16.11.2022 yildagi PQ-423-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional kibersportga yoʻnaltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublikada kibersport rasman alohida sport turi sifatida eʼtirof etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlari boʻyicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlari boʻyicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlari boʻyicha ilmiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi respublikada kibersport turlarini rivojlantirish va keng ommalashtirishga masʼul vakolatli davlat organlari etib belgilansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ularning vazifalari quyidagicha belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport vazirligi — kibersportni rasmiy sport turi sifatida targʻib qilish, u boʻyicha mahalliy va xalqaro chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni tashkil etish, jahon kibersport maydonida Oʻzbekistonning mavqeyini yaxshilash boʻyicha choralarni koʻrish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqamli texnologiyalar vazirligi — kompyuter oʻyinlari sanoati boʻyicha mahalliy va xorijiy kompaniyalarga zarur shart-sharoitlar yaratish, respublika miqyosida kibersport chempionatlari, turnirlari va boshqa musobaqalarni tashkil etishga koʻmaklashish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ishlari agentligi — oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kibersport turlariga yoshlarni, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlarni keng jalb qilish va ularning ushbu yoʻnalishdagi yutuqlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish, kibersport boʻyicha xalqaro chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarda mahalliy kibersportchilar ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining 2023-yildan boshlab anʼanaviy tarzda kibersport turlari boʻyicha:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili dekabr oyida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turnirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq uch bosqichda tashkil etiladi. Bunda, tuman (shahar) va viloyat bosqichlari onlayn tarzda oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati 2024-yil 1-yanvardan boshlab, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri esa 2023-yil 1-yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari, shuningdek, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha maxsus portalni (keyingi oʻrinlarda — Portal) yaratish va moliyalashtirish hamda doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — IT-park) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Portalni yaratish uchun mablagʻlar IT-parkka Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar 2023-yilda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chempionatning respublika final bosqichini oʻtkazish uchun — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan IT-parkka bir martalik ajratiladigan 1,5 milliard soʻm mablagʻlari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chempionatning tuman (shahar) va viloyat bosqichlarini oʻtkazish uchun — sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining hududiy kalendar rejasi, Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasidan teng ulushlarda ajratiladigan jami 2 milliard soʻm mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 2024-yildan boshlab “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga mazkur maqsadlar uchun Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarmalar, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Soliq kodeksining 369-moddasi 1-bandiga muvofiq “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari, shuningdek, kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarda gʻolib hamda sovrindor boʻlgan kibersportchilarga biryoʻla beriladigan pul mukofotlari va sovgʻalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmasligi va oʻz navbatida soliqqa tortilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo kengash) tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda kibersport turlari salohiyatini oʻrganish, ushbu sohada zamonaviy standartlarni joriy qilishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar oʻrtasida kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni (shu jumladan, “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari) tashkil etish va ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, shu jumladan ular doirasida oʻtkaziladigan kibersport turlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni oʻtkazish uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash va moliyalashtirish hajmlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalarining jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa xalqaro turnirlarda ishtirokini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarni ragʻbatlantirish choralarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport ligasini tashkil qilish va uning doirasida kibersport klublari oʻrtasida tizimli ravishda kibersport liga musobaqalarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish borasida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyatini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersportni rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersportchilarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan omillarni kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersportda “ping” muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersportning istiqbollari haqida targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport bilan shugʻullanayotgan yoshlarda sogʻlom sport madaniyatini shakllantirish, ular tomonidan qonunga xilof va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish hamda ushbu yoʻnalish boʻyicha oʻqish muddatini 4 yil etib belgilash;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan kibersportchilarni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilish va ularga maksimal ball berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport faoliyatini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida kibersport turlari boʻyicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, kibersport boʻyicha samarali faoliyat olib borayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy kibersport oʻyinlarini yaratish va targʻib qilish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga 2023-yilda grant ajratsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK-2020) kibersport treneri, kibersport hakami va boshqa kibersport mutaxassislari kiritilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport klublariga ularning bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlarini qoplash uchun hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan har oyda 3 oy davomida 15 million soʻmgacha pul mablagʻlarini ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilayotgan mablagʻlarni kibersport klublariga alohida shartlar (kibersportchilarni tayyorlash, trener jalb qilish, musobaqalarda ishtirok etish va boshqalar) asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda kibersport klublariga pul mablagʻlarini ajratish shartlarini belgilasin va eʼlon qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2023-2024-yillarda zamonaviy kibersport arenalarini tashkil qilish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash, kibersport turlari boʻyicha xalqaro turnirlarni oʻtkazish uchun xalqaro tashkilotlar grantlari, texnik koʻmak va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlarining saralash bosqichlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda kibersport boʻyicha samarali faoliyat olib borayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududning bitta tumani (shahri)da kibersportning kamida ikkita turini ommalashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin. Bunda, 2023-yildan boshlab hududlarda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining hududiy kalendar rejalariga kibersport turlari boʻyicha musobaqalarni kiritish hamda tizimli ravishda hududiy sport musobaqalarini oʻtkazish, shu jumladan har yili bir marotaba “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi kubogi” va “Hokim kubogi” turnirlarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport boʻyicha tizimli ravishda hududiy sport musobaqalarini oʻtkazish uchun mahalliy budjetlar mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarni pul mukofotlari, diplom, medal, kubok va boshqa sovgʻalar bilan taqdirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kibersport boʻyicha hududiy sport federatsiya (assotsiatsiya)larini tashkil qilishni qoʻllab-quvvatlash, mavjud sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududiy boʻlinmalarining faoliyatini kengaytirishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) bir oy muddatda kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga qaratilgan maqolalar eʼlon qilish, tematik telekoʻrsatuvlar namoyish etish boʻyicha media-reja qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 16-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-423-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi PQ-423-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, kengash raisi

2.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori, kengash raisi oʻrinbosari

3.

U.U. Sharifxodjayev

maktab va maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

E.M. Muxitdinov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

I.A. Ibragimov

Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari

6.

Lavozimi boʻyicha

sport vaziri oʻrinbosari

7.

J.T. Joʻrayev

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

8.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

9.

O.A. Parpibayeva

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

10.

F.Z. Ibragimov

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ direktori

11.

Lavozimiga koʻra

kibersport sohasida faoliyat yuritayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari

12.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi PQ-423-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Kibersport turlari boʻyicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish

1.

Kibersport ligasini tashkil qilish.

1. Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublari roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev)

2. Kibersport klublari oʻrtasida tanlov eʼlon qilish.

2023-yil mart

3. Tanlovda gʻolib boʻlgan kibersport klublari oʻrtasida har yili tizimli ravishda kibersport liga musobaqalarini tashkil qilish.

Yil davomida

4. Kibersport liga musobaqalarining natijalarini eʼlon qilish va jamoalar reytingini yuritish.

Yil davomida

2.

Kibersport turlari boʻyicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash.

1. Kibersport turlari boʻyicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash maqsadida buyurtma shakllantirish.

2. Buyurtmaga asosan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qayta tayyorlash kurslarini joriy qilish.

2023-yil yanvardan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari va boshqa manbalar

Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

3.

Milliy kibersportchilar reyestrini shakllantirish.

1. Yaratilayotgan portalda roʻyxatdan oʻtgan kibersportchilarning roʻyxatini shakllantirish.

2. Yaratilayotgan portalda kibersportchilarning reytingini yuritish.

2023-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

3. Reytingda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallagan kibersportchilarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan ularning xalqaro va mintaqaviy turnirlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Muntazam ravishda

4.

Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublarining umumiy reytingini yuritish.

1. Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublarini xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Kibersport klublarining umumiy reyting koʻrsatkichlarini ishlab chiqish (bino sigʻimi, kompyuterlar holati, oʻyinlar turlari, musobaqalardagi natijalar, sportchi va trenerlar soni, boshqalar).

2023-yil aprel

3. Kibersport klublarining umumiy reytingini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish.

2023-yil maydan boshlab doimiy

4. Kibersport klublarining umumiy reytingini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

2023-yil may

5.

Nodavlat kibersport taʼlim muassasalarini tashkil qilishni qoʻllab-quvvatlash.

1. Professional kibersportchilarni tayyorlaydigan nodavlat kibersport taʼlim muassasalarini (maktablar, akademiyalar) tashkil qilish.

2. Nodavlat kibersport taʼlim muassasalarini tashkil qilayotgan tashabbuskorlarga har tomonlama yordam koʻrsatish (yer ajratish, kredit olish, asbob-uskunalar xarid qilish, reklama, yoshlarni jalb qilishda va boshqalar).

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida (kompyuter sinflari mavjud maktablar) kompyuter oʻyinlari va kibersport boʻyicha darsdan tashqari toʻgaraklarni tashkil qilish.

1. Toʻgaraklarda yoshlarning boʻsh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy koʻnikmalar berish.

2. Toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish, toʻgaraklarni tegishli kadrlar va metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida muntazam turli tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishini tashkil etish.

3. Toʻgaraklarning faoliyat yuritishi, tadbirlar oʻtkazilishi uchun zarur boʻladigan xonalarni ajratish va tegishli shart-sharoit yaratish, ularga oʻquvchi-yoshlarni jalb qilish.

4. Toʻgaraklarda pullik xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar hisobidan ularda faoliyat koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlari, shartnoma asosida jalb qilinadigan mutaxassis, ekspert va boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash, toʻgaraklarning boshqa joriy xarajatlarini qoplash.

5. Umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi kompyuter sinflarini jihozlash, texnik holatini yaxshilash.

2022 — 2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti fede�atsiyasi

II. Kibersport turlari boʻyicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish

7.

Kibersport turlari boʻyicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini oʻtkazish.

1. Respublika chempionatining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Respublika chempionati doirasida oʻtkaziladigan kibersport turlari roʻyxatini tasdiqlash.

3. Respublika chempionati hakamlar hayʼatini shakllantirish.

2023-yil yanvar

Belgilangan manbalar

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev)

4. Respublika chempionatini oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash tomonidan tasdiqlash.

5. Respublika chempionatini uch bosqichda oʻtkazish:

Har yili fevral

birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

Har yili fevral

ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

Har yili mart

uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

6. Respublika chempionati gʻolib va sovrindorlarini pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash.

Har yili aprel

8.

Kibersport turlari boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini oʻtkazish.

1. Turnirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2023-yil fevral

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar

Idoralararo kengash

( Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev)

2. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

3. Turnirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

4. Turnirni uch bosqichda oʻtkazish:

Har yili oktabr

birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

2023-yildan boshlab har yili noyabr

ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

2023-yildan boshlab har yili noyabr

uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

2023-yildan boshlab har yili dekabr

9.

Kibersport turlari boʻyicha “Yoshlar kubogi” turnirini oʻtkazish.

1. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil aprel

Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari,

Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Turnirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

Har yili may

3. Turnirni uch bosqichda oʻtkazish:

birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

Har yili iyun

10.

“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, shuningdek, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalar gʻolib va sovrindorlari orasidan terma jamoa tarkibini shakllantirish, shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa xalqaro musobaqalarda qatnashishini taʼminlash.

1. Kibersport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar gʻolib va sovrindorlari hamda boshqa iqtidorli kibersportchilar orasidan iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya).

2. Iqtidorli yoshlar orasidan milliy terma jamoa tarkibini shakllantirish.

3. Milliy terma jamoaning jahon, Osiyo chempionatlari, xalqaro va mintaqaviy turnirlarda muntazam ishtirokini taʼminlash.

4. Xorijiy davlatlarning trener va hakamlari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida chet el kibersport klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

2023-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari

Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

11.

Kibersport turlari boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

1. Xalqaro va xorijiy kibersport assotsiatsiya (federatsiya)lari va tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Muzokaralar natijasiga koʻra hamkorlik yoʻnalishlarini aniqlash va memorandumlar imzolash.

3. Xalqaro kibersport federatsiyasi (IESF) bilan 2023-2024-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

4. Geyming, kibersport komyuniti-menejmenti, striming industriyasi, geymdizayn, kontentmeyking, dasturlash, sharhlash, kibersport analitikasi boʻyicha yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

12.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida kibersport va oʻyin sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi boʻlinmani tashkil qilish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2022-yil dekabr

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasida Kibersportni rivojlantirish boʻlimini tashkil qilish.

1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2. Boʻlimni kibersport boʻyicha tajribali mutaxassislar bilan toʻldirish.

2022-yil dekabr

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki

3. Boʻlimning kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni tashkil qilishda ishtirok etishini taʼminlash.

Doimiy

14.

Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi oʻrtasida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash.

1. Kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi oʻrtasida ijtimoiy sheriklik bitimini tuzish.

2. Bitim doirasida kibersport rivojini qoʻllab-quvvatlash.

2023-yil mart

Mablagʻ ajratish talab qilinmaydi

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

15.

Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish.

1. Kengash nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Kengash nizomini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

2022-yil dekabr

Mablagʻ ajratish talab qilinmaydi

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

16.

Kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish borasida Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi faoliyatini kuchaytirish.

1. Federatsiya ustavi, tuzilmasi va boshqaruv organlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish.

2. Federatsiya faoliyatiga kibersportchilar, trenerlar, hakamlar sharhlovchilar va boshqa mutaxassislarni jalb qilish.

3. Qayta tashkil qilingan federatsiyani sport federatsiya (assotsiatsiya)lari reyestriga kiritish.

2023-yil yanvar

Ijrochilar mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

III. Kibersport turlari boʻyicha ilmiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish

17.

Kibersportchilarni tayyorlash milliy tizimini ishlab chiqish.

1. “Kibersportchi” oʻquv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

2. Tasdiqlangan oʻquv dasturi doirasida raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida oʻqish jarayonlarini tashkil etish.

Alohida reja asosida

18.

Kibersport turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribaga asosan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash.

2. Ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni kibersport boʻyicha sportchilar, trenerlar, boshqa mutaxassislar bilan muhokama qilish.

3. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni nashr etish va tarqatish.

2023-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

19.

Kibersport turlari boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohaga doir oʻquv reja va oʻquv dasturlarini oʻrganish.

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va oʻquv dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida joriy qilish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

20.

Kibersportda dopingga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish.

1. Kibersportda antidoping taʼlim dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlarini ishlab chiqish hamda eʼlon qilish.

2023-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy antidoping agentligi,

Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

2. Kibersportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish.

2023-yildan boshlab doimiy

21.

Kibersportchilarning sogʻligiga salbiy taʼsir qiladigan omillarni kamaytirish.

1. Kibersportchilarning jismoniy faolligini oshirish va xotirasini yaxshilash, koʻzlar va tayanch-harakat apparatiga zarar yetkazmaslik, ular uchun optimal ovqatlanish ratsioni haqida tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni kibersport klublari, oʻquv markazlari va boshqa tashkilotlarga yetkazish.

3. Kibersportchilarning psixologik faolligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar va maslahatlar berish.

2023-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi

IV. Kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish

22.

“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, shuningdek, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha maxsus portalni ishlab chiqish va ishga tushirish.

1. Portal orqali kibersport musobaqalari ishtirokchilarini roʻyxatga olish funksiyasini joriy etish.

2023-yil fevral

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

2. Kibersport musobaqalari ishtirokchilari uchun ommaviy oferta ishlab chiqish va portalga joylashtirish.

2023-yil mart

3. Portalni xalqaro kibersport musobaqalari veb-resurslari bilan integratsiya qilish.

2023-yil aprel

4. Portalni ishga tushirish.

2023-yil may

5. Portalni texnik qoʻllab-quvvatlash.

Doimiy

23.

Kibersport boʻyicha dolzarb yangiliklar va axborot-tahlil materiallarini joylashtirish maqsadida maxsus veb-sayt yaratish.

1. Veb-saytni ishlab chiqishda kibersport rivojlangan davlatlarning (Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqalar) xorijiy tajribasini oʻrganish.

2. Veb-saytning dizaynini ishlab chiqish va dastlabki koʻrinishini taqdimot qilish.

3. Veb-saytni takomillashtirish va ishga tushirish.

2023-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Dasturiy mahsulotlar v� axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

24.

Kibersportda “ping” muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilish.

1. Yuqori tezlikdagi Internet paketlarini kengaytirish.

2. Yangi server uskunalarini oʻrnatish.

3. “Ping” vaqtini kamaytirish maqsadida boshqa tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish (virusga qarshi kurashish, yangi kabel oʻrnatish).

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari, xususiy investorlar mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

internet provayderlari,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

25.

Jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish.

1. Jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish boʻyicha biznes-reja tayyorlash.

2. Kibersport oʻyinlarining konsepsiyasini taqdimot qilish.

3. Konsepsiyaga asosan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

26.

Milliy kibersport oʻyinlarini yaratish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga grant ajratish.

1. Milliy qadriyatlarimizga mos keladigan milliy kibersport oʻyinlarini yaratish maqsadida tanlov eʼlon qilish.

2. Kelib tushgan takliflar asosida milliy kibersport oʻyinlari roʻyxatini shakllantirish.

3. Milliy kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish.

4. Ishlab chiqilgan milliy kibersport oʻyinlarini patentlash.

5. Ishlab chiqilgan milliy kibersport oʻyinlarini umumiy oʻrta taʼlim maktablari, sport-taʼlim muassasalari, kibersport klublariga tarqatish.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
,

Adliya vazirligi

27.

Milliy kibersport industriyasiga investitsiyalarni jalb qilish.

1. Milliy kibersport bozorida marketing tadqiqotlarini olib borish.

2. Kibersport bozoriga salohiyatli investorlarni jalb qilish.

3. Kibersport sohasida investitsiyaviy loyihalar (kibersport boʻyicha oʻquv markazlari, arenalar, professional klublarni tashkil qilish, oʻyinlarni ishlab chiqish va boshqalar) roʻyxatini shakllantirish.

4. Kibersport sohasiga jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni ragʻbatlantirish.

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari, xususiy investorlar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

28.

Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublariga “kibersportchilar eksporti”ni yoʻlga qoʻyish.

1. Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublari bilan kadrlar almashuvini yoʻlga qoʻyish.

2. “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan kibersportchilarning sport faoliyatini marketing qilish.

2023-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

V. Kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish

29.

Kibersportning istiqbollari haqida targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish.

1. Kibersportga qiziqishi va iqtidori mavjud yoshlarning ota-onalari, vasiylari (homiylari)ga kibersportning dunyodagi va mamlakatimizdagi istiqbollari, uning afzalliklari haqida tushuntirish ishlarini olib borish.

2. Kibersportchilarning ota-onalari va vasiylari (homiylari)dan intervyu olish va efirga uzatish (nashr etish).

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda kibersportni keng targʻib qilish.

1. Kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalar toʻgʻrisida yangiliklarni eʼlon qilib borish.

2. Kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni onlayn tarzda (strim) toʻliq yoritib borish.

3. Kuchli va mashhur kibersportchilarning samarali sport faoliyatini targʻib qilish.

4. Kuchli va mashhur kibersportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va uchrashuvlar tashkil qilish.

5. “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni “Yoshlar” va “Sport” telekanallarida namoyish etish.

Reja asosida 2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

31.

Kibersport klublarining oʻz faoliyatini toʻsqinliksiz amalga oshirishi, kechayu kunduz ishlashi uchun sharoitlar yaratish.

1. Kibersport klublarining etika qoidalarini ishlab chiqish va eʼlon qilish.

2023-yil yanvar

Mablagʻ ajratish talab qilinmaydi

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev)

2. Kibersport klublarining oʻz faoliyatini toʻsqinliksiz amalga oshirishi boʻyicha xorijiy mamlakatlarning (Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqalar) ilgʻor tajribasini oʻrganish va joriy qilish.

3. Kibersport klublarining kechayu kunduz ishlashi uchun sharoitlar yaratish.

2023-yildan boshlab doimiy

32.

Kibersport bilan shugʻullanayotgan yoshlarning sogʻlom sport madaniyatini shakllantirish, ular tomonidan qonunga xilof va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish.

1. Qonunga xilof va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar (narkotik vositalarni qabul qilish, taqiqlangan veb-saytlarga kirish, maktab darslarini qoldirish, kibertahdidlar va kiberhujumlar yaratish va boshqalar) sodir qilinishining oldini olishga qaratilgan kibersportchining etika qoidalarini ishlab chiqish.

2023-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kibermakonda kiberxavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada kibersportchilarning IT-bilimi va koʻnikmalaridan samarali foydalanish.

Doimiy

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2022-y., 07/22/423/1020-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)