Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-maydagi PF-5995-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-avgust,
479-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 479-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“taʼlim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish”.
2. 11-band quyidagi mazmundagi “i” kichik band bilan toʻldirilsin:
“i) organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish sohasida:
manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida zarur maʼlumotlarni oladi;
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash masalalari boʻyicha fermer va dehqon xoʻjaliklari va boshqa manfaatdor tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi;
organik mahsulot va xom ashyolarni sertifikatlashtirish idoralari, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchi tashkilotlar, realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi elektron axborot bazasini yaratadi, uning doimiy yangilanib turishini taʼminlaydi;
organik mahsulot va xom ashyolarni sertifikatlashtirish idoralari, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchi tashkilotlar, realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi reyestrni yuritadi;
respublika miqyosida va hududlar kesimida organik mahsulotlar yetishtirishga oʻtgan yer maydonlari, ishlab chiqarish hajmlari va realizatsiya qilinishi (eksport va import) toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlarni chop etadi;
organik qishloq xoʻjaligini rivojlantirish doirasida xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
organik urugʻchilikni tashkil etadi hamda ushbu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytiradi va jadallashtiradi;
savdo tarmoqlarida organik sertifikatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining realizatsiya qilinishini tartibga soladi;
organik mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlashtirish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik subyektlari faoliyatining ekvivalentligini baholaydi va avtorizatsiyalash tizimini yaratadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/479/1167-son)