1-ILOVA
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Mamlakatda ot sporti turlarini aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish | |||||
|
1. |
Ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarda ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm viloyatlari va boshqa hududlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va muammolarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish. |
2021-yil 15-avgust |
Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
2. Ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport taʼlim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs taʼminoti, aholining ot sporti turlariga qiziqishini oʻrganish. |
2021-yil avgust-sentabr | ||||
|
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm viloyatlari va boshqa hududlarda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlash. |
2021-yil oktabr | ||||
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalarini tashkil qilish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish: Chavandozlar maktablarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari negizida tashkil qilish; Chavandozlar maktablarini Milliy gvardiya tizimiga kiritish, ularni maktabdan tashqari sport taʼlim muassasasi etib belgilash; Chavandozlar maktablarining faoliyatini ot sporti (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-koʻpkariga ixtisoslashtirish; Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilish. |
2021-yil avgust |
Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari |
Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi |
|
2. Chavandozlar maktablari faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib borish, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha taklif kiritish. |
2021-yil davomida | ||||
|
3. |
Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, multimedia texnologiyalari, ot modulyatorlari bilan taʼminlash. |
Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabini quyidagi zamonaviy sport jihozlari va anjomlar bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish: xalqaro ot sporti talablarga javob beradigan toza zotli 10 bosh ot; mashgʻulot jarayonida foydalanish uchun innovatsion ot simulyatori (elektron ot); nufuzli musobaqalarda foydalanish uchun 20 dona egar jamlanmasi; otlarni sunʼiy yugurtiruvchi elektron suvli yoʻlak; multimedia texnologiyalari, ot modulyatorlari. |
2021-yil dekabr |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning homiylik mablagʻlari |
Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi |
|
4. |
Yosh avlod chavandozlari, beshkurashchilari va polochilarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish. |
1. Musobaqalar oʻtkazish nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
2. Ot sporti turlari boʻyicha “Hokim kubogi”, “Chavandozlar ligasi”, “Beshkurashchilar ligasi”, “Polochilar ligasi” musobaqalari oʻtkazilishini tashkil etish. |
Har yili | ||||
|
3. Musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish. |
Musobaqa yakunida | ||||
|
II. Ot sporti turlari boʻyicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, ot sporti turlarining ilmiy-metodologik bazasini yanada kuchaytirish | |||||
|
5. |
Ot sporti turlari boʻyicha trener, hakam, veterinar, taqachi va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida ot sporti turlari rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish. |
1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ot sporti turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy taʼlimni tashkil etish. |
|||||
|
3. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar respublika maktabi faoliyatini samarali tashkil qilish. |
2021-yil sentabr | ||||
|
6. |
Ot sporti turlarining oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga jalb etish. |
1. Yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq mamlakatimizda zotdor otlarni koʻpaytirish va naslchilik texnologiyalarini yaratish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish. 3. Ot sporti turlari bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv adabiyotlar yaratish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
III. Ot sporti turlari bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ot spo??i klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish | |||||
|
7. |
Ot sporti turlari boʻyicha davlat va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Ot sporti turlari boʻyicha xalqaro standart talablariga javob beruvchi sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish. |
2021-yil sentabr |
Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablagʻlari |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
2. Ot sporti turlari uchun sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. |
|||||
|
3. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali ot sporti turlari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. |
2021-yil 1-noyabrdan boshlab | ||||
|
8. |
Respublikadagi ot zotlari boʻyicha talablar, zotlar oʻrtasida farqlanish, oʻxshashlik va ularning barqarorlik talablari boʻyicha davlat standartini ishlab chiqish. |
1. Xalqaro tajriba asosida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil avgust — noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Normativ hujjat loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2021-yil dekabr | ||||
|
IV. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich ot sporti turlarini kiritish | |||||
|
9. |
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish. |
Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa organlar tizimida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, harbiy xizmatchi va xodimlarini ushbu sport turlariga keng jalb qilish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, ushbu dasturlar mazkur davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. |
2021-yil sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
10. |
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash. |
1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarining ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish. |
2021-yil sentabr |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchi va xodimlari uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallar tayyorlash va tarqatish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani ?rganish. |
|||||
|
3. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallarini ishlab chiqish. |
2021-yil noyabr | ||||
|
4. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ot sporti turlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarda foydalanilayotgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, adabiyotlar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlash. |
2021-yildan boshlab | ||||
|
11. |
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish. |
1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish va yuqori saviyada oʻtkazish. 2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va ularni oʻtkazish jarayoniga turistlarni jalb qilish. 3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida ot sporti turlari boʻyicha oʻtkazilgan turnirlarda yuqori natijalarni koʻrsatgan harbiy xizmatchi va xodimlarni ragʻbatlantirish. |
2021-yildan boshlab |
Ishtirokchilar mablagʻlari |
Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
V. Ot sporti turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalar, jumladan oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish | |||||
|
12. |
Ot sportining olimpiya turlarini (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash/konkur, ot yoʻrttirish, zamonaviy beshkurash) ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlar kesimida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Ot sportining olimpiya turlarini ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. 2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarini ot sportining olimpiya turlari boʻyicha respublika hamda xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo oʻyinlariga keng jalb qilish. |
2021-yildan boshlab |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik Xizmati, Bojxona qoʻmitasi |
|
13. |
Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi rahbari va rahbari oʻrinbosari lavozimlariga mamlakatimizdagi ot sporti turlari boʻyicha yetuk mutaxassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzod taklif qilish. |
2021-yil oktabr |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
2. Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi mamlakatlarning ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
2021-yil noyabr, kelgusida — doimiy |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi | |||
|
VI. Ot sporti turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish | |||||
|
14. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali ot sporti turlarini keng targʻib qilish choralarini amalga oshirish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash: |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2021-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Kinematografiya agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi |
|
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida ot sporti turlari boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Ot sporti” maxsus ruknini tashkil qilish; hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida ot sporti turlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish; mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish; ot sporti turlariga bagʻishlangan “Ot — er yigitning qanoti”, “Yurtimiz chavandozlari” kabi mavzularda turkum koʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish; taniqli chavandozlar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish; sport jurnalistlarining ot sporti yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish. |
Amalga oshirish — 2021-yil avgust — dekabr | ||||
|
2. Yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo sport federatsiyalarining veb-saytlarini yaratish va yangilab borish. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi | |||
|
15. |
Ot sporti turlarini yanada ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida badiiy va hujjatli videofilmlar yaratish. |
2022-yilda davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari roʻyxatiga: ot sporti turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida badiiy filmni ishlab chiqarish; milliy merosimizning ajralmas qismi boʻlgan Qorabayir zotli otlar haqida hujjatli film ishlab chiqarishni kiritish. |
2021-yil dekabr |
Kinematografiya agentligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi |
|
16. |
Umumxalq bayramlari va sayillari davomida ot sporti turlarini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. |
1. Tuman va shaharlarning markaziy koʻchalari boʻylab otlar ishtirokida paradlar tashkil etish. |
Umumxalq bayramlari va sayillari davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi |
|
2. “Navroʻz”, “Hosil bayrami”, xalq sayillari va boshqa umumxalq bayramlari doirasida ot bilan koʻrgazmali chiqishlar, uloq-koʻpkari, ot ustida kurash, olomon poyga musobaqalarini tashkil etish. | |||||
|
3. Taniqli sportchilar, sanʼatkorlar va boshqa soha vakillari ishtirokida polo boʻyicha koʻrgazmali musobaqalar tashkil etish. |
Yoz mavsumida | ||||
|
17. |
Oʻquvchi va talabalarning ot sporti turlariga qiziqishini oshirish, joylarda ot sporti xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. |
1. Oʻquvchi va talabalarning joylardagi ot sporti markazlari, ippodromlarga ekskursiyalarini tashkil etish. |
2021-yildan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
2. Mashhur chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini oʻtkazish, yoshlar va barcha xohlovchilar uchun mahorat saboqlarini tashkil etish. |
2021-yil sentabr | ||||
|
3. Aholi gavjum, tez-tez tashrif buyuradigan joylarda xususiy ot egalari tomonidan ot xizmatlari koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. |
2021-yildan boshlab | ||||
|
4. “Qorabayir otchilik majmuasi” UK va “Vodiy tulporlari” MCHJning ot sporti majmualariga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb qilishga qaratilgan ishlarini rivojlantirish. |
2021-yildan boshlab doimiy |
Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari | |||
|
5. Shugʻullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash. |
|||||
3-ILOVA
|
Koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Indikatorlar |
Masʼul ijrochilar | ||||||
|
Jami |
Yillar kesimida | ||||||||
|
2021 |
2022 |
2023 |
2024 |
2025 | |||||
|
1. |
Ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo (keyingi oʻrinlarda — ot sporti turlari) bilan muntazam shugʻullanayotganlar soni, shu jumladan: |
Nafar |
7 620 |
1 070 |
1 290 |
1 490 |
1 700 |
2 070 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
ot sporti |
4 850 |
790 |
880 |
970 |
1 060 |
1 150 | |||
|
zamonaviy beshkurash |
1 520 |
180 |
260 |
300 |
360 |
420 | |||
|
polo |
1 250 |
100 |
150 |
220 |
280 |
500 | |||
|
3. |
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ot sporti va zamonaviy beshkurash boʻlimlarini tashkil etish, shu jumladan: |
Son |
4 |
3 |
1 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |||
|
Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari |
3 |
||||||||
|
Toshkent shahri |
1 |
||||||||
|
4. |
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ot sporti klublarinitashkil etish, shu jumladan: |
Son |
16 |
5 |
3 |
3 |
3 |
2 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari |
5 (Qashqa-daryoda — 3 ta) |
Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari | |||||||
|
Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri |
3 |
Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari | |||||||
|
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari |
3 |
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari | |||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari |
3 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari | |||||||
|
Navoiy va Sirdaryo viloyatlari |
2 |
Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari | |||||||
|
5. |
Ot sporti turlari boʻyicha respublika musobaqalarini (chempionat, kubok, turnir) oʻtkazish, shu jumladan: |
Son |
172 |
24 |
29 |
34 |
39 |
46 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
ot sporti |
112 |
18 |
20 |
22 |
24 |
28 | |||
|
zamonaviy beshkurash |
27 |
3 |
4 |
5 |
7 |
8 | |||
|
polo |
33 |
3 |
5 |
7 |
8 |
10 | |||
|
6. |
Ot sporti turlari boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqalarni (chempionat, kubok, turnir) oʻtkazish, shu jumladan: |
Son |
29 |
3 |
6 |
7 |
8 |
9 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
ot sporti |
33 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 | |||
|
zamonaviy beshkurash |
4 |
- |
1 |
1 |
1 |
1 | |||
|
polo |
4 |
- |
1 |
1 |
1 |
1 | |||
|
7. |
Ot sporti turlari boʻyicha yuqori malakali hakamlar tayyorlash, shu jumladan: |
Nafar |
247 |
30 |
39 |
48 |
60 |
70 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi |
|
ot sporti |
150 |
20 |
25 |
30 |
35 |
40 | |||
|
zamonaviy beshkurash |
90 |
10 |
14 |
18 |
22 |
26 | |||
|
polo |
7 |
- |
- |
- |
3 |
4 | |||
|
8. |
Ot sporti turlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu jumladan: |
Nafar |
110 |
10 |
16 |
22 |
28 |
34 |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
ot oʻrgatuvchi instruktorlar |
60 |
4 |
8 |
12 |
16 |
20 | |||
|
veterinar-shifokorlar, feldsher-veterinarlar |
50 |
6 |
8 |
10 |
12 |
14 | |||
|
9. |
Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan otlar soni |
Foiz (jami aholi soniga nisbatan) |
5 |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
10. |
Sport otlari soni |
Son |
700 |
80 |
110 |
140 |
170 |
200 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
11. |
Yilqichilik fermalarini tashkil etish |
Son |
170 |
130 |
140 |
150 |
160 |
170 |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
12. |
Naslli va sport otlarini eksport qilish |
Bosh |
280 |
20 |
30 |
50 |
80 |
100 |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
13. |
Naslli va sport otlarini import qilish |
Bosh |
185 |
10 |
25 |
35 |
50 |
65 |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
4-ILOVA
|
1. |
A.A. Abduxakimov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, ishchi guruh rahbari |
|
2. |
R.M. Djurayev |
— |
Milliy gvardiya qoʻmondoni, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
|
3. |
K.M. Rafikov |
— |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
|
4. |
J.A. Xodjayev |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri |
|
5. |
I.Yu. Abduraxmonov |
— |
innovatsion rivojlanish vaziri |
|
6. |
A.X. Toshkulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
7. |
B.T. Norqobilov |
— |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
8. |
M.B. Azimov |
— |
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
9. |
A.Q. Karimov |
— |
turizm va sport vaziri oʻrinbosari |
|
10. |
A.X. Xursanov |
— |
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi |
|
11. |
B.V. Gaziyev |
— |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi |
|
12. |
R.M. Shaabduraxmanov |
— |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi |
|
13. |
M.M. Tashxodjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi |
|
14. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
|
15. |
R.A. Talipov |
— |
Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, ishchi guruh kotibi |