegishli turi uchun haqiqiy boʻlgan qoʻshimcha ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchinchi mamlakatlardan boshqa transport turlaridan (havo, temir yoʻl, dengiz) foydalangan holda yuk tashish, kelgusida avtotransport roʻyxatga olingan mamlakatda qayta yuklanishi (yuk ortilishi/yuk tushirilishi) bilan amalga oshirilganda, qayd etilgan tashish ishlov berish terminalining (transport turlarini almashtirish joyi) haqiqiy bojxona muhrlari bosilgan tovar-transport hujjatlari bilan tasdiqlangan taqdirda, uchinchi mamlakatga/dan Oʻzbekiston ruxsatnomasi talab etilmaydi. Shu bilan birga, bunday tashish ikki tomonlama tashish uchun beriladigan Oʻzbekiston ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun moʻljallangan roʻyxatga olish va farqlash belgilariga ega boʻlmagan, shu jumladan, yuklangan avtotransport vositalarini olib kelishda Oʻzbekiston ruxsatnomasi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ruxsatnoma blankalarining shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ruxsatnoma blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi hamda hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega. Oʻzbekiston ruxsatnomalarining blankalari shakli Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining rahbari javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Milliy tashuvchilar xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarning zarur tarzda va toʻgʻri toʻldirilishi, ulardan maqsadli foydalanilishi va oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. “E-avto ruxsatnoma” AATga tegishli maʼlumotlarni hamda belgilarni oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining masʼul xodimi javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlash va xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga berish va ulardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Milliy tashuvchi

1. Kelgusi yil mobaynida avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning aniq prognozlari asosida har bir davlat/koʻp tomonlama ruxsatnomalar tizimi va tashish turlari boʻyicha ehtiyojni shakllantiradi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali buyurtmanoma taqdim etadi.

Kelgusi yil boshlanishidan kamida uch oy oldin

3. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda qolgan davrga buyurtmanoma taqdim etadi.

Yil davomida

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi

Buyurtmanomalar haqidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida milliy tashuvchilarning xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyoji toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlarni shakllantiradi.

Kelgusi yil boshlanishidan kamida ikki oy oldin

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi

1. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi va ularni ayirboshlash jarayonini kelishib oladi.

Kelgusi yil boshlanishidan kamida bir oy oldin

2. Aniqlangan kvotalarni quyidagilarga ajratadi:

a) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi;

b) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi.

Avtomatik ravishda

3. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etadi.

Kelgusi yil 31-yanvarga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi

1. Maʼlumotlarni milliy tashuvchilarning “E-avto ruxsatnoma” AATdagi shaxsiy kabinetiga joylashtirish yoʻli bilan ularni ajratilgan kvotalar boʻyicha xorijiy /koʻp tomonlama ruxsatnomalarning mavjudligi haqida xabardor qiladi.

2. Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida bir yilga (olti oyga) taqsimlaydi.

Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda

5-bosqich

Milliy tashuvchi

Avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan arizani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etadi.

Rejalashtirilayotgan safar boshlanishidan uch kun oldin

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi

1. Avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun berilgan arizani koʻrib chiqadi.

2. Milliy tashuvchilarga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni beradi yoki qonunchilik hujjatlarida aniq normalari koʻrsatilgan holda berishni rad etadi.

avtomatik ravishda

7-bosqich

Milliy tashuvchi

Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga olingan barcha xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni qaytaradi.

Berilgan kundan boshlab 90 kalendar kundan kechikmay

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan umumiy yillik ehtiyojni aniqlash uchun _______ yilga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYURTMANOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. Buyurtmanoma beruvchi milliy tashuvchi toʻgʻrisida maʼlumot

1.1

Buyurtmanoma beruvchi tashkilotning yoki jismoniy shaxsning toʻliq nomi

1.2

STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

1.3

Hisobvaragʻi

1.4

MFO

1.5

Telefon raqami

1.6

Elektron pochta manzili

II. Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soni toʻgʻrisida maʼlumot

2.1

Yuk tashish uchun (dona)

2.2

Yoʻlovchilar tashish uchun (dona)

III. Rejalashtirilayotgan qatnovlar (borish va orqaga qaytish yoʻnalishda) toʻgʻrisida maʼlumot

Marshrut boʻyicha borish*

Rejalashtirilayotgan yilga qatnovlar soni

Avtotransport vositalarining hisoblangan soni**

Joʻnash mamlakati

tranzit mamlakat (lar)

Boriladigan mamlakat

1

2

3

4

5

6

* Boriladigan yoʻnalishni toʻldirishda ISO 3166-1 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq mamlakatlarning ikki harfli kodlarini qoʻllashga ruxsat etiladi.

** Avtotransport vositalarining hisoblangan soni II boʻlimda koʻrsatilgan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari sonidan ortiq boʻlmasligi lozim.

IV. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan yillik ehtiyoj toʻgʻrisida maʼlumot

Davlat/koʻp tomonlama ruxsatnoma tizimining nomi

Ruxsatnoma turi*

Ruxsatnomalar soni**, dona

shu jumladan, dona

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

JAMI

* Quyidagilar uchun ruxsatnomalarning asosiy turlari: ikki tomonlama yuk tashish uchun; tranzit yuk tashish uchun; uchinchi mamlakatlarga/dan yuk tashish uchun; ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun; ikki tomonlama yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun; tranzit yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun; ikki tomonlama/tranzit yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun.

** Avtotransport vositalarida yuk tashish uchun xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga boʻlgan ehtiyoj III boʻlimga muvofiq rejalashtirilayotgan qatnovlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAQSIMLASH SHARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlari (keyingi oʻrinlarda — taqsimlash shartlari) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy tashuvchilarga ularning ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarning taqsimoti quyidagi maxsus formula orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu yerda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ki — i-milliy tashuvchiga bir yilga (olti oyga) taqsimlanadigan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — bir yilga (olti oyga) taqsimlanadigan maʼlum bir turdagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarning umumiy soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ei — xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan i-milliy tashuvchining taqsimot oʻtkazilayotgan oydan oldingi oʻn ikki oy mobaynida elektron hisobvaraq-fakturalar (keyingi oʻrinlarda — EHF) boʻyicha bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E — xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan barcha milliy tashuvchilarning taqsimot oʻtkazilayotgan oydan oldingi oʻn ikki oy mobaynida EHF boʻyicha bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olishgan oʻrtacha daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bi — xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan i-milliy tashuvchi tomonidan taqsimot oʻtkazilayotgan oydan oldingi oʻn ikki oy mobaynida ishlatilgan xorijiy ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B — xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan barcha milliy tashuvchilar tomonidan taqsimot oʻtkazilayotgan oydan oldingi oʻn ikki oy mobaynida ishlatilgan xorijiy ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pi — xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan i-milliy tashuvchining taqsimot oʻtkazilayotgan oyning boshida yuklarni xalqaro tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalari soni (ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P — xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan barcha milliy tashuvchilarning taqsimot oʻtkazilayotgan oyning boshida yuklarni xalqaro tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalari soni (ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m — maʼlum bir turdagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan va ushbu ruxsatnomalarga boʻlgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar taqdim etgan milliy tashuvchilar soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Taqsimlash shartlarining 2-bandida nazarda tutilgan maxsus formula orqali kelib chiqqan xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar sonining qiymati — Ki butun songacha yaxlitlanadi. Bunda 0,5 va undan yuqori hisoblangan son 1 gacha, 0,5 gacha boʻlgani — 0 gacha yaxlitlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Milliy tashuvchining yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan daromadini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-avto ruxsatnoma” AATda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqsimot oʻtkazilayotgan oydan oldingi oʻn ikki oy mobaynida i-milliy tashuvchining EHF boʻyicha olgan jami daromad summasini uning ushbu davr boshida avtomobilda yuklarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soniga boʻlish orqali bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan daromadi aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqsimot oʻtkazilayotgan oydan oldingi oʻn ikki oy mobaynida milliy tashuvchilarning EHF boʻyicha olgan jami daromad summasini ularning ushbu davr boshiga avtomobilda yuklarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan jami avtotransport vositalari soniga boʻlish orqali bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olishgan oʻrtacha daromadi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. I-milliy tashuvchining bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan daromadini milliy tashuvchilarning bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan oʻrtacha daromadiga boʻlgan nisbati1,5 dan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda uchinchi davlat hududiga/dan yuk tashish uchun xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda i-milliy tashuvchining bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan daromadi milliy tashuvchilarning bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olishgan oʻrtacha daromadining kamida 50 foizi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi taqsimlash shartlarining 5-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan qiymatni oʻzgartirishi mumkin. Bunda oʻzgartirilgan qiymat toʻgʻrisida milliy tashuvchilar darhol xabardor etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar olish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. Ariza beruvchi milliy tashuvchi toʻgʻrisida maʼlumot

1.1

Ariza beruvchi tashkilotning yoki jismoniy shaxsning toʻliq nomi

1.2

STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

1.3

Hisobvaragʻi

1.4

MFO

1.5

Telefon raqami

1.6

Elektron pochta manzili

II. Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar toʻgʻrisida maʼlumot

Davlat/koʻp tomonlama ruxsatnoma tizimining nomi

Ruxsatnoma turi*

Ruxsatnomalar soni**, dona

JAMI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-martdagi 202-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qarori)” 2019-yil 25-avgustdagi 716-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 50-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 09/23/277/0458-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)