1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarorining ijrosini taʼminlash, eksport va eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta himoyasi bilan taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 12-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
477-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom eksport qiluvchilar va ularning eksportga yoʻnaltirilgan faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlovchi shaxslarning mulkiy manfaatlariga sugʻurta himoyasini taqdim etish shartlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar eksporti — tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish toʻgʻrisida majburiyat olmasdan olib chiqib ketilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar (ishlar) eksporti — Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxslari uchun xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish), ularning koʻrsatilishi (bajarilishi) joyidan qatʼi nazar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital eksporti — Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari tomonidan daromad olish maqsadida chet eldagi biznesga investitsiya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi — eksport qilish tartibi, shartlari va muddatlari kelishilgan bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontragent — eksport shartnomasi doirasida oʻz zimmasiga u yoki bu majburiyatlarni olgan xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalovchi shaxs — eksport qiluvchi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilishi (xizmatlar koʻrsatilishi, ishlar bajarilishi) va xorijiy davlatga joʻnatilishi, kapitalning eksport qilinishi bilan bogʻliq faoliyatni kredit, kafolat, kafillik, lizing yoki boshqacha shaklda moddiy va (yoki) moliyaviy qoʻllab-quvvatlovchi mahalliy yoki xorijiy investor, tijorat banki, lizing kompaniyasi, mikromoliya tashkiloti yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalash shartnomasi — eksport qiluvchining tovarlar ishlab chiqarishi (xizmatlar koʻrsatishi, ishlar bajarishi) va xorijiy davlatga joʻnatishi, kapitalni eksport qilishi bilan bogʻliq faoliyatni kredit, lizing, kafolat, kafillik, investitsiya yoki boshqa shaklda moliyalash yoki moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchi — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qildiruvchi — eksport qiluvchi yoki moliyalovchi shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta shartnomasi — Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish, ushbu tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) ishlab chiqarish hamda kapitallar eksporti bilan bogʻliq faoliyatni siyosiy, tijorat va logistika tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish boʻyicha yozma kelishuv;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar — kontragent yoki eksportchining eksport shartnomasi yoki moliyalash shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarishga toʻliq yoki qisman toʻsqinlik qiluvchi siyosiy yoki makroiqtisodiy oʻzgarishlar (shu jumladan kontragent mamlakatida import yoki eksportga embargo joriy etilishi, qurolli nizolar, fuqarolar tartibsizliklari, inqilob, terrorchilik harakatlari, rasmiy organlarning kamsituvchi yoki toʻsqinlik qiluvchi harakatlari, erkin ayirboshlanadigan valyuta yetishmasligi tufayli pul oʻtkazmalarining kechiktirilishi, milliylashtirish, qarz boʻyicha moratoriylar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari — kontragent yoki eksportchining toʻlovga qobiliyatsizligi, toʻlov majburiyatini bajarmasligi, bankrotlik holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovga qobiliyatsizlik — toʻlov sanasi kelmasdan avval toʻlov majburiyatini bajarishga iqtisodiy qodir boʻlmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov majburiyati bajarilmasligi — toʻlov sanasida toʻlovga qobiliyatsizlik sababli toʻlovni amalga oshirmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankrotlik — eksportchi yoki kontragentning Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga yoki xorijiy davlat qonunchilik hujjatlariga koʻra bankrot deb tan olinishi;
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov sanasi — eksport yoki moliyalash shartnomasiga muvofiq tovarlar, xizmatlar (ishlar) uchun yoxud moliyaviy mablagʻlarni qaytarish (soʻndirish) majburiyati bilan bogʻliq toʻlov(lar) amalga oshirilishi shart boʻlgan sana(lar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiligi — yuzaga kelishi sugʻurta qildiruvchining irodasiga bogʻliq boʻlmagan va kutilmaganda yuzaga kelgan taʼminot, tashish, saqlash, sotish, axborot tavakkalchiliklari oqibatida eksport qiluvchiga zarar yetishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼminot tavakkalchiligi — eksport qilishga moʻljallangan tovar va (yoki) xizmatlarni (ishlarni) ishlab chiqarish uchun zarur moddiy resurslar, shu jumladan xomashyo taʼminotining toʻliq yoki vaqtincha toʻxtashi, ushbu moddiy resurslar narxlarining beqarorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashish tavakkalchiligi — yuk sifatida eksport qilinayotgan tovar yoki xizmatlarga (ishlarga) tabiiy va texnogen hodisalar taʼsiri, eksport qilinayotgan tovarning oʻzlashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlash tavakkalchiligi — tashish davrida vaqtincha saqlashga topshirilgan tovarga tabiiy va (yoki) texnogen hodisalar taʼsiri, oʻzlashtirilishi, saqlash xarajatlarining beqarorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotish tavakkalchiligi — xorijdagi kontragent mamlakatining iqtisodiyoti retsessiyasi, yangi tovar chiqishi va qonunlar, qoidalar oʻzgarishi oqibatida eksportga chiqarilayotgan tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) narxining pasayishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tavakkalchiligi — eksport predmeti boʻlgan elektron shakldagi maʼlumotlar jinoyatkor shaxslar tomonidan moʻljallangan manzilga yetkazish kanallaridan oʻgʻirlanishi yoki oʻzgartirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutish davri — sugʻurta hodisasi yuzaga kelgandan soʻng boshlanadigan, sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muddat boʻlib, ushbu muddat ichida yuzaga kelgan zararlar uchun sugʻurta himoyasi toʻlanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faktoring — uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartsiz franshiza — zararning sugʻurta shartnomasida sugʻurta pulining (sugʻurta majburiyatining) maʼlum qismi (foizi) yoki pul mablagʻlari miqdori koʻrinishida belgilanadigan, sugʻurta bilan qoplanmaydigan qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta shartnomalarida mazkur bandda keltirilgan taʼriflarga ushbu Nizomda keltirilgan taʼriflarga zid boʻlmagan mazmunda aniqlik kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga hamda “Inkoterms” xalqaro qoidalariga muvofiq tijorat tashkilotlari boʻlgan va tegishli turdagi sugʻurtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tavakkalchiliklar va sugʻurta shartnomalarining turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta qildiruvchilarga quyidagi tavakkalchiliklarning barchasi yoki biri, yoxud ularning ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan taʼriflarida keltirilgan alohida tavakkalchiliklar yoki ularning kombinatsiyasi sugʻurta himoyasi sifatida taqdim etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sugʻurta shartnomalarining turlari quyidagilar bilan cheklanmagan holda, sugʻurta qildiruvchining faoliyatidan kelib chiqib, sugʻurta shartnomalarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) eksport qiluvchi sugʻurta qildiruvchi boʻlganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligini sugʻurta qilish shartnomasi — kontragent eksport shartnomasiga binoan toʻlov yoki barter (tovar yoki xizmatlar (ishlar) almashinuvi) boʻyicha majburiyatlarni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida oʻz vaqtida bajarmasligidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) yetkazib beruvchi kreditini sugʻurta qilish shartnomasi — kontragent muddatli toʻlov sharti bilan tuzilgan eksport shartnomasiga binoan toʻlov majburiyatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida oʻz vaqtida bajarmasligidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sugʻurta qilish shartnomasi — bir yil (qisqa muddatli) yoki undan ortiq (uzoq muddatli) davr ichida muddatli toʻlov sharti bilan eksport qilingan tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) uchun toʻlov siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida oʻz vaqtida toʻlanmasligidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish shartnomasi — eksport qiluvchining ishlab chiqarish va eksport faoliyatida logistika tavakkalchiliklaridan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalarni sugʻurta qilish shartnomasi — eksport qiluvchining xorijdagi biznesga investitsiya sifatida mulkiy va (yoki) moliyaviy qoʻyilmalari, nomoddiy aktivlari bankrotlik oqibatida toʻliq yoki qisman qaytmasligidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moliyalovchi shaxs sugʻurta qildiruvchi boʻlganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridor kreditini sugʻurta qilish shartnomasi — moliyalovchi shaxs tomonidan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarni va (yoki) xizmatlarni (ishlarni) sotib olish uchun berilgan kreditni xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida soʻndirmasligidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport faktoringini sugʻurta qilish shartnomasi — faktor hisoblanuvchi moliyalovchi shaxsning faktoring mablagʻlarini xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida soʻndirmasligidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchining aylanma mablagʻlarini toʻldirish krediti oʻz vaqtida qaytarilmasligidan sugʻurta qilish shartnomasi — eksport qiluvchiga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun berilgan kreditni tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida oʻz vaqtida soʻndirmasligidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan akkreditivni sugʻurta qilish shartnomasi — eksport qilinayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlar (ishlar) uchun ochilgan akkreditiv moliyalovchi tashkilot tomonidan tasdiqlanib, siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida toʻliq yoki qisman qoplanmay qolishidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat yoki kafillikni sugʻurta qilish shartnomasi — eksport qiluvchi kontragent oldidagi oʻz majburiyatlarini siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiligi yuzaga kelishi oqibatida bajarmasligi natijasida moliyalovchi shaxsning kafolat yoki kafillik boʻyicha toʻlovni amalga oshirish majburiyatidan sugʻurta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing faoliyatini sugʻurta qilish shartnomasi — moliyalovchi shaxs sotib olgan mahsulot siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida taqdim etmasligi va ushbu mahsulot uchun oʻtkazilgan mablagʻlar qaytarilmasligi yoxud eksport qiluvchi moliyalovchi shaxsga tijorat tavakkalchiligi yuzaga kelishi oqibatida lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirmasligidan sugʻurta himoyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar boʻyicha shartsiz franshiza oʻrnatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari boʻyicha shartsiz franshiza miqdori — sugʻurta pulining 50 foizidan ortiq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklari boʻyicha shartsiz franshiza miqdori — sugʻurta pulining 5 foizidan ortiq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar boʻyicha kutish davri — 180 kalendar kundan ortiq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari boʻyicha kutish davri — 90 kalendar kundan ortiq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklari boʻyicha kutish davri — 30 kalendar kundan ortiq boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Muddatli toʻlovni nazarda tutuvchi eksport shartnomasi boʻyicha sugʻurta tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish uchun sugʻurta qildiruvchi tomonidan eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlovi oldindan toʻlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sugʻurta shartnomalarida tomonlar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtaga oid qoʻshimcha xizmatlar tashkil etilishini kelishib olishlari mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sugʻurta shartnomasida sugʻurta hodisasi, zararning hisob-kitobi, kutish davri, franshiza miqdori va qoʻshimcha xizmatlar uchun ajratiladigan mablagʻning eng koʻp miqdori, sugʻurta tovonini olish uchun beriladigan hujjatlar, hujjatlar topshirilgan kundan boshlanadigan sugʻurta tovoni toʻlanishi muddati aniq koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta shartnomasiga amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom bilan ruxsat etilmagan istisnolar va shartlarni kiritish mumkin emas.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar xalqaro normativ hujjatlar va qoidalarda ushbu Nizomdan farq qiluvchi sugʻurta qilish shartlari nazarda tutilgan boʻlsa, sugʻurta shartnomasiga ushbu xalqaro normalar yoki qoidalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sugʻurta shartnomalarini tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomalarini tuzayotganda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza;

eksport shartnomasi, agar eksport bilan bogʻliq tavakkalchilik sugʻurtalanishi kerak boʻlsa;

moliyalash shartnomasi, agar moliyalash bilan bogʻliq tavakkalchilik sugʻurtalanishi kerak boʻlsa;

agar eksport shartnomasi boʻyicha muddatli toʻlov bir yildan ortiq davrga taqdim etilsa, tijorat bankining eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlovi olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchidan yoki mahalliy va xorijiy tashkilotlardan sugʻurta tavakkalchiligining darajasiga aniqlik kirituvchi maʼlumotlarni, shuningdek, eksport shartnomasini amalga oshirish bilan bogʻliq tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda kontragent tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining roziligi bilan eksport shartnomasini tuzishda ishtirok etishga hamda eksport shartnomasi boʻyicha tavakkalchiliklarni kamaytirish va oldini olish shartlari, choralari yuzasidan takliflar berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Logistika tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomalarini tuzayotganda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi, agar eksport bilan bogʻliq logistika tavakkalchiligi sugʻurtalanayotgan boʻlsa;

logistika tavakkalchiligining qaysi biri sugʻurtalanishidan kelib chiqib, taʼminot, saqlash, tashish yoki maʼlumotlarni elektron shaklda yetkazib berishga oid shartnoma.

15. Sugʻurtalovchiga taqdim etilgan shartnomalarning asl nusxalari, ulardan nusxa olingandan soʻng, sugʻurta qildiruvchiga ariza qabul qilinayotganda qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sugʻurta qildiruvchi ushbu Nizom doirasida arizalar va hujjatlarni sugʻurtalovchiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgandan boshlab 24 soat ichida tegishli sugʻurta shartnomasini tayyorlaydi va uning imzolanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sugʻurtalovchi tavakkalchilik turi va darajasidan kelib chiqib, joʻnatilayotgan tovarlar, binolar, inshootlar, uskunalar va sugʻurtaga aloqador boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarning sugʻurta shartnomasini tuzishdan avval va sugʻurta shartnomasida kelishilgan boʻlsa, sugʻurta muddati mobaynida sugʻurta qildiruvchining xodimlari ishtirokida monitoring qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring natijalari sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchining vakillari tomonidan imzolangan Monitoring oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sugʻurta shartnomasi tuzilgandan keyin Monitoring oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma va sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasini tuzish uchun taqdim etgan boshqa hujjatlar sugʻurta shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sugʻurta mukofoti sugʻurta tariflariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta tariflarida sugʻurtalanadigan tavakkalchiliklar, eksport qiluvchi va kontragentning moliyaviy ahvoli, eksport qilinayotgan mamlakat, kutish davri, shartsiz franshiza miqdori, sugʻurta shartnomasidagi istisnolar, sugʻurtaga oid qoʻshimcha xizmatlar va boshqa omillar hisobga olinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sugʻurta tariflari aktuar tashkilot tomonidan Oʻzbekiston aktuariylar uyushmasi tayyorlagan va tasdiqlagan uslubiy qoʻllanmasi asosida ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Sugʻurta shartnomasining valyutasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta shartnomasi boʻyicha barcha oʻzaro hisob-kitoblar, shu jumladan sugʻurta mukofoti va sugʻurta tovoni toʻlovlari faqat milliy valyutada amalga oshiriladi. Bunda milliy valyutani har qanday chet el valyutasi yoki shartli birliklarga bogʻlagan holda hisob-kitoblarni amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xorijdagi shaxslar bilan barcha oʻzaro hisob-kitoblar erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Zararni koʻrib chiqish, sugʻurta tovonini aniqlash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan tavakkalchiliklar oqibatida zarar koʻrganda sugʻurta tovonini olish uchun sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi va uning miqdori aniqlash uchun yetarli maʼlumotlarni olishda sugʻurtalovchiga koʻmaklashishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sugʻurta tovoni, sugʻurta shartnomasining shartlaridan kelib chiqib, sugʻurta hodisasini joyiga chiqib oʻrganish yoki sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlardan kelib chiqib tuzilgan Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnomaga muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sugʻurta tovonining miqdori sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan tartibda aniqlanadigan zararlardan kutish davrida yuzaga kelgan zararlar va shartsiz franshiza miqdorini chegirib tashlash yoʻli bilan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan boʻlishi sharti bilan quyidagi hollarda sugʻurta tovonini toʻlashni rad etishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qildiruvchi va uning xodimlari tomonidan firibgarlik, qonunbuzarlik holatlari yoki sugʻurta shartnomasi, eksport shartnomasi yoki moliyalash shartnomasini tuzayotganda yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta shartnomasida belgilangan monitoring qilish shartlarining buzilishi zarar yuzaga kelishidan avval sugʻurtalangan tavakkalchilik darajasini oshishiga olib kelganligi aniqlansa hamda sugʻurtalangan tavakkalchilik uchun qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlanmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga subrogatsiya huquqini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Sugʻurta tovoni sugʻurta hodisasi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab 15 kalendar kunidan kechiktirmasdan toʻlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sugʻurtalovchi sugʻurta xizmatining barcha bosqichlarida, shu jumladan sugʻurta shartnomasini tuzish, sugʻurta tovonini toʻlash bosqichlarida mazkur Nizomda koʻrsatilgan maʼlumotlarga aloqador boʻlmagan oʻrganishlar oʻtkazishi va hujjatlar talab qilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizomda koʻrsatilmagan oʻzaro munosabatlar amaldagi qonunchilik hujjatlari va sugʻurta shartnomasi bilan tartibga solinadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Sugʻurta qildiruvchi
a) Siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish uchun sugʻurtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:
ariza;
eksport shartnomasi, agar eksport bilan bogʻliq tavakkalchilik sugʻurtalanishi kerak boʻlsa;
moliyalash shartnomasi, agar moliyalash bilan bogʻliq tavakkalchilik sugʻurtalanishi kerak boʻlsa;
agar eksport shartnomasi boʻyicha muddatli toʻlov bir yildan ortiq davrga taqdim etilsa, tijorat bankining eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlovi olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma nusxasi.
Sugʻurta qildiruvchining ixtiyoriga
koʻra
b) Logistika tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish uchun sugʻurtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:
ariza;
eksport shartnomasi, agar eksport bilan bogʻliq logistika tavakkalchiligi sugʻurtalanayotgan boʻlsa;
logistika tavakkalchiligining qaysi biri sugʻurtalanishidan kelib chiqib, taʼminot, saqlash, tashish yoki maʼlumotlarni elektron shaklda yetkazib berishga oid shartnoma.
2-bosqich
Sugʻurtalovchi
Taqdim etilgan hujjatlar asosida tegishli sugʻurta shartnomasini tayyorlash va imzolash.
Hujjatlar taqdim etilgandan boshlab 24 soat ichida
3-bosqich
Sugʻurtalovchi, sugʻurta qildiruvchi
Tavakkalchilik turi va darajasidan kelib chiqib, joʻnatilayotgan tovarlar, binolar, inshootlar, uskunalar va sugʻurtaga aloqador boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarni, sugʻurta shartnomasida kelishilgan boʻlsa, sugʻurta muddati mobaynida sugʻurta qildiruvchining xodimlari ishtirokida monitoring qilish.
Sugʻurta muddati davomida
4-bosqich
Sugʻurta qildiruvchi
Sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarni Sugʻurtalovchiga taqdim etish.
Sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda
5-bosqich
Sugʻurtalovchi
1. Sugʻurta hodisasini joyiga chiqib oʻrganish yoki sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlardan kelib chiqib, Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish;
2. Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnomaga muvofiq sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovoni toʻlash.
Sugʻurta hodisasi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab 15 kalendar kuni ichida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksportchilarni sugʻurta qilishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga 3-ilovaning XV bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 22-son, 180-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksport qiluvchilarni sugʻurtalashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2014-yil 2-iyundagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 23-son, 267-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/477/1166-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)