26.06.2020 yildagi PQ-4759-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq amaliy sanʼatini, shu jumladan tarixiy anʼanalarimizni oʻzida mujassam etgan, ota-bobolarimizdan qadimiy meros boʻlib, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan ipak va jundan qoʻlda gilam toʻqish sohasini rivojlantirish va noyob sanʼat asari hisoblanadigan ushbu gilamlarni bozor talablariga uygʻunlashtirish, band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalarni mazkur sohaga keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun ikki ming soʻmdan subsidiyalar ajratiladi. Bunda, subsidiya berish Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 1-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilar yetishtirish xoʻjaliklariga Jizzax viloyatidan 2 ming gektar, Qashqadaryo viloyatidan 3 ming gektar, Namangan viloyatidan 1 ming gektar, Samarqand viloyatidan 2 ming gektar, Surxondaryo viloyatidan 3 ming gektar va Toshkent viloyatidan 2 ming gektar yaylov yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar togʻoldi yaylovlar uchun qurgʻoqchilikka chidamli ozuqa ekinlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandida nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibi, istisno tariqasida, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻlda gilam toʻqish boʻyicha loyiha tashabbuskorlari roʻyxatini shakllantirsin va ularga mazkur qarorning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibini qoʻllagan holda kredit ajratish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktabr oyida Toshkent shahrida sharqona qoʻlda toʻqilgan gilamlar (Hand-made Oriental Carpets) xalqaro festivalini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga festivalni tashkillashtirishda, shu jumladan keng reklama kampaniyasini tashkil etish va uni xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish qilish hamda qoʻlda toʻqilgan gilamlar sanʼati rivojlangan Eron, Turkiya, Gruziya, Hindiston va Pokiston kabi davlatlardan hunarmand va tadbirkorlarni jalb qilishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda bir oy muddatda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining boʻsh turgan yer maydonini aniqlab, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va tegishli investorlarga qoʻlda toʻqilgan gilamlar savdo-koʻrgazma uyini tashkil qilish uchun yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida turistlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari hududlarida qoʻlda toʻqilgan gilamlar koʻrgazma-savdo rastalarini (doʻkonlarini) tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qoʻlda toʻqilgan gilamlarning eksport salohiyatini va turistlar uchun jozibadorligini oshirish uchun “gilam tarixi” (“The history of carpet”) QR-kodlar boʻyicha har bir gilamning toʻqilish jarayoni, chevar xotin-qizlar va ularning ishlash sharoiti hamda shu kabi maʼlumotlarni oʻzida mujassam etgan mobil ilovalarni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi taklifiga asosan jun, kalavalangan jun hamda qoʻlda toʻqilgan gilamlarni olib kirishda import bojlari mavjud xorijiy davlatlar bilan mazkur import bojlarini bekor qilish masalasini ushbu davlatlar bilan oʻtkaziladigan hukumatlararo komissiya majlislarining kun tartibiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzbekipaksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalari tarkibidagi qoʻlda gilam toʻqish bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan eksportga sotilgan gilamlarni tegishincha ushbu uyushmalarning eksport koʻrsatkichlarida aks ettirsin.
(11-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bir oy muddatda oʻtkazilgan tahlillar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasiga belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona bojiga tortilmaydigan, oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilikni rivojlantirish boʻyicha Uyushma raisining oʻrinbosari lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikada goʻshtdor-serjun yoʻnalishidagi oq, och jigar rangli dagʻal, mayin va yarim mayin jun beruvchi, shu jumladan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarni koʻpaytirish hamda junni qayta ishlash, boʻyash va qoʻlda gilam toʻqish boʻyicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlagan holda, 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga asosan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jun va teri mahsulotlari sifatini xalqaro standart talablari boʻyicha tahlil qilish tizimini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-oktabrga qadar xorijdan goʻshtdor-serjun, shu jumladan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning muzlatilgan urugʻlarini olib kelish, mahalliy sharoitda naslli qoʻy va echkilarning urugʻlarini olish va muzlatilgan urugʻlar bankini yaratish hamda urgʻochi qoʻy va echkilarni sunʼiy urugʻlantirish samaradorligini mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda oʻrgansin va 2020-yil 15-oktabrga qadar Moliya vazirligiga xulosa kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 15-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan urgʻochi qoʻy va echkilarni sunʼiy urugʻlantirish maqsadga muvofiq deb topilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu yoʻnalishda ishlarni tashkil etish uchun tegishli mablagʻlar ajratish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda ushbu takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev — mazkur qaror ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlasin, unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajargan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish, toʻqilgan gilamlarni olib kirishda import bojxona bojlari mavjud xorijiy davlatlar bilan mazkur bojlarni bekor qilish boʻyicha muzokaralar olib borish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 26-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4759-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2856-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“d) qoʻlda toʻqilgan gilamchilikni rivojlantirish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻlda toʻqilgan gilamlarning ichki va tashqi bozorlarini tizimli tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini qoʻlda gilam toʻqish kooperatsiyalariga jalb qilish, ularni gilamchilik sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun oʻqitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalarni gilamchilik bilan shugʻullanishga qiziqtirish, ularni oʻqitish va malakasini oshirish, gilam toʻqish koʻnikmasini shakllantirish, joylarda kichik ishlab chiqarish sexlari hamda aholi xonadonlarida gilam toʻqishni tashkil etish orqali ularning bandligini taʼminlashda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda ipak, ipak chiqindilari, jun va paxta aralashmali gilamlar toʻqishni tashkil etish uchun hunarmandlar va tashkilotlarni kerakli miqdorda xomashyo hamda gilam toʻqish dastgohlari va moslamalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida ipakni qayta ishlash tashkilotlari, chorvachilik xoʻjaliklari va gilamchilik hunarmandlari oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gilamchilikka oid seminar, anjuman, yarmarka va koʻrgazmalar tashkil qilish, shuningdek, mahalliy gilamchilik tashkilotlari hamda hunarmandlarining xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan yarmarka va koʻrgazmalarda ishtirok etishida amaliy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro sifat standartlarini joriy qilish va qoʻlda toʻqilgan gilamchilik mahsulotlarini eksport qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha yaqindan koʻmaklashish.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 53 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Muassislar umumiy yigʻilishi


Rais

Rais yordamchisi



Istiqbolli rivojlantirish va iqtisodiy masalalar boʻyicha raisning birinchi oʻrinbosari

Qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari

Ozuqa bazasini rivojlantirish va pilla tayyorlash masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari

Gilamchilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha rais maslahatchisi


Iqtisodiy tahlil va ishlab chiqarishni prognozlashtirish boshqarmasi

4

Pillani qayta ishlash va ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi

4

Tutchilik va ipak qurti urugʻchiligi boshqarmasi

4

Gilamchilikni rivojlantirish boʻlimi

3

Yuridik byuro

1


Kadrlar boʻlimi

3


Ishlar boshqarmasi

3

Marketing va tashqi savdo boshqarmasi

3

Innovatsion loyihalar va investitsiyalar boshqarmasi

3

Pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish boshqarmasi

4

Gilamchilik va tayyor mahsulotlar dizayni boʻlimi

2


Ijro intizomi va nazorat boʻlimi

2


Moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi

4

AKTni joriy qilish va rivojlantirish boʻlimi

2


Yigʻma axborot-tahlil boʻlimi

2

Axborot xizmati

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 53 nafar.”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Respublikada pillachilik tarmogʻidagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3910-son qarorining 7-bandi va 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son; 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son; 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)