Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18oktabrdagi PF-6324-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-yanvar,
10-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-yanvardagi 10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 14-martdagi 200-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qarori)” 2019-yil 22-apreldagi 346-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2019-yil 20-noyabrdagi 920-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2022-y., 09/22/10/0006-son)