1-ILOVA
2-ILOVA
| Maqsad | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Masʼul ijrochilar | Texnik yordam va trening | |
| 1-boʻlim. Soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yoʻnaltirilgan budjet” tizimini joriy etish | ||||||
| 1-bob. Budjet jarayonini takomillashtirish | ||||||
| 1. | Strategik budjetni shakllantirishda vosita sifatida foydalaniladigan Fiskal strategiyani ishlab chiqish. | Budjetni shakllantirish jarayoniga koʻmaklashish maqsadida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan oʻrta muddatli davrga moʻljallangan Fiskal strategiyani ishlab chiqish va eʼlon qilish: oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlari; oʻrta muddatli davr uchun budjet siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va soliq-budjet maqsadlari; keyingi moliya yili uchun budjet xarajatlarini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqiladigan maqsadli moʻljallar. | Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya | 2021-yil II chorak | Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Xalqaro valyuta jamgʻarmasining texnik koʻmagini jalb etish |
| 2. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarining ishonchliligini oshirish. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarni tuzish, prognozlashning amaldagi uslubiyotini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarni hisobot davri yakunlari boʻyicha haqiqiy koʻrsatkichlar bilan farq qilish sabablarini oʻrganish orqali baholash. | Chora-tadbirlar rejasi Tahliliy hisobot | 2020-yil IV chorak 2021-yildan boshlab har yili I chorakda | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti | |
| 3. | Yangi budjet taqvimini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi budjetni shakllantirish muddatlarini (budjet taqvimini) qayta koʻrib chiqish: 1) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ikki bosqichda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni taqdim etish, bunda: oʻrta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining dastlabki bahosi; oʻrta muddatli davr uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozi; 2) Fiskal strategiya bilan birga birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning qabul qilingan Hukumat qarorlari va Davlat dasturlariga asosan kelgusi oʻrta muddatli davrda amalga oshirilishi lozim boʻlgan yoki tugash muddati kelgan tadbirlar va ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi dastlabki soʻrovlari asosida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan chegaralangan miqdorlarini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabkimiqdorlarini Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish; 3) birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar hamda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan oʻrta muddatli davr uchun budjet soʻrovlari tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga asosan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan Davlat dasturlari va boshqa tadbirlarga talab etiladigan xarajatlarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, tasdiqlangan chegaralangan miqdorlar doirasida shakllantirish va tegishli moliya organiga taqdim etish; 4) hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan taqdim etilgan budjet soʻrovlari umumlashtirilgan holda Moliya vazirligiga taqdim etish; 5) Moliya vazirligi tomonidan kelgusi yil uchun Davlat budjetining loyihasini shakllantirish jarayonida budjet soʻrovlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun Davlat budjetidan tegishli mablagʻlar ajratilishining iqtisodiy asoslanganligini oʻrganish hamda samaradorligini baholash. | Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarining texnik koʻmagi |
| 4. | Budjet soʻrovini shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish. | Budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan moliya organlariga budjet soʻrovlarini taqdim etish jarayonini “OʻzASBO” va DMBAT dasturiy majmualarini integratsiya qilish orqali avtomatlashtirish. | Moliya vaziri buyrugʻi | 2020-yil yakuniga qadar | Moliya vazirligi | |
| 5. | Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini shakllantirish hamda ularning ijro jarayonini maksimal avtomatlashtirish. | “OʻzASBO” dasturiy majmuasida umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yillik xarajatlar smetalarini yaratilgan elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi toʻlash moduliga bogʻlash ishlarini yakunlash. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, birlamchi tibbiy xizmat muassasalari, keyinchalik esa barcha budjet tashkilotlarining shtatlar jadvali, tarifikatsiya roʻyxatlarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmlarini avtomatlashtirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi toʻlash moduliga bogʻlash imkoniyatini yaratish. | Dasturiy taʼminotni takomillashtirish | 2020-yil III chorak
| Moliya vazirligi, Moliya vazirligi, tarmoq vazirlik va idoralari | |
| 6. | Budjetda nazarda tutilmagan yangi xarajatlarning moliyaviy oqibatlarini baholash funksiyalarini takomillashtirish. | Moliya vazirligi hamda tarmoq vazirliklari oʻrtasida budjet vakolatlarini taqsimlash jarayoni yakunlangandan keyin joriy yil budjetida nazarda tutilmagan tashabbuslar ustidan lozim darajadagi nazoratni oʻrnatish, shuningdek, ularni uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligiga taʼsirini tahlil qilish tizimini joriy etish. Bu jarayonni avval M�liya vazirligida boshlab, keyinchalik vazirliklarning oʻzida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi | AQSh Gʻaznachiligi ekspertlari koʻmagi |
| 7. | Birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilari sonini maqbullashtirish. | Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar sonini maqbullashtirish nuqtai nazaridan tashkiliy asosda qayta koʻrib chiqilgan (oraliq) dastlabki budjet tasnifini tasdiqlash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2024-yil I chorak | Moliya vazirligi | |
| 2-bob. Oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF) | ||||||
| 8. | Oʻrta muddatli budjet asoslarining huquqiy bazasini taʼminlash. | Oʻrta muddatli rejalashtirishni joriy etish uchun qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, budjet taqvimini qayta koʻrib chiqish va budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning vakolatlarini qayta koʻrib chiqish. Oʻrta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish boʻyicha yagona qoʻllanmalar toʻplami (sirkulyar) ni tayyorlash. | Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi | |
| 9. | Bazaviy xarajatlarni aniqlash uslubiyati. | Amaldagi davlat dasturlarida belgilangan siyosatni davom ettirish, shuningdek, infratuzilmani saqlash boʻyicha kapital qoʻyilmalar uchun zarur boʻlgan bazaviy xarajatlarni aniqlash. Yaʼni, tarkibiga yangi tashabbuslar uchun zarur boʻladigan xarajatlarni hisobga olmagan holda budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning joriy xarajatlari hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar miqdorini hisoblash. | Metodik | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi | |
| 10. | Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning chegaralangan miqdorlarini yetkazish. | 1. Birlamchi Fiskal strategiyani shakllantirishda umumlashgan xarajatlar prognozi doirasida nominal qiymatda xarajatlarning chegaralangan miqdorlarini oʻrta muddat uchun ishlab chiqish va har yili suzuvchi grafik asosida bir yildan qoʻshib borish. 2. Budjet mablagʻlarining chegaralangan miqdorlarini ajratish lozim boʻlgan birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilari qamrovini aniqlash hamda chegaralangan miqdorlarni hisoblash uslubiyatini, shuningdek, ularni qayta koʻrib chiqish shartlarini belgilash. 3. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun budjetdan ajratiladigan budjet mablagʻlari chegaralangan miqdorlarini belgilash. 4. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga hamda ular tasarrufidagi budjet tashkilotlari uchun budjet mablagʻlarining chegaralangan miqdorlarini belgilash jarayonini tartibga solish. Oʻrta muddatli budjet asoslarining mustahkamligini taʼminlash maqsadida zaxira mablagʻlarini shakllantirish uchun hisobga olinadigan tadbirlar va mezonlarni belgilash. | Metodik | 2021-yil I chorak | Moliya vazirligi | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilish |
| 11. | Uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligini taʼminlash. | Soliq-budjet barqarorligini yanada oshirish maqsadida soliq-budjet qoidalarini (uzoq muddatli soliq-budjet maqsadlarining miqdor koʻrsatkichlarini) baholash tizimini joriy etish. | 2022 — 2024-yillar uchun fiskal strategiya tarkibida aks ettirish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmagi |
| 3-bob. Budjetning samaradorlik va natijadorlikka qarab yoʻnaltirilganligini oshirish | ||||||
| 12. | Xarajatlarning samaradorligini va natijadorligini baholash uslubiyatini bosqichma-bosqich joriy etish. | Tajriba tariqasida tanlangan vazirlik va idoralar misolida avvalgi yillarda tadbirlarga yoʻnaltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning natijadorligini baholash. Baholash natijalaridan kelib chiqib, mazkur vazirlik va idoralarda xarajatlarning sifat va miqdor koʻrsatkichlarini belgilash hamda tajriba tariqasida ularni baholash tizimini joriy etish va shu asosda koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning kelgusi yillar uchun budjetlarini shakllantirish. Tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ularning budjet boʻyicha takliflari bilan bir qatorda samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning oʻz maqsadlarini belgilash va shunga muvofiq tadbirlarini rejalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida ularning budjet vakolatlarini kengaytirish mexanizmini joriy etish. Budjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda iqtisodiy tasnif boʻyicha xarajatlar moddalarini yirik guruhlarga birlashtirish. | 2021-yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasida hamda budjetnomada aks ettirish Moliya vazirining Budjet tasnifiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 13. | Samaradorlik va natijadorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sifatini oshirish. | Budjetnoma tarkibida taqdim etiladigan budjet hujjatlarida bosqichma-bosqich xarajatlarni baholashning indikatorlarini va nazorat koʻrsatkichlarini koʻrsatishni kengaytirish va ular boʻyicha hisobotlarni taqdim qilib borishni yoʻlga qoʻyish. | Budjetnoma loyihasi | 2021 — 2025-yillar | Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | |
| 14. | Dasturiy budjetlashtirishni joriy etish uchun zarur boʻlgan mexanizmlarni belgilash. | Dasturiy budjetlashtirish uchun zarur boʻlgan mexanizmlarni aniql?sh hamda mazkur tizimning afzallik va kamchiliklarini oʻrganish. Joriy va yangi tadbirlar uchun xarajatlarni aniqlash uslublarini ishlab chiqish. Davlat budjeti xarajatlarini dasturlar boʻyicha tasniflashni joriy etish. | Moliya vazirining budjet tasnifiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi. | 2021-2022-yillar | Moliya vazirligi | |
| 4-bob. Davlat investitsiyalarining samaradorligini oshirish | ||||||
| 15. | Davlat investitsiyalarini boshqarish (DIB) jarayonini takomillashtirish, investitsiya loyihasini saralash, moliyalashtirish va boshqarish jarayoniga jalb qilingan ishtirokchilarning vakolatlarini belgilash. | Mavjud muammolar va toʻsiqlarni toʻlaqonli tushunib yetish maqsadida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq toʻliq tahlilini oʻtkazish hamda Davlat investitsiyalarini boshqarish jarayonini kuchaytirish uchun oʻrta muddatli harakatlar rejasini ishlab chiqish. Yuqoridagi tahlil natijalariga asoslangan holda: Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun taqdim etiladigan talabnomalarni budjet jarayoni bilan bevosita bogʻliqligini nazarda tutuvchi oʻrta muddatga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibini ishlab chiqish. Tegishli tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarining ustuvorligini aniqlash va saralash mezonlarini oʻrnatish (ijtimoiy soha, yoʻl-transport infrastrukturasi, suv xoʻjaligi va melioratsiya va boshqa infratuzilma obyektlari) . Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash tizimini joriy etish. Shu jumladan, obyektlarni dasturga kiritish bosqichida ham baholashni nazarda tutish, bunda tarmoq vazirliklari va idoralarning (buyurtmachilarning) Investitsiya dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonidagi vakolatlariga aniqlik kiritish (investitsiya loyihalarini shakllantirish, tasdiqlash, amalga oshirish, samaradorligini monitoring qilish va baholash bosqichlarida) . | XVJga Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq toʻliq tahlilini oʻtkazish boʻyicha talabnoma kiritish Tahlil natijalariga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish | 2020-yil avgust 2021yil II chorak | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi diagnostikasi Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 16. | Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorlarni budjet jarayoni bilan integratsiyalash | 1. Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish jarayonini budjet jarayoniga bosqichma-bosqich ratsionallashtirish va integratsiyalashda: Davlat investitsiya loyihalarini budjet chegaralari doirasida uzoq muddatga moʻljallangan tartibda tanlab olish va tasdiqlash; yakunlangan yoki yakunlanayotgan loyihalar boʻyicha saqlash va ekspluatatsiya xarajatlarini budjet xarajatlari prognozida hisobga olish. 2. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga joriy etish orqali investitsiyalar hisobi va hisobotini yuritish tartibini joriy etish. 3. Investitsiya dasturlarining ular tugallangan va ekspluatatsiyaga kiritilgandan soʻng operatsion va ekspluatatsiya xarajatlarini baholash orqali ularning iqtisodiy samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil II chorak
| Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
| 2-boʻlim. Makrofiskal prognozlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyatini oshirish | ||||||
| 5-bob. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash | ||||||
| 17. | Amaldagi budjet qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va oʻrganish. | Budjet jarayonini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda yagona tizim va talablarni belgilaydigan qonunchilik bazasini shakllantirish. Bunda budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tayyorlash, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish. | Budjet qonunchiligiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish | 2021 — 2024-yillar | Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 6-bob. Makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash | ||||||
| 18. | Makrofiskal tahlilni oʻtkazish salohiyatini mustahkamlash. | Makro va tarmoqlar kesimida soliq-budjet maʼlumotlarini tahlil qilish uchun koʻnikmalar va salohiyatni shakllantirish. Mazkur koʻnikmalarni fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish, davlat kafolatlari, davlat-xususiy sheriklik va infratuzilmaga investitsiyalar kiritish kabi sohalarda Moliya vazirligi funksiyalarini amalga oshirishda qoʻllash. Fiskal tavakkalchiliklarni boshqarish, makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlari masalalariga oid xalqaro oʻquv kurslarida xodimlar ishtirokini taʼminlash orqali institutsional salohiyatni oshirish. | Oʻquv treninglari tashkil etish | 2020-2021-yillar | Moliya vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti | Iqtisodchilarning katta boʻlmagan guruhini aniqlash va/yoki yollash va oʻqitish |
| 19. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish va oʻzaro aloqalarni takomillashtirish. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash, jumladan, ularni budjet jarayoniga integratsiyalash hamda tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarga boʻlgan talabni qondirish maqsadida prognozlarni batafsil aniqlashtirish darajasini va ularni taqdim etish boʻyicha vazirlik funksiyalarini belgilash. Makroiqtisodiy prognozlarni boshqa vakolatli organlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan hisoblangan prognozlar bilan solishtirish orqali ularning ishonchliligini tasdiqlash. Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish. | Moliya vazirining buyrugʻi | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, Markaziy bank, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti | |
| 7-bob. Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish | ||||||
| 20. | Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining funksional tuzilmasi tahlili. | Vazirlik departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari funksiyalarini, ularning tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar bilan munosabatlarini oʻrganish. | Xorijiy ekspertlarni jalb qilish | 2021-yil I chorak | Moliya vazirligi | Mustaqil ekspertlar tomonidan tegishli funksiyalar diagnostikasini oʻtkazish |
| 21. | Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining biznes jarayonlarini takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi joriy biznes jarayonlarini oʻrganish, shuningdek, keyinchalik biznes jarayonlarini boshqarishning maqsadli modeli boʻyicha tavsiyalar, shu jumladan vazirlik faoliyatini avtomatlashtirish boʻyicha takliflar va yechimlar ishlab chiqish. Tahlil natijalariga koʻra, Moliya vazirligi biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va axborot dasturlariga oʻzgartirishlar kiritish. Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boʻlinmalari va Davlat moliyaviy nazorati departamentining faoliyatini qayta koʻrib chiqib, boshqarishning markazlashgan tizimini joriy etish masalalarini koʻrib chiqish. | Moliya vaziri buyrugʻi | 2021-yil IV chorak | Moliya vazirligi | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 8-bob. Soliq xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish | ||||||
| 22. | Xizmat koʻrsatishga yoʻna?tirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish va soliq maʼmurchiligiga raqamli texnologiyalarni kiritish. | Soliq xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mobil ilovalar sonini koʻpaytirish. Onlayn nazorat-kassa apparati va virtual kassa tizimini qoʻllashni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish. Birlamchi hisob-kitob hujjatlarini (elektron hisob-fakturalar tizimini toʻliq joriy etish) raqamlashtirish va birxillashtirish. | Soliq maʼmurchiligini takomillashtirish strategiyasi doirasida | 2020-2021-yillar | Davlat soliq qoʻmitasi | |
| 9-bob. Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish | ||||||
| 23. | Davlat xaridlari sohasida normativ va uslubiy bazani takomillashtirish. | Davlat xaridlarining tanlov va tender savdolari orqali amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya rivojlanish agentligi yordami |
| 24. | Elektron davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish. | Davlat xaridlari boʻyicha axborot tizimlariga xarid qilish tartib-taomillarining elektron shaklda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali ularni modernizatsiya qilish. | Texnik talabnomalar ishlab chiqish | 2020-2021-yillar | Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki |
| 25. | Davlat xaridlari jarayonlarida yanada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash va raqobat muhitini yanada yaxshilash. | Elektron xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishning zamonaviy turlarini joriy qilish orqali davlat xaridlari jarayonlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini tizimli koʻpaytirish va raqobat muhitini rivojlantirib borish. | Moliya vaziri buyrugʻi | 2023-2024-yillar | Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | Joriy holatni oʻrganish yuzasidan xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagini jalb qilish |
| 26. | Davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini taʼminlash maqsadida monitoring qamrovini kengaytirish | Korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini taʼminlash maqsadida korporativ buyurtmachilarning xaridlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron monitoring qilishni bosqichma-bosqich tatbiq etish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish . | Normativ-xuquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Joriy holatni oʻrganish yuzasidan xalqaro moliya insti�utlari texnik koʻmagini jalb qilish |
| 3-boʻlim. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish | ||||||
| 10-bob. Budjet ustuvorligini taʼminlash | ||||||
| 27. | Budjet qamrovining toʻliqligi taʼminlash | Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari jamgʻarmalarining kirishini nazarda tutadigan meʼyoriy talablarni oʻrnatish, shuningdek, budjet hisobotlarida (jumladan, Davlat moliyasi statistikani yuritish formatlarida) ularni aks ettirish uchun birxillashtirilgan hisobot shakllarini tasdiqlash. 2020-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarma-sining daromad va xarajatlarini jamlangan holda, konsolidatsiyalashgan hisobotini taqdim etish hamda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladigan tashqi qarz oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish. | Byudjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar | Vazirlik va idoralarning iqtisodiy blok xodimlarini oʻqitish |
| 28. | Davlat sektori korxonalarining vakolat chegaralarini qayta koʻrib chiqish. | Tarmoq vazirliklari, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda davlat korxonalarining funksiya va vazifalarini tahlil qilish. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga qaratgan holda davlat korxonalari faoliyatini tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | Joriy holatni oʻrganish yuzasidan xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagini jalb qilish |
| 29. | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarni qayta taqsimlash. | Oʻrta muddatli budjetlashtirishga toʻliq oʻtishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida budjet tashkilotlarining va davlat boshqaruvining quyi organlari javobgarligini va majburiyatlarini kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi va tarmoq vazirliklarining budjet va moliyani boshqarish sohasidagi vakolatlarini qayta koʻrib chiqish. | Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | Joriy holatni tahlil qilish va taklif ishlab chiqish boʻyicha xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagini jalb qilish |
| 30. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti jarayoni ishtirokchilarining hisobdorligini oshirish. | Tarmoq vazirliklari, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda davlat korxonalari tomonidan budjet mablagʻlari, davlat aktivlari va davlat resurslaridan foydalanganlik yuzasidan hisobot berish tartibini qayta koʻrib chiqish. | Tahliliy hisobot hamda natijasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilish | 2021-yil may | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi navbatdagi missiyasi davrida muhokama qilish va tavsiyalarni olish |
| 11-bob. Davlat budjeti darajalari oʻrtasida majburiyatlarni ajratish | ||||||
| 31. | Budjet tizimi darajalari oʻrtasidagi budjet munosabatlarini takomillashtirish. | Jahon bankining xarajat vakolatlarini aniqlashtirish va daromadlarni davlat boshqaruvining turli darajasida taqsimlash nuqtai nazaridan oʻtkazilgan Davlat xarajatlari sharhidan kelib chiqib joriy budjetlararo munosabatlarni qayta koʻrib chiqish. Bunda mahalliy budjetlarning xarajat majburiyatlari bajarilmasligi boʻyicha jiddiy xavflarni keltirib chiqarmaydigan, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar hamda soliq va yigʻimlarni mahalliy budjetlarga biriktirish siyosatini davom ettirish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet parametrlarini mustaqil tayyorlash va tasdiqlash amaliyotini mustahkamlash. | Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
| 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi | Jahon banki |
| 32. | Mahalliy budjetlarning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish. | Mahalliy budjetlarning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan budjet qoidalarinikuchaytirish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet intizomi qoidalariga qatʼiy rioya qilish, jumladan: moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan ishlarni boshlamaslik; davlat xaridlarini belgilanlangan tartibda amalga oshirish; parallel loyihalashti�ish, tender savdolarini oʻtkazmasdan qurish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirmaslik; ortiqcha shtat birliklari va samarasiz xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha doimiy nazorat olib borish. | Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2020-yil IV chorak Doimiy ravishda | Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
| 4-boʻlim. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish | ||||||
| 12-bob. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish | ||||||
| 33. | Fiskal tavakkalchilik-larni oshkor etish va tahlil qilish hamda boshqarishni takomillashtirish. | Barcha muhim moliyaviy tavakkalchiliklarni fiskal tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish, shu jumladan: davlat kreditlari boʻyicha beriladigan kafolatlar va ularning benefitsiarlarini baholash; davlat sektori korxonalari, davlat-xususiy sheriklik bilan bogʻliq yashirin tavakkalchiliklar; davlat qarzi bilan bogʻliq tavakkalchiliklar tahlili. Budjetnoma tarkibida fiskal tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi hisobotni har yili eʼlon qilish. Moliya vazirligida moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish funksiyasini joriy etish, shuningdek, ularni baholash uchun institutsional salohiyatini oshirish. Fiskal tavakkalchiliklarni boshqarish, shu jumladan davlat ishtirokidagi hamda davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga kreditlar, kafolatlar taqdim etish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritish. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uslubiyatini ishlab chiqish. | Budjetnoma
| Har yili III chorak
| Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar | Xalqaro moliya institutlari koʻmagida xorijiy ekspertlarni jalb qilish |
| 34. | Davlat-xususiy sheriklikni tartibga solish boʻyicha qonuniy va institutsional asoslarni mustahkamlash. | Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatini yuritishga hamda davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul organ sifatidagi funksiyalarini inobatga olib, davlat-xususiy sherik-likning normativ-huquqiy va institutsional asosini yanada takomillashtirish. Davlat-xususiy sheriklik boʻyicha maʼlumotlarni va hisobotlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni oshkor etish. | Budjet kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish
| 2022-yil II chorak Doimiy | Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi | Xalqaro moliyaviy institutlar koʻmagida xorijiy ekspertlarni jalb qilish |
| 13-bob. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash | ||||||
| 35. | Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda yanada toʻliqroq maʼlumot berish orqali nomoliyaviy aktivlarni hisobdan chiqarish jarayonining shaffofligini oshirish. Moliyaviy aktivlar (xususan, yuridik shaxslarning ustav fondidagi davlat ulushi) boʻyicha jamlanma hisobotni tuzish, aktivlarni toʻgʻri baholash va ularning moliyaviy koʻrsatkichlarini nazorat qilish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish | 2022-yil I chorak | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, tarmoq vazirlik va idoralari | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmagida |
| 36. | Aktivlar va majburiyatlarni oshkor etishni yaxshilash. | Budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining depozitlari, berilgan qarzlari va qarz majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ch�p etish. Davlat boshqaruvi sektorida moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar va majburiyatlar balansi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish. Davlat boshqaruvi sektorining barcha moliyaviy aktivlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va eʼlon qilish. Qarzdorliklar va moliyaviy oqimlarning oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish va eʼlon qilish. | Ochiq budjet portalida eʼlon qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda aks ettirish | 2021-yil II chorak
| Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmagida |
| 37. | Pul mablagʻlarini boshqarish tizimini takomillashtirish. | Bunda: soddalashtirish va modernizatsiya qilish maqsadida budjet ijrosi va pul mablagʻlarini boshqarish jarayonlarini qayta koʻrib chiqish; xarajatlar va daromadlarni oʻz ichiga olgan holda respublika va mahalliy daraja�a pul oqimlarini xar oylik prognoz qilish tizimini joriy etish; DMBAT va “OʻzASBO”da toʻlovlarni nazorat qilish vositalarini joriy etish, toʻlov jarayonini avtomatlashtirish maqsadida budjet tashkilotlari tomonidan banklardan naqd pul mablagʻlarini olishda qogʻoz cheklardan foydalanish amaliyotini bekor qilish. | Moliya vazirining buyrugʻi | 2020-yil III chorak | Moliya vazirligi, | |
| 38. | Yagona gʻazna hisobraqami qamrovining toʻliqligini taʼminlash. | Budjet tashkilotlarining (bosqichma-bosqich mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ham hisobga olgan holda) banklardagi barcha hisobraqamlarini yopish orqali ularning milliy va xalqaro valyutadagi hisobraqamlarini Yagona gʻazna hisobvaragʻi (YaGʻH) bilan qamrovini kengaytirish. YaGʻH vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida likvidlilikni boshqarish uchun qoʻllaniladigan moliyaviy vositalar turini kengaytirish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish | 2022-yil II chorak | Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | |
| 14-bob. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish | ||||||
| 39. | Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat qarzi toʻgʻrisda”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli maqsadlarini shakllantirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | |
| 40. | Davlat qarzi barqarorligini tahlil qilish amaliyotini joriy etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi bilan taqdim etiladigan budjet hujjatlari tarkibiga davlat qarzi barqarorligi tahlilini kiritish. | Tahliliy hisobotni chop etish | 2020-yil III chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | |
| 41. | Davlat qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sifatini oshirish. | Davlat qarzi statistikasining qamrovi va sifatini yaxshilash. Davlat qarzining avtomatik hisobini yuritish, hisoblash va hisobotlarni shakllantirish uchun Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimini (DMFAS) joriy etish. | Qoʻshma chora-tadbirlar rejasi | 2020-yil III chorak | Moliya vazirligi, Markaziy bank | |
| 5-boʻlim. Budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish | ||||||
| 15-bob. Davlat sektorida budjet hisobi standartlarini birxillashtirish | ||||||
| 42. | Hisoblash metodi boʻyicha hisob yuritishga bosqichma-bosqich oʻtish. | Davlat sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (DSXMH) ga muvofiq hisoblash metodiga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. | Qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish | 2020-yil | Moliya vazirligi, Davlat s�liq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va manfaatdor vazirlik idoralar | Osiyo taraqqiyot banki yordami |
| 43. | Davlat boshqaruvi sektori uchun Yagona hisobraqamlar rejasini amaliyotga tadbiq etish. | Moliya vazirligining axborot tizimiga yagona hisobraqamlar rejasi hamda yangilangan hisobot shakllarini joriy etish maqsadida texnik talabnoma ishlab chiqish. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan dasturiy taʼminotga oʻzgartirish kiritish yuzasidan “Fido Biznes” MChJ xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni oshirish. Axborot tizimida yagona hisobraqamlar rejasi va moliyaviy hisobot shakllari sifatlishakllantirilishini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida hududlarda sinov oʻtkazish. Axborot tizimida yagona schyotlar rejasini amaliyotga tatbiq etish. | Texnik talabnomalar ishlab chiqish Hisob-kitoblarga asosan shartnoma tuzish hamda bajarilgan ishlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish. | 2020-yil III chorak 2020-yil yakuniga qadar 2020-yil IV chorak 2021-yil | Moliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya rivojlanish agentligi yordami |
| 44. | Davlat sektorida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni shakllantirish | Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish boʻyicha tartib ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish | 2021-yil I chorak | Moliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki yordami |
| 45. | Budjet hisobi va hisoboti tizimida avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun axborot tizimlarini takomillashtirish. | Amaldagi budjet hisobi va hisobotlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq avtomatlashtirish uchun DMBAT va “OʻzASBO” kabi dasturiy majmualarni yanada modernizatsiyalash. Tajriba loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Tajriba loyihasini baholash va amaliyotga toʻliq joriy etish. | Texnik vazifalar ishlab chiqish, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish | 2020-yil
| Moliya vazirligi | |
| 16-bob. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish | ||||||
| 46. | Ichki nazorat va ichki audit sohasini rivojlantirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish. | Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini va javobgarligini oshirishni nazarda tutuvchi Ichki nazorat va ichki auditni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ichki nazorat va ichki audit tizimini joriy etishda institutsional salohiyatni oshirish uchun kerakli tadbirlar, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, real muddatlar hamda amalga oshirish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan harakatlar rejasi ishlab chiqilishi lozim. Ichki audit xizmatlari faoliyat-la�ini tartibga solish masalalari boʻyicha Moliya vazirligining tarmoq vazirlik va idoralar oʻrtasidagi munosabatlarining amaldagi rolini belgilash. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning hajmidan kelib chiqib, vazirlik va idoralarda bosqichma-bosqich ichki audit xizmatini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
| 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 47. | Ichki audit faoliyati boʻyicha qonunosti hujjatlarni va uslubiyotini ishlab chiqish va qabul qilish. | Bunda: ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomni; ichki audit standartlari (sifat va ichki audit faoliyati natijalari sta?dartlari) ni; auditorlik tavakkalchiliklarini baholash uslubiyotini oʻz ichiga oluvchi ichki audit masalalari boʻyicha normativ bazani ishlab chiqish va tasdiqlash. | Yangi normativ-xuquqiy bazani ishlab chiqish | 2021-2022-yillar | Moliya vazirligi | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 48. | Ichki audit uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish. | Auditorlarga samarali auditorlik tekshiruvlarini hamda tavakkalchiliklar hisobini yuritishni taʼminlaydigan dasturiy taʼminot ishlab chiqish | Dasturiy taʼminot ishlab chiqish | 2021-yil IV chorak | Moliya vazirligi | |
| 17-bob. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish | ||||||
| 49. | Xalqaro standartlarga muvofiq Davlat moliyaviy nazorati tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif tayyorlash. | Davlat moliyaviy nazoratini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining texnik koʻmagi |
| 50. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ustidan parlament nazoratini kuchaytirish. | yillik budjet toʻgʻrisidagi qonunni koʻrib chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uning ijrosi jarayonida Oliy Majlis funksiya va majburiyatlarini kuchaytirish. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Davlat budjeti boshqarmasi xodimlarining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish. | Budjet kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish
| 2020-yil III chorak
| Moliya vazirligi | Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari |
| 18-bob. Budjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash | ||||||
| 51. | Budjet hujjatlaridan jamoatchilikning foydalanishini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlari tasdiqlangandan soʻng ularni nashr etish. Budjetnoma loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilgunga qadar nashr etish. Yil mobaynida har chorak hamda yillik ijro boʻyicha (qabul qilingan barcha budjet tasniflarini oʻz ichiga olgan holda) budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni chop etish. | Rasmiy veb-saytda eʼlon qilish | Har yili I chorak
| Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari | |
| 52. | Budjet jarayonida jamoatchilikning faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash. | Budjetni tayyorlash va fuqarolar uchun budjet nashrini ishlab chiqish jarayoniga hamda oʻrta muddatli budjetning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilishga jamoatchilik ishtirokini taʼminlashning ochiq mexanizmlarini keng qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish. Olib borilayotgan budjet siyosatini aholining turli qatlamalariga taʼsirini oʻrganish hamda budjet siyosatida qabul qilinayotgan qarorlarni aholi tomonidan yaxshiroq tushunilishi uchun ularning natijalarini eʼlon qilish. | Moliya vazirining buyrugʻi | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi | BMTning Taraqqiyot dasturi |
| 6-boʻlim. Budjet maʼlumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash | ||||||
| 19-bob. Soliq-budjet maʼlumotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va yaxlitligini yaxshilash | ||||||
| 53. | Davlat moliyasi hisobotining institutsional qamrovini oshirish. | Davlat moliyasi hisobotining institutsional qamrovini quyidagilar hisobiga yaxshilash: budjetdan tashqari jamgʻarmalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari hisob-raqamlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek, tashqi manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish; Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Davlat moliyasi statistikasining 2014-yilgi qoʻllanmasiga muvofiq davlat korxonalarining nobozor subyektlar sifatida tasniflanadigan soliq-budjet operatsiyalari hisobini yuritish; davlat ishtirokidagi korxonalarni kreditlash hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (“policy lending”) , shuningdek, moliyalashtirishning barcha operatsiyalarini toʻliq qamrab olishni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berilgan davlat kafolatlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq operatsiyalarni qoʻshish. | Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Xalqaro valyuta jamgʻarmasining statistika departamenti bilan hamkorlik qilish |
| 54. | Soliq-budjet hisobotlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish. | Milliy hisobotlarni, moliyalash-tirish operatsiyalari moliyaviy aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish sifatida tasniflanishni nazarda tutuvchi “Davlat moliya statistikasini yuritish qoʻllanmasi — 2014” (DMSQ-2014) hisobotlari formati bilan uygʻunlashtirish. | Tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2022-yil III chorak | Moliya vazirligi | Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Statistika �epartamenti |
| 20-bob. Davlat soliq-budjet siyosati moʻljallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kengaytirish | ||||||
| 55. | Milliy hisobotlarni “DMSQ-2014”ga muvofiqligini taʼminlash. | Budjetnomada qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti koʻrsatkichlarini “DMSQ-2014” formatida ham taqdim etish amaliyotini joriy etish. Budjetnomada taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy jamlangan koʻrsatkichlarini “DMSQ-2014” oʻrtasidagi farqni yorituvchi tushuntirish xatini kiritish. | Budjetnoma tarkibidagi hujjatlar bilan birga taqdim etish | Har yilibudjetnoma taqdim etish muddatlarida | Moliya vazirligi | |
| 56. | Budjet hujjatlarining shaffofligini oshirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot bilan bir vaqtda taqdim etiladigan budjet hujjatlari tarkibini quyidagilarni qoʻshish orqali kengaytirish: “DMSQ-2014”ning sof kreditlash /qarz olish konsepsiyasiga muvofiq budjet saldosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; daromadlarni asosiy komponentlarga, shu jumladan soliq boʻlmagan daromadlarga boʻlib chiqish; iqtisodiy va funksional tasniflar boʻyicha oʻtgan yil yakunlari, joriy yilda kutilayotgan xarajatlar hamda keyingi uch yil uchun prognozlar; daromadlar, xarajatlar va budjet balansi boʻyicha tushuntirishlar. | Budjetnoma va budjet ijrosidagi hisobotlarda aks ettirish | Budjetnoma va hisobotlarni taqdim etish muddatlarida | Moliya vazirligi | |
| 57. | Soliq xarajatlari boʻyicha maʼlumotlarni oshkor etish. | Coliq imtiyozlari va preferensiyalari hisobini yuritish metodologiyasini ishlab chiqish. Budjetnoma tarkibida asosiy soliq imtiyozlari va preferensiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish. | Tegishli normativ-hukuqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish
| 2020-yil III chorak
| Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻshmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi | Xalqaro moliyaviy institutlarning texnik koʻmagini jalb etish |
| 58. | Ijtimoiy himoya dasturi boʻyicha ijtimoiy nafaqalar oluvchilar (benefitsiarlar) toʻgʻrisida maʼlumotlarni kengaytirish. | Davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning shaffofligini oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaning yagona reyestrini ishlab chiqish va joriy etish. | Dasturiy mahsulot | 2020-yil IV chorak | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi | UNICEF |