1. | Karimov Madjit Malikovich | — | Direktor |
2. | Radjabov Sardor Baxtiyorovich | — | Direktor o‘rinbosari |
3. | Batirov Sherzod Negmuratovich | — | Direktor o‘rinbosari |
4. | Boboyev Orziqul Mirzayevich | — | Direktorning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi |
5. | Rajabov Barna Jo‘rakulovich | — | Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i |
6. | Dusnazarov Umidjon Muminjonovich | — | Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i |
7. | Urayeva Elvira Usmanovna | — | Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i v.b. |
8. | Elmurodov Xusan Elmurodovich | — | Yuridik byuro boshlig‘i |
9. | Nuraliyev Xabibulla Samadullayevich | — | Test sinovlarining dasturiy-texnik ta’minoti bo‘limi boshlig‘i |
10. | Abdinazarov Ulug‘bek Muyassarovich | — | Ishlar boshqarmasi boshlig‘i |
Nurmanov Ulugbek Anorbayevich | — | Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i”. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2020 yildagi 562-son
Дата вступления в силу
17.09.2020
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, jadal iqtisodiy o‘sish uchun mos professional kadrlarni tayyorlashda sog‘lom muhitni yaratish, xalqaro maydonda milliy kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida to‘plangan tajriba va ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Testologiya va pedagogik o‘lchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyoda testologiya bo‘yicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) huzurida “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda Ilmiy markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish;
test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash bo‘yicha mutaxassislar — testologlarni tayyorlash, bu borada mahalliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli testologiya, pedagogik o‘lchovlar, chet tillari bo‘yicha tinglovchilarning malakasini oshirish, diagnostik test sinovlarini tashkil etish;
testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xorijiy tajribani o‘rganish asosida milliy tizimni yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Ilmiy markaz tuzilmasini tasdiqlasin, xodimlarning umumiy cheklangan soniga muvofiq ularning mehnatiga to‘lanadigan ish haqi miqdorlarini belgilasin;
5. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Davlat test markazi boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llansin hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 6-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar alohida ajratilgan kvotalar doirasida, tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball to‘plagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining farzandlari, maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lmagan abituriyentlar mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida qayd etilgan hujjatlar asosida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin”;
o‘n sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n to‘qqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 4-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lmagan abituriyentlarni Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ham ro‘yxatdan o‘tishiga imkoniyat yaratish”;
uchinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va Davlat komissiyasi tomonidan namuna sifatida tasdiqlangan javoblar varaqalarini tarqatish”;
3. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-iyuldagi 572-son qarorining 1-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hay’at a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi 291-son qarorida:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hay’ati quyidagi tartibda tasdiqlansin: