1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.02 Homiladorlik va tugʻish nafaqasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli “Aholiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga Davlat budjeti hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) toʻlanishi belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga muvofiq Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa Jamgʻarma hisobidan toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimning farzandi tugʻilgunga qadar minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari miqdorida nafaqa toʻlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafaqa homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi toʻgʻrisida Sogʻliqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimidan olingan elektron maʼlumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanishi va toʻlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yagona reyestr” AT tomonidan AT “Xalq banki”ga taqdim etilgan nafaqa boʻyicha toʻlov roʻyxatlari asosida Jamgʻarmadan zarur mablagʻlarning mazkur bankka oʻtkazilishi hamda bank va uning boʻlimlari tomonidan nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga yoki naqd pul koʻrinishida toʻlab berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori tomonidan tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar hamda xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasi boʻyicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash uchun yoʻnaltirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob, hisobotlar va monitoring Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritilishi.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2022-yil 20-sentabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi — hududiy ambulator-poliklinikalar va tugʻruqxona muassasalari tomonidan homiladorlik hamda tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan maʼlumotlarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ayollarning bandligi va ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi — “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tugʻilgan bolalar, shu jumladan, oʻlik tugʻilgan bolalar hamda farzandlikka olingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qoʻmitasi — ayolning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona reyestr” ATga onlayn rejimda taqdim etib borilishini taʼminlasin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 20-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
515-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining alohida moduli — idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik asosida homiladorlik va tugʻish nafaqasini “proaktiv” shaklda tayinlash va toʻlashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining tarkibiy qismi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi — Iqtisodiyot va moliya vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat budjeti hamda boshqa mablagʻlar hisobidan shakllantiriladigan Jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma);
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafaqa oluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayol (shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor ayol);
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov roʻyxat (vedomost)lari — nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport maʼlumotlari, bank plastik kartasi orqali toʻlanganda tegishli tijorat banki hamda nafaqa oluvchining bank plastik kartasi rekvizitlari va toʻlanishi lozim boʻlgan nafaqa summasiga doir maʼlumotlar aks ettirilgan, AT “Xalq banki”ga elektron koʻrinishda taqdim etiladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi — hududiy ambulator-poliklinikaning akusher-ginekologi tomonidan beriladigan, nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos hisoblanadigan hujjat (keyingi oʻrinlarda — mehnatga layoqatsizlik varaqasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nafaqa xodimning farzandi tugʻulguniga qadar minimal isteʼmol xarajatlarining (keyingi oʻrinlarda — MIX) 4 baravari miqdorida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIX miqdori oʻzgarganda, MIX miqdori eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab nafaqa miqdori eʼlon qilingan MIXning yangi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga nafaqa tayinlashda tuman koeffitsiyenti qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nafaqani toʻlash, uni toʻlash va notoʻgʻri tayinlangan nafaqani qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nafaqa oluvchining asosiy ish joyi hisoblangan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning nafaqa toʻlash boʻyicha majburiyatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlangan nafaqa miqdorida kamaytiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nafaqa “Yagona reyestr” AT tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tayinlanadi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Nafaqa ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tayinlanadi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Nafaqani tayinlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi maʼlumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tugʻruqxona muassasasining masʼul xodimi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Tibbiyot” AT) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “Tibbiyot” ATga mehnatga layoqatsizlik varaqasining seriyasi, raqami, sanasi hamda nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSHSHIR), telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Tibbiyot” AT tomonidan ushbu Nizomning 10-bandidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Tibbiyot” AT tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar avtomatik ravishda “Yagona reyestr” ATga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolani parvarishlash taʼtilida ekanligi, uzluksiz ish stajiga ega ekanligi va yuridik shaxsda bandligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK), yakka tartibdagi tadbirkorlarda bandligi Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda — SQ bazasi) orqali;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjudligi — SQ bazasi orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “UzASBO” dasturiy majmuasi (keyingi oʻrinlarda — “UzASBO” DM) orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish stajini hisoblashda, yuridik shaxslarda “YAMMT” IDAKdagi va yakka tartibdagi tadbirkorlarda SQ bazasidagi mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kunga qadar 6 oy uzluksiz ish staji inobatga olinadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu davrda oʻttiz bir kundan koʻp boʻlmagan tanaffuslar boʻlganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan oldingi oʻn ikki oy davomidagi ketma-ket davrlar ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi. Agar oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish staji davrida xodimning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjud boʻlmasa, ushbu davr ish stajini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolani parvarishlash uchun taʼtilda boʻlgan ayolning ish stajini SQ bazasi orqali tekshirishda uning taʼtilga chiqishidan oldingi davri hisobga olinadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Nafaqa xodim yillik (asosiy va qoʻshimcha) mehnat taʼtilida, bolani parvarishlash uchun taʼtilda yoki ish haqi saqlanmaydigan taʼtillarda ham toʻlab beriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji davridagi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjud boʻlsa va “YAMMT” IDAKda ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlmagan taqdirda, bu haqda “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining SQ bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nafaqa oluvchining ish staji nomutanosibligi (notoʻgʻri kiritilganligi yoki kiritilmaganligi) xabarnoma olingan oydan keyingi oyning oxirgi ish kuniga qadar “YAMMT” IDAKda ish beruvchi tomonidan toʻgʻrilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xabarnoma yuborilgan nafaqa oluvchilarning oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning oxirgi ish kunida qayta tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomutanosiblik toʻgʻrilanmagan hollarda, nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari va uning ishlashi tasdiqlanganda, nafaqani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Yagona reyestr” AT tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, nafaqaning toʻlov shakli va muddati boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, rad etish sabablari boʻyicha nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining SQ bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Nafaqani toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Yagona reyestr” AT tomonidan har oyning 10-sanasiga qadar nafaqa boʻyicha toʻlov roʻyxat (vedomost)lari AT “Xalq banki”ga taqdim etiladi hamda Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻidan zarur mablagʻlar belgilangan tartibda AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelganda, toʻlov roʻyxat (vedomost)lari va zarur mablagʻlar keyingi 2 ish kuni mobaynida AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nafaqani toʻlash uchun AT “Xalq banki” va uning boʻlimlarida alohida maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. “Yagona reyestr” AT tomonidan toʻlov roʻyxat (vedomost)lari bank plastik kartasi boʻyicha shakllantiriladi. Bunda tegishli banklararo reprotsessing markazlaridan nafaqa oluvchining nomiga ochilgan, aktiv holatda boʻlgan, oxirgi 60 kun davomida oxirgi tranzaksiya amalga oshirilgan bank plastik kartasi tanlab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi boʻlmaganda, toʻlov naqd pul koʻrinishida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. AT “Xalq banki” va uning boʻlimlari tomonidan nafaqa toʻlov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar toʻlab beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. AT “Xalq banki” va uning boʻlimlari tomonidan nafaqani naqd pul koʻrinishida nafaqa oluvchining murojaatiga asosan, biroq nafaqa tayinlanganligi toʻgʻrisida SMS-xabar yuborilgan kundan boshlab toʻqson kun davomida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Joriy oy mobaynida nafaqa oluvchilar tomonidan talab qilinmagan mablagʻlarni AT “Xalq banki” maxsus hisobvaraqlardan kelgusida toʻlash uchun Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. AT “Xalq banki” va uning boʻlimlari har oyning oxirgi ish kuniga qadar ushbu oy uchun va yil boshidan amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nafaqa toʻlovlari va notoʻgʻri toʻlangan nafaqalarni nafaqa oluvchi tomonidan qaytarilishi boʻyicha AT “Xalq banki” koʻrsatadigan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan haq toʻlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Nafaqa tayinlanganligini monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Nafaqa tayinlanganligini monitoring qilish tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa tayinlangandan keyin toʻqson kunda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda bola tugʻilganligi, shu jumladan, oʻlik tugʻilganligi yoki tugʻilgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish natijasida bola tugʻilganligi, shu jumladan, oʻlik tugʻilganligi yoki tugʻilgan bolani farzandlikka olish qayd etilmagan holatlar boʻyicha nafaqa oluvchilarning roʻyxati hududlar kesimida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Shakllantirilgan roʻyxat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari masʼul xodimlari va (yoki) tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari xodimlari tomonidan har chorakda FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasiga borgan holda tanlov asosida oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, shakllantirilgan roʻyxat Sogʻliqni saqlash vazirligiga homiladorlik va tugʻish boʻyicha maʼlumotlar “Tibbiyot” ATga toʻgʻri kiritilganligini tekshirish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijalari boʻyicha FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasining masʼul xodimlari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi, yigʻma maʼlumotlar esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomalar tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlarida saqlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Nafaqa xodimga noqonuniy toʻlanganligi aniqlangan taqdirda, xatolikka yoʻl qoʻygan tashkilotning boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi tashkilotiga masʼul xodimlarning xatti-harakatiga baho berish uchun yozma xabar beriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlarining masʼul xodimlari tomonidan notoʻgʻri toʻlangan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga muvofiq qaytarish choralari koʻriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nafaqa oluvchining vijdonsizligi yoki hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli notoʻgʻri toʻlangan nafaqa nafaqa oluvchi tomonidan Jamgʻarmaga bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda ixtiyoriy ravishda Jamgʻarmaga qaytarilmagan yoki toʻliq qaytarilmagan mablagʻ sud tartibida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan asoslardan boshqa sabablar bilan notoʻgʻri toʻlangan nafaqa xatolikka yoʻl qoʻygan tashkilot xodimidan belgilangan tartibda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notoʻgʻri toʻlangan nafaqa AT “Xalq banki” filiali orqali nafaqa oluvchidan xizmat haqi undirilmagan holda qaytariladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

32. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan nafaqa oluvchi toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli davlat organlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida nafaqa oluvchi toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Nafaqa bola tirik yoki oʻlik tugʻilishi, tugʻilgan bolani farzandlikka olish yoxud homila tushishidan qatʼi nazar toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. “Yagona reyestr” ATda hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida texnik nosozliklar hamda maʼlumotlar almashinuvi jarayonida uzilishlar yuzaga kelganda, ushbu holatlar toʻliq bartaraf etilgunga qadar mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron maʼlumotlarni kiritish, nafaqani tayinlash va toʻlash muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga layoqatsizlik varaqasining sanasi, seriyasi va raqami, fuqaroning telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning belgilangan tartibda, toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi uchun — hududiy ambulator-poliklinikalar yoki tugʻruqxona muassasasining maʼlumotlarni kirituvchi masʼul xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafaqa tayinlanishi lozim boʻlgan ayolning “YAMMT” IDAKda mehnat shartnomasi va bandligi haqidagi, SQ bazasiga ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning kiritilishi hamda ish staji boʻyicha nomutanosibliklarning oʻz vaqtida toʻgʻrilanishi uchun — ish beruvchi;
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaraqlariga zarur mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi uchun — Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼul xodimi;
(36-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus hisobvaraqlardagi mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun — tuman (shahar) AT “Xalq banki” boʻlimi rahbarlari masʼul etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Hududiy ambulator-poliklinika, tugʻruqxona muassasasi masʼul xodimi
Homilador xodimning mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron maʼlumotlarni “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritadi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida
2-bosqich
“Tibbiyot” axborot tizimi
1. Kiritilgan maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali tekshiradi.
1. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish staji, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari, budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligini tekshiradi.
2. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni avtomatik tarzda shakllantiradi.
3. Toʻlov roʻyxatlarini shakllantiradi.
4. Nafaqaning toʻlov shakli va muddati boʻyicha nafaqa oluvchiga SMS-xabar yuboradi.
5. Toʻlov roʻyxatlarini AT “Xalq banki”ga taqdim etadi
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tizimga kiritilgan oydan keyingi oyning 4-sanasiga kadar
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Nafaqa toʻlash uchun mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beradi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 10-sanasiga kadar
5-bosqich
A'G “Xalq banki”
1. Nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga toʻlovni amalga oshiradi.
2. Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi boʻlmaganda, nafaqani naqd pul koʻrilishida toʻlaydi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga kadar
3. Amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar haqidagi elektron maʼlumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning oxiriga qadar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi, mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma mablagʻlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy va xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi hamda joriy yilda homiladorlik va tugʻish nafaqalari boʻyicha xarajatlarning kutilayotgan ijrosidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kelgusi yilga manbalar va xarajat yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognozlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida shakllantirilgan toʻlov roʻyxat (vedomost)lariga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlovlarini amalga oshirishga oid AT “Xalq banki” tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va AT “Xalq banki” oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamgʻarmaga ajratish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda rejalashtiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni toʻlash va notoʻgʻri toʻlangan mablagʻlarni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. AT “Xalq banki” Jamgʻarmadan moliyalashtirilgan homiladorlik va tugʻish nafaqasi uchun ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi toʻgʻrisida har chorakda tegishli hisobotlarni belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etib boradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan keyingi yil uchun xarajatlar smetalarini tasdiqlashda, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari inobatga olinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha maʼlumot berib boradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. AT “Xalq banki” Jamgʻarmadan moliyalashtirilgan homiladorlik va tugʻish nafaqasi uchun ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi, xususan hududlar boʻyicha toʻlangan va toʻlanmagan homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻgʻrisida har oyda tegishli hisobotlarni belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etib boradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 09/22/515/0836-son; 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)