01.05.2023 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-son Qonuni bilan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi boʻyicha talablar kuchaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror qabul qilinguniga qadar qurol muomalasi sohasidagi harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror kuchga kirganidan keyin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha boʻlgan pnevmatik ov qurolini va (yoki) ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan kam boʻlgan pnevmatik sport qurolini taʼmirlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli litsenziyasi asosida amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha boʻlgan pnevmatik ov qurolidan va (yoki) ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan kam boʻlgan pnevmatik sport qurolidan foydalanish uchun moʻljallangan tirlar va oʻqotish maydonlari oʻz faoliyatini hududiy ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga doir ruxsatnomasi asosida amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuridik va jismoniy shaxslardagi mavjud ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha boʻlgan pnevmatik ov quroli va (yoki) ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan kam boʻlgan pnevmatik sport quroli belgilangan tartibda ichki ishlar organlarida roʻyxatga qoʻyiladi hamda ularga ichki ishlar organlari tomonidan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy qurol sifatida muomalasi taqiqlangan, maxsus taʼmirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib oʻq uzish imkoniyatini istisno etadigan oʻquv quroli hamda vazn-oʻlchamli qurol, shuningdek, nur-tovushli taʼsirga ega patron bilan oʻq uzishni imitatsiya qilish uchun moʻljallangan, maxsus taʼmirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib boshqa turdagi patronlar bilan oʻq uzish imkoniyatini istisno etadigan paxtavon qurol va uning oʻq-dorilari fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga tekin topshiriladi, belgilangan tartibda yoʻq qilinadi yoki maxsus organlar va harbiy tuzilmalar kolleksiyalariga topshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) fuqarolar uchun pnevmatik kalta stvolli qurol va tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolning faqat sport obyektlarida ichki ishlar organlarining ruxsatnomalari asosida saqlanishiga va ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Fuqaro tomonidan ushbu qurolni saqlashga doir ruxsatnomani olish yoki ichki ishlar organlari tomonidan ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, qurol fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilinadi yoki ushbu bandning “g” kichik bandida belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishini hamda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
175-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)