20.05.2021 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 69-modda) ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur reglament talablari tatbiq etiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) doirasiga aniqlik kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlarga qabul qilishda maktabgacha taʼlim boʻlimlarining ishtirokini qisqartirib, ushbu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining nazoratini yanada kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlardagi boʻsh joylar hisobini yuritish, elektron navbatni shakllantirish hamda tashkilotga yoʻllanma berishning Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi tomonidan amalga oshirilishini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchilarga elektron navbatni onlayn kuzatish, navbat kelganligi yoki navbatdagi holat oʻzgarganligi haqida sms-xabar olish imkoniyatini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega boʻlgan bolalar toifalarini maqbullashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, bolalarning quyidagi kontingenti tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar roʻyxatiga (imtiyozli roʻyxat) kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp bolali oilalarning bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar va pedagoglarning bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qaror kuchga kirgunga qadar tashkilotga qabul qilish uchun soʻrovnomasi imtiyozli roʻyxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yoʻllanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi uch oy muddatda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi hamda “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat statistika qoʻmitasining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2021-yil davomida har chorakda bir marta davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari hamda tashkilotlar xodimlari uchun Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini qoʻllash yuzasidan bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlari tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 20-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
319-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qarorning nomi, muqaddimasi, 1-bandi va 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “muassasalariga” soʻzi “tashkilotlariga” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1-apreldan boshlab, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi boʻsh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish uchun elektron navbatni shakllantirish va yoʻllanmalarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament bolalarni quyidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) qabul qilish tartibini belgilaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (otaliqqa olgan tashkilot xodimlarining bolalari uchun kvotalar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (imkoniyati cheklangan bolalar uchun ajratilgan oʻrinlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy turdagi davlat idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari (belgilangan kvotalar boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar boʻyicha).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi bolalarni davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mobil guruhlariga, maktabga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kvota berilgan kam taʼminlangan oilalar, aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha hududlarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozli roʻyxat — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega boʻlgan bolalar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus kontingent — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kvota berilgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
otaliq — otaliqqa olingan maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxs (otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, taʼlim yoki boshqa begʻaraz tizimli yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilot — davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, shu jumladan, oilaviy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy roʻyxat — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega boʻlmagan bolalar roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bolalarni tashkilotga qabul qilish tartibotini amalga oshirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tashkilotlar rahbarlari tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning boʻsh oʻrni haqidagi maʼlumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki taʼlim turi oʻzgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Maktabgacha taʼlim vazirligi) Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — MTBAT) kiritib borilishini taʼminlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan axborot bilan birgalikda MTBATga ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar joylariga qabul qilingan bolalar haqidagi maʼlumotni kiritadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tashkilotlarda boʻsh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish boʻyicha elektron navbatni shakllantirish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar boʻyicha yoʻllanmalarni (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma) shakllantirish MTBAT tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tashkilotlar bolalarni yoʻllanmalar asosida qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar oʻrtasida axborotlar almashuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik orqali elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bolalarni tashkilotga ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻz tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning avtomatik ravishda muntazam yangilanib borilishi uchun oʻz rasmiy veb-saytining MTBAT bilan integratsiyalashuvini taʼminlaydi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) har bir tashkilot manzili, uning ixtisoslashuvi, guruhlar soni, tashkilotda guruhlar boʻyicha (bolalarning yoshi, taʼlim tili va smenasini koʻrsatgan holda) oʻrinlar soni va boʻsh oʻrinlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bolalarni tashkilotga qabul qilish boʻyicha navbatga kiritilgan soʻrovnomalar roʻyxati, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) soʻrovnoma raqami, ariza berilgan sana hamda tashkilotdagi guruhlar boʻyicha navbat raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ushbu Reglamentning 18-bandiga muvofiq bolalarni tashkilotga qabul qilish boʻyicha navbatga kiritilgan soʻrovnomalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli roʻyxat), shu jumladan, YIDXPdagi soʻrovnoma raqami, tashkilotdagi guruhlar boʻyicha navbat raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladilar yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mustaqil ravishda (yoki vakolatli organ yordamida) YIDXPda roʻyxatga olinadilar, shuningdek, davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolani uchinchi shaxslar tomonidan tashkilotga navbatga qoʻyish yoki yoʻllanma olish uchun murojaat etish faqat ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki bolaning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil ravishda yoki vakolatli organ xodimlari yordamida, Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida hamda YIDXPda joylashtirilgan maʼlumotdan (mavjud boʻsh oʻrinlar, soʻrovnomaning navbati, tashkilot manzili va boshqalar) foydalangan holda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning bolalari hamda maxsus kontingentga kiruvchi bolalarni davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun ariza beruvchilar soʻrovnomani ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnomada tashkilotning bola uchun toʻgʻri keladigan yoshdagi boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan guruhini (yoʻllanma olish uchun) yoki boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan guruhini (navbatga kiritilishi uchun) koʻrsatish (tanlash);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolani tugʻilgan vaqtdan boshlab tashkilotga navbatga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir vaqtda uchtagacha tashkilotga bolani navbatga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xato kiritilgan maʼlumotlarni tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmati koʻrsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Joriy oʻquv yilining 31-may kuniga qadar yetti yoshga toʻladigan bolalarning soʻrovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bola bir nechta tashkilotga navbatga qoʻyilib, ulardan biriga yoʻllanma shakllangan va bola rasmiylashtirilgan boʻlsa, boshqa tashkilotlarga navbatga qoʻyish boʻyicha soʻrovnomalar bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi, tashkilotning qisqa muddatli guruhlariga qabul qilingan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va kiritgandan soʻng ariza beruvchi uni jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (One ID) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi onlayn tarzda navbatni kuzatishi va YIDXPda xabarnomalarni olishi, shuningdek, tashkilotda bolani qabul qilish uchun ariza berish shartlaridan (YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali) qatʼiy nazar, davlat xizmatlari markazlarida murojaat holati toʻgʻrisida maʼlumotni bepul olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bolalarni tashkilotga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, navbat kelganligi va (yoki) navbatdagi holat oʻzgarganligi haqida maxsus raqamga soʻrov yuborish orqali sms-xabar olish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda har bir kiruvchi sms-xabar uchun ariza beruvchi hisobidan belgilangan miqdorda toʻlov yechiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tashkilotning yopilishi, shuningdek, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi, shu jumladan, maʼlumotlarning ushbu Reglamentning 7 va 18-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda arizada toʻgʻirlash mumkin boʻlgan xatolar mavjud boʻlsa, ularni besh ish kuni ichida toʻgʻrilash uchun ariza beruvchiga imkoniyat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni ularni koʻrsatishning istalgan bosqichida rad etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish rad etilgan taqdirda, uning soʻrovnomasi tizim tomonidan avtomatik ravishda koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va navbatdan chiqariladi. Bunda navbatga turish haqidagi xabarnoma yoki yoʻllanma soʻrovnoma bilan birgalikda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik ravishda MTBATga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda MTBATda avtomatik ravishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda — yoʻllanma shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlmaganda — soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida tashkilotlar va guruhlardagi boʻsh oʻrinlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar doimiy ravishda yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ushbu Reglamentning 16-bandiga muvofiq yoʻllanmalar MTBATda avtomatik ravishda tashkilotda oʻrinlar boʻshagan kuni navbatga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bolalarning quyidagi kontingenti soʻrovnomalari imtiyozli roʻyxatga kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp bolali oilalarning bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar va pedagoglarning bolalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalarni imtiyozli roʻyxat boʻyicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalarning hamda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalarining soʻrovnomalari davlat xizmatlari markazlariga borib, ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatning aslini nusxasini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi. Bunda davlat xizmatlari markazi direktori taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning tekshirilishi va soʻrovnomada ishonchli maʼlumot koʻrsatilishini nazorat qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchilarda ushbu bandga muvofiq ustunlik huquqining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot soʻrovnomada koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning bolalariga berilgan yoʻllanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tashkilot rahbari taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning tekshirilishi va MTBAT tizimiga ishonchli maʼlumot kiritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Imtiyozli va umumiy roʻyxatda turgan soʻrovnomalar bolaning yoshiga mos guruhlardagi boʻsh oʻrinlar soniga qarab quyidagi tartibda navbatma-navbat shakllantiriladi va yoʻllanmalar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozli roʻyxatdan bitta soʻrovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy roʻyxatdan bitta soʻrovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bolalar egizak boʻlsa, bir vaqtda egizaklarning soʻrovnomalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalar maktabgacha taʼlim vazirining buyrugʻi asosida ustunlik huquqi bilan qabul qilinadi. Bunda mikrouchastkalarga kirmaydigan hududlardan bolalarni tashkilotga qabul qilish mikrouchastkalarga tegishli hududlardan bolalar qabul qilingandan soʻng qolgan boʻsh oʻrinlarga mazkur Reglamentda belgilangan tartibda umumiy va imtiyozli roʻyxat asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun vaqtincha yopilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari taʼmirlash davrida vakolatli organ qarori asosida vaqtincha boshqa tashkilotlarga navbatsiz taqsimlanadi. Bunda bolalarni vaqtincha boshqa tashkilotlarga qabul qilish tashkilotdagi boʻsh oʻrinlar hisobidan amalga oshirilmaydi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq guruhlardagi bolalarning eng koʻp sonidan vaqtincha oshishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng uning vaqtincha boshqa tashkilotga taqsimlangan tarbiyalanuvchilari ushbu tashkilotga vakolatli organ qarori asosida navbatsiz qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari umumiy turdagi tashkilotlarga aylantirilganda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari boʻlgan bolalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari qarorlari asosida ushbu tashkilotlarga navbatsiz qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. MTBAT tomonidan elektron holda shakllantirilgan yoʻllanmalar va bolalarning navbatga qoʻyilganligi haqidagi xabarnomalar ularning qogʻoz shakliga tenglashtiriladi. Bunda xabarnomalar avtomatik ravishda tashkilot va davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda), shuningdek, ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazi xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga yoʻllanmani elektron yoki qogʻoz shaklda beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bolalarni qabul qilish tashkilotga yoʻllanmalar kelib tushgan yoki taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tashkilot va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalarni tashkilotlarga yoʻllanmasiz qabul qilish taqiqlanadi, ushbu Reglamentning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Soʻrovnomada koʻrsatilgan tashkilot yoki guruh yopilgan taqdirda, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan soʻrovnoma bekor qilinadi va ariza beruvchi bu haqda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda soʻrovnoma davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali shakllantirilganligidan kelib chiqib, soʻrovnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchilarga tegishlicha davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ tomonidan bir ish kuni mobaynida, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda ushbu Reglament talablarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar tashkilotga qabul qilish uchun soʻrovnomasi imtiyozli roʻyxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yoʻllanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish ishlarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi

Maktabgacha taʼlim axborot tizimi hamda rasmiy veb-saytida oʻz tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotla�ning joylashtirilishini va ularning muntazam onlayn tarzda yangilab borilishini taʼminlash

Doimiy ravishda

2-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtish

Xohishiga koʻra

3-bosqich

1) Davlat xizmatlari markazi

2) YIDXP

Soʻrovnomani maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritish

1) 1 soat ichida

2) Avtomatik tarzda

4-bosqich

Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi

a) yoʻllanmani rasmiylashtirish — koʻrsatilgan tashkilot guruhida boʻsh joy mavjud boʻlsa;

b) soʻrovnomani tegishli ravishda umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritish, shuningdek, navbatga qoʻyilganligi haqida xabarnomani rasmiylashtirish — koʻrsatilgan tashkilot guruhida boʻsh joy mavjud boʻlmasa;

v) yoʻllanma yoki xabarnomani tashkilot va davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilganda) hamda ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilganda) YIDXP orqali yuborish, bu haqida ariza beruvchiga xabar berish.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Ariza beruvchi

Yoʻllanma yoki xabarnomani davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali olish

Yoʻllanma yoki xabarnoma shakllangandan soʻng

6-bosqich

Maktabgacha taʼlim tashkiloti

Yoʻllanma asosida bolani qabul qilish

Yoʻllanma taqdim etilgandan soʻng

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

__________________

(sana)

________________________

(t/r)

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot:

1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, yaqin qarindoshlar (bobosi, buvisi, akasi, opasi va boshqalar) yoki ishonchnoma asosida harakat etuvchi uchinchi shaxs:

2. F.I.O.:

3. Pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

4. Manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

7. Ishonchnomaning rekvizitlari (uchinchi shaxslar uchun):

II. Bola haqidagi maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Tugʻilgan yili:

3. Tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

III. Tashkilot haqida maʼlumot:

1. Tashkilot raqami:

1.

2.

3.

2. Guruhi:

IV. Imtiyozli huquq borligi haqida maʼlumotlarva ularni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)

1. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari (nogironlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi)

2. Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar (bitta yoki yolgʻiz ota-onaning vafoti toʻgʻrisidagi guvohnoma, ota-ona huquqlaridan mahrum etilganlik toʻgʻrisidagi sud qarori nusxalari va boshqalar)

3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari (“Ayollar daftari”ga kiritilganlik toʻgʻrisida mahalla fuqarolar yigʻinidan maʼlumotnoma)

4. Akalari yoki opalari ushbu tashkilotning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar (qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami)

5. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari (ish joyidan maʼlumotnoma)

6. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning bola sogʻlomligi toʻgʻrisidagi xulosasi)

V. Xabar berish tartibi

1. Pochta orqali (pochta manzili)

2. SMS yoki telefon orqali (telefon raqami)

3. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

__________________

(sana)

________________________

(t/r)

Bolalarni davlat-xususiy sheriklikka asoslangan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot:

1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, yaqin qarindoshlar (bobosi, buvisi, akasi, opasi va b.) yoki ishonchnoma asosida harakat etuvchi uchinchi shaxs:

2. F.I.O.:

3. Pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

4. Manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

7. Ishonchnomaning rekvizitlari (uchinchi shaxslar uchun):

II. Bola haqidagi maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Tugʻilgan yili:

3. Tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

III. Tashkilot haqida maʼlumot:

1. Tashkilot raqami:

1.

2.

3.

2. Guruhi:

IV. Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilaga mansubligi haqida maʼlumotlarva ularni tasdiqlovchi hujjatlar (talab etiladigan hujjatlar)

1. Kam taʼminlangan oilalarning bolalari (“Temir daftar”ga kiritilganlik toʻgʻrisida mahalla fuqarolar yigʻinidan maʼlumotnoma)

2. Aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalarning bolalari (nogironlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi)

3. Boquvchisini yoʻqotgan oilalarning bolalari (“Ayollar daftari”ga kiritilganlik toʻgʻrisida mahalla fuqarolar yigʻinidan maʼlumotnoma)

4. Bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha hududlarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalarning bolalari (tibbiyot, madaniyat, fan, taʼlim va sport sohalari vakillarining ish joyidan maxsus kvota asosida boshqa hududga taqsimlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi)

5. Toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalarning bolalari (tugʻilganlik haqida guvohnomalarning nusxalari)

V. Maxsus kontingentga mansubligi haqida maʼlumotlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlar (talab etiladigan hujjatlar)

1. Harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari (ish joyidan maʼlumotnoma)

2. Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari (ish joyidan maʼlumotnoma)

V. Xabar berish tartibi

1. Pochta orqali (pochta manzili)

2. SMS yoki telefon orqali (telefon raqami)

3. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)