Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2007 02.03.1993 yildagi 118-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2007
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BOShQARUV ORGANLARI VA KORXONALARIDA YuRIDIK XIZMAT TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-yanvardagi Farmoniga muvofiq va davlat boshqaruv organlari hamda korxonalardagi yuridik xizmat xodimlarining huquq va burchlarini tartibga solish, qonuniylikning taʼminlanishida ularning roli va masʼuliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, yuridik xizmat xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtkazish Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda boshqa boshqaruv organlari va korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi. Attestatsiya natijalari haqidagi xulosalar tegishli organlar va korxonalarning rahbarlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil oxirigacha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, boshqa boshqaruv organlari va korxonalarning yuridik xizmat xodimlarini qayta tayyorlasin va attestatsiyadan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddat ichida qayta tayyorlash va malaka oshirish Dasturini hamda yuridik maslahatchilarni attestatsiyadan oʻtkazish komissiyalari haqidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlari va korxonalarning maʼlumotlari asosida yuridik xizmat xodimlarini qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tuzsin va ularga yetkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1993/94-oʻquv yilidan boshlab oliy yuridik oʻquv yurtlarining keyinchalik yuridik maslahatchi boʻlib ishlaydigan talabalarining davlat boshqaruv organlarida va korxonalarda majburiy stajirovkadan oʻtishlarini tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yuridik maslahatchilar ishlayotgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa boshqaruv organlari, mulkchilikning hamma shakllaridagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, hokimliklarning adliya boshqarmalari bilan 1993-yilning 1-mayiga qadar ishlayotgan yuridik maslahatchilarning tegishli ravishda Qonunchilik muammolarini tadqiq qilish institutida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi xoʻjalik hisobidagi “Adolat” huquqiy yordam koʻrsatish markazida va adliya organlari tomonidan buning uchun joylarda tashkil etiladigan kurslarda malakalarini oshirish va keyinchalik ularni attestatsiyadan oʻtkazish haqida shartnomalar tuzsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa boshqaruv organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va uning joylardagi organlariga ishlayotgan yuridik maslahatchilar va ularga boʻlgan ehtiyojlar haqida maʼlumotlar bersinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga qarab, bu lavozimlarni tegishli ixtisosga ega boʻlgan mutaxassislar bilan taʼminlash masalasini hal etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1972-yil 10-iyuldagi 285-son qarori (OʻzSSR QT, 1972-y., 6-son, 35-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlariga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 2-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 2-martdagi 118-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom davlat boshqaruv organlari, shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar yuridik xizmatining huquqlari, burchlari va masʼuliyatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Yuridik xizmat xodimlari lavozimlarini egallash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs boshqaruv organlarida va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, korxonalarda yuridik maslahatchi boʻlib ishlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora va respublikaning boshqa boshqaruv organi yuridik boʻlinmasining boshligʻi yoki yuridik maslahatchisi lavozimini egallash uchun kamida 5 yillik yuridik maslahatchi ish tajribasiga ega boʻlish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oliy yuridik oʻquv yurtlari keyinchalik yuridik maslahatchi boʻlib ishlaydigan talabalar uchun tahsilning oxirgi kursida amaliy koʻnikmalar hosil qilish uchun bevosita davlat boshqaruv organlari yoki korxonalarda stajirovka tashkil etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat boshqaruv organlari va korxonalar, yosh mutaxassislar va homilador ayollardan tashqari, barcha yuridik xizmatchilar xodimlarini 5 yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalariga qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish uchun yuborishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya komissiyalarining ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qayta tayyorgarlik va attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va tegishli xulosa berish Adliya vazirligi tomonidan tegishli organlar va korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlanadigan haq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari tomonidan qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtgan yuridik maslahatchilarning roʻyxatlari olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik maslahatchi attestatsiyadan oʻta olmasa u 6 oy muddatdan soʻng yana qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtish uchun yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar fuqaro attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlsa, u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari komissiyalarining qarorlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga arz qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika xoʻjalik organlarida va boshqaruv organlarida ishlovchi yuridik maslahatchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining xoʻjalik organlarida, boshqaruv organlarida va korxonalarida ishlovchi yuridik maslahatchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqaruv organlarida va korxonalarida ishlovchi yuridik maslahatchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni tegishli adliya boshqarmalari amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik organlari va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tomonidan ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan yuridik maslahatchi lavozimlarini egallash tartibiga qanday rioya etilayotganligini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Tartib buzilsa Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari buzilishlarni bir oy muddat ichida bartaraf etish haqida ijro etilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma beradilar. Buzilishlar koʻrsatilgan muddatda bartaraf etilmasa, adliya organi amaldagi qonunni ijro etmagan mansabdor shaxsni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sudga murojaat etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Boshqaruv organlari va korxonalarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha yuridik maslahatchilarning samarali ishlashlarini taʼminlash, ularning faoliyatida qonunchilikni taʼminlash maqsadida bu organlar va korxonalar yuridik xizmatlarning bir maromda ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi yuridik xizmatlarni qonunchilik materiallari, toʻplamlar, huquqshunoslik masalalari boʻyicha boshqa qoʻllanmalar, shuningdek, yuridik adabiyotlar bilan shartnoma asosida taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Boshqaruv organlari va korxonalar yuridik xizmatining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boshqaruv organining yuridik xizmati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqaruv boʻlinmalar bilan birgalikda markaziy apparatda hamda vazirlik, idora, boshqa boshqaruv organi tizimida qonunchilikning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; quyi boshqaruv organlari va korxonalarning amaldagi qonunchilikni buzgan holda chiqarilgan hujjatlarini bekor qilish uchun chora-tadbirlar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlarni qoʻllash tajribasini va uning samaraliligini oʻrganadi va umumlashtiradi, ularni mukammallashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni vazirlik, idora, boshqa boshqaruv organlari rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun havola etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) rahbarlarga imzolash uchun taqdim qilinayotgan buyruqlar va boshqa huquqiy mazmundagi hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi va ularga viza qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ hujjatlarning amaldagi qonunlarga muvofiqligini yuridik xizmat tomonidan oldindan tekshirilmasdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) vazirlikka, idoraga, boshqa boshqaruv organiga keladigan va ular tomonidan chiqariladigan normativ hujjatlarni tartibli hisobga olishni va saqlashni tashkil etadi, boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni tartibga solish, bunday hujjatlarning toʻplamlarini nashr etish ishlarini bajaradi; vazirliklar, idoralar, boshqa boshqaruv organlarining amaldagi normativ hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish yoki oʻz kuchini yoʻqotganlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tizimda xoʻjalik hisobini mustahkamlash, ijara munosabatlarini va mehnatni ragʻbatlantirishni tashkil etishning boshqa samarali shakllarini joriy qilish uchun huquqiy vositalardan foydalanishni yaxshilash, xoʻjalik shartnomalarining rolini oshirish va uning bajarilishi uchun masʼuliyatni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oʻziga qarashli korxonalar chet-el kompaniyalari va firmalari bilan iqtisodiy va ilmiy-texnik aloqalar oʻrnatayotganda ularga huquqiy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) mahsulot sifatini oshirish, mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini taʼminlash, mehnat intizomini mustahkamlash, moddiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, kamomadlar, oʻgʻirlashlar, qoʻshib yozishlar hamda samarasiz xarajatlar va nobudgarchiliklarning oldini olish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan huquqiy tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tarmoqdagi daʼvo qoʻzgʻatish ishlarining ahvolini va uning amaliyotini tahlil qiladi, xoʻjalik sudi tomonidan nizolarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha korxonalar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) sudda, xoʻjalik sudida, boshqa tashkilotlarda huquqiy masalalar koʻrilayotganda belgilangan tartibda vazirlikning, idoraning, boshqa boshqaruv organining manfaatlarini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) vazirlik, idora va boshqa davlat boshqaruv organi tizimidagi huquqiy ishlarga rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga qarashli korxonalarda bu ishlarning ahvolini tekshirib boradi, bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun vazirlik, idora, boshqa boshqaruv organining rahbariyatiga, hayʼatiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik, idora, boshqa boshqaruv organlari tizimidagi huquqiy ishlarning va yuridik xizmatlar faoliyatining ijobiy tajribasini oʻrganadi va umumlashtiradi, uning amalda tadbiq etilishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy ishlar va yuridik xizmat faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) vazirlik, idora, boshqa boshqaruv organlari markaziy apparati xodimlarining yuridik umumiy oʻquvini tashkil etishda va oʻtkazishda qatnashadi, tarmoq yuridik xizmatga uni korxonalarda tashkil etishda yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikni tushuntirishga oid ishlarni olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish asosida qonunchilik boʻyicha axborot-maʼlumotnoma ishlarini olib boradi; amaldagi normativ hujjatlarga kiritilgan yangi oʻzgartirishlar haqidagi axborotni, Adliya vazirligi koʻrsatmalari va respublika xoʻjalik sudlarining tajribasini oʻziga qarashli korxonalarga tezkorlik bilan yetkazadi; vazirlik, idora rahbariyatiga qonunchilik boʻyicha maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi, huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) vazirlik, idora, boshqa boshqaruv organi tizimida qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda yuridik xizmat zarur choralar koʻrish, bunday kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun tegishli rahbarga bu haqda axborot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Korxonalarning yuridik xizmati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) korxona ishining huquqiy jihatdan taʼminlanishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalarning oʻzaro munosabatlarini va boʻlinmalarning iqtisodiy javobgarligini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar tizimini, korxonaning ishlab chiqarish-xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatining boshqa masalalarini tayyorlash va joriy qilishda ishtirok etadi; rahbariyat bilan kelishib bu ishda qatnashish uchun mansabdor shaxslarni va mutaxassislarni jalb etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonada belgilangan ichki xoʻjalik daʼvolarini qoʻzgʻash va koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisod, moliya, hisob-kitob xizmatlari va boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda korxonaning xoʻjalik faoliyati natijalarini iqtisodiy-huquqiy tahlil qiladi, samarasiz xarajatlarning tarkibini va ularning kelib chiqish sabablarini, balans hisobidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, sud va tergov organlariga joʻnatish uchun pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi va ularni oʻgʻirlashlar boʻyicha materiallarni rasmiylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qonunchilik aktlarini, yuqori boshqaruv organlarining normativ hujjatlarini, korxona mahalliy normativ aktlarining tartibga solingan hisobini va saqlanishini tashkil etadi; boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda korxonaning idoraviy normativ hujjatlarini tartibga solish ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) korxona rahbariga imzolash uchun taqdim qilinayotgan buyruqlar va huquqiy mazmundagi boshqa hujjatlar loyihalarining qonunga muvofiqligini tekshiradi va ularga viza qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona huquqiy aktlarining, ularning amaldagi qonunga muvofiqligi toʻgʻrisida yuridik xizmatning vizasi boʻlmasa, chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) korxonaning tuzilma birliklari va boʻlinmalari rahbarlari tomonidan chiqarilgan yuridik hujjatlarning qonunlarga muvofiqligini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) boshqa korxonalar bilan xoʻjalik shartnomalari, shuningdek, chet el kompaniyalari va firmalari bilan kontraktlar tayyorlash, tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishga oid ishlarda qatnashadi, shartnomalar va kontraktlar loyihalariga viza qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) daʼvo ishlarini olib boradi, sudda, xoʻjalik sudida, shuningdek, boshqa organlarda huquqiy masalalar koʻrilayotganda belgilangan tartibda korxona manfaatlarini himoya qiladi; daʼvo ishlari agar boshqa boʻlinmalar tomonidan olib borilsa, bu ishga rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish hujjatlari, buzilishlar va suiisteʼmolliklar topilgan taftish va qayta roʻyxatga olish aktlari boʻyicha huquqiy xulosalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish masalalarini hal etishda oʻzini-oʻzi boshqarishni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishiga yordam beradi; jamoa shartnomasini tayyorlashda va tuzishda qatnashadi, mehnat jamoasi kengashiga, kasaba uyushmasi qoʻmitasiga va boshqa jamoat tashkilotlariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda huquqiy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) yuridik umumiy oʻquvini tashkil etishda va uni amalga oshirishda qatnashadi, xodimlarni amaldagi qonunlar bilan tanishtiradi, ularni qoʻllanish tajribasini tushuntiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) korxona faoliyatida qonunchilikni buzish hollari aniqlansa, bu haqda ularni bartaraf etish va oldini olish yuzasidan zarur choralar koʻrish uchun rahbarni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yuridik xizmatning huquqi va masʼuliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat boshqaruv organi, korxona, tuzilma birliklari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishining ahvoli bilan tanishish; taftish oʻtkazishlarda va qayta roʻyxatga olishlarda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mansabdor shaxslardan davlat boshqaruv organlarida, korxonalarda belgilangan tartibda hujjatlar, maʼlumotnomalar, hisob-kitoblar va oʻz burchlarini bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) rahbariyatga qonun buzishlarni bartaraf etish, keltirilgan zararni qoplash, amaldagi qonunlarning bajarilishini taʼminlamagan yoxud buzayotgan boʻlinmalar va xizmatlarning rahbarlarini, boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish haqida takliflar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) davlat boshqaruv organi va korxona rahbariyati bilan kelishilgan holda normativ hujjatlar yoki boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek, oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq yuridik xizmat tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqa boʻlinmalar va xizmatlarning xodimlarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) davlat boshqaruv organi, korxona rahbariyati tomonidan chaqiriladigan hayʼat majlislarida, tegishli kengashlarda, yigʻilishlarda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yuridik xizmat xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq ushbu Nizomda koʻzda tutilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun intizomiy va moddiy javobgardirlar. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari davlat boshqaruv organlari, korxonalarning yuridik xizmat xodimlarini oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari boʻyicha ularni oʻz xizmat vazifalarini bajarmaganliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yuridik xizmat xodimlariga huquqiy ishlarga taalluqli boʻlmagan boshqa ishlarning yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik xizmatga yuklatilgan vazifalarni bajarishga va unga berilgan huquqlardan foydalanishga qarshilik koʻrsatuvchi mansabdor shaxslar, buning oqibatida qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻyilsa, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetsa, mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari taqdimnomasi boʻyicha yuridik javobgarlikka tortiladilar.