07.09.2020 yildagi PF-6061-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer umummilliy boylik, Oʻzbekiston xalqining hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shu sababli, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer bilan uzviy bogʻlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini toʻlaqonli yuritish davlatning eng muhim vazifalaridandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy sohadagi keng koʻlamli oʻzgarishlar yer va unga bogʻliq resurslarning aniq hisobini yuritish, ulardan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish vazifalarining yagona organda toʻplanganligi, yer uchastkalari, bino va inshootlarga (keyingi oʻrinlarda — koʻchmas mulk) kadastr yigʻmajildi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzi tomonidan tayyorlanishi sohada manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarning tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida ularning monitoringini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Kadastr agentligining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Kadastr agentligi faoliyatining yer hisobini yuritish, mazkur sohada vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan faol ishlash boʻyicha yoʻnalishlari Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov, moliyaviy faoliyati Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish va ijaraga olish huquqining vujudga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi faqat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslikda aybdor shaxslarga maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkning turi, tavsifi, hajmi, qiymati va boshqa koʻrsatkichlarini aniqlash maqsadida uning kadastr yigʻmajildi tayyorlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxirada turgan va yangi ajratilayotgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda — tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimining, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda — tuman (shahar) qurilish boʻlimining murojaatiga muvofiq tuman (shahar) hokimligining buyurtmasiga asosan tayyorlanadi, ushbu xarajatlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida mazkur yer uchastkasiga ega boʻlgan shaxs tomonidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan, biroq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, ularga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish huquq egalarining buyurtmalariga asosan ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan oʻrmon xoʻjaliklari, suv xoʻjaligi tashkilotlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, ijtimoiy muassasalarga berilgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish balansda saqlovchilarning buyurtmalariga asosan va ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr yigʻmajildi Kadastr agentligi tomonidan shahodatlangan kadastr muhandislari hamda Kadastr agentligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida tayyorlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-oktabrdan boshlab yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimida (UZKAD) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali toʻplangan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha maʼlumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga (keyingi oʻrinlarda — onlayn geoportal) kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn geoportal Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Milliy geoaxborot tizimi) integratsiya qilinadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er balansi va uning hisoboti faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlari Milliy geoaxborot tizimiga faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kadastr agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik, yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish hamda davlat kadastrlarini yuritish tartibini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat Kadastr agentligi organlari tomonidan koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻimni kamaytirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2020-yil 1-noyabrga qadar onlayn geoportalni sinov tariqasida ishga tushirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2020-yil 1-dekabrga qadar barcha qishloq xoʻjaligi xaritalarining onlayn geoportalga kiritilishini hamda uning Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 2021-yil 1-yanvardan boshlab onlayn geoportalni toʻliq ishga tushirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birga yer uchastkalarini ajratish haqidagi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari hamda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi va bekor boʻlishiga asos boʻlgan boshqa hujjatlarning 2021-yil yakuniga qadar Milliy geoaxborot tizimida toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash va qayta baholash, tuproq bonitirovkasi va tuproq xaritalarining korrektirovkasini oʻtkazish, sugʻoriladigan yerlarda tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarini bajarish va agrokimyoviy kartogrammalar tuzish, tuproq (er) monitoringini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan nazarda tutiladigan mablagʻlar 2021-yil 1-yanvardan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash va geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 7-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-6061-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5065-son Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi “Jahon banki ishtirokida “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2571-son qarorining 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3024-son qarorining 1 — 3-bandlari hamda unga 1 — 5-ilovalar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)