Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2816-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 25-iyundagi 18/2-son “Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 366-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-mart,
8/8-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAKIROV
2023-yil 14-mart
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 16-mart
Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
2023-yil 24-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvning 2023-yil 29-martdagi 8/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:”.
2. Texnik talablarda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur texnik talablar banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
b) quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451. Bank boʻlinmalarining (filial, bank xizmatlari ofisi, bank xizmatlari markazi) naqd pullari va qimmatliklarini inkassatsiya xizmati tomonidan saqlash uchun qabul qilishda, inkassatsiya xizmatining pul ombori mazkur Texnik talablarda koʻrsatilgan banklarning pul omboriga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/2816-2/0227-son)