31.03.2022 yildagi 145-son
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Individual dasturlar asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari 1v-ilovaga muvofiq hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi, imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
12. “Ayollar daftari” ushbu Nizomga 1g-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi.
Zarur hollarda, mazkur bandning uchinchi kichik bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ajratiladigan subsidiya mablag‘lari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib asosida tegishli buyurtma ijrochilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazib beriladi.
32. Mazkur nizomning 31-bandida belgilangan maqsadlar uchun subsidiyalar va kreditlarini ajratish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
a) mahallalardagi xotin-qizlar faollari sektorlar rahbarlari bilan birgalikda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) ko‘rsatilgan ro‘yxatni (har bir xotin-qizning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi yoki identifikatsiyalovchi ID — kartasi raqami ko‘rsatilgan holda) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
45. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari bilan kelishilgan holda, mazkur Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.



I.
UMUMIY MA’LUMOTLAR



1.

Familiyasi, ismi, otasining ismi:

___________________________________________________________________________________________

2.

Tug‘ilgan sanasi:

___________________________________________________________________________________________

3.

Turar joyi manzili:

___________________________________________________________________________________________

4.

Telefon raqami:

___________________________________________________________________________________________

5.

Ma’lumoti:

___________________________________________________________________________________________

6.

Tamomlagan ta’lim muassasasi:

___________________________________________________________________________________________

7.

Mutaxassisligi:

___________________________________________________________________________________________

8.

Ish joyi va lavozimi:

___________________________________________________________________________________________

9.

Pasport seriyasi, raqami yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ushbu hujjatlarning berilgan vaqti, bergan organ nomi:

___________________________________________________________________________________________

10.

JShShIR:

___________________________________________________________________________________________

11.

Elektron pochta manzili:

___________________________________________________________________________________________



II. “AYoLLAR DAFTARI” TIZIMI DOIRASIDA BELGILANGAN ChORA-TADBIRLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR



1.

Ehtiyojmandlik toifasi:

_____-toifa: _______________________________________________________________________________

2.

Qo‘shimcha ehtiyojlari:

1.__________________________________________________________________________________________

2.__________________________________________________________________________________________

3.__________________________________________________________________________________________

4.__________________________________________________________________________________________

3.

Ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan birlamchi va ikkilamchi (qo‘shimcha) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari:

Bosqich

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddat

Mas’ul

Mahalla

Tuman, shahar

Viloyat

Respublika

1-bosqich

Sektorlar ishchi guruhlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan mahallala yig‘inlari raisi va faollari bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni uyma-uy yurish orqali, shuningdek xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan, xotin-qizlarning “Ayollar maslahat kengashi”ga va “Ayollar daftari” axborot tizimi orqali murojaatlari asosida anketa-so‘rovnomalariga orqali muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari o‘rganiladi.

har yili yanvar oyi davomida

Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari,

fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari,

“Ayollar maslahat kengashi”

Sektor rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo‘l�mi,

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi,

boshqa mutasaddi idoralar

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi,

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

2-bosqich

Anketa-so‘rovnomalar to‘ldirilgandan so‘ng Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanib, sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan ularning individual dasturlari shakllantiriladi.

3 kun muddatda

Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari,

“Ayollar maslahat kengashi”

Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banklari, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

3-bosqich

Individual dasturlar asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasini, imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi

3 kundan oshmagan muddatda

Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari,

“Ayollar maslahat kengashi”

Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banklari, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash v� tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

4-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari va “Yo‘l xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.

Belgilangan muddatda

Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari,

“Ayollar maslahat kengashi”

Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, mahallabay ishlash va ta�birkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banklari, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

5-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan ro‘yxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

Sektor shtabi kotibi

Sektor rahbari, oila va xotin-qizlar bo‘limi

Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

6-bosqich

Individual dasturda xotin-qizlarga belgilangan xizmatlar (yordamlar) ko‘rsatiladi.

Belgilangan muddatlarda

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, sektor ishchi guruhi, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB filiallari, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, savdo-sanoat palatasi, tibbiyot muassasalari, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, moliya, adliya, ichki ishlar organlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB filiallari, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, ichki ishlar boshqarmasi, adliya boshqarmasi, moliya boshqarmasi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, boshqa mutasaddi idoralar

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, AT Xalq banki, Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh Prokuratura, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar

7-bosqich

Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari “Ayollar daftari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bog‘liq masalalarni to‘liq aks ettirib borilishini ta’minlaydi.

Muntazam ravishda

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari

Sektor rahbari, oila va xotin-qizlar bo‘limi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

8-bosqich

“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi.

Har kuni soat 18-00 gacha

Mas’ul tashkilotlar xodimlari, sektor shtabi kotibi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari

Sektor rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

9-bosqich

1. Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi bo‘yicha tegishli Xalq deputat�ari tuman (shahar) Kengashiga axborot berib boradi.

2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.

har oy yakunida

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari

Sektor rahbarlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar

10-bosqich

Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari bilan kelishilgan holda, “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi

Har yili dekabr oyida

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, sektor ishchi guruhi, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

Sektor rahbari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi

Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

11-bosqich

“Ayollar daftari”dan chiqarish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

Zaruratga ko‘ra

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

12-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari” dan chiqarilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi

3 kundan oshmagan muddatda

Sektor shtabi kotibi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari

Sektor rahbari, oila va xotin-qizlar bo‘limi

Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

13-bosqich

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar tumanlar (shaharlar) oila va xotin qizlar bo‘limlari tomonidan bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.

Qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kun ichida

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari

tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

T/r

Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi

Mablag‘ miqdori

Moliyalashtirish manbasi

Murojaat etiladigan organ

Mablag‘ ajratilishiga ko‘maklashuvchi mas’ul

I. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun

1.

Ikki haftalik, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, ayrim hollarda esa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda, o‘n bir oygacha band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish.

mehnat shartnomasiga asosan belgilanadigan miqdorda

Jamoat ishlari jamg‘armasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Hokim yordamchisi

2.

Ish beruvchilarga — aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun to‘lovni amalga oshirish

har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari

3.

Kasb-hunarga ega bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurslariga jalb etish.

Hisob-kitobga ko‘ra

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Xotin-qizlar faoli

4.

Tadbirkorlik subyektlariga ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun subsidiya ajratish.

har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari

5.

Zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish.

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

Xalq deputatlari mahalliy kengashi

Xotin-qizlar faoli

II. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun

6.

Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banki kreditini ajratish.

33 million so‘mgacha

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar

Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank

Hokim yordamchisi

7.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun bank kreditini ajratish.

225 million so‘mdan 1 milliard so‘mgacha

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar

Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank

Hokim yordamchisi

8.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish.

33 million so‘mgacha

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Hokim yordamchisi

9.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash.

Hisob-kitobga ko‘ra

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

III. Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun

10.

Bir martalik moddiy yordam berish

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

Xalq deputatlari mahalliy kengashi

Xotin-qizlar faoli

11.

Sektor rahbari xulosasi asosida, og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash

bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

IV. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:

12.

Bir martalik moddiy yordam berish

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

Xalq deputatlari mahalliy kengashi

Xotin-qizlar faoli

13.

Sektor rahbari xulosasi asosida, og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash

bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

IV. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun

14.

Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash.

turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xotin-qizlar faoli

15.

Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida boshlang‘ich badalni to‘lash: uy-joyning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

(Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi)

Xotin-qizlar faoli

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz to‘lovlarining bir qismi

Davlat budjeti mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida boshlang‘ich badalni to‘lash: uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida

Davlat budjeti mablag‘lari

Tuman (shahar) hokimligi

(subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish komissiya)

Xotin-qizlar faoli

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz to‘lovlarining bir qismi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida boshlang‘ich badalni to‘lash: 32 million so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Xotin-qizlar faoli

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida belgilangan miqdorda foiz to‘lovlarining bir qismi

Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori talablari asosida boshlang‘ich badalni to‘lash: uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

16.

Uy-joy bilan ta’minlash.

Hisob-kitobga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

Xotin-qizlar faoli

Hisob-kitobga ko‘ra

Homiylik mablag‘lari hisobidan

Sektor rahbari

Xotin-qizlar faoli

17.

Sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish.

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

Xalq deputatlari mahalliy kengashi

Xotin-qizlar faoli

VI. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun

18.

Bir martali� moddiy yordam berish.

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

Xalq deputatlari mahalliy kengashi

Xotin-qizlar faoli

19.

Sektor rahbari xulosasi asosida, tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish, jumladan, quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratish:

yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish;

parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish;

dehqonchilik bilan shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarini tashkil etish;

“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala do‘konlari”ni tashkil etish.

jismoniy shaxslarga 33 million so‘mgacha, fermer, dehqon ho‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million so‘mgacha

Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Hokim yordamchisi

fermer, dehqon ho‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million so‘mdan yuqori

Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Hududiy fermer, dehqon ho‘ja�iklari va tomorqa yer egalari kengashi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan barcha xotin-qizlar uchun

20.

Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlaridan ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (er haydash, urug‘lik ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish.

bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Hokim yordamchisi

21.

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (ta’lim shaklidan qat’iy nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta’limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba to‘lov-kontrakti to‘lab berish.

bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Hokim yordamchisi

22.

Tadbirkorlik qilishni xohlovchi aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, ishsiz xotin-qizlarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik subsidiyalar berish.

Belgilangan summalar

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

23.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.

har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

24.

“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan subsidiya ajratish.

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

25.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya ajratish.

bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha va uch oyga teng taqsimlangan holda har bir oy uchun to‘lab beriladi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish �amg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

26.

Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.

a’zolik badali miqdorida

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

27.

O‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxa�dan o‘tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to‘lash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.

6 oy davomida o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Hokim yordamchisi

28.

Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, shuningdek sug‘orish vositalarini xarid qilish hamda urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish.

1. Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;

2. Sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;

3. Urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

29.

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiya ajratish.

bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

30.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratish.

7 million so‘mgacha

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Hokim yordamchisi

31.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va hokazo sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlari)ni xarid qilish uchun subsidiya ajratish.

10 million so‘mgacha

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Hokim yordamchisi

32.

Kasb-hunar ta’limi muassasalariga — band bo‘lmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

har bir ishsiz fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari

33.

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon ho‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

har bir ishsiz fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari

34.

Tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash.

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Xotin-qizlar faoli

35.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’iy nazar) farzandlarini o‘rnatilgan tartibda elektron navbatga qo‘yish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash.

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Xotin-qizlar faoli

36.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’iy nazar) farzandlariga davolash, dori-darmon olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlarini to‘lab berish.

dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha;

murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

37.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash.

Hisob-kitobga ko‘ra

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

38.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki surunkali hamda yuqumli kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’iy nazar) farzandlarining,lozim bo‘lganda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamroh�ik qiluvchining davolanish amaliyoti uchun O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga borish-kelish yo‘l xarajatlarini qoplab berish.

1. Yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi (chipta va hokazo) hujjatlarda ko‘rsatilgan summa;

2. Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida;

3. Maxsus transport vositasi uchun sarflangan summa

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

39.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolaridan kelib chiqib, huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan tug‘ilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik pasportini olish, sudga da’vo arizasi kiritgani uchun undiriladigan davlat boji to‘lovlari va boshqa xarajatlar (advokatlarning xizmati uchun to‘lovlar bundan mustasno) sektor rahbari xulosasiga asosan to‘lab berish.

Davlat boji sifatida belgilangan summa

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

40.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish.

Shakllantirilgan xarajatlar smetasida miqdorida

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

41.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish.

Hisob-kitobga ko‘ra

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Xotin-qizlar faoli

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

Xalq deputatlari mahalliy kengashi

Xotin-qizlar faoli

Bosqichlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

Mas’ullar

1-bosqich

1. Individual dasturlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yuritiladi.

yildavomida

Mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar hududiy bo‘linmalari

2. Individual dasturda ko‘rsatilgan tegishli chora-tadbirlar belgilangan mas’ullar tomonidan ijrosi ta’minlanadi hamda individual dasturga qayd etib boriladi.

individual dasturda belgilangan muddatlarda

3. Mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi

har ish kuni soat 18.00 gacha

2-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi hamda ma’lumotlarning asosliligini o‘rganish uchun sektorlar rahbarlariga taqdim qiladi.

har 10 kunda

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar hududiy bo‘linmalari

3-bosqich

Sektorlar rahbarlari taqdim qilingan ma’lumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda hokim yordamchilari bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga kiritadi.

har oyning 1-sanasiga qadar

Sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, hokim yordamchilari

4-bosqich

1. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi bo‘yicha tegishli Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.

2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.

3. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi yakuniy ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.

har oy yakunida

Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligi, idora va tashkilotlar rahbari

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ma’lumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan ma’lumotlarni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga taqdim qiladi

keyingi oyning 5-sanasiga kadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

6-bosqich

1. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalardan olingan ma’lumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi.

har oyda

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, tegishli vazirliklar va idoral�r

2. “Oila 'va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi “Ayollar daftari”ning yuritilishi bo‘yicha mutasaddi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.

har chorakda

7-bosqich

1. Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hap qilinadigan masalalarni o‘rganadi.

2. Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.

har chorakda

Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi, Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati

8-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tahliliy ma’lumot va takliflarni ko‘rib chiqadi hamda zarurat bo‘lgan hollarda “Ayollar daftari”ning yuritilishi ijrosini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.

zarur hollarda

Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati

9-bosqich

Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar to‘liq bajarilganidan so‘ng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va mas’ullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar ro‘yxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.

har yili dekabr oyida

Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari

6. Jamg‘arma mablag‘larini ushbu nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan maqsadlarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu nizomga ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.

1.

Q.M. Rafikov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, komissiya raisi

2.

Z.B. Maxkamova

Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi, komissiya raisining o‘rinbosari

3.

O.A. Saliyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

4.

M.A. Kadirxanova

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida)

5.

G.M. Marufova

Oliy Majlis Senati qo‘mita a’zosi (kelishuv asosida)

6.

N.S. Narmatov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

7.

M.Z. Isayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

8.

T.B. Safarov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

9.

R.A. Maxmudova

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari (kelishuv asosida)

10.

S.B. Artikova

Bosh prokuror o‘rinbosari (kelishuv asosida)

11.

A.A. Xaitov

Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

12.

M.M. Ubaydullayev

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori

13.

E.M. Muxitdinov

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

14.

R.R. Xakimov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

15.

U.U. Sharifxodjayev

xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari

16.

D.K. Adilov

qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

17.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

18.

Sh.J. Teshayev

qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

19.

A.S. Nazarov

suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

20.

I.I. Basitxanova

sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

21.

Sh.U. Turdikulova

innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari

22.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

23.

A.N. Karimov

adliya vaziri o‘rinbosari

24.

J.I. Abruyev

moliya vaziri o‘rinbosari

25.

N.H. Muslitdinov

maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari

26.

U.A. Qo‘qonboyev

madaniyat vaziri o‘rinbosari

27.

U.A. Azamov

turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari

28.

J.T. Maxsudov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari

29.

S.T. Eshmatov

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

30.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

31.

D.M. G‘ulomova

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari

32.

F.F. Abduxalikov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

33.

M.M. Hojimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori

34.

F.Sh. Maxmudov

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

35.

I.K. Djasimov

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

36.

Sh.X. Atabayev

Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisi

37.

R.O‘. Mamatqulov

Aksiyadorlik tijorat “Agrobank” boshqaruvi raisi

38.

O.A. Bo‘tayev

Aksiyadorlik tijorat “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi

39.

G.A. Rashidova

Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisi o‘rinbosari

40.

X.N. Xasilov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi

41.

G.G‘. Maxmudova

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)

42.

Z.N. Axmedova

Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi

43.

A.A. Abdumuxtorov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, komissiyasi shtabi rahbari

b) “b” kichik band chiqarib tashlansin.
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) birinchi xatboshidan “, Ayollar daftari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) to‘rtinchi xatboshidagi “B.A. Musayev” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) oltinchi xatboshidagi “Ayollar daftari” va” hamda “ularning” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.