05.10.2022 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ushbu maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ushbu maʼlumotlarning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlardan kelib chiqib, ularning himoya qilinganlik darajalarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinganlik darajasini taʼminlash boʻyicha talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Biometrik va genetik maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlarga hamda bunday maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik va genetik maʼlumotlarni moddiy jismlarda saqlash, ulardan foydalanish va ularning hisobini yuritish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik va genetik maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga qoʻyiladigan talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda belgilangan talablarga amal qilishda kelib chiqadigan xarajatlar shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablarini buzish holatlarini aniqlash, ular boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish va sudga taqdim etish vakolatiga ega boʻlgan davlat organini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab, uch oydan soʻng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori U.Sh. Tashxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 5-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
570-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 570-son qaroriga
1-ILOVA

Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida” Qonuniga muvofiq shaxsga doir maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar bazasi) mulkdor va (yoki) operatorlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ushbu maʼlumotlarning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlardan kelib chiqib, ularning himoya qilinganlik darajasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mulkdor va (yoki) operatorlar shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlardan kelib chiqib, ushbu maʼlumotlarni himoya qilishning tashkiliy va texnik chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash mulkdor va (yoki) operatorlar yoxud ular masʼul etib belgilagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maʼlumotlar bazalarida ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 25, 26, 29-moddalariga muvofiq maxsus, biometrik, genetik va hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy dasturiy taʼminot — aniq predmet sohasi boʻyicha muayyan masalalar sinfini yechishga moʻljallangan dasturlar majmuasidir (Access, Oracle va hokazo).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik maʼlumotlar — subyektning anatomik va fiziologik oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir maʼlumotlar;

genetik maʼlumotlar — subyektning nasldan-naslga oʻtgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli boʻlgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar;

maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus maʼlumotlar — irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid maʼlumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid eʼtiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli maʼlumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsga doir maxsus maʼlumotlardir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimli dasturiy taʼminot — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini taʼminlovchi dasturlar majmuasi (operatsion tizimlar, drayverlar, utilitalar, arxivatorlar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar — subyektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan yoki maxfiylikka rioya etishga doir talablar tatbiq etilmaydigan maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mulkdor va (yoki) operatorlar xodimlarining maʼlumotlar bazasida faqatgina ushbu xodimlarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari boʻlmagan subyektlarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish alohida maʼlumotlar bazasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ushbu maʼlumotlarning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shaxsga doir maʼlumotlarning xavfsizligiga tahdidlar deganda, maʼlumotlar bazasiga ruxsatsiz, shu jumladan tasodifiy kirish natijasida shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish, yoʻq qilish, nusxalash, shuningdek, boshqa noqonuniy harakatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar va omillar yigʻindisi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining tizimli dasturiy taʼminotida deklaratsiya qilinmagan (eʼlon qilinmagan) imkoniyatlar mavjudligi bilan bogʻliq tahdidlar 1-turdagi tahdidlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining amaliy dasturiy taʼminotida deklaratsiya qilinmagan (eʼlon qilinmagan) imkoniyatlar mavjudligi bilan bogʻliq tahdidlar 2-turdagi tahdidlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining tizimli hamda amaliy dasturiy taʼminotida deklaratsiya qilinmagan (eʼlon qilinmagan) imkoniyatlar mavjudligi bilan bogʻliq boʻlmagan tahdidlar 3-turdagi tahdidlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maʼlumotlar bazasiga taalluqli shaxsga doir maʼlumotlarning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarning turi ushbu hujjatga muvofiq mulkdor va (yoki) operator tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ushbu maʼlumotlarni himoya qilishning 4 ta darajasi mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 1-darajasi oʻrnatilishi uchun quyidagi shartlardan kamida bittasi mavjud boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 1-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda maʼlumotlar bazalarida maxsus va (yoki) biometrik va (yoki) genetik maʼlumotlarga ishlov berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari boʻlmagan 50 000 dan ortiq subyektlarning maxsus maʼlumotlariga ishlov berilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 2-darajasi oʻrnatilishi uchun quyidagi shartlardan kamida bittasi mavjud boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 1-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda maʼlumotlar bazalarida hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga ishlov berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda mulkdor va (yoki) operator xodimlarining maxsus maʼlumotlari yoki mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari boʻlmagan 50 000 dan kam boʻlgan subyektlarning maxsus maʼlumotlariga ishlov berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda maʼlumotlar bazalarida biometrik va (yoki) genetik maʼlumotlarga ishlov berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari boʻlmagan 50 000 dan ortiq subyektlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlariga ishlov berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari boʻlmagan 50 000 dan ortiq subyektlarning maxsus maʼlumotlariga ishlov berilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 3-darajasi oʻrnatilishi uchun quyidagi shartlardan kamida bittasi mavjud boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 2-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda mulkdor va (yoki) operator xodimlarining hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlariga yoxud mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari boʻlmagan 50 000 dan kam boʻlgan subyektlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlariga ishlov berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda mulkdor va (yoki) operator xodimlarining maxsus maʼlumotlariga yoki mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari boʻlmagan 50 000 dan kam boʻlgan subyektlarning maxsus maʼlumotlariga ishlov berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda biometrik va (yoki) genetik maʼlumotlarga ishlov berilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 4-darajasi oʻrnatilishi uchun quyidagi shart mavjud boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari uchun 3-turdagi tahdidlar mavjud boʻlganda hamda maʼlumotlar bazasida hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga ishlov berilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinganlik darajalarini taʼminlaydigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 4-darajasini taʼminlash uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalari joylashgan binolarning xavfsizlik rejimini tashkil etish, ushbu binolarga kirish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarning nazoratsiz kirishi yoki ushbu binolarda qolishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlar xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalarida ishlov berilayotgan shaxsga doir maʼlumotlarga kirish, ularning xizmat (mehnat) vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan shaxslar roʻyxatini belgilaydigan hujjatni mulkdor va (yoki) operator rahbari tomonidan tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlarni mavjud tahdidlardan himoya qilish, zarurat boʻlganda axborot xavfsizligi sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholash tartibidan oʻtgan axborot xavfsizligi vositalaridan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 3-darajasini taʼminlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan talablarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazasidagi shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul mansabdor shaxs (xodim) tayinlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 2-darajasini taʼminlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan talablarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazasining elektron xabarlar jurnalidagi maʼlumotlar faqat xizmat (mehnat) vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan xodimlar yoki vakolatli shaxslarga ushbu jurnalga kirish huquqini taqdim etish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilishning 1-darajasini taʼminlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan talablarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalaridagi shaxsga doir maʼlumotlarga kirish uchun mulkdor va (yoki) operator xodimining vakolatlari oʻzgarishini elektron xavfsizlik jurnalida avtomatik ravishda roʻyxatga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar bazalaridagi shaxsga doir maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tuzish yoki tarkibiy boʻlinmalardan biriga bunday xavfsizlikni taʼminlash vazifalarini yuklash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 570-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biometrik va genetik maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlarga hamda bunday maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida” Qonuniga muvofiq biometrik va genetik maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlarga hamda bunday maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik maʼlumotlar — subyektning anatomik va fiziologik oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
genetik maʼlumotlar — subyektning nasldan-naslga oʻtgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli boʻlgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarni elektron koʻrinishda saqlaydigan moddiy jismlar — moslashuvchan magnit disklar, optik disklar, qattiq (olinmaydigan) magnit disklar, elektron xotirali disklar (flesh), autentifikatsiyaning elektron vositalari (tokenlar, planshetlar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy jismlar — shaxsga doir maʼlumotlarni tashkil etuvchi axborot qayd etilgan moddiy jismlar, shu jumladan hajmli jismlar, shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi (maʼlumotlar bazasi) — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish — shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qogʻoz yoki plastmassadan iborat moddiy jismlar — qogʻoz asosida chop etilgan matnli, grafik va boshqa maʼlumotlar, plastik kartalar va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Biometrik va genetik maʼlumotlarni moddiy jismlarda saqlash, ulardan foydalanish va ularning hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Biometrik va genetik maʼlumotlarga ishlov berish maqsadida foydalaniladigan har qanday moddiy jismlar qonunchilikda belgilangan tartibda “maxfiy” yoki “xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi bilan belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Biometrik va genetik maʼlumotlarni elektron shaklda saqlashda ushbu maʼlumotlar shifrlangan va kriptografik yoki boshqa usullarda himoyalangan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mulkdor va (yoki) operator biometrik va genetik maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida ushbu maʼlumotlar saqlanayotgan moddiy jismlarning hisobi yuritilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mulkdor va (yoki) operator biometrik va genetik maʼlumotlar qayd etilgan moddiy jismlarning oʻgʻirlanishi, oʻchirilishi, yoʻq qilinishi, ruxsatsiz olinishi, oʻzgartirilishi hamda nazoratsiz qoldirilishining oldini oluvchi tegishli xavfsizlik choralarini koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsizlik choralarini koʻrishda biometrik va genetik maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablariga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos boʻlishi, shuningdek, suv bosmasligidan kafolatlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
begona shaxslarning kirish imkoniyatini istisno etadigan ishonchli himoya vositalariga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seyflarda, metall javonlarda yoki metall stellajlarda saqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish eshiklari va derazalari qoʻriqlash xizmatiga bogʻlangan qoʻriqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan xonalarda saqlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Biometrik va genetik maʼlumotlar qayd etilgan moddiy jismlardan shaxsga doir maʼlumotlar oʻchirilganda, ushbu moddiy jismlar hisobdan chiqarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobdan chiqarilmagan moddiy jismlardan kelgusida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadida qayta foydalanish mumkin, bir martalik foydalanish nazarda tutilgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelgan moddiy jismlar bundan mustasno. Bunday moddiy jismlar belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Moddiy jismdan unga biometrik va genetik maʼlumotlarni qayd etgan mulkdor va (yoki) operator tomonidan belgilangan, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan ekspluatatsiya muddatidan koʻp boʻlmagan muddatda foydalanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Biometrik va genetik maʼlumotlardan nusxa koʻchirish ushbu maʼlumotlar ishlov berilishiga ruxsat etilgan texnik qurilmalarda hamda mulkdor va (yoki) operator masʼul xodimlarining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar moddiy jismda biometrik va genetik maʼlumotlar bilan birga ularga bogʻliq qoʻshimcha shaxsga doir maʼlumotlar ham boʻlsa, bunday maʼlumotlar kuchaytirilgan malakali elektron imzo bilan tasdiqlanishi va (yoki) moddiy jismda qayd etilgan maʼlumotlarning yaxlitligi hamda oʻzgarmasligini saqlab qolish imkonini beruvchi boshqa axborot texnologiyalari bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maʼlumotlar bazasidagi biometrik va genetik maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida qoʻllanilgan qurilma toʻgʻrisida identifikatsiya maʼlumotlari (IP-adres, MAC-adres va boshqa identifikatorlar) qayd etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Biometrik va genetik maʼlumotlarga ishlov berish uchun foydalaniladigan moddiy jism turi mulkdor va (yoki) operator tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Biometrik va genetik maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Biometrik va genetik maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan tashqarida saqlashda quyidagi texnologik va boshqa talablar taʼminlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdor va (yoki) operatorning vakolatli shaxslari uchun moddiy jismda saqlanayotgan shaxsga doir maʼlumotlarga kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy jismda qayd etilgan biometrik va genetik maʼlumotlarning yaxlitligi va oʻzgarmasligini saqlab qolishga imkon beruvchi elektron imzo vositalaridan yoki boshqa axborot texnologiyalaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subyektning oʻziga tegishli biometrik va genetik maʼlumotlarni ishlov berishga bergan yozma roziligi yoki biometrik va genetik maʼlumotlarga ishlov berish uchun qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa asoslar mavjudligini tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Biometrik va genetik maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar bazasidan alohida saqlash uchun chiqarilganda, ushbu maʼlumotlarni ruxsatsiz va takroran qayd etish asoslari roʻyxatga olinishi talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mulkdor va (yoki) operator oʻzining maʼlumotlar bazalarida biometrik va genetik maʼlumotlarni himoya qilish usullaridan kelib chiqib, ushbu maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan qoʻshimcha talablarni belgilash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/570/0900-son)