O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT MULKI JAMG‘ARMASI (“O‘ZDAVJAMFARMA”) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-fevraldagi 72-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkoplikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘pisida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Davlat mulki jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 7-sentabrdagi 471-son Farmonga muvofiq hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida respublikaning mulkiy huquqlari va davlat manfaatlarini ta’minlash, davlat mulki obyektlarini qayta o‘zgartirishdan tushadigan mablag‘larni safarbar qilish va ulardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
“O‘zdavjamg‘arma”ning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat boshqaruv organlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, respublika fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2. Belgilansinki, davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar, davlat korxonalari va tashkilotlarini ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan haqlar, yangidan ta’sis etiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qayta tashkil etilgan aksiyadorlar jamiyatlarining aksiyalarini sotishdan tushgan daromadlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan maxsus ochiladigan schyotda jamlanadi, hamda:
O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi qarzlarini to‘lashga;
respublika xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurishni mablag‘ bilan ta’minlashga;
O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirishni mablag‘ bilan ta’minlashga;
qonun bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Belgilab qo‘yilsinki, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning 5 foizi tasarruf etish, boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, shuningdek, davlat mulki obyektlarini tanlov bo‘yicha va auksionda xususiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat xarajatlarini qoplash uchun davlat mulkining sotuvchisi sifatida ish ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining hisob-kitob schyotiga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni to‘lash, ularni taqsimlash, ulardan foydalanish, hisobga olish va tushgan mablag‘larni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi tizimi xodimlarining cheklangan soni, uning hududiy boshqarmalari ham shu jumlaga kiradi, 301 nafardan iborat qilib, shu jumladan, markaziy apparat xodimlari soni — 55 nafardan iborat qilib xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar hisobga olinmagan holda) belgilansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavjamg‘arma”ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari — “O‘zdavjamg‘arma” raisi boshchilik qiladi.
“O‘zdavjamg‘arma”ga raisning ikki nafar o‘rinbosariga va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hay’ati tomonidan tasdiqlanadigan 7 kishidan iborat boshqaruvga ega bo‘lishga ruxsat berilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat mulki jamg‘armasining hududiy boshqarmalari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasiga va viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga bo‘ysunadilar.
“O‘zdavjamg‘arma” ning hududiy boshqarmalari boshliqlari hokimlar va “O‘zdavjamg‘arma” raisining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki jamg‘armasi apparati va uning hududiy boshqarmalarini saqlash uchun davlat boshqaruvi organlariga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin hamda ikkita yengil avtomobilni saqlash uchun limit ajratsin.
8. Toshkent shahar hokimligi Davlat mulki jamg‘armasining markaziy apparatini Mustaqillik maydonidagi 20 qavatli ma’muriy binoga joylashtirsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “O‘zdavjamg‘arma”ning hududiy boshqarmalarini joylashtirish uchun zarur binolar va aloqa vositalari ajratilishini ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
4-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshi, 5-bandning sakkizinchi xatboshi va 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
4-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “davlat mulki hisoblangan aksiyalar egasi funksiyasini amalga oshiradi”, “davlat aksiyalarini sotishni amalga oshiradi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4-bandning o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasining muxtor vakili, davlatlararo aksionerlik jamiyatlarining muassisi sifatida ish ko‘radi”;
5-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “aksiya egasi Qo‘mita hisoblangan aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlarning bir qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etish uchun hamda komission yig‘im miqdorida” so‘zlari o‘rniga “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushuvchi mablag‘larning 5 foizi” so‘zlari yozilsin va so‘ngra matn bo‘yicha.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-fevraldagi 57-son qarori 1-bandining sakkizinchi xatboshidagi “davlat mulkida mavjud bo‘lgan aksiyalarning egasi funksiyasini amalga oshiradi”, “davlat aksiyalarini sotishni amalga oshiradi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari o‘rtoq B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida, keyinchalik esa — yilning har choragida ko‘rib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 10-noyabr,
518-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi markaziy apparati
TUZILMASI
TUZILMASI
Rais
Rais o‘rinbosari
Davlat mulkini ijaraga olish boshqarmasi
Moddiy ishlab chiqarishda davlat mulkini ijaraga olish bo‘limi
Noishlab chiqarish sohasida davlat mulkini ijaraga olish bo‘limi
Aksionerlik jamiyatlarida, ittifoqlar va shirkatlarda Davlat mulki jamg‘armasi boshqarmasi
Davlat mulkidan foydalanishni metodologik va huquqiy ta’minlash bo‘limi
Tahlil va qimmatbaho qog‘ozlar bozori konyunkturasi bo‘limi
Qimmatbaho qog‘ozlar bilan a’mollar o‘tkazish va dividendlardan foydalanish bo‘limi (kaznacheylik)
Rais o‘rinbosari — davlat mulkining hududiy jamg‘armalari boshqarmalari bilan aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i
Jamg‘arma mablag‘lari tushumlarini hisobga olish va hisobot bo‘limi
Ekspertlar, maslahatchilar va konsultantlar bo‘limi
Respublika mulki jamg‘armasi bo‘limi
Munitsipal mulk jamg‘armasi bo‘limi
Ishlar boshqarmasi
Moliya-xo‘jalik bo‘limi
Yuriskonsult
Kadrlar shu’basi va birinchi bo‘lim
Matbuot xizmati va reklama shu’basi
Tahririyat-nashriyot shu’basi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasining
TUZILMASI
TUZILMASI
Markaziy apparatning umumiy sonini 55 kishi tashkil etadi, shu jumladan:
Rahbariyat — 4 kishi, Davlat mulkini ijaraga olish boshqarmasi — 9 kishi, Aksionerlik jamiyatlari, ittifoqlar va shirkatlarda Davlat mulki jamg‘armasi boshqarmasi — 13 kishi, Davlat mulkining hududiy jamg‘armalari bilan aloqalar bo‘yicha boshqarma — 16 kishi, Ishlar boshqarmasi — 13 kishi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasining hududiy boshqarmalari
TUZILMASI
TUZILMASI
Boshliq
Buxgalteriya
Xo‘jalik mudiri
Yuriskonsult
Kadrlar va maxsus ishlar bo‘yicha inspektor
Mashinkada yozuvchi kotib
Boshliq o‘rinbosari
Aksiyalashtirish va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘limi
Daromadlarni jamlash bo‘limi
Davlat mulkini baholash guruhi
Xodimlar soni:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida — 18 nafardan
2. Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida — 15 nafardan
Jami: 246 nafar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari huzuridagi “O‘zdavjamg‘arma” boshqarmasi
TUZILMASI
TUZILMASI
Tuzilma bo‘yicha xodimlar soni 18 kishi*.
Izoh: Xodimlarning ushbu soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha guruhdan tashqari, birinchi va ikkinchi guruhga kiruvchi viloyatlar uchun belgilanadi, uchinchi guruh uchun bo‘limlar sonini qisqartirish hisobiga — 15 nafar qilib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi to‘g‘risida
NI3OM
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi (“O‘zdavjamg‘arma”) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bo‘ysunadi.
2. “O‘zdavjamg‘arma” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari va yo‘riqnomalariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar “O‘zdavjamg‘arma”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida respublikaning mulkiy huquqlari va davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash;
davlat mulki obyektlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablag‘larni ustuvor umumdavlat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazifalarini hal etishga safarbar qilish.
4. “O‘zdavjamg‘arma” o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
aksiyadorlar jamiyatlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning sarmoyasidagi unga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan berilgan davlatga tegishli aksiyalar (hissalar, paylar)ga egalik qilish funksiyasini amalga oshiradi;
aksiyadorlar (paychilar)ning umumiy yig‘ilishlarida, jamiyatlar va shirkatlarning kengashlari va boshqaruvlarida, unga tegishli aksiyalar (hissalar, paylar) bo‘yicha mulk egasi sifatida davlatning vakolatlarini ro‘yobga chiqaradi;
davlatlararo aksiyadorlar jamiyatlarida O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan aksiyalarning egasi funksiyasini amalga oshiradi, shuningdek, o‘zining vakolatli vakillarini bu jamiyatlar boshqaruvlariga vakil qilib yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan berilgan davlat korxonalari va tashkilotlari ijara shartnomalarining egasi funksiyasini amalga oshiradi;
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni, davlat korxonalari va tashkilotlarini ijaraga olganlik uchun to‘lovlarni, yangidan tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirilgan jamiyatlarning aksiyalarini sotishdan tushgan daromadlarni jamlaydi;
davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonidan tushuvchi mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi va yuqori turuvchi organlarga kiritadi;
o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan samarali foydalanish va uni saqlash ustidan nazoratni ta’minlaydi;
o‘z hududiy boshqarmalarining faoliyati ustidan tashkiliy va uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;
“O‘zdavjamg‘arma” huquq doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha respublika vazirliklari davlat qo‘mitalari, idoralar, konsernlar, uyushmalar, shuningdek mahalliy davlat va boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilik va me’yoriy aktlar loyihalarini, shuningdek, xo‘jalik faoliyati masalalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda qatnashadi;
5. “O‘zdavjamg‘arma”ga quyidagi huquqlar beriladi:
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar (hissalar, paylar) bo‘yicha boshqarish huquqini davlat boshqaruvining boshqa organlariga, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik uyushmalariga berish;
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini aksiyadorlar jamiyatlariga ularni rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun shartnoma asosida berish;
aksiyadorlar jamiyatlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlari, shirkatlarning aksiyalari (hissalari, paylari)ni sotib olish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining qarori bo‘yicha davlatga tegishli aksiyalarni sotish, shuningdek, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus jamg‘armalarining, xolding kompaniyalarning aksiyalariga almashtirish bo‘yicha a’mollarni bajarish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, hokimliklar, konsernlar, uyushmalar, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, bevosita birlashmalar, korxonalar va tashkilotlardan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma, statistika va axborot materiallarini olish;
davlat aksiyalari ulushiga muvofiq aksiyalarning bir qismi davlat mulki hisoblangan aksiyadorlar jamiyatlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishda, yil yakunlari bo‘yicha bu jamiyatlar faoliyati natijalarini tasdiqlashda, keyingi yil a’mollari rejasini tasdiqlashda hamda aksiya egalariga yuklatiladigan boshqa harakatlarda qatnashish.
6. Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar, davlat korxonalari va tashkilotlarini ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan haqlar yangidan ta’sis etiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qayta tashkil etilgan aksiyadorlar jamiyatlarining aksiyalarini sotishdan tushgan daromadlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan maxsus ochiladigan schyotda jamlanadi va:
O‘zbekiston Respublikasi qarzlarini to‘lashga;
O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tenglashtirishni mablag‘ bilan ta’minlashga;
qonun bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi;
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni to‘lash, ularni taqsimlash, ulardan foydalanish, hisobga olish va tushgan mablag‘larni nazorat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
7. “O‘zdavjamg‘arma” Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari huzurida belgilangan tartibda o‘z hududiy boshqarmalarini tashkil etadi hamda ularning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Hududiy boshqarmalar bevosita “O‘zdavjamg‘arma”ga, shuningdek, huzurida tashkil etilgan moliyaviy organlarga bo‘ysunadilar, yuridik shaxs hisoblanadilar, bankda o‘z hisob-kitob schyotlariga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan muhrga ega bo‘ladilar.
Hududiy boshqarmalar boshliqlari hokimliklar va “O‘zdavjamg‘arma” raisining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
8. “O‘zdavjamg‘arma”ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari — Jamg‘arma raisi boshchilik qiladi;
“O‘zdavjamg‘arma” raisi Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va uning o‘z funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi, Jamg‘arma markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi va ularning shaxsan javobgarligi darajasini belgilaydi.
“O‘zdavjamg‘arma” raisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan ikki nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi. O‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash “O‘zdavjag‘arma” raisi tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zdavjamg‘arma”da boshqaruv tashkil etiladi, uning tarkibiga “O‘zdavjamg‘arma” raisi, uning ikki o‘rinbosari va boshqaruv a’zolari kiradi, ularning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
9. “O‘zdavjamg‘arma” markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
“O‘zdavjamg‘arma” raisi xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tasdiqlangan tuzilmaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritish huquqiga egadir.
“O‘zdavjamg‘arma” markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zdavjamg‘arma” raisi tomonidan tasdiqlanadi.
10. “O‘zdavjamg‘arma” raisi o‘z huquq doirasida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, konsernlar, uyushmalar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar va farmoyishlar chiqaradi.
11. “O‘zdavjamg‘arma” raisi, uning o‘rinbosarlari, markaziy apparat xodimlari, shuningdek, hududiy boshqarmalar rahbarlari va xodimlari bevosita yoki boshqa shaxslar orqali “O‘zdavjamg‘arma” va uning hududiy boshqarmalari tomonidan sotish uchun tayyorlanadigan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish huquqiga ega emaslar.
Mazkur cheklashlar qayd qilib o‘tilgan mansabdor shaxslar ishlaydigan butun muddat davomida va ular egallab turgan lavozimlaridan bo‘shaganlaridan keyin ikki yil mobaynida amal qiladi.
12. “O‘zdavjamg‘arma” yuridik shaxs hisoblanadi, bankda o‘z hisob-kitob schyotiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.