Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.09.1993 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUGʻORILADIGAN YERLARDA BOShOQLI EKINLAR YaLPI DON HOSILINI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, sugʻoriladigan yerlarda boshoqli ekinlar ekishni koʻpaytirish va yalpi don hosilini oshirish yuzasidan respublikada maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. 1992-yilda sugʻoriladigan yerlardagi bugʻdoy va arpa ekinlari maydoni 90 ming gektarga koʻpaytirilib, 1991-yildagiga qaraganda 240 ming tonna koʻp don olindi. 1993-yilda sugʻoriladigan yerlardagi boshoqli don ekinlari maydoni yana 55 ming gektarga kengaytirilib, jami 390 ming gektarga yetdi. Don hosili olish va tayyorlash ham shunga muvofiq darajada kutilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga sugʻoriladigan yerlarda har gektardan 20 sentnerdan kam hosil olish hollari ham koʻplab yuz bermoqda. Hosilni yigʻib olishda, tashishda va saqlashda nobudgarchilikka yoʻl qoʻyilmoqda, toʻplangan hosil xoʻjasizlarcha isrof qilinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” va ularning joylardagi idoralari, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, jamoa va davlat xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislari ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish, paxta, gʻalla, bedani almashlab ekishni oʻzlashtirish, tuproqni unumdor qilish, urugʻchilikni toʻgʻri tashkil etish masalalari bilan oʻta qoniqarsiz darajada shugʻullanyaptilar. Boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yerlarga takroriy ekin sifatida silosbop makkajoʻxori va boshqa ozuqa ekinlari ekish tajribasi keng qoʻllanilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu sabablarga koʻra sugʻoriladigan yerlarda don yetishtirish samaradorligi past boʻlib qolyapti, xoʻjaliklar zarur miqdordagi hosildan mahrum boʻlyapti. Respublika esa koʻplab miqdordagi gʻallani chetdan keltirib, uning uchun valyuta va boshqa qimmatbaho resurslarni sarflashga majbur boʻlyapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻoriladigan yerlardan olinadigan yalpi don hosilini koʻpaytirish imkoniyatlaridan toʻla foydalanish, respublikani uning oʻzida yetishtirilgan gʻalla va don mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 1994-yil hosili uchun cygʻopiladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlari ekish, Qopaqalpogʻicton Respublikasi va viloyatlarda don mahsulotlari yetishtirish va xarid qilish hajmlari (1-ilova),* urugʻlik jamgʻarish (2-ilova)* hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 1994-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish tartibi (3-ilova)* toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yilda respublika boʻyicha paxta yetishtirish uchun 1500 ming gektar atrofida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq yer maydoni ajratish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar matni rus tilida berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” sentyabr oyida jamoa va davlat xoʻjaliklarining rahbarlari, mutaxassislari va mexanizatorlari bilan sugʻoriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari oʻstirishning samarali texnologiyalariga bagʻishlangan seminarlar oʻtkazsinlar. Agrotexnik tadbirlar majmuining toʻla amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatilsin, har bir xoʻjalik va tuman sugʻoriladigan yerlarning gektaridan kamida 40—45 sentnerdan don hosili olishga erishish uchun talab qilinadigan miqdorda mineral va tabiiy oʻgʻitlar solinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan, hosildan boʻshagan yerlardan silosbop makkajoʻxori, kechki meva va kartoshka, dukkakli va boshqa tezpishar ekinlarni ekish hamda shu asosda har gektar yerdan kafolatli ravishda 2-marta hosil olish yoʻli bilan boshoqli don ekinlari ekishga ajratilgan sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari, qishloq xoʻjaligi idoralari, xoʻjaliklar rahbarlari va mutaxassislarining muhim vazifasi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yilda respublikaning don mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish lozimligini hisobga olib, boshoqli don ekinlari maydonlarini bundan keyin ham kengaytirib borish va yalpi don hosilini koʻpaytirishning tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlari amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi boshlangʻich urugʻchilik sohasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirsin, sara urugʻ yetishtirishni hamda sugʻoriladigan yerlarda ekiladigan don ekinlari navlarini yangilash va koʻpaytirish uchun bugʻdoy va arpaning eng yaxshi, mahalliylashtirilgan boshlangʻich navlarini yangilab borishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” 1994-yil hosilini yigʻib olish uchun kamida 3 mingta don oʻrib-yigʻish kombayni yetkazib bersin. Xoʻjaliklarni tuproqqa ishlov beradigan, gʻalla ekadigan va tozalaydigan hamda boshqa gʻalla texnikasi bilan zarur miqdorda taʼminlasin, ularni tuzatish va ishlatish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki gʻallani ekib, oʻstirib va yigʻib oladigan kombayn va boshqa texnika vositalarini respublikaga olib kelish uchun “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”ga imtiyozli qarz bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi idoralarining talabnomalariga binoan kuzgi gʻallani kuzda (sentyabr-oktyabr) va koʻklamda (mart-aprel) sugʻorish paytlarida zarur boʻlgan suv bilan taʼminlasin, zarurat tugʻilganda suv isteʼmol qilish limitlariga oʻzgarishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoa va davlat xoʻjaliklarining shu yilning oʻzidayoq kuzgi gʻalla ekishda foydalanishlari uchun yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini tezlashtirish, 1993-yildayoq yangi sugʻoriladigan maydonlarni oʻzlashtirib, ishga tushirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzdehqonchiliksanoatbanki” bilan birgalikda gʻallakor xoʻjaliklarni mablagʻ bilan taʼminlash, 1993-1994-yillarda gʻallachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli qarzlar berish tartibi masalasini ishlab chiqsin va shu yilning 15-sentabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 10-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
450-son