Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-son qaroriga
1-ILOVA| A. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi |
| A. Abduvaxitov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| X. Sultonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
| A. Joʻraboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari |
| B. Musayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| B. Yoʻldoshev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
| I. Majidov | — | Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Sh. Shermatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
| A. Shin | — | Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri |
| O. Nazarbekov | — | Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
| A. Komilov | — | Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
| B. Zakirov | — | Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri |
| I. Abdurahmonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri |
| J. Abruyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari |
| A. Saidov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlari doktori |
| A. Xodjayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
| A. Saʼdullayev | — | Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori |
| M. Hojimatov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
| F. Abduxoliqov | — | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori |
| A. Nuriddinov | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| J. Artikxodjayev | — | Toshkent shahar hokimi |
| Q. Tursunov | — | Navoiy viloyati hokimi |
| E. Turdimov | — | Samarqand viloyati hokimi |
| Sh. Sirojiddinov | — | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor, navoiyshunos |
| N. Mahmudov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor |
| J. Eshonqulov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor |
| M. Muhiddinov | — | Samarqand davlat universiteti professori, navoiyshunos |
| I. Haqqulov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori |
| A. Erkinov | — | filologiya fanlari doktori, professor, navoiyshunos |
| N. Jabborov | — | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor |
| V. Rahmonov | — | filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos |
| Sh. Rizayev | — | filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos |
| E. Ochilov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi |
| Z. Mashrabov | — | Xalqaro Bobur fondi rahbari |
| N. Ilin | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, tarjimon |
| T. Toʻxtayev | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, tarjimon |
| Lavozimiga koʻra | — | Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi |
| B. Onorboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-son qaroriga
2-ILOVA| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish | Ijro uchun |
| I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | ||||
| | Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʻishlangan esdalik tangalar, pochta markalari, taqvimlar va koʻrgazmali axborot vositalarini chiqarish. | 2021-yil sentabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
| | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan “Alisher Navoiy oʻquv muzeyi”ni tashkil etish. | 2021-yil | Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti |
| | Toshkent shahrida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʻishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumanni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2021-yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligi | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
| | Alisher Navoiy tavallud topgan 9-fevral sanasida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboni, shuningdek, hududlarda oʻrnatilgan shoir haykali poyiga gul qoʻyish marosimlari, navoiyxonlik va adabiy kechalarni tashkil qilish. | 2021-yil 9-fevral | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi |
| | Samarqand shahridagi Alisher Navoiy tahsil olgan Fazlulloh Abullays Samarqandiy madrasasini taʼmirlash va esdalik lavhasi oʻrnatish. | 2021-yil | Ijrochilar mablagʻlari va Samarqand viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari | Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| II. Ilmiy-amaliy konferensiyalar va taqdimotlarni tashkil etish | ||||
| | OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan anʼanaviy respublika konferensiyasini oʻtkazish. | 2021-yil | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi |
| | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasini oʻtkazish. | 2021-yil fevral | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Toshkent shahar hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Yozuvchilar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| | Alisher Navoiy asarlari asosida ishlangan sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil etish. | 2021-yil | — | Badiiy akademiya |
| | Samarqand davlat universitetida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish. | 2021-yil | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Samarqand viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
| | Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazish | 2021-yil fevral | Tashkilotchilar mablagʻlari | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti |
| III. Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini oʻrganish va adabiyotlar chop etish | ||||
| | Alisher Navoiyning yangi tahrirdagi 20 jildlik mukammal asarlari toʻplamini, rus tilidagi 10 jildlik asarlari hamda Alisher Navoiyga bagʻishlangan kitob-albomning nashrini amalga oshirish. | 2021-yil davomida | Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi |
| | Toʻrt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ni nashr etish. | 2021 — 2023-yillar davomida | Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
| | Besh jildlik “Alisher Navoiy asarlarining izohli lugʻati”ni nashr etish. | 2020-2021-yillar davomida | Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| | “Navoiy va yoshlar” turkumida 10 jildlik “Maʼnolar xazinasi” (Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar) kitobini tayyorlash va nashr etish. | 2021-2022-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Navoiy viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar |
| | Alisher Navoiy asarlarining qisqacha nasriy bayoni va sharhi aks etgan, keng jamoatchilik uchun moʻljallangan ommabop ixcham kitoblar nashr etish. | 2021-yil may | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar |
| | “Oʻzbek adabiyoti tarixi” koʻpjildlik fundamental tadqiqotining Alisher Navoiyga bagʻishlangan 1 — 3 jildlarini, Alisher Navoiyning 100 gʻazali sharhiga bagʻishlangan “Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy” toʻplamini, “Turkiy xalqlar maʼnaviyatining quyoshi” ilmiy toʻplamini nashr etish va taqdimotlarini oʻtkazish. | 2021-yil fevral — may | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti |
| | Alisher Navoiy asarlarining faksimile nashrlarini amalga oshirish. | 2021-yil noyabr | Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
| | Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish, chop etish va xorijiy mamlakatlarda taqdimotlarini oʻtkazish. | 2021-yil davomida | Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar | Yozuvchilar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar |
| IV. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar | ||||
| | “Navoiy va yoshlar” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2020-yil dekabr | — | Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar |
| | Alisher Navoiy gʻazallari asosida “Nazm va navo” kechalari, maqom tanlovlarini oʻtkazish. | 2021-yil | Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| | Taʼlim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va tashkilotlarda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, navoiyxonlik kechalari, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish. | 2021-yil | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi |
| | Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish. | 2021-yildan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, mutasaddi vazirlik va idoralar |
| V. Targʻibot-tashviqot tadbirlari | ||||
| | Respublikamizdagi barcha shahar va tumanlar markazlarida Alisher Navoiy tavallud sanasi bilan bogʻliq hamda shoir hikmatlari aks etgan tasviriy-targʻibot vositalarini joylashtirish. | 2021-yil | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
| | Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijtimoiy roliklar yaratish va teleradiokanallar hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam namoyishini tashkil etish. | 2021-yil | Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
| | Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng targʻib etish, uning adabiy merosi namunalarini muntazam joylashtirib borish. | 2021-yil davomida | — | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
| | Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish, shoir asarlari asosida maxsus koʻrsatuv va oʻquv-maʼrifiy filmlar yaratish. | 2021-yil | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, |