09.08.2021 yildagi PQ-5215-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha keng jamoatchilik bilan oʻtkazilgan muhokama natijalari ijrosini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Milliy gvardiyaning “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy gvardiya “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari bilan hamkorlik oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy gvardiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish choralarini koʻrish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalarida sifatli taʼlim va tarbiya jarayonini yoʻlga qoʻyishga, ularning maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy usul va shakllardan foydalangan holda jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni sport turlariga qiziqtirish va jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy gvardiya tarkibida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markaziy devoni tuzilmasida oʻquv-tarbiya muassasalarida yoshlarning taʼlim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etishga masʼul Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat xavfsizligi universitetida “Harbiy vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga toʻlmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning taʼlim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tarbiya berish, ularni fan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, boshlangʻich harbiy tayyorgarlik va sport bilan shugʻullanishlarini tashkil etish boʻyicha yangi tizimni amaliyotga tatbiq etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali oʻquv-tarbiya muassasalarining reyting tizimini joriy qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda oʻquv-tarbiya muassasalarining Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT-parklar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishini taʼminlasin hamda ular tomonidan oʻquv kurslari tashkil etilishi choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar boʻyicha yaratilgan axborot tizimida maʼlumotlarni toʻliq shakllantirgan holda Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu tizimdan foydalanish huquqini bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini har yili kamida ikki marotaba oʻqishdan boʻsh vaqtlarida Oʻzbekiston boʻylab sayohatga olib chiqish dasturini tasdiqlasin. Bunda, sayohat davomida ichki ishlar organlari hamrohligi Ichki ishlar vazirligi mablagʻlari hisobidan hamda oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini sayohatga olib chiqish (transport, yashash va ovqatlanish) bilan bogʻliq xarajatlar oʻquv-tarbiya muassasalariga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy gvardiya (R. Djurayev) Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) va Milliy gvardiya (R. Djurayev) bilan birgalikda har yili 1-sentabrga qadar yangi oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari yetakchi professor-oʻqituvchilarining “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining tarbiyalanuvchilarini axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga oʻqitish boʻyicha fakultativ va toʻgarak mashgʻulotlarini, “davra suhbatlari”ni, fan musobaqalarini tashkil etish dasturini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarini zarur sport anjomlari (bolalarning sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda), 20 tadan zamonaviy kompyuter toʻplami (uzluksiz tezkor Internet tarmogʻiga ulagan holda), tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik va boshqa sohadagi toʻgaraklarni tashkil etishga ixtisoslashgan xonalarning zarur moddiy-texnik bazasi hamda avtobuslar va mikroavtobuslar bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy Majlis Senatiga (T. Narbayeva) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash tavsiya etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish boʻyicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashni ragʻbatlantirish amaliyotini joriy etish hisobiga oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni bosqichma-bosqich farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashga oʻtkazish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining sabablarini oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan manbalar hisobidan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining gʻazna hisobvaragʻiga ushbu hududlardagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumidan ajratmalar miqdori besh foizdan uch foizga pasaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foiz miqdoridagi ajratmalar budjetga toʻlanadigan soliq va yigʻimlarga tenglashtiriladi, ushbu ajratmalar soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish homiylik mablagʻlari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvardan boshlab mazkur bandda nazarda tutilgan manbalar hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish uchun ham mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligini oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning taʼlim-tarbiyasi, ularni balogʻatga, turmushga tayyorlash ishlariga masʼul etib belgilash hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarni “Mehr daftari”ga kiritib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Milliy gvardiya tavsiyasiga binoan har yili 25 nafar oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarini Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolash.
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga yiliga kamida bir marotaba “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalar bilan ishlashga masʼul davlat organlari va tashkilotlarining hisobotlarni eshitib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan farzandi uchun ota-onalardan alimentlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiyaga biriktirilgan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasining tarbiyalanuvchilari bilan ishlash jarayonlariga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ichki ishlar vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabini ushbu tumandagi 39-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabining boʻshaydigan binosiga koʻchirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarida xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va toʻlanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobining yuritilishini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga ikki nafardan hududiy moliya organlarining malakali xodimlarini biriktirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻlarni tegishli vazirlik va idoralarning asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida 2021-yilda Davlat budjeti hisobidan ajratilishini taʼminlasin hamda 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka va patronatga) olish hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish tartibini, uning ijtimoiy ahamiyatini jamoatchilikka keng yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda ayrim ota-onalar tomonidan oʻz farzandlarini mehribonlik va bolalar uylariga topshirishlari sabablarini keng tahlil qilgan holda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy roliklarni namoyish etish, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev, xalq taʼlimi vaziri Sh.H. Shermatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 9-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5215-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar boʻyicha yaratilgan axborot tizimida maʼlumotlarni toʻliq shakllantirgan holda Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu tizimdan foydalanish huquqini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov)

2.

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarida (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-tarbiya muassasalari) tarbiyalanuvchi bolalarga tarbiya berish, ularni fan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, boshlangʻich harbiy tayyorgarlik va sport bilan shugʻullanishlarini tashkil etish boʻyicha yangi tizimni amaliyotga tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A.Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

3.

Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholagan holda, oʻquv-tarbiya muassasalarining reyting tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A.Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

4.

Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Jamoat xavfsizligi universiteti

(M. Rustambayev)

5.

Har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oʻqishdan boʻsh vaqtlarida Oʻzbekiston boʻylab (Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qoʻqon, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlarga) sayohatga olib chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 10-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil 10-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Oʻquv-tarbiya muassasalarining Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT-parklar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishini taʼminlash hamda ular tomonidan oʻquv kurslari tashkil etilishi choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 10-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

8.

Oliy taʼlim muassasalari yetakchi professor-oʻqituvchilarining “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarini axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga oʻqitish boʻyicha fakultativ va toʻgarak mashgʻulotlarini, “davra suhbatlarini”, fan musobaqalarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili 1-sentabrga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A.Toshkulov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

9.

Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oʻqitish bilan shugʻullanuvchi yetakchi professor-oʻqituvchilarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A.Toshkulov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

10.

Oʻquv-tarbiya muassasalarini zarur sport anjomlari (bolalarning sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda), 20 tadan zamonaviy kompyuter toʻplami (uzluksiz tezkor Internet tarmogʻiga ulagan holda), tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik va boshqa sohadagi toʻgaraklarni tashkil etishga ixtisoslashgan xonalarning zarur moddiy-texnik bazasi hamda avtobuslar va mikroavtobuslar bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Maxsus maktab va maktab-internatlar faoliyatini va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning holatini oʻrganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining faoliyatini qayta koʻrib chiqish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

“Raqamli Avlod” loyihasi bilan “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish.

Bunda, “Mehribonlik” uylarida axborot texnologiyalari (IT) boʻyicha zamonaviy kasblarga yoʻnaltiruvchi “Raqamli Avlod” sinf xonalarini tashkil etish va dasturlash, 2D va 3D dizayn, robototexnika, raqamli media-marketing va frilansing boʻyicha darslarni yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 1-oktabr

Prezident taʼlim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ushbu muassasalar joylashgan hududdagi oilaviy tibbiyot poliklinikalarida alohida hisobi yuritilishini, ularga tibbiyot brigadasi biriktirilishini va har yili ikki marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

15.

Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini har oyda kamida ikki marotaba teatr, konsert va muzeylarga tashrif buyurishini hamda sanʼat ustalarining, taniqli yozuvchi va adiblarning “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga kelib, madaniy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov),

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Q. Rafikov)

16.

Har yili oʻquv-tarbiya muassasalarining 25 nafar tarbiyachilarini Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov)

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

17.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 10-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

18.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini tashkil etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Milliy gvardiya talabnomasiga asosan “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari uchun IP tarmoqlararo video qayd etish jihozlari (VPN) hamda idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi tarifi boʻyicha L3-VPN aloqa kanallarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Talabnomaga binoan

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

20.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda bir-birini takrorlovchi, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan va mazkur qarorga zid normalarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

21.

2021-yilga qadar uy-joy ajratilgan deb koʻrsatilgan 610 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joylari holatini oʻrganib chiqqan holda, ulardan belgilangan sanitariya meʼyorlariga va texnik meʼyorlarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarga javob bermaydigan uy-joylarda yashayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni boshqa uy-joylarga ijara asosida koʻchirish va ularga uy-joy uchun ijara toʻlovlarini mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov)

22.

“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga ikki nafardan hududiy moliya organlarining malakali xodimlarini biriktirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-sentabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

23.

“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2021-yil 10-oktabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

24.

Qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish boʻyicha media-reja tasdiqlash.

Media-reja

1 kun muddatda

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 07/21/5215/0782-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)