Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3061-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh, 28-son qarori (roʻyxat raqami 3061, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3061/1807-son) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-iyun,
250-mh-son
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyun,
24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 7-iyundagi 250-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 6-iyundagi 24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyasi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 14 va 141-bandlardagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 33-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 401-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/3061-4/0422-son)