08.06.2022 yildagi PQ-274-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ushbu fuqarolarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari oʻrniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov (keyingi oʻrinlarda — qoʻshimcha toʻlov) toʻlab boriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-maydan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar oʻrniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida toʻlanadigan kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-maydan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, kompensatsiya va qoʻshimcha toʻlovlar mazkur bandda keltirilgan shaxslarga, ularning pensiyalari va nafaqalari toʻlanadigan tartibda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻshimcha toʻlov va kompensatsiyalarni moliyalashtirish quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Pensiya jamgʻarmasi hisobida turgan pensiya oluvchilarga:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha toʻlovlar — Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiyalar — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlangan pensiya va nafaqalarni oluvchilarga qoʻshimcha toʻlovlar va kompensatsiyalar mazkur vazirlik va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Moliya vazirligi ushbu qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar 2022-yilda Davlat budjeti parametrlarida 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena tovarlari va kiyim-kechaklar uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning 1-bandida keltirilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga mahalliy budjet, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda moddiy koʻmak va ijtimoiy yordam koʻrsatib borishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu qarorning maqsad va vazifalari bosma va elektron axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 8-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-274-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 07/22/274/0501-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)