Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.01.1993 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-1994 YILLARDA YaNGI YERLARNI OʻZLAShTIRISh VA QADIMDAN SUGʻORIB KELINAYOTGAN YERLARNI QAYTA TIKLASh YuZASIDAN KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida sugʻoriladigan yerlarni saqlab qolishga va aholi jon boshiga sugʻoriladigan ekin maydonlarning kamayib ketmasligiga nihoyatda muhim ahamiyat berib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida meloratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 1993-1994-yillarda yangi yerlarni oʻzlashtirish va qadimdan sugʻorilib kelinayotgan yerlarni qayta tiklash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan kelishilgan takliflari 1-2-ilovalarga* muvofiq qabul qilinsin. Yangi sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga mavjud suv resurslari doirasida amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar rus tilidagi mantda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari yangi sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish yuzasidan berilgan topshiriqqa muvofiq qisqa muddat ichida katta xarajatlarni talab qilmaydigan xoʻjalik ichki rezervlarini qishloq xoʻjaligi oborotiga kiritish imkoniyatini va maydonni belgilab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv xoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun meliorativ jihatdan noqulay boʻlgan zarur maydonlarni oʻz vaqtida ajratish taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolini belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Meloratsiya va suv xoʻjaligi vazirligiga 1-bandda koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin. Bu ishlarning qanday amalga oshirilayotganligi 1993-yilning birinchi yarmi yakunlari boʻyicha koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 6-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-son