23.06.2021 yildagi PQ-5158-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi Oʻzbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlarini XXI asrning yuksak demokratik talablari asosida yangilash, inson huquq va erkinliklari, manfaatlarini taʼminlash, jahon hamjamiyati bilan uygʻun va hamnafas boʻlib yashash, milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishish yoʻlida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday strategik maqsadlarning eng muhim uzviy qismi boʻlgan ilm-fan va taʼlim-tarbiya tizimini, jumladan oliy taʼlim taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish ustuvor masala sifatida kun tartibiga qoʻyilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni shu asosda insonning fundamental huquqlaridan biri boʻlgan bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlar, malaka darajalarini egallash boʻyicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqa muddatda respublikamizda oliy taʼlim muassasalari soni qariyb ikki barobar oshgani, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi oliygohlar, xususan nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ochilayotgani, tizimda oʻqishning kunduzgi shakli bilan birga kechki va sirtqi boʻlimlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga qamrovi 2016-yildagi 9 foizdan bugungi kunga kelib 28 foizga yetganini alohida taʼkidlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, bugungi kunda biz oʻz oldimizga qoʻygan, har tomonlama rivojlangan yangi Oʻzbekiston davlati va jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulkan vazifalar yurtimizda yuksak intellektual salohiyatga ega boʻlgan, jahon mehnat bozori, ilm-fan va texnologiyalar olamida raqobatdosh, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni chuqur oʻzlashtirgan, yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar kadrlar tayyorlashning umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosidagi innovatsion tizimini shakllantirish borasidagi ishlarimizni sifat jihatidan yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, hech shubhasiz, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimining bayroqdori — flagmani sifatida respublikamiz va dunyo tajribasining eng ilgʻor yutuqlarini oʻzida mujassam etadigan, barcha institut va universitetlarimizga namunaviy model boʻlib xizmat qiladigan yangi zamonaviy universitetni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimiz, avvalo, yoshlarimizning talab va istaklarini hisobga olib hamda mamlakatimizning oliy taʼlim sohasidagi kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirish, bu borada farzandlarimiz uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda taʼlim jarayoni nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetni tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Istiqbolli kadrlar maʼlumotlar bazasiga olinadi hamda 5 yillik ish tajribasidan soʻng rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvaraqlari, shtamp va boshqa rekvizitlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarining taʼlim dasturlari asosida yuksak zamonaviy kasbiy bilim va malakaga ega boʻlgan, xalqaro miqyosda raqobatbardosh, istiqbolli kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-tarbiya jarayonini ilgʻor pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan taʼlim texnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlashga, oʻquv materiallarini samarali va puxta oʻzlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay taʼlim muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlimning uzluksizligi va sifatini taʼminlash borasida Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga metodik yordam koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Universitet quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning tuzilmasini va shtatlar jadvalini tasdiqlash, shuningdek, bakalavriat va magistraturada oʻqish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash hamda pedagog xodimlarning mehnatini meʼyorlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali, jumladan xorijiy mamlakatlardagi yetuk mutaxassislarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitet xodimlarining ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavriat, magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilish shartlarini, shuningdek, talabalarni qabul qilishda test sinovlari fanlari majmuasini va oʻqish uchun toʻlov miqdorini belgilash;
(3-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamgʻarma va boshqalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish hamda oʻz faoliyatiga oid moliyaviy-iqtisodiy va maʼmuriy boshqaruv yuzasidan qarorlarni qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Universitetda taʼlim-tarbiya jarayonlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida olib boriladi hamda talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat va sadoqat, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Universitetda taʼlim jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi hamda davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) talabalarni qabul qilish parametrlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishgan holda Universitet tomonidan oʻrnatiladi;
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Universitetda uning ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Universitetda taʼlim jarayoni “fan — taʼlim — ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili asosida tashkil etilib, talabalar 1-kursdan ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot markazlariga biriktiriladi hamda bitiruvchi kurs talabalari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirish va bitiruv oldi amaliyotini nufuzli xorijiy kompaniyalarda oʻtash imkoniyati yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) Agentlik Universitetga malakali professor-oʻqituvchilarni, jumladan xorijiy mamlakatlar mutaxassislarini jalb qilishga yaqindan koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet tomonidan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) Universitetda talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun sport toʻgaraklari, sanʼat studiyalari, kutubxona va ekskursiyalar tashkil etiladi, turli trening va madaniy uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Universitetda iqtidorli talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat granti quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik bir oy muddatda davlat grantini berish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Yangi Oʻzbekiston” universitetining faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik tomonidan Universitetda taʼlim jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti, Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti, Germaniyaning Myunxen texnika universiteti va boshqa nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar olib borilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet ustavining tasdiqlanishi va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzokaralar yakuni boʻyicha hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladigan taʼlim yoʻnalishlarini belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki oy muddatda Universitetni chuqur bilim, yuqori kasb mahoratiga ega, tajribali rahbar va pedagog kadrlar hamda malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) fakultetlar va taʼlim yoʻnalishlari ochilishidan kelib chiqib, oʻquv rejalari va fan dasturlarini joriy etish uchun Universitetni zarur moddiy-texnika vositalari, darsliklar, oʻquv va metodik adabiyotlar, laboratoriya asbob-uskunalari, sarflanadigan laboratoriya materiallari bilan butlash choralarini koʻrsin hamda ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga doimiy ulanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Universitetga homiylik, grant va budjetdan tashqari mablagʻlarni, texnik koʻmak hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb etishga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Universitetda taʼlim jarayonini 2021/2022 oʻquv yilidan tashkil etish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2024-yil 1-iyunga qadar Agentlik va Universitet tomonidan olib kelinadigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, sarflanadigan laboratoriya materiallari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona bojidan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Universitet buyurtmalariga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet kampusini qurish uchun Toshkent shahrida zarur yer maydonini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalarini jalb etgan holda Universitet uchun zamonaviy oʻquv kampusi loyihasi ishlab chiqilishi va xalqaro standartlar asosida qurilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi bino qurilgunga qadar Universitetni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining boʻsh maydonlarida vaqtinchalik joylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 23-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5158-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi Oʻzbekiston” universitetining faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari

1.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Universitetni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

3. Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

2021-yil iyul

-

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)

2.

Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish.

1. Universitet faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarini aniqlash.

2. Aniqlangan oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

3.

Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Universitet taʼlim jarayoniga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish.

2021-yil avgust

4.

Universitetga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari kesimida qabul parametrlarini belgilash.

2021-yil iyul

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

3. Kirish imtihonlarini oʻtkazish va talabalarni oʻqishga qabul qilish.

2021-yil avgust-sentabr

5.

Universitetda iqtidorli talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat grantini berish tartibini ishlab chiqish.

1. Davlat grantini b?rish tartibini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

6.

Universitetni rivojlantirish va xalqaro tan olingan reyting tashkilotlari roʻyxatiga kiritish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Strategiyani ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va hamkor oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarini jalb etish.

2021-yil iyul

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Universitetni oʻrta muddatda eng yaxshi 1000 ta, uzoq muddatda eng yaxshi 500 ta oliy taʼlim muassasalari qatoriga kiritish strategiyasini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

7.

Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyadan oʻtkazish talablarini oʻrganish.

2023-yil iyun

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitet mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Universitetni xalqaro akkreditatsiya talablari darajasida tayyorlash.

2026-yil yanvar

3. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlarini tashkil etish.

2027-yil iyun

8.

Universitetning xalqaro reytinglarda ishtirokini tashkil etish.

1. Universitet ishtirok etishi kutilayotgan xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlash.

2023 may iyun

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Agentlik (H. Umarova), Universitet

2. Roʻyxat boʻyicha xalqaro tashkilotlarning reyting oʻtkazish talablarini oʻrganish.

2024-yil avgust

3. Universitetni xalqaro reyting tashkilotlari talablari darajasida tayyorlash.

2027-yil iyul

4. Universitetning xalqaro reyting baholash jarayonida ishtirok etishini tashkil etish.

2029-yil dekabr

9.

Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga taʼlim uzluksizligi va sifatini taʼminlash borasida Universitet tomonidan metodik yordam koʻrsatish.

1. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini oʻrganish.

2. Maktablarning oʻquv jarayoni tahlili asosida ularda ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga koʻmaklashish.

3. Universitet tomonidan maktablarda mahorat darslarini tashkil qilish.

Doimiy

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Agentlik (H. Umarova), Universitet

II. Universitetning oʻquv jarayonini tashkil etish

10.

Oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.

2. Bakalavriat va magistraturada oʻqish muddatlari va talabalarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish tartibini belgilash.

3. Malakali, jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash.

2021-yil avgust

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

11.

Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. Xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini oʻrganish va joriy etish choralarini koʻrish.

2021-yil sentabr

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish.

Doimiy

12.

Oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, talabalar uchun ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

1. Oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli oʻquv-metodik, ilmiy-metodik qoʻllanmalar va ilmiy nashrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2021-yil sentabr

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Talabalar taʼlim jarayonida foydalanishi uchun ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga ulanish.

2021-2022-yillar

3. Talabalar uchun zamonaviy, jumladan raqamli shaklda kutubxona tashkil etish va uni zamonaviy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish.

13.

Universitet talabalarining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha amaliy mashgʻulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazilishini tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.

2. Shartnoma shartlariga muvofiq amaliy mashgʻulotlar va malakaviy amaliyotni oʻquv jarayoni jadvali asosida tashkil etish, ushbu jarayonni nazorat qilish uchun Universitet va tashkilotlar vakillarini biriktirish.

Reja jadvalga muvofiq

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari

14.

Universitetda talabalar boʻsh vaqtining mazmunli oʻtishini tashkil qilish va ularning ijtimoiy hayotini faollashtirish.

1. Talabalar uchun sport toʻgaraklari va sanʼat studiyalarini tashkil qilish.

2021-yil oktabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etish, turli trening va madaniy uchrashuvlar oʻtkazish.

Reja jadvalga muvofiq

15.

2021 — 2024-yillar uchun Universitet taʼlim jarayonini tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash.

1. Fakultetlar sonini 5 taga, yoʻnalishlar sonini 10 taga yetkazish.

2021-yil sentabr

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Magistratura bosqichiga qabul kvotasini 50 taga yetkazish.

2022-yil sentabr

3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 124 nafarga yetkazish.

2023-yil sentabr

4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 500 nafarga, doktorantlar sonini 10 nafarga yetkazish.

2024-yil sentabr

16.

2025 — 2028-yillar uchun Universitet taʼlim jarayonining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash.

1. Fakultetlar sonini 6 taga, yoʻnalishlar sonini 12 taga yetkazish.

2025-yil sentabr

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Magistratura bosqichida talabalar sonini 400 nafarga yetkazish.

2027-yil sentabr

3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 587 nafarga yetkazish.

2028-yil sentabr

4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 4700 nafarga, doktorantlar sonini 100 nafarga yetkazish.

2028-yil sentabr

17.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va talabalarning amaliy koʻnikmalarini orttirish tizimini joriy etish va takomillashtirish.

1. Xalqaro kompaniyalar va korxonalarda amaliyot oʻtash tizimini joriy etish.

2. Yirik kompaniyalar faoliyatini oʻrganish.

3. Talabalarni ixtisoslik sohasiga amaliyot orqali oʻrgatish tizimini joriy etish.

2022-yil yanvar — may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

18.

Agrotexnologiyalar fakultetini tashkil etish.

1. Fakultetni tashkil etishda xalqaro tajribalarni oʻrganish. Bunda, “Gen muhandisligi”, “Atrof-muhit muhandisligi”, “Biotizimlar muhandisligi” va “Agroiqtisodiyot” sohalarini tahlil qilish.

2022 — 2024-yillar

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Agrotexnologiyalar fakultetiga talabalarni qab?l qilish.

2024/2025 oʻquv yilidan

III. Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish

19.

Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.

2. Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.

Har oʻquv yilining sentabr-oktabr oylari

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori boʻlgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish.

Doimiy

20.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Professor-oʻqituvchilarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirokini taʼminlash.

2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, falsafa fanlari doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

3. Yetakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2023-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

21.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil noyabr

Universitet mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov)

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash.

2023-yil martdan boshlab doimiy

22.

Innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish.

1. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tahlil qilish.

3. Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari salohiyatdan foydalanib tijorat hamda notijorat tashkilotlar tuzish.

Doimiy

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanishvazirligi (I. Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Universitet ilmiy maktablarini shakllantirish va respublika ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilish.

1. Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy maktablarini yoʻlga qoʻyish.

2. Ilmiy maktablar faoliyatini ommalashtirish va qoʻlga kiritilgan yutuqlar boʻyicha xalqaro konferensi??ar tashkil qilish.

3. Mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

-

Universitet, Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

24.

Universitet talabalarini amaliyot oʻtash obyektlariga biriktirish.

1. Tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha amaliyot oʻtash obyektlari bazasini shakllantirish.

2. Davlat organlari va davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyxatini tasdiqlash.

Har yili 1-martga qadar

Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish

25.

Universitet binosini barpo etish va uning hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

1. Universitet binosini barpo etish uchun yer maydoni ajratish.

2. Universitet uchun bino va inshootlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan bajarish.

3. Talabalar turar joyini qurish va jihozlash ishlarini bajarish.

4. Universitet hududini zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirish.

2022/2023 oʻquv yiliga qadar

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Vazirlar Mahkamasi, Agentlik (H. Umarova), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev)

26.

Universitetning oʻquv binolarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash.

1. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatini hisobga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Universitetni oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash.

Reja jadvalga muvofiq

27.

Universitet sport kompleksini tashkil etish va uni zamonaviy inventarlar bilan jihozlash.

1. Sport kompleksi uchun zarur inventarlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Sport inventarlari bilan doimiy taʼminlash choralarini koʻrish.

2022-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 07/21/5158/0593-son; 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)