Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Buyrugʻi
ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloqlarda aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 4-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 94-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloqlarda aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-iyun,
115-son
Kelishildi:
Vazirning birinchi oʻrinbosari A. AXMEDXADJAYEV
2022-yil 19-may
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2022-yil 2-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 23-iyundagi 115-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda shaharsozlik normalari deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur shaharsozlik normalari koʻchalar, yoʻllar, xiyobonlar, piyodalar yoʻllari, shahar transport chorrahalari va tunnellari, piyodalar tunnellari, daha (kichik tuman) hududlari, bolalar bogʻchalari, umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar, mehmonxonalar, shifoxonalar, gospitallar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylari, xiyobonlar, bogʻlar, stadionlar va koʻrgazma zallari, shuningdek, meʼmoriy obyektlar va reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan tashqi yoritgichlarini loyihalashda qoʻllaniladi.
2. Mazkur shaharsozlik normalari maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan bogʻlar (hayvonot bogʻlari, botanika bogʻlari va h.k) hududlari, temir yoʻl stansiyalari va platformalari, temir yoʻl tunnellari va metropoliten tunnellari, aholi punktlari tashqarisidagi umumiy tarmoq avtomobil yoʻllari, sanoat korxonalari hududlari, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarini, shuningdek bayram yoritgichlari hamda vitrinalar sunʼiy yoritilishini loyihalashda qoʻllanilmaydi.
2-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
3. ShNQ 02.01.05 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
ShNQ 2.07.01 “Shaharsozlik. Shaharlar hamda qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va rivojlantirish”;
GOST 14254-96 “Qobiqlar bilan taʼminlanadigan himoya darajasi”.
3-bob. Atamalar va taʼriflar
4. Mazkur shaharsozlik normalarida quyidagi atama va taʼriflardan foydalaniladi:
vertikal yoritilganik (lx) — vertikal tekislikdagi yoritilganlik;
gorizontal yoritilganik (lx) — gorizontal tekislikdagi yoritilganlik;
yoritgichlarni oʻrnatish oraligʻi (qadami) — koʻcha boʻylab bir qatorda joylashgan yoritgichlar orasidagi masofa;
yoritilganlik (lx) — koʻrib chiqilayotgan nuqtani oʻz ichiga olgan sirt elementiga tushgan yorugʻlik oqimining ushbu element yuzasiga nisbati;
yorugʻlik tarqatadigan diod — yarim oʻtkazgichli diod orqali elektr toki oʻtkazilganda toʻlqin uzunliklarining koʻrinadigan diapazonida nokogerent nurlanishni chiqarishga asoslangan yorugʻlik manbai;
zaxira koeffitsiyenti (Kz) — yoritgichsini ekspluatatsiya qilish jarayonida yoritilganlik yoki ravshanlikning pasayishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
yoʻl qoplamasining ravshanligi (cd/m2) — transport oqimining oʻqi boʻyicha kuzatishning standart shartlarida kuzatuvchining koʻz orqali koʻrish yoʻnalishida quruq holatdagi yoʻl qoplamasida kuzatilayotgan yuzaning ravshanligi;
konsolli yoritgich — yorugʻlik markazi tayanch oʻqiga nisbatan siljitilgan yoritish uskunasi, bu uskuna kronshteyn tayanchiga mahkamlanadi;
koʻcha-yoʻl tarmogʻi — turar-joy hududi chegarasida koʻchalar, yoʻllar, oʻtish joylari, maydonlar va piyodalarning yurishi uchun moʻljallangan joylarning jamlanmasi;
maksimal yoritilganlik (lx) — yoritiladigan hududda yoritilganlikning eng katta qiymati;
minimal yoritilganlik (lx) — yoritiladigan hududda yoritilganlikning eng kichik qiymati;
rang koʻrsatish — yorugʻlik manbai spektral tarkibining rangli obyektlarning koʻrish orqali idrok qilinishiga koʻrsatadigan taʼsirini tavsiflovchi umumiy tushuncha;
ravshanlik (cd/m2) — yorugʻlik manbaining berilgan yoʻnalish boʻyicha yorugʻlanishini ifodalovchi kattalik;
elektr energiyasi bilan taʼminlash punkti — tashqi yoritishning taqsimlash tarmogʻini transformator podstansiyalari bilan birlashtirish uchun elektr taqsimlash qurilmasi;
toj koʻrinishidagi yoritgich — vertikal tayanchga asimmetrik mahkamlangan yoritish uskunasi.
4-bob. Tashqi yoritishni loyihalashga qoʻyiladigan umumiy talablar
5. Tashqi yoritish tizimini loyihalash va oʻrnatishda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
yoritgichlarning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarining meʼyorlangan qiymatlari;
yorugʻlik manbalarining zaruriy spektral tavsiflari;
yoritgichlarning iqtisodiy jihatdan tejamkorligi va elektr energiyasidan oqilona (ratsional) foydalanish;
yoritgichlarning ishonchli ishlashi;
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va aholining xavfsizligi;
yoritgichlarga xizmat koʻrsatish va ularni boshqarish uchun qulaylik;
energiya tejamkorlik.
6. Tashqi yoritgichlar quyidagi hollarda yuqori sifatli rang koʻrsatilishini taʼminlashi kerak:
haydovchi va velosipedchining yoʻlda yurishida;
piyodalar yoʻnalishida;
odamlar yoki obyektlarni identifikatsiyalash, shu jumladan, yuzini tanib olishda.
7. Tashqi yoritish tizimlarida energiya samarador lampalarni qoʻllash talab etiladi. Energiya koʻp isteʼmol qiluvchi lampalar (DRL, DNAT) hamda choʻgʻlanma lampalarni qoʻllash mumkin emas.
Tashqi yoritishda yoritish mahsuldorligi 100 lm/W dan kam boʻlmagan lampalardan foydalanish lozim.
8. Yoritishga oid loyihalarni ishlab chiqishda eng yuqori energiya samaradorlikni va iqtisodiy tejamkorlikni taʼminlaydigan variantni tanlash uchun loyihaviy yechimlar boʻyicha hisob-kitob ishlarini bajarish tavsiya etiladi.
9. Shaharlar va aholi yashaydigan qishloq joylarining tashqi yoritishni loyihalashda ushbu shaharsozlik normalari talablari, Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari (20-15-143/14-son, 2006-yil 18-iyul) hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilangan talablar bajarilishi lozim.
10. Tashqi yoritgichlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar va materiallar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan (oʻrnatilgan tartibda foydalanishga taqdim etilgan) texnik reglamentlar va standartlar talablariga, tarmoqning nominal kuchlanishiga hamda atrof-muhit sharoitlariga mos kelishi lozim.
11. Tashqi yoritish tizimi normalarining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari yoritgichlarda ishlatiladigan har qanday yorugʻlik manbalari uchun bir xil boʻlishi hamda ushbu shaharsozlik normalari va ShNQ 2.01.05 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
12. Tashqi yoritgichlar uchun rang koʻrsatish indeksiga (Ra) koʻra yorugʻlik manbalarini tanlash yoritgichning toifasiga bogʻliq holda amalga oshiriladi va bunda:
A (A1, A2, A3), B (B1, B2), V (V1, V2) toifadagi koʻchalar uchun rang koʻrsatish indeksi (Ra) 80 dan kam boʻlmasligi;
V3 toifadagi koʻchalar uchun rang koʻrsatish indeksi (Ra) 60 dan kam boʻlmasligi zarur.
Izoh: Yoritish boʻyicha koʻchalarning toifalari ShNQ 2.01.05 da keltirilgan.
13. Tashqi yoritgichlar va muhandislik kommunikatsiyalarining tayanchlari orasidagi masofalar ShNQ 2.07.01 va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari (20-15-143/14-son, 2006-yil 18-iyul) talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
14. Koʻcha va yoʻllar tarmogʻi, turar-joylarning hududlari hamda boshqa yoritiladigan maydonlar tashqi yoritgichlarini kechki vaqtda tabiiy yorugʻlik darajasi 20 lx dan kamayganda ishga tushirish va ertalab tabiiy yorugʻlik darajasi 10 lx dan oshganda oʻchirish lozim.
Piyodalar tunnellarini yoritishni kunduzgi rejimdan kechki va tungi rejimga yoki tungi rejimdan kunduzgi rejimga oʻtkazish koʻchalar, yoʻllar va maydonlar yoritgichlarini yoqish va oʻchirish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim.
Avtotransport tunnellarini yoritishni tungi rejimdan kunduzgi rejimga va kunduzgi rejimdan kechki rejimga oʻtkazishni kirish joyi yonida tabiiy gorizontal yoritilganlik 100 lx gacha koʻtarilganda yoki tushganda amalga oshirish zarur.
Arxitekturaviy yoritishni hamda yoritiladigan reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yoqish va oʻchirish turli dasturlar yordamida boshqarilishi mumkin.
15. Koʻchalar, yoʻllar va maydonlarni yoritishni loyihalash, qoidaga koʻra, yoʻl qoplamalarining yorugʻlik qaytarish xususiyatlarini hamda koʻkalamzorlashtirish yechimlarini hisobga olgan holda obodonlashtirish loyihalari tarkibida bajarilishi lozim.
Yorugʻlik texnikasi hisoblarini bajarishda yoʻl qoplamalarining ravshanligi ularning yorugʻlik qaytarish tavsiflariga koʻra silliq, gʻadir-budir va yoritilgan gʻadir-budir qoplamalarga ajratiladi.
5-bob. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi va piyodalar yoʻllarini elektr toki orqali yoritishni loyihalash
16. Yoritish tizimi boʻyicha shahar aholi punktlari koʻcha-yoʻl tarmogʻi hamda piyodalar yoʻllarining tasnifi ShNQ 2.01.05 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
A (A1 toifasidan tashqari) va B toifadagi koʻchalar, yoʻllar va maydonlarni yoritishda, shuningdek, shahar tashqarisidagi aeroportlar, vokzallarga kirish joylari, giper va supermarketlarga yaqin joylarda yoritgichlarning yoritish miqdorini 0,2 cd/m2 (yoki 5 lx) ga oshirish tavsiya etiladi.
17. Shahar aholi punktlari, piyodalar oʻtish joylari va qishloq aholi punktlarining koʻcha-yoʻl tarmogʻi, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylari hamda tunnellarni yoritishning normativ koʻrsatkichlari, turar-joy binolari va tibbiyot muassasalari palatalari derazalaridagi vertikal yoritilganlikning normativ koʻrsatkichlari, shuningdek avtotransport tunnellarini sunʼiy yoritishning normalanadigan parametrlari ShNQ 2.01.05 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
18. Ochiq avtoturargohlar, koʻp qavatli avtoturargohlarning ochiq yuqori qavatlari, avtomobillar va velosipedlar turish joylarining oʻrtacha gorizontal yoritilganligini (Eoʻr) shu joylardagi transport vositalarining harakatlanish jadalligiga bogʻliq holda tanlash kerak.
Bunda:
transport harakati jadalligi past boʻlgan avtoturargohlar uchun oʻrtacha gorizontal yoritilganlik (Eoʻr) 6 lx dan kam boʻlmasligi;
transport vositalarining harakatlanish darajasi yuqori boʻlgan avtoturargohlar uchun oʻrtacha gorizontal yoritilganlik (Eoʻr) 15 lx dan kam boʻlmasligi lozim.
Odamlar koʻp toʻplanadigan yoki uzoq muddat davomida boʻladigan obyektlarni (koʻchalar, aholi yashash mavzelari, maydonlar, bolalar maydonchalari) yoritish uchun rang temperaturasi 4000° dan 5000° kelvingacha boʻlgan “neytral oq” yorugʻlik manbalariga ega boʻlgan yoritgichlardan foydalanish zarur.
Faqat piyodalar harakatlanadigan joylar — zinapoyalar, lift maydonchalari, kassalar va terminallarining yoritilishi ShNQ 2.01.05 talablariga muvofiq tashkil etilishi lozim.
19. Velosiped yoʻllarining bir tekis yoritilganligi (Emin/Eoʻr) 0,3 lx dan katta yoki unga teng boʻlganda, velosiped yoʻllaridagi oʻrtacha gorizontal yoritilganlik (Eoʻr) 5 lx dan kam boʻlmasligi lozim.
20. Piyodalarning yer osti oʻtish joylari va piyodalar tunnellarida vertikal sirtlar yoritilishi kerak.
21. Uzunligi 80 m dan oshadigan yoki tarmoqlanadigan joylarga ega boʻlgan piyodalar tunnellarida harakat yoʻnalishi koʻrsatkichlarini oʻrnatish shart.
Belgilar devorlarga yoki tayanchlarga poldan 1,8 m balandlikda joylashtirilishi lozim.
Yuqorida koʻrsatilgan tunnellarda sunʼiy yorugʻlik va harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatuvchi belgilar sutka davomida yoqilgan holatda boʻladi.
22. Koʻchalar va yoʻllar uchun tashqi yoritgichlar yoʻl harakatini tashkil etish sxemasi va koʻkalamzorlashtirish yechimlarini hisobga olgan holda tanlanishi va ShNQ 02.01.05 ga muvofiq yoritilganlikning normativ koʻrsatkichlarini taʼminlashi lozim.
Yoʻl qoplamasi ravshanligining bir tekis taqsimlanishini taʼminlash maqsadida quyidagi sxemalarni qoʻllash tavsiya etiladi:
bir tomonlama — yoʻl qatnov qismining kengligi 12 m gacha boʻlganda;
koʻchaning oʻqi boʻylab — yoʻl qatnov qismining kengligi 12 m dan 18 m gacha boʻlganda;
ikki qatorli, shaxmat tarzida — yoʻl qatnov qismining kengligi 24 m dan 36 m gacha boʻlganda (baʼzi hollarda 48 m gacha);
ikki qatorli, toʻrtburchak shaklida — yoʻl qatnov qismining kengligi 24 m dan 36 m gacha boʻlganda (baʼzi hollarda 48 m gacha);
koʻchaning oʻqi boʻylab ikki qatorli — yoʻl qatnov qismining kengligi 24 m dan 36 m gacha boʻlganda.
Yoritgichlarni joylashtirishning sxematik tasviri mazkur shaharsozlik normalarining 1-ilovasida keltirilgan.
Yoritgichlarning har bir turi uchun qatnov qismi kengligining tavsiya etilgan qiymatlari taxminiy tavsifdagi qiymatlar deb hisoblanadi va yoʻlning qatnov qismi boʻyicha yoritilganlik yoki ravshanlikning bir tekis taqsimlanishini tekshirish asosida hisoblashni istisno etmaydi.
Bundan tashqari, alohida holatlar uchun baʼzan turli balandliklarda oʻrnatiladigan ikkita (yoki undan ortiq) kronshteynlarga ega boʻlgan tayanchlar tavsiya etiladi. Bunday holda, yuqori quvvatga ega boʻlgan yoritgich yoʻl qoplamasining ravshanligini taʼminlasa, kam quvvatga ega boʻlgan yoritgich piyodalar yoʻlagini yoritadi.
Yoritgichning aniq bir sxemasini tanlash yoritiladigan maydonning geometriyasiga bogʻliq boʻladi.
Tor koʻchalarni yoritishda yoritgichlarni bir qator qilib joylashtirish tartibidan foydalaniladi. Bunda yoʻl oʻqi boʻylab oʻrnatilgan tayanchlarga mahkamlangan yoritgichlar yoʻl oʻqiga perpendikulyar yoʻnalishda yorugʻlikning bir tekis taqsimlanishini taʼminlaydi.
23. Ikki tomonlama harakatlanishga ega boʻlgan koʻchalar va yoʻllarda qarma-qarshi harakatlanish yoʻnalishlari keng ajratuvchi polosalar bilan ajratilganda, mazkur harakatlanish yoʻnalishlarini yoritishni loyihalashda ularning har biri alohida koʻrib chiqilishi zarur.
24. Koʻchalar va yoʻllarning egri chiziqli qismlarida yoritgichlarni bir tomonlama joylashtirishda ular, qoidaga koʻra, yoʻlning tashqi tomoni boʻyicha joylashtiriladi.
Yoritgichlarni yoʻl egri chiziqli qismining tashqarisiga joylashtirishning imkoni boʻlmaganda, ular yoʻl egri chiziqli qismining ichki tomoni boʻylab bir tomonlama joylashtiriladi.
25. Koʻchalar va yoʻllarning tashqi yoritgich tayanchlarining chizigʻi yoʻlning yoʻnalishini aniq va ravshan koʻrsatishi kerak.
Yoritgich tayanchlarini oʻrnatish chizigʻidagi har qanday oʻzgarishlar yoʻl qatnov qismi konfiguratsiyasining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlishi kerak.
Yoritgich tayanchlari va yoʻlning qatnov qismi oraligʻidagi minimal masofalar mazkur shaharsozlik normalarining 2-ilovasidagi jadvalda keltirilgan qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim.
26. 10 yoki 12 metrlik tayanchlardan foydalanganda, tashqi yoritgichlarni oʻrnatishning namunaviy sxemalari mazkur shaharsozlik normalarining 3-ilovasida keltirilgan.
27. Murakkab tuzilishga ega boʻlgan chorrahalarda, yoʻllarning egri chiziqli kesishgan joylarida va egrilik radiusi oʻzgaruvchan kesishmalarda murakkab konfiguratsiyaga ega boʻlgan kronshteynlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Chorrahaning markaziy qismining (orolcha koʻrinishidagi) diametri 20 m dan kam va qatnov qismining kengligi 9 m dan kam boʻlganda, uni yoritish chorrahaning orolcha koʻrinishidagi markaziy qismiga bir nechta yoritgichlarga ega boʻlgan bitta yoritish tayanchini oʻrnatish orqali amalga oshiriladi.
Agar yoʻlning markaziy qismining yoki halqali qatnov qismining kengligi mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan oʻlchamlardan katta boʻlsa, yoritgichlar chorrahaning perimetri boʻylab oʻrnatiladi.
Yoʻl halqali qatnov qismining kengligi 15 m dan ortiq boʻlganda, yoʻlning markaziy ajratuvchi qismida bir tekis yoritishni taʼminlash uchun chorrahaning markaziy qismiga oʻrnatilgan yoritgichdan tashqari, qoʻshimcha yoritish tayanchlari oʻrnatiladi.
Markaziy qismga yoritish tayanchlarini joylashtirishda transport vositalarining yoritish tayanchlari bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan toʻqnashuvining oldini olish yoki oqibatlarini yumshatish boʻyicha himoya toʻsiqlari oʻrnatiladi yoki oson buzilib ketadigan yoki energiya yutuvchi tayanchlardan foydalaniladi.
Halqali chorrahalarda yoritish tayanchlari chorrahaga kiraverishdagi markaziy ajratuvchi qismga joylashtirilmasligi lozim.
29. A va B toifadagi koʻchalar hamda yoʻllar boʻylab bir sathli piyodalar oʻtish joylarining yoʻl qatnov qismining yoritilish darajasiga nisbatan kamida 1,5 barobar koʻproq yoritilishini taʼminlaydigan quyidagi loyihaviy yechimlardan foydalanish zarur:
tashqi yoritgichlar orasidagi masofani kamaytirish;
qoʻshimcha yoki ancha kuchliroq yoritgichlarni oʻrnatish;
piyodalar oʻtish joylarida yoritiluvchi qoplamadan foydalanish.
30. Xiyobonlar va piyodalar yoʻllarida tashqi yoritgichlarining tayanchlari piyodalar yurish hududidan tashqarida joylashgan boʻlishi lozim.
Tayanchlarni oʻrnatishda oʻrtacha yorugʻlik darajasi taʼminlansa va maksimal yoritilganlikning oʻrtacha yoritilganlikka nisbati 2-martadan katta boʻlmagan qiymatga oshsa, tayanchlarni notekis joylashtirishga, shuningdek, qabul qilingan arxitekturaviy yechimga bogʻliq holda yoritgichlarni mahkamlash balandligini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.
31. Umumiy foydalanishdagi osma elektr tarmogʻiga ega boʻlgan koʻchalarda tashqi yoritgichlarni ushbu tarmoqning tayanchlariga, elektr tarmogʻining simlaridan yuqoriga yoki tayanchning boshqa tomonida simlar sathi boʻyicha oʻrnatiladigan kronshteynlarni mahkamlagan holda joylashtirish zarur.
Yoritgichning chetidan umumiy foydalanishdagi tarmoqning eng yaqin simigacha boʻlgan masofa 0,6 m dan kam boʻlmasligi lozim.
32. Tramvay yoki trolleybus harakatlanadigan koʻchalarda yoritgichlar elektrlashtirilgan transport kontaktli tarmoqning tayanchlariga joylashtiriladi.
33. Muhandislik inshootlaridagi (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazmalari, estakadalar) tashqi yoritish tayanchlari toʻsiqlar oraligʻidagi poʻlat statinalarga yoki muhandislik inshootining yuk koʻtaruvchi elementlariga mahkamlangan flanetslarga oʻrnatiladi.
34. Koʻchalar, yoʻllar va maydonlarning qatnov qismini yoritish uchun konsolli yoritgichlar gorizontga nisbatan 15° burchak ostida oʻrnatiladi.
Harakatlanish qismining kengligi 21 m dan ortiq boʻlgan koʻchalar va yoʻllarda yoritgichlarni shaxmat tartibidagi ikki qatorli yoki toʻgʻri burchakli ikki qatorli sxema boʻyicha joylashtirishda ularning qiyalik burchagini 30o gacha kattalashtirish mumkin.
35. Eni 3 m va undan kam boʻlgan piyodalar yoʻlkalari boʻlgan dahalarda (kichik tuman) tashqi yoritgichlarni piyodalar yoʻlkalari chetidan tashqariga joylashtirish talab etiladi.
Agar piyodalar yoʻlkasi yoʻlning qatnov qismidan maysazor (gazon) bilan ajratilgan boʻlsa, u holda mazkur shaharsozlik normalarining 1-ilovasidagi jadvalda keltirilgan talablar bajarilishi sharti bilan tayanchlarni maysazorga (gazonga) joylashtirish mumkin.
36. Tashqi yoritish tizimi tayanchlarini yongʻin gidranti hamda koʻcha yoki yoʻlning qatnov qismi orasidagi joylarga oʻrnatish mumkin emas.
37. Tashqi yoritgichlarni koʻpriklar, yoʻl oʻtkazmalari va estakadalar oldiga shunday joylashtirish lozimki, buning oqibatida yoritgichlardan tarqalayotgan yorugʻlik koʻprikning yuqori nuqtasidan oʻtayotganda haydovchilarning koʻzini qamashtirmasligi va ularni bezovta qiluvchi taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
38. Tashqi yoritgichlar uchun moʻljallangan tayanchlar va jihozlarning joylashtirilishi jismoniy va yuridik shaxslarning mulkchilik obyektlariga kirishini cheklamasligi yoki toʻsqinlik qilmasligi lozim.
Qurilmalar tayanchlarini shunday holatda joylashtirish kerakki, bunda ular meʼmoriy qadriyatlarni oʻzida namoyon etuvchi binolar va yodgorliklarni toʻsib qoʻymasligi lozim.
39. Tashqi yoritish tizimi tayanchlari qoplamasining turini va ularning rangini atrof-muhit kontekstida tanlash kerak.
Yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan yuqori darajada nur qaytaruvchi sirtlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tashqi yoritgichlarni oʻrnatish balandligini tanlashda nafaqat texnik va iqtisodiy jihatlarni, balki ularning kunduzgi paytdagi koʻrinuvchanligini ham hisobga olish talab etiladi.
Bunda, yoritgich konstruksiyasining mustahkamligi va ishonchliligini taʼminlovchi minimal koʻndalang kesimga ega boʻlgan yoritish tayanchlarini va konsolli kronshteynlarni tanlash zarur.
Tayanch va yoritgich balandligi qoʻshni binolarning balandligidan oshmasligi kerak.
40. Chorrahalar va shahar maydonlarini yoritishda baland (20 m va undan ortiq) tayanchlardan foydalanishga ulardan foydalanish zarurati texnik-iqtisodiy jihatdan asoslantirilganda va ularga qulay xizmat koʻrsatish taʼminlanganda yoʻl qoʻyiladi.
41. Koʻchalar, yoʻllarning qatnov qismi va maydonlarga yoritgichlarni oʻrnatish balandligini shunday tanlash kerakki, bunda yoritgich kronshteynining pastki qismi yoʻlning qatnov qismi sirtidan 7 m dan kam boʻlmagan balandlikda boʻlishi kerak (7 m dan kam boʻlmagan balandlikka oʻrnatishning imkoni boʻlmagan hollarda, yoritgichlarni 4 m dan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatish mumkin, bu holda yoritgich tayanchi yoʻlning qatnov qismi chegarasidan tashqariga suriladi).
Piyodalarga moʻljallangan joylar (piyodalar yoʻlakchalari, xiyobonlar va shu kabilar) uchun toj koʻrinishidagi yoritgichlarni oʻrnatish balandligi 3 m dan past boʻlmasligi lozim.
10° dan kichik boʻlmagan himoya burchagi taʼminlangan hamda maxsus asboblardan foydalanmasdan lampalarga va ishga tushirish apparatlariga yetib borishning imkoni yaratilgan boʻlsa, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va estakadalarning parapetlariga yoritgichlarni oʻrnatishning minimal balandligi cheklanmaydi.
Avtotransport tunnelining devorlariga yoritgichlarni joylashtirish balandligi 4 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Tafovutli (past-baland) maydon chegarasi ichiga yoritgichlarni joylashtirish balandligi bir xil boʻlishi hamda bu balandlik mazkur maydonga kirish va undan chiqish joylariga oʻrnatilgan yoritgichlarning balandligidan past boʻlmasligi lozim.
42. Chetiga daraxtlar qator qilib ekilgan koʻchalar va yoʻllarda yoritgichlarni daraxtlarning har tomonga yoyilgan shoxlaridan tashqariga uzaytirilgan kronshteynlarga mahkamlab, koʻchaning qatnov qismiga qaratib yoki trosli osmani qoʻllagan holda oʻrnatish kerak.
43. Koʻchalarda va barcha toifadagi yoʻllarda yoritgichlar orasidagi masofaning ularning balandligiga nisbati bir tomonlama, oʻq boʻyicha yoki toʻgʻri burchakli sxemada joylashtirishda 5:1 nisbatdan va shaxmat tartibida joylashtirganda esa 7:1 nisbatdan ortiq boʻlmasligi lozim.
Yoritgichlarni troslarga osganda ularning shamol taʼsiridan tebranishini bartaraf etuvchi chora-tadbirlar qoʻllanishi lozim.
44. Avtotransport va piyodalar uchun moʻljallangan tunellarda faqat yopiq yoritgichlardan foydalaniladi.
Piyodalar tunellari va oʻtish joylarida tashqi taʼsirga (inson tomonidan kuch ishlatib buzilishga) chidamli yoritgichlar qoʻllanadi.
Avtotransport tunnellarida himoya burchagi kamida 10º boʻlgan yoritgichlardan foydalanish lozim.
Yoʻlning harakatlanish yoʻnalishiga parallel boʻlgan tekislikdagi yoritgichlarning yorugʻlik kuchi mos ravishda 75º, 80º, 85º va 90º li burchaklar ostida 1000 lm ga 50 cd, 20 cd, 10 cd va 0 cd dan oshmasligi zarur.
Piyodalar uchun moʻljallangan yer osti va yer usti oʻtish joylarida himoya burchagi kamida 15° boʻlgan yoki yorugʻligi diffuziyalanuvchi yoxud prizmatik tarqaluvchi yoritgichlardan foydalaniladi.
45. Barcha toifadagi (A, B, V) koʻchalarni yoritish uchun himoyalanganlik darajasi IP 54 — IP 55 dan kam boʻlmagan yoritgichlar qoʻllanilishi lozim.
Avtotransport tunnellari yoritgichlarining himoyalanganlik darajasi IP 65 dan kam boʻlmasligi kerak.
Yoritgichlarning himoyalanganlik darajasini belgilash GOST 14254-96 boʻyicha amalga oshiriladi.
46. Koʻp qavatli avtoturargoh ochiq yuqori sathining chegarasi va uning panjara tutqichlari yaqqol koʻrinadigan darajada yoritilgan boʻlishi lozim.
Yoritgichlarning konstruksiyalarini oʻrnatish joylarini tanlashda ekspluatatsiya qilish jarayonida xizmat koʻrsatish uchun ularga yetib borish qulayligi inobatga olinishi kerak.
6-bob. Aholi yashash joylarida tashqi yoritishni loyihalash
47. Koʻchalar, yoʻllar va dahalar (mikrorayon) hududidagi maydonlar tayanchlarga oʻrnatiladigan yoki trosslarga mahkamlab osiladigan yoritgichlar bilan yoritiladi.
48. Turar-joy binolarining derazalariga tashqi yoritgichlardan yorugʻlik tushishini cheklash maqsadida derazalar yoʻnalishida yorugʻlik kuchi cheklangan yoritgichlar yoki toʻsib turuvchi panjaralarga ega boʻlgan yoritgichlar qoʻllanadi.
49. Ichki yoʻlaklar, xizmat-xoʻjalik va yongʻin oʻchirish yoʻlaklari, avtomobillar turar joylari, xoʻjalik maydonchalari va dahalardagi (mikrorayon) axlat yigʻish punktlari oldidagi maydonchalar yorugʻlikni koʻproq toʻgʻri tarqatuvchi yoritgichlar bilan yoritiladi.
50. Ochiq bozorlar va savdo yarmarkalari hududidagi maydonchalar, oʻtish joylari, pavilonlar qatorlari orasidagi oʻtish joylari, chodirlar, konteynerlarning oʻrtacha gorizontal yoritilganligi ularning toifasi va egallab turgan maydonidan qatʼiy nazar 10 lx dan kam boʻlmasligi lozim.
51. Bozor yoki savdo yarmarkasida ish vaqti tugagandan keyin, oʻrtacha gorizontal yoritilganlikni 4 lx gacha pasaytirish mumkin. Bunda minimal yoritilganlik 2 lx dan kam boʻlmasligi lozim.
52. Agar yongʻinga qarshi suv manbalari (gidrantlar, suv havzalari va shu kabilar) yoʻlaklarning yoritilmagan qismlarida joylashgan boʻlsa, ularni yoritishni tashqi yoritish uchun ishlab chiqilgan loyihalarda nazarda tutish zarur.
Bunda, suv manbasiga borish yoʻlaklarining oʻrtacha gorizontal yoritilganligi 2 lx dan kam boʻlmasligi lozim.
53. Binoning har bir kirish joyi yuqorisiga yoki yoniga quyidagi qiymatlardan kam boʻlmagan oʻrtacha gorizontal yoritilganlik darajasini taʼminlovchi yoritgichlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim:
6 lx — asosiy kirish joyidagi maydonchada;
4 lx — zaxira yoki texnik kirish joyida;
4 lx — binoning asosiy kirish joyi oldidagi 4 m uzunlikdagi piyodalar yoʻlakchasida.
54. Xiyobonlar, piyodalar sayr qilish yoʻlkalarini, shuningdek, istirohat bogʻlari, stadionlar, koʻrgazmalar, shifoxonalar, gospitallar, sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylarining markaziy kirish joylari yorugʻlikni sochib tarqatuvchi yoki toʻgʻri tarqatuvchi yoritgichlar bilan yoritish zarur.
Estradalar, attraksionlarning maydonchalari yorugʻlikni keng tarqatuvchi yoritgichlar vositasida yoritilishi lozim.
55. Jamoat markazidan tashqaridagi piyodalar koʻchalarida, hovli maydonlarida, shifoxonalar va davolash-kurort muassasalari yotoqxonalariga tutashgan koʻchalarda, turar-joy binolaridagi kvartiralarda, shifoxonalar palatalarining derazalaridagi vertikal yoritilganlik 5 lx dan oshmasligi lozim.
7-bob. Arxitektura hamda reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yoritishni loyihalash
56. Tashqi yoritishni loyihalashda shaharning arxitekturaviy-badiiy qiyofasini yaratish uchun quyidagi arxitektura obyektlarini:
binolar, koʻkalamzorlashtirilgan zonalar, favvoralar, maydonlar, koʻchalar, sohil boʻylari, xiyobonlar, shuningdek aholining ommaviy dam olish joylaridagi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini);
shaharning milliy, meʼmoriy-badiiy va tarixiy-madaniy obyektlar va yodgorliklarini, qishloqlarning markazlarida joylashgan obyektlar hamda ularning hududida joylashgan meʼmoriy yodgorliklarni yoritish nazarda tutiladi.
57. Tashqi yoritgichlarni loyihalash jarayonida tayanchlar va yoritish uskunalarini tanlashda yoritiluvchi sohaning meʼmoriy-rejalashtirish xususiyatlari va uning (kunduzgi hamda tungi) koʻrinishi hisobga olinishi lozim.
58. Binolar, inshootlar va ular ustiga joylashtiriladigan reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) arxitekturaviy yoritish boʻyicha yechimlar ushbu binolar va inshootlarning loyihalarida nazarda tutilishi lozim.
Binolar va inshootlar loyihalarida yorugʻlik uskunalari, elektr qurilmalari va yoritish tarmogʻining oraliq qoʻyilmalarini oʻrnatish uchun zarur boʻlgan biriktirish detallari va boshqa qurilmalarni nazarda tutish talab etiladi.
59. Favvorada purkagichdan otilib chiqadigan suv, favvora hovuzchasidagi suvning yuzasi va favvoraning boshqa ayrim meʼmoriy qismlari (haykallar) yoritilishi kerak.
Purkagichdan tik yoki qiya holatda otilib chiqadigan suvni yoritish uchun purkagich yonida joylashgan konsentratsiyalangan egri chiziqli yorugʻlik kuchiga ega boʻlgan yoritgichlar qoʻllaniladi.
Yoysimon shaklda otiladigan suvni yoritishda kosinusli yoki yarim kenglikdagi egri chiziqli yorugʻlik kuchiga ega boʻlgan yoritgichlar qoʻllaniladi.
Yoritgichlar suv ostida koʻrinmaydigan tarzda joylashtirilishi zarur.
60. Favvoralarni yoritish uchun qoʻllaniladigan yoritgichlar va lampalarning ishchi kuchlanishi 12 V dan oshmasligi lozim.
Favvoralarni yoritish uchun suv ostida va suv yaqinida joylashadigan yoritgichlar sifatida GOST 14254 ga muvofiq, himoyalanganlik darajasi IP 68 boʻlgan germetik metall galogenli qobiq bilan oʻralgan yorugʻlik tarqatadigan diodli lampalardan foydalanish mumkin.
Favvoralarni yoritishning elektr oʻtkazgichlari elektr tokida uzilish yuz berganda avtomatik uzilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ochiq simlar suv oʻtkazmaydigan germetik shina ichida joylashgan boʻlishi kerak.
61. Xiyobonlar va bogʻlar hududlaridagi notekisliklar yoki zinapoyalarda oʻrtacha gorizontal yoritilganlik 5 lx ni tashkil etishi lozim.
62. Obodonlashtirilgan maydonlarni, maysazorlarni yoritishda qoʻllaniluvchi past joylashgan yoritgichlar kamida 10° himoya burchagiga ega boʻlishi va yorugʻlik manbalarining umumiy yorugʻlik oqimi 6000 lm dan ortiq boʻlmasligi lozim.
63. Reklama obyektlari (konstruksiyalari) chiroqlarining yonib oʻchish davriyligi 10 sekunddan kam boʻlmasligi lozim.
64. Reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yoritishni loyihalashda yozuv yoki badiiy tasvirga ega boʻlgan qurilmalar uchun gaz razryadli yorugʻlik lampalaridan foydalaniladi.
Ichki tomondan yoritiladigan, old yuzasi nur sochuvchi materialdan tayyorlangan transparant qurilmalar uchun:
yorugʻlik tarqatadigan diodli (LED), lyuminessentli lampalardan;
video panellardan;
yorugʻlik proyeksion reklamali sirtlardan;
LED panellardan foydalaniladi.
65. Reklama panellari ravshanligining meʼyoriy koʻrsatkichlari ShNQ 2.01.05 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
8-bob. Tashqi yoritgichlarning yorugʻlik texnikasi hisobi
66. Tashqi yoritgichlarning yorugʻlik texnikasi hisobini yuritishda yoritishning normativ koʻrsatkichlari taʼminlanishi lozim.
Yoritilganlik va ravshanlik normalari ShNQ 2.01.05 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
67. Tashqi yoritgichlarning yorugʻlik texnikasi hisobi yoritish uskunalarining (yoritgichlarga ega boʻlgan qurilmalar yoki projektorli qurilmalar) turiga bogʻliq holda yuritilishi zarur.
68. Tashqi yoritgichlar tomonidan taʼminlanadigan yoritilganlik va ravshanlik darajasini maxsus tekshirish (verifikatsiya) joylarda oʻtkaziladigan oʻlchashlar yordamida amalga oshiriladi.
69. Tashqi yoritgichlarning yorugʻlik texnikasi hisobini yuritish nuqtali usul va yorugʻlik oqimidan foydalanish koeffitsiyenti usulida amalga oshiriladi.
70. Tashqi yoritgichlarning yorugʻlik texnikasi hisobini yuritish uchun dastlabki maʼlumotlar:
ShNQ 2.01.05 da belgilangan minimal yoki oʻrtacha yoritilganlikni;
yorugʻlik manbai va yoritgich turini;
yoritgichni oʻrnatish balandligini oʻz ichiga oladi.
71. Yoritgichlarni oʻrnatishning berilgan shart-sharoitlarida (tayanchlar turi, osish usuli va balandligi) yoritilganlikni hisoblash yoritgichlarni oʻrnatish balandligi va ularning sonini aniqlashdan iborat boʻladi.
Yoritgichlar orasidagi masofa lampalarning quvvatiga bogʻliq holda aniqlanadi.
Tashqi yoritishda qoʻllaniladigan projektorli qurilmalarining yorugʻlik-texnikasi hisobi mazkur shaharsozlik normalarining 4-ilovasiga muvofiq yuritiladi.
9-bob. Elektrotexnik qism
1-§. Taʼminlash tizimi
72. Tashqi yoritgichlarni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 220 V dan yuqori boʻlmagan nominal kuchlanishli oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tokdan foydalanish lozim.
73. Tashqi yoritgichlar va ularni boshqarish tuzilmalari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
1-toifa — shaharlarni tashqi yoritish tarmoqlarining dispetcherlik punktlari;
2-toifa — avtotransport va piyodalar tunellarini yorituvchi qurilmalar, koʻchalar, yoʻllar va A toifadagi maydonlar yoritgichlari;
3-toifa — boshqa yoritgichlar.
Sutka davomida uzluksiz ishlaydigan shahar transport yoʻllari yoritgichlari va uzunligi 80 m dan ortiq boʻlgan piyodalar tunellari yoritgichlarining elektr taʼminoti ishonchliligini qoʻshimcha tarzda oshirish uchun ularni 0.4 kV kuchlanishda turli liniyalarga va ikki transformatorli podstansiyalarning turli transformatorlariga 6-10 kV li turli liniyalar boʻyicha energiya bilan taʼminlanadigan ikkita yaqin joylashgan bitta transformatorli podstansiyalarning transformatorlariga ulangan kirituvchi-tarqatuvchi qurilmalarning har xil seksiyalaridan energiya bilan taʼminlashni nazarda tutish lozim.
74. Yongʻinga qarshi suv manbalariga (gidrantlar, suv havzalari va shu kabilar) kirish joylarini yoritish, shuningdek ularning joylashuvini koʻrsatuvchi belgilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash tashqi yoritish tarmogʻining tungi rejimidagi fazalari yoki yaqin atrofda joylashgan binolarning yoritish tarmoqlari orqali amalga oshirilishi kerak.
75. Tashqi yoritish tarmogʻining liniyalari transformatorlar fazalarining bir tekis yuklanishini hisobga olgan holda quvvatlantirish punktlariga ulanishi lozim.
76. Daha (mikrorayon) hududini yoritishga moʻljallangan yoritgichlarni elektr energiyasi bilan taʼminlashni bevosita tashqi yoritishni taʼminlash punktlaridan yoki yaqinroqdan oʻtgan koʻchalarni yoritish tarmoqlaridan (A toifadagi koʻchalar tarmogʻi bundan mustasno) amalga oshirish lozim.
Bolalar bogʻchalari, umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar, shifoxonalar, gospitallar, sanatoriyalar, pansionatlar, dam olish uylari hududlarining tashqi yoritish tizimi yoritgichlarini shu binolarning kirituvchi qurilmalaridan yoki transformatorli podstansiyalardan taʼminlash lozim.
77. Yoritgichlarni 42 V gacha kuchlanish bilan taʼminlash ajratuvchi transformatorlardan yoki avtonom quvvatlantirish manbalaridan amalga oshiriladi. Yoritgichlarni 42 V gacha kuchlanish bilan taʼminlash uchun foydalaniladigan transformatorlar yuqori kuchlanishli tarmoqlar tomonidan himoyalangan boʻlishi zarur. Shuningdek, past kuchlanishli qaytish liniyalarida ham himoyani taʼminlash nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
78. Chiroqli koʻrsatkichlar, yorqin yoʻl belgilari, yoʻl belgilari yoritgichlari, ochiq zinapoyalarning hamda piyodalar tunellarining kirish joylaridagi yoritgichlar koʻchalarni yoritish tarmogʻining tungi rejimi fazasiga ulanishi lozim.
Axborot beruvchi yorugʻlik tablosi va piyodalarning ular uchun moʻljallangan tunellarga harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatuvchi belgilar butun sutka davomida elektr taʼminotiga ulangan holatda boʻlishi lozim.
79. Koʻchalar, yoʻllar va maydonlarni yoritish tarmoqlariga raqamli fonarlar, reklamalar va vitrinalarning ulanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chiroqli reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) va arxitekturaviy yoritgichlarni mustaqil liniyalar yoki binolar elektr tarmogʻidan elektr energiyasi bilan taʼminlash lozim.
Quvvat zaxirasi mavjud boʻlganda, mazkur qurilmalarning bir fazaga toʻgʻri keluvchi quvvati 2 kW dan katta boʻlmasligi lozim.
80. Tashqi yoritgichlarda gaz razryadli yorugʻlik manbalariga ega boʻlgan yoritgichlar reaktiv quvvatning individual kompensatsiyaga ega boʻlishi lozim.
Bunda, yoritgichning quvvatlanish koeffitsiyenti 0.85 dan past boʻlmasligi kerak.
81. Piyodalar oʻtish joylari chegaralariga yaqin boʻlgan yoritgichlar koʻchalar, yoʻllar va maydonlarni yoritish tarmogʻining tungi rejimdagi fazalariga ulanishi zarur.
2-§. Yoritish tarmoqlarini himoya qilish va erga ulash
82. Simlarni birlashtirish joylarida tashqi yoritgichlardagi gaz-yorugʻlik quvurchalarining elektrodlari kuchlanishga qarshi sinovdan oʻtkazilmaydi.
83. Bolalar bogʻchalari, taʼlim muassasalari hududlari, trolleybus qatnoviga ega boʻlgan koʻchalarni yoritish, shuningdek arxitekturaviy yoritish hamda yashil maydonlarni pastdan tepaga yoritishda yoritgichlarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan liniyalarning taqsimlash tarmoqlarida kabelli oʻtkazgichlar qoʻllaniladi.
Balandligi 5 qavatdan yuqori boʻlgan binolar qurilgan tumanlardagi A va B toifadagi koʻchalar hamda maydonlarda hamda ularga tutashib ketgan umumshahar miqyosida foydalaniladigan bogʻlar va xiyobonlarning hududlarida, 20 ming va undan ortiq tomoshabinga moʻljallangan stadionlar, koʻrgazmalar, shifoxonalar, sanatoriyalar, pansionatlar va dam olish uylarida taʼminlash tarmoqlarini kabelli oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
84. Muhandislik inshootlarida kabel liniyalarini yotqizishda tarmoqlanish tuguni yoritgich tayanchiga qulay joylashtiriladi hamda eskirgan kabellar yangisiga almashtiriladi.
Kabellar yoritgich tayanchiga tayanchning tsokol qismidan kiritiladi. Sokollar kabellarning tarmoqlangan joyini, avtomatik ulagichlarni va ekspluatatsion xizmat koʻrsatish uchun qulfli eshikchani joylashtirish uchun yetarli boʻlgan oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.
85. Kabelli liniyalardan havo orqali oʻtkazilgan liniyalarga oʻtish joylari qutilarga montaj qilingan ajratuvchi (oʻchiruvchi) qurilmalarga ega boʻlishi lozim. Bu qurilmalar yoritgich tayanchlariga yer sathidan kamida 2,5 m balandlikda oʻrnatiladi.
86. Elektr simlarini yoritish tayanchlari ichidan oʻtkazishda simlar izolatsiyalangan himoya qobigʻi bilan oʻraladi yoki uning oʻrniga kabellar qoʻllaniladi.
Elektrlashtirilgan shahar transporti tashqi yoritgichlarining qoʻshma tayanchlari ichida va birikish tarmoqlarida 660 V dan kam boʻlmagan kuchlanishga moʻljallangan izolatsiyaga ega boʻlgan kabellardan foydalanish zarur.
87. Umumiy foydalanish tarmogʻining nolli simidan tashqi yoritishda foydalanilayotganda, uni umumiy foydalanish tarmogʻining barcha faza simlaridan hamda tashqi yoritish tarmogʻi faza simlaridan pastroqda yoki ular bilan bir xil sathda joylashtirish lozim.
88. Elektr energiyasi bilan taʼminlash punktining sxemasida taqsimlash tarmogʻi oʻchirilgan boʻlsa ham tarmoqning erga ulanishi nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
3-§. Simlarni hisoblash
89. Tashqi yoritish tarmogʻi simlarining kesimini hisoblash elektr tokining yoʻl qoʻyiladigan zichligini va tarmoqning eng uzoq joylashgan nuqtasidagi nolli fazada qisqa tutashuv yuz berganda, tarmoqning oʻchirilishini tekshirish orqali olib boriladi. Bunda, kuchlanish yoʻqotilishining chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan kattaligi hisobga olinishi hamda plastmassali izolatsiyaga ega boʻlgan kabellar termik chidamlilikka ham tekshirilishi lozim.
Tarmoqning eng uzoqda joylashgan yoritgichlaridagi kuchlanishning hisobiy ogʻishi tarmoq nominal kuchlanishidan 5% dan hamda (gaz razryadli lampalarning tarmoqlarida 7 % dan) eng uzoqda joylashgan projektorlarda 2.5 % dan oshmasligi kerak.
90. Quvvat koeffitsiyentining individual kompensatsiyasini taʼminlovchi gaz razryadli lampalarni elektr toki bilan taʼminlovchi tashqi yoritish tarmoqlaridagi kuchlanishning yoʻqotilishini hisoblashda liniyalarning reaktiv qarshiligi hisobga olinmaydi.
Yuqori bosimli gaz razryadli lampalar mavjud tarmoqlardagi yuklamalarni aniqlashda ishga tushirish-rostlash apparatlaridagi quvvat yoʻqotilishi hisobga olinishi lozim, agar ishga tushirish-rostlash apparatlarida yoʻqotiladigan quvvat miqdori haqida aniq maʼlumotlar boʻlmasa, uning miqdorini lampalar quvvatining 10% iga teng deb qabul qilish tavsiya etiladi.
91. Tashqi yoritish tarmogʻi kaskadining boshqaruv simlari kommutatsion apparatlarning (kontaktorlar, magnitli ishga tushirgichlar) tortib oluvchi gʻaltaklarining ishga tushiruvchi tokidan yoʻqotiladigan kuchlanish boʻyicha hisoblanadi.
Gʻaltaklardagi kuchlanishning yoʻl qoʻyiladigan hisobiy yoʻqotilishi ulardagi nominal kuchlanishning 15% idan oshmasligi lozim.
10-bob. Tashqi yoritish tizimini boshqarish
92. Tashqi yoritish tarmoqlari markazlashgan telemexanik hamda masofadan boshqaruv tizimiga ega boʻlishi lozim.
93. Tashqi yoritishni boshqarish tizimini aholi yashash joyidagi aholi soniga bogʻliq holda tanlash zarur. Bunda quyidagilar:
aholi soni 50 mingdan ortiq boʻlganda, markazlashgan telemexanik boshqaruv;
aholi soni 20 mingdan 50 ming nafargacha boʻlganda, markazlashgan telemexanik yoki masofadan boshqaruv;
aholi soni 20 ming nafargacha boʻlganda, masofadan boshqaruv nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
94. Shaharlarni tashqi yoritishni boshqarish bitta markaziy yoki bir nechta markaziy tuman dispetcherlik punktlaridan amalga oshirilishi lozim.
Hududi joy relyefining tabiiy toʻsiqlari hamda suv yoki oʻrmonlar bilan ajratilgan yirik shaharlarda tuman dispetcherlik punktlarini nazarda tutish talab etiladi.
Markaziy va tuman dispetcherlik punktlari orasida toʻgʻridan toʻgʻri telefon aloqasini taʼminlash talab etiladi.
95. Taʼlim tashkilotlari, mehmonxonalar, pansionatlar, sanatoriylar, shifoxonalar, dam olish uylari, bogʻlar, xiyobonlar, stadionlar, koʻrgazmalar hududlari yoritilishini boshqarishda ular joylashgan aholi yashash joyining tashqi yoritilishini boshqarish tizimidan foydalaniladi.
Bunda, yuqorida sanab oʻtilgan obyektlarni yoritish tizimini boshqarishda, mahalliy boshqarish imkoni ham nazarda tutilishi lozim.
Piyodalar va avtotransport tunellari uchun kunduzgi, kechki va tungi ish rejimidagi yoritgichlarni alohida boshqarish nazarda tutiladi.
96. Markazlashgan telemexanik boshqaruv tizimlarida tashqi yoritgichlarining normal ishlashini taʼminlash uchun dispetcherlik va ijro punktlari orasida barcha yoritgichlarni ulash, yoritgichlarning bir qismini ulash (oʻchirish), barcha yoritgichlarni oʻchirish toʻgʻrisida ikki tomonlama axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi zarur.
97. Markazlashgan masofadan boshqarish tizimlarida tashqi yoritishning kaskadlangan tarmoqlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda bosh punktlarining tungi va kechki fazalarini kommutatsion apparatlar bilan boshqarish hamda ularni kaskad oxirida kuchlanishning mavjudligi boʻyicha yorugʻlik va tovushli signallarni boshqaruv pultiga chiqarish orqali nazorat qilish lozim.
98. Kaskadli tarmoqlarning bosh quvvat punktlarini kommutatsion apparatlar bilan boshqarishni, qoidaga koʻra, nazorat punktidan toʻgʻridan toʻgʻri yoki oraliq element (rele, optron va boshqalar) orqali amalga oshirish kerak.
99. Tashqi yoritish tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarishda har bir elektr energiyasi bilan taʼminlash punktida mavjud boʻlgan kommutatsion apparatlardan foydalaniladi.
Kommutatsion apparatlarning boshqaruvi ularni kaskadli (ketma-ket) ulash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Osma kabelli tarmoqlarda bitta kaskadda 10 tagacha elektr energiyasi bilan taʼminlash punktini, yer tagidan oʻtadigan kabelli tarmoqlarda esa tashqi yoritish tarmogʻining 15 tagacha elektr energiyasi bilan taʼminlash punktini ulash mumkin.
Izoh: osma kabelli tarmoqlarda — bittadan ortiq boʻlmagan elektr energiyasi bilan taʼminlash punkti va yer tagidan oʻtadigan kabelli tarmoqlarda ikkitadan koʻp boʻlmagan taʼminlash punktlari ulangan boʻlsa, kaskadli sxemalarida nazorat qilinmaydigan uchastkalar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
100. Tashqi yoritish tizimini loyihalashda A va B toifadagi koʻchalar, yoʻllar va maydonlar kaskadning bosh qismiga yoki bosh qismiga yaqin uchastkada joylashtirilishini birinchi navbatda nazarda tutish lozim.
ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yortitish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yoritgichlarni joylashtirishning sxematik tasviri
a) koʻchaning oʻqi boʻylab ikki qatorli toʻgʻri toʻrtburchak shaklida;
b) koʻchaning ikki cheti boʻylab ikki qatorli toʻgʻri toʻrtburchak shaklida;
v) koʻchaning ikki cheti boʻylab ikki qatorli shaxmat tartibida;
g) koʻchaning bitta cheti boʻylab bir tomonlama;
d) kombinatsiyalashgan;
e) ikki tomonlama yoʻlning oʻqlari yoʻnalishida boʻylama.
ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yortitish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yoritgich tayanchlari va yoʻlning qatnov qismi oraligʻidagi minimal masofalar
|
Yoʻl qatnov qismi boʻyicha harakatlanishning hisobiy tezligi, km/h |
Yoʻl qatnov qismining chetidan tashqi yoritish tayanchining sirtigacha boʻlgan minimal gorizontal masofa, m |
|
50 |
0,8 |
|
80 |
1,0 |
|
100 |
1,5 |
|
120 |
1,5 |
ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yortitish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
10 yoki 12 metrlik tayanchlardan foydalanganda, tashqi yoritgichlarni oʻrnatishning namunaviy sxemalari
1. “T” shaklidagi kesishmalar
1.1. “T” shaklidagi kesishmada asosiy yoʻlning toʻgʻri chiziqli qismida yoritgichlarning odatdagi joylashuvi mazkur Ilovadagi 1-rasmda koʻrsatilgan.
1-rasm. Asosiy yoʻlning toʻgʻri qismidagi “T” shaklidagi kesishma.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan tashqi yoritgichlarning orasidagi masofa (qadam).
1.2. Asosiy yoʻlning egri chiziqli (burilgan) qismidagi “T” shaklidagi kesishmaning loyihaviy yechimi 1-rasmda koʻrsatilgan kesishmaning loyihaviy yechimidan farq qilishi mumkin.
Asosiy yoʻlning egri chiziqli (burilgan) qismidagi “T” shaklidagi kesishmada yoritgichlarni joylashtirishning namunaviy sxemalari 2 va 3-rasmlarda koʻrsatilgan.
2-rasm. “T” shaklidagi kesishma uchun ikkinchi darajali yoʻl asosiy yoʻlning burilgan qismiga tashqi tomondan qoʻshiladi.
3-rasm. “T” shaklidagi kesishma uchun ikkinchi darajali yoʻl asosiy yoʻlning burilgan qismiga ichki tomondan qoʻshiladi.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan tashqi yoritgichlarning orasidagi masofa (qadam).
1.3. Asosiy yoʻlning qarama-qarshi tomonlarida shaxmat tartibidagi joylashgan ikkita T-shaklidagi chorraha 4-rasmda koʻrsatilgan (kesishmalar X va Y harflari bilan belgilangan). Bu kesishmalar bir-biridan mustaqil tarzda alohida yoritiladigan zonalar sifatida koʻrib chiqilishi mumkin. Agar chorrahalar bir-biriga yaqin joylashgan boʻlsa va ular yagona yoritiladigan zona sifatida koʻrib chiqilsa, u holda rasmda koʻrsatilgan A va B yoritgichlar uchun maqbul yechimlar tanlanishi mumkin.
4-rasm. Shaxmat tartibida joylashgan “T” shaklidagi chorrahalar.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan tashqi yoritgichlarning orasidagi masofa (qadam).
2. Chorrahalar
Yoritgichlarni chorrahaga joylashtirishning namunaviy sxemalari mazkur Ilovadagi 5-rasmda koʻrsatilgan.
Rasmda koʻrsatilgan A yoritgichlar chorrahadan oʻtadigan yoki chorrahada buriladigan avtotransport vositalarini yoritish uchun moʻljallangan.
5-rasm. Chorrahalar.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan tashqi yoritgichlarning orasidagi masofa (qadam).
3. “Y” shaklidagi chorrahalar
3.1. Yoritgichlarni “Y” shaklidagi chorrahalarga shaxmat tartibida joylashtirishning namunaviy sxemasi mazkur Ilovadagi 6-rasmda koʻrsatilgan.
Rasmda koʻrsatilgan A yoritgichlar yoʻlning qatnov qismi konfiguratsiyasini va ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanadigan avtotransport vositalarini yoritadi.
Izoh: ikkinchi darajali yoʻli keng boʻlgan “Y” shaklidagi chorrahada asosiy yoʻldagi xavfsizlik orolchasida yoki yoʻlning ayri qismidagi orolchada yoritgichlarni haddan tashqari uzoq oraliqlarda joylashuvini oldini olish maqsadida yoritish uchun tayanch oʻrnatilishi zarur.
|
Ikkinchi darajali yoʻl oʻng tomonida boʻlgan “Y” shaklidagi chorraha |
Ikkinchi darajali yoʻl chap tomonida boʻlgan “Y” shaklidagi chorraha |
6-rasm. “Y” shaklidagi chorrahalar.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan tashqi yoritgichlarning orasidagi masofa (qadam).
3.2. Asosiy yoʻlning ayri qismidagi “Y” shaklidagi chorraha egri chiziqli (burilgan) uchastkaniki kabi yoritilishi mumkin, shu bilan birga asosiy yoʻlda yoritgichlar uning bordyur boʻylab uzluksiz joylashtiriladigan yoritgichlarning hisobiy oraligʻiga (qadamiga) nisbatan kichiklashtirilgan oraliqlarda (qadamlarda) joylashtiriladi. Asosiy yoʻlning ayri qismidagi “Y” shaklidagi chorrahada yoritgichlarni shaxmat tartibida joylashtirishning namunaviy sxemasi mazkur Ilovadagi 7-rasmda koʻrsatilgan.
Izoh: yoritgichlarning hisobiy oraligʻini oshirmagan holda ikkinchi darajali yoʻlni yoritish maqsadida, ayrim hollarda, yoritgichlarni uzunroq maxkamlagichda yoki ikkinchi darajali yoʻldagi xavfsizlik orolchasi yoki yoʻlning ayri qismidagi orolchada oʻrnatilgan ustunda joylashtirish zarur.
|
Asosiy yoʻl ayri qismining chap tomonidagi ikkinchi darajali yoʻl orasidagi “Y” shaklidagi chorraha |
Asosiy yoʻl ayri qismining oʻng tomonidagi ikkinchi darajali yoʻl orasidagi “Y” shaklidagi chorraha |
7-rasm. Asosiy yoʻlning ayri qismidagi “Y” shaklidagi chorrahalar.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan tashqi yoritgichlarning orasidagi masofa (qadam).
4. Uchburchak shaklidagi orolchali kesishmalar
Mazkur Ilovadagi 8 va 9-rasmlarda ikkinchi darajali yoʻl asosiy yoʻlga oʻtkir va oʻtmas burchak ostida qoʻshiladigan holatdagi uchburchak shaklidagi orolchali kesishmalarda yoritgichlarni joylashtirish sxemasi koʻrsatilgan.
8-rasm. Uchburchak shaklidagi orolchali kesishmalar.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, 4 — bir tomonlama ulama yoʻl, 5 — A/B orolcha oʻlchamiga qarab alohida yoki birlashtirilgan boʻlishi mumkin, 6 — V/G orolcha oʻlchamiga qarab alohida yoki birlashtirilgan boʻlishi mumkin, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan tashqi yoritish tizimi yoritgichlarining orasidagi masofa (qadam).
9-rasm. Uchburchak shaklidagi orolchali kesishmalar.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl, 4 — A/B orolchaning oʻlchamiga qarab bir-birini inkor etuvchi boʻlishi mumkin, 6 — D/E orolcha oʻlchamiga qarab alohida yoki birlashtirilgan boʻlishi mumkin, S — asosiy yoʻl boʻylab oʻrnatilgan yoritgichlarining orasidagi masofa (qadam).
5. Xavfsizlik orolchalari yoki yoʻlning ayri qismida orolchalar boʻlgan kesishmalar
Asosiy yoʻldagi xavfsizlik orolchalari yoki yoʻlning ayri qismidagi orolchalar va chapga buriladigan harakatlanish qismlari bilan kesishish joylaridagi yoritgichlarni joylashtirishning namunaviy sxemasi mazkur Ilovadagi 10-rasmda koʻrsatilgan.
10-rasm. Asosiy yoʻldagi xavfsizlik orolchalari yoki yoʻlning ayri qismidagi orolchalar va chapga buriladigan harakatlanish qismlari bilan tutashgan kesishmalar.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — asosiy yoʻl, 3 — ikkinchi darajali yoʻl.
6. Halqa shaklidagi chorraha
6.1. Mazkur Ilovadagi 11 va 12-rasmlarda bir necha harakatlanish yoʻnalishlariga ega boʻlgan markaziy orolchali halqa shaklidagi chorrahada yoritgichlarni joylashtirishning namunaviy sxemasi koʻrsatilgan.
Boʻluvchi chiziqlarga ega boʻlmagan kirib kelish yoʻllari.
Boʻluvchi chiziqlarga ega boʻlgan kirib kelish yoʻllari.
11-rasm. Uchta kirib keluvchi yoʻl va markaziy orolchali halqa shaklidagi chorrahalarda yoritgichlarni joylashtirishning namunaviy sxemasi
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — markaziy orolcha.
12-rasm. Toʻrtta kirib keluvchi yoʻl va markaziy orolchali halqa shaklidagi chorrahalarda yoritgichlarni joylashtirishning namunaviy sxemasi.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — markaziy orolcha.
6.2. Halqali “T” shaklidagi halqali kesishmada yoritgichlarni joylashtirishning namunaviy sxemasiga doir misol mazkur Ilovadagi 13-rasmda keltirilgan.
13-rasm. “T” shaklidagi halqali kesishma.
Bu erda: 1 — yoritgichlarni oʻrnatish joyi, 2 — markaziy orolcha.
ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yortitish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
4-ILOVA
Tashqi yoritishda qoʻllaniladigan projektorli qurilmalarining yorugʻlik-texnikasi hisobi
1. Tashqi yoritishda qoʻllaniladigan projektorli qurilmalarining yorugʻlik-texnikasi hisobi predmetini quyidagilar tashkil etadi:
yoritiladigan maydonda meʼyorlangan yoritilganlikni yaratish uchun zarur boʻlgan projektorlar sonini aniqlash;
projektorlar ustunlari va projektorlarni oʻrnatish joylarini tanlash;
yoritiladigan sirt ustida projektorlarni oʻrnatish balandligini aniqlash;
vertikal tekislikda projektorlarning maqbul (optimal) ogʻish burchaklarini va gorizontal tekislikda burilish burchaklarini aniqlash.
2. Tashqi yoritishning projektorli qurilmalarining yorugʻlik-texnik hisobi yorugʻlik oqimidan foydalanish koeffitsiyenti usuli, nuqtali usul va solishtirma quvvat usuli boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Tashqi yoritishning projektorli qurilmalari loyihasini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash bosqichida amalga oshirilishi lozim boʻlgan taxminiy hisob uchun hisoblash ishlarini yorugʻlik oqimidan foydalanish koeffitsiyenti usuli yoki solishtirma quvvat usuli bilan bajarish tavsiya etiladi.
Projektorli tashqi yoritish loyihasining yorugʻlik-texnik qismini batafsil ishlab chiqish nuqtali usul bilan bajariladi.
4. Projektorlarni oʻrnatish balandligini tanlash yorugʻlikning koʻzni qamashtiruvchi taʼsirini cheklash shartidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Projektorni va projektor tipidagi qiya joylashadigan yoritgichni oʻrnatilishi lozim boʻlgan minimal balandligi (N, m) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu erda: Imax — projektorning oʻq boʻyicha yorugʻlik kuchi, cd;
s — mazkur Ilovadagi 1-jadvalga muvofiq meʼyoriy yoritilganlikka bogʻliq holda tanlanadigan koeffitsiyent.
Projektorlarni oʻrnatishning yuqorida koʻrsatilgan shart boʻyicha tanlangan balandligi yoritgich tomonidan taʼminlanadigan boshqa talablar (vertikal va gorizontal yoritilganlik qiymatlarining nisbati, bir tekis yoritilganlik)ning bajarilishini ham taʼminlashi lozim.
1-jadval
Meʼyoriy yoritilganlikka bogʻliq holda mazkur Ilovaning 4-bandidagi formula uchun c koeffitsiyenti
|
Meʼyoriy yoritilganlik, lx |
0,5 |
1,0 |
2,0 |
3,0 |
5,0 |
10,0 |
30,0 |
50,0 |
|
s koeffitsiyentining qiymati |
100 |
150 |
250 |
300 |
400 |
700 |
2100 |
3500 |
Izoh: bir nechta projektorlarning (projektor tipidagi yoritgichlar) oʻq boʻyicha yorugʻlik kuchining bir xil yoʻnalishida s koeffitsiyentining jadvalda keltirilgan qiymati projektorlar (projektor tipidagi yoritgichlar) soniga boʻlinadi.
5. Projektorning gorizontal yuzani yoritishida uni oʻrnatishning maqbul (optimal) burchagi Ө, grad., quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu erda E — yoritilganlik (yoritilganlikka teng boʻlgan berilgan egri chiziq uchun), lx;
N — projektorni oʻrnatish balandligi, m;
m, n — gorizontal va vertikal tekisliklarda projektor nurining tarqalish burchaklariga bogʻliq boʻlgan va quyidagi formulalar yordamida aniqlanadigan doimiy kattaliklar (konstantalar):
bu erda: βv, βg — projektor nurining mos ravishda vertikal va gorizontal tekisliklarda tarqalish burchaklari, grad.;
F — projektor lampalarining yorugʻlik oqimi, lm.
Projektor bilan veritikal tekislikni yoritishda projektorni qiyalatishning maqbul burchagi Ө, grad., quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu erda Io — projektorning oʻq boʻyicha yorugʻlik kuchi, cd.
Verifikatsion oʻlchashlarni oʻtkazish
6. Yoritilganlik va ravshanlikni oʻlchash toʻgʻridan toʻgʻri (mos ravishda lyuksmetrlar va yarkomerlar bilan) oʻlchash usulidan foydalanib amalga oshiriladi.
Yoʻl qoplamasi sirtining ravshanligini bilvosita usul bilan (shu sirtning alohida elementar maydonchalarining yoritilganligini oʻrtacha qiymatlarni navbatma-navbat qabul qilish va qayta hisoblashning tegishli koeffitsiyentlaridan foydalangan holda qayta hisoblash orqali oʻlchash bilan) aniqlash mumkin.
7. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi, piyodalar yuradigan joylar va bino derazalarini yoritishda qoʻllaniladigan yoritgichlarning verifikatsion hisobi uchun hisoblanadigan maydonni va hisoblanadigan nuqtalar toʻrini aniqlash mazkur shaharsozlik normalarining 5-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Koʻchalar, yoʻllar, maydonlar, piyodalarga moʻljallangan joylarning oʻrtacha yoritilganligi yoʻl qoplamasining hisoblangan nuqtalarida oʻlchangan yoritilganlik qiymatlarining oʻrta arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi.
9. Barcha turdagi tashqi yoritgichlari, shu jumladan koʻcha, arxitekturaviy, reklama va vitrinalarning yoritgichlari bilan binolar derazalarini yoritish darajasini oʻlchashda derazaning tashqi yuzasidagi oʻrtacha vertikal yoritilganlik hisoblangan nuqtalarda oʻlchangan vertikal yoritilganlik qiymatlarining oʻrta arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi.
10. Tarmoq kuchlanishi nominal qiymatdan 5% dan koʻp boʻlmagan qiymatga oʻzgarganda, yoritilganlikning haqiqiy qiymati Ē, lx quyidagi formuladan aniqlanadi:
bu erda: Ē — mazkur Ilovaning 8, 9-bandlariga muvofiq hisoblangan yoritilganlik, lx;
Unom — tarmoqdagi nominal kuchlanish, V;
Uoʻr — oʻlchash boshlangan va tugagan vaqtda tarmoqdagi kuchlanishning oʻrta arifmetik qiymati sifatida aniqlanadigan tarmoq kuchlanishining oʻrtacha qiymati V;
K — quyidagi qiymatlarga teng qilib qabul qilinadigan koeffitsiyent:
energiya bilan taʼminlanishning impulsli bloklariga ega boʻlgan yorugʻlik diodlari uchun — 0;
sigʻimli balastli elektr qarshilik va elektron ishga tushirish-rostlash apparatlaridan foydalanishda lyuminessent lampalar uchun — 1;
induktiv balastli elektr qarshilikdan foydalanishda lyuminessent lampalar va simobli yoyli lampalar uchun — 2;
metall galogen lampalar, nurlanuvchi qoʻshimchali simobli yoyli lampalar, yuqori bosimli natriyli lampalar uchun — 3.
11. Yoʻl qoplamasining oʻrtacha ravshanligi mazkur Ilovaning 8, 9, 10-bandlaridagi qoidalarga oʻxshash tarzda aniqlanadi.
12. Tashqi yoritgichlarni oʻrnatish quyidagi shart bajarilganda, normalarga javob beradi:
bu erda: E — oʻlchangan yoritilganlik (8,9,10 ga asosan), lx;
K3 — normativ zaxira koeffitsiyenti;
EH — meʼyorlanadigan yoritilganlik, lx.
ShNQ 2.04.18 — 22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yortitish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
5-ILOVA
Koʻcha-yoʻl tarmogʻi, piyodalar yuradigan joylar va bino derazalarini yoritishda qoʻllaniladigan yoritgichlarning verifikatsion hisobi uchun hisoblanadigan maydonni va hisoblanadigan nuqtalar toʻrini aniqlash
1. Standart geometriyaga ega boʻlgan obyektlar uchun hisobiy maydon yoʻl polotnosining gorizontal toʻgʻri chiziqli qismini oʻz ichiga oladi, bunda yoʻl hisobiy maydonining eni shu yoʻl qatnov qismining eniga (bir tomonga harakatlanganda) teng boʻlsa, uning uzunligi esa yoritgichlarni yoʻlning bir tomoni yoki markazi boʻylab oʻrnatish qadamiga teng boʻladi.
Yoritish uskunalarini joylashtirishning shaxmat tartibidagi sxemasi uchun yoritilganlikni aniqlashda nazorat uchastkasining uzunligi yoʻl qatnov qismining qarama-qarshi tomonlarida joylashgan ikkita qoʻshni yoritish uskunalari orasidagi masofaning shu yoʻlning boʻylama oʻqiga tushgan proyeksiyasi bilan aniqlanadi.
Koʻchalar, yoʻllar va maydonlarning oʻrtacha yoritilganlik darajasini oʻlchash uchun hisobiy nuqtalar yoritgichlarni joylashtirish qadami (oraligʻi) bilan chegaralangan yoʻl qoplamasi uchastkasida quyida keltirilgan formula boʻyicha aniqlanadigan D masofada bir tekis joylashishi kerak:
bu erda: S — yoritgichlar orasidagi masofa (qadam), m;
N — hisobiy nuqtalar soni.
Hisobiy nuqtalar soni 10 tadan kam boʻlmasligi lozim.
Yoritgichlar orasidagi masofa (qadami) 30 m ga teng yoki undan ortiq boʻlganda, hisobiy nuqtalar soni 10 tani tashkil etishi kerak. Yoritgichlar orasidagi masofa (qadami) 30 m dan ortiq boʻlganda, hisobiy nuqtalar orasidagi masofa 3 m dan oshmasligi lozim. Hisobiy nuqtalar hisobiy maydonda mazkur Ilovadagi 1-rasmda koʻrsatilganidek taqsimlanishi kerak.
2. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi va piyodalar yuradigan joylarning oʻrtacha yoritilganlik darajasini oʻlchashda hisobiy maydonning joylashuvi mazkur Ilovadagi 2-rasmga muvofiq boʻlishi lozim.
3. Koʻchaning oʻrtacha yoritilganlik darajasini oʻlchashda hisobiy nuqtalarning chorrahadagi joylashuvi mazkur Ilovadagi 3-rasmga muvofiq boʻlishi lozim. Hisobiy nuqtalar oraligʻi (D) 3 m dan 5 m gacha deb qabul qilinadi.
1-rasm. Hisobiy nuqtalar.
Bu erda: 1 — yoʻl cheti, 2 — hisobiy maydonda oxirgi turgan yoritgich, 3 — hisobiy maydon, 4 — yoʻlning markaziy chizigʻi, 5 — hisobiy maydonda birinchi turgan yoritgich, x — hisobiy nuqtalar, WL — yoʻl polosasining eni, N — hisobiy nuqtalar soni, d — koʻndalang yoʻnalishda hisobiy nuqtalar orasidagi masofa (qadam), D — boʻylama yoʻnalishda hisobiy nuqtalar orasidagi masofa (qadam), S — yoritgichlar orasidagi masofa (qadam).
2-rasm. Koʻchalarning oʻrtacha yoritilganlik darajasini oʻlchashda hisobiy maydonning joylashuvi.
Bu erda: 1 — yoritgichlari yoʻl oʻqi boʻylab ikki qatorli toʻgʻri burchakli tartibda joylashtirilgan olti polosali yoʻl, 2 — yoritgichlari bir tomonlama joylashtirilgan uch polosali yoʻl, 3 — yoritgichlari yoʻl oʻqi boʻylab ikki qatorli toʻgʻri burchakli tartibda joylashtirilgan uch polosali yoʻl, 4 — yoritgichlari ikki qatorli shaxmat tartibida joylashtirilgan uch polosali yoʻl, 5 — yoritgichlari bir tomonlama joylashtirilgan ikki polosali yoʻl, 6 — yoritgichlari ikki qatorli toʻgʻri burchakli tartibda joylashtirilgan ikki polosali yoʻl, 7 — yoritgichlari ikki qatorli shaxmat tartibida joylashtirilgan ikki polosali yoʻl.
3-rasm. Koʻchaning oʻrtacha yoritilganlik darajasini oʻlchashda hisobiy nuqtalarning chorrahadagi joylashuvi.
4. Koʻchaning oʻrtacha yoritilganlik darajasini oʻlchashda hisobiy nuqtalarning burilish joylaridagi joylashuvi mazkur Ilovadagi 4-rasmda koʻrsatilgan. Hisobiy nuqtalar oraligʻi (D) 3 m dan 5 m gacha deb qabul qilinadi.
4-rasm. Koʻchaning oʻrtacha yoritilganlik darajasini oʻlchashda hisobiy nuqtalarning burilish joylaridagi joylashuvi
5. Vertikal yoritilganlik darajasini (derazaning yoritilish darajasi) oʻlchashda hisobiy nuqtalarning derazaning tashqi yuzasida joylashuvi mazkur Ilovadagi 5-rasmda koʻrsatilgan.
Hisobiy nuqtalar derazaning tashqi yuzasiga joylashtiriladi.
Har bir oʻlchanadigan deraza uchun hisobiy nuqtalar soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak.
5-rasm. Vertikal yoritilganlik darajasi (derazaning yoritilish darajasi)ni oʻlchashda hisobiy nuqtalarning derazaning tashqi yuzasida joylashuvi.
6. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi va piyodalar harakatlanadigan joylardagi yoʻl qoplamasining oʻrtacha ravshanlik darajasini toʻgʻridan toʻgʻri usul bilan oʻlchashda hisobiy maydon va hisobiy nuqtalarning joylashuvida oʻrtacha yoritilganlik mazkur Ilovadagi 1 va 2-rasmlarda koʻrsatilganidek aniqlanadi. Bunda, oʻlchash yoʻnalishi hisobiy maydondagi birinchi yoritgichdan (mazkur Ilovaning 1-rasmidagi “5”) hisobiy maydonning oxirgi yoritgichiga (mazkur Ilovaning 2-rasmidagi “1”) qarab qabul qilinadi.