Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2006 30.10.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 515
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2006
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 25-iyul, 412-son
(13/13-son bayonnoma)
“TASDIQLANGAN”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida tijorat banklaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 30-oktabrda 515-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari elektron tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat № 1552, 2006-yil 13-mart) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-yanvar 15-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining takliflari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, u tijorat banklarining balanslarida aks ettirilgan, hamda tijorat banklarining elektron toʻlovlar tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlov hujjatlaridagi maʼlumotlarni muhofaza qilish maqsadida joriy etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bank amaliyot kuni natijalariga shaxsiy elektron hisoblash mashinalarida ishlov berilishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Barcha tijorat banklarida amaliyot kuni natijalariga ishlov berish maqsadida barcha texnologik jarayonlarni Bank amaliyot kuni (BAK) dasturlari talablariga asosan bajaruvchi, hamda memorial orderlarni yozuvga chiqarilishini oʻz ichiga olgan bank amaliyoti kuni tarmoq dasturi qoʻllanilib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilib amalga kiritilgan meʼyoriy hujjatlar talablariga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Har bir masʼul ijrochi, boʻlim boshliqlari bosh buxgalter oʻrinbosarlarining xonalariga oʻrnatilgan ishchi stansiyalari ularga kirish uchun — nomli parollarga ega boʻlishi va shu bilan birga global tarmoqqa ulanib ishlash vakolatiga ega boʻlgan xodimlarning ishchi stansiyalari mazkur tarmoqqa ulanishga ruxsat beruvchi dasturli — apparatli vositalar bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Tijorat banklarining bosh serveri tijorat banki ichki vakillik hisobvaragʻi qoldigʻi bilan hamda elektron toʻlov hujjatlari bilan toʻgʻri taqqoslanganligini koʻrsatuvchi fayllarni belgilangan tartibda dasturiy yoʻl bilan shakllantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Bank amaliyot kuni butun kompleksini yil boshidan eʼtiboran oʻsib beruvchi yakunlar bilan har kuni dasturiy yoʻl bilan arxivlashtirishni tashkil qilish lozim. Arxivni saqlash muddati 10 yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. Tijorat banklari Bosh boshqarmalari tomonidan kamida ikkita qoʻshimcha arxiv saqlash punktlari tashkil etilishi va u erda tijorat banki barcha boʻlimlarining arxivlarining nusxalari saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bank amaliyot kunini tashkil etish hamda elektron toʻlovlar tizimi orqali banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Har bir tijorat banki undagi amaliyot kunini tashkil etish hamda elektron toʻlovlar tizimi orqali banklararo hisob-kitoblar amalga oshirish boʻyicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilma tashkil etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Tijorat banklarining rahbarlari, bosh buxgalterlari bank balansida va elektron toʻlovlar tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlov hujjatlarida aks ettirilgan maʼlumotlarning qonuniyligi va but saqlanishi uchun, shuningdek maʼlumotlarning toʻgʻri arxivlashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Barcha kirim-chiqim orderlari alohida xonada joylashgan va lokal tarmoqqa ulangan printerda qogʻozga tushirilishi va belgilangan tartibda imzolar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Tijorat banklarining rahbarlari pul birliklariga bevosita xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bilan amaldagi mehnat shartnomasiga muvofiq toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shartnoma tuzishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Agar yoʻl qoʻyilgan tartibbuzarliklar natijasida tijorat banki mijozlarga, Markaziy bankka, soliq organlariga jarima toʻlab zarar koʻrgan boʻlsa, aybdor shaxslar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻzda tutilgan hajm va tartibda moddiy javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xodim elektron toʻlovlar tizimi orqali mijozlarning hisobvaraqlardan yoki bankning ichki hisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarmasdan elektron toʻlovlar hujjatlari fayllarini joʻnatganligi natijasida tijorat bankiga zarar yetkazgan boʻlsa, zarar mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xodimi har kuni, bank amaliyot kuni tugab, buxgalteriya hujjatlari hisoblab chiqilib, ular kunlik aylanmalarning jamlama maʼlumotlari bilan solishtirilganidan keyin har bir hujjatni shaxsiy hisobvaraqlar bilan taqqoslab, haqiqatan ham mablagʻlar toʻlovchining hisobvaragʻidan chiqarilganini tekshiradi hamda birma-bir tekshiruv oʻtkazganini kundalik hujjatlar muqovasiga imzo chekish yoʻli bilan tasdiqlaydi. Mablagʻlarning hisobvaraqlardan notoʻgʻri chiqarilgani aniqlansa, bu haqda bank rahbariga yozma ravishda xabar beradi. Rahbar tafsilotlarni aniqlaganidan keyin aybdorlarga nisbatan yuqorida aytilgan choralarini qoʻllaydi. Taqqoslash nihoyasiga yetkazilgach, ichki audit xodimi bankning kundalik hujjatlarini joriy arxivga topshirib, bu haqda maxsus daftarga imzo chektirib oladi. Shundan keyin mazkur daftarni har kuni boshqaruvchiga olib boradi, shu maqsadda ochilgan uning daftariga hujjatlar birma-bir tekshirilgani va arxivga topshirilgani toʻgʻrisida imzo chekadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Barcha kiruvchi va chiquvchi toʻlov hujjatlari har kuni tijorat banki tomonidan daxl etishga berilmaydigan koʻrinishida dasturiy arxivlanadi. Arxivning saqlanish muddati 10 yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.7. 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan, tijorat banklari tomonidan ochishga ruxsat etilmagan arxivlarni yigʻish uchun moʻljallangan arxivator (arxivator — axborotni bir marotaba yozish va koʻp marotaba oʻqish uchun moʻljallangan qurilma) kaliti Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti xodimlarida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari tomonidan daxl etishga berilmaydigan arxiv dasturiy ravishda arxivatorga koʻchirilishi (nusxalanishi) va bunda arxivning qogʻozdagi yozuvi chiqarilishi shart. Yozma shaklda chiqarilgan arxivda uni chiqarilgan vaqti, sanasi, axborotning hajmi, yozuvning oxirida arxivlashtirgan shaxsning familiyasini, ismi-sharifini, imzosini, hamda tashqi saqlovchi qurilmaning nomini oʻz ichiga olgan boʻlishi shart. Yozuvga chiqarilgan maʼlumot seyfda saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.8. Tijorat banklarida elektron arxiv maʼlumotlarini toʻgʻri yigʻish va saqlash uchun javobgar shaxslar bank buyrugʻi orqali tayinlanadi (BAK arxivlarini yigʻish va tijorat banki tomonidan daxl etishga berilmaydigan arxivni yigʻish uchun javobgarlar), bunda bosh buxgalter doimiy ravishda arxivlarni toʻgʻri yigʻilishini nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.9. Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti xodimlari tijorat banklaridagi rejali tekshiruvlarini amalga oshirish vaqtida, Bank amaliyot kuni kompleksining arxivlari va shifrlangan toʻlov fayllarini ochmasdan (rasshifrovka qilmay), ularni tanlov asosida nomi va sanasi boʻyicha tekshirib koʻrib, qogʻozga tushirilgan maʼlumotlar bilan solishtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va qoidabuzarliklarning sababini aniqlash uchun komissiya tuziladi va tijorat banklari tomonidan daxl etilishi ruxsat berilmagan arxivlar batafsil tekshirib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibiga: Markaziy bankning vakolatli vakillari, tijorat bankining Bosh boshqarmasi vakillari bilan birga boʻlim rahbari, bosh buxgalteri, arxivlar uchun javobgar shaxs va tarmoq administratori kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.10. Barcha elektron toʻlovlar joʻnatilish vaqtida elektron imzo bilan tasdiqlangan va shifratsiya bilan himoyalangan boʻlishi shart. Tijorat banki tomonidan Hisoblar markaziga uzatish uchun tayyorlangan elektron toʻlov hujjatlari, bosh buxgalter tomonidan ularning toʻliqligi va toʻgʻri tuzilganligiga tekshirib chiqiladi. Elektron hujjatlar, bosh buxgalter tomonidan asl nusxalari bilan solishtirib, tekshirib chiqilganidan keyin (bosh buxgalter boʻlmagan vaqtida Tijorat banki buyrugʻi bilan elektron imzo qoʻyish uchun bosh buxgalter oʻrinbosari tayinlanadi) elektron imzo bilan tasdiqlanadi (imzo elektron kartochkada yoki disketada boʻlishi mumkin).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.11. Axborot avtomatik tarzda Bank amaliyot kunida shifratsiya jarayonidan oʻtishi va Axborotlashtirish bosh markaziga, viloyatlarda Hududiy axborotlashtirish markaziga yuborilishi lozim. Elektron kartochkasidagi yoki disketadagi elektron imzo Bosh buxtalterda, uning muhrlanadigan seyfida saqlanishi lozim. Elektron imzoni boshqa xodimlariga berish qatʼiyan man qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.12. Tijorat bankining masʼul xodimlari tomonidan elektron imzo bilan ishlash texnologiyasi tartibi buzilgan hollarda, aybdor shaxslar joriy qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.13. Tijorat banklarining asosiy X.25 yoki Frame Relay aloqa tarmoqlari buzilganda axborot uch usulda uzatilishi va qabul qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Tijorat banklarining Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi bilan kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlash tartibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlashga vaqtincha, asosiy X.25 yoki Frame Relay tarmoqlari orqali ishlash imkoniyati boʻlmagan holdagina ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banki Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga qoʻngʻiroq qilib, kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlashga ruxsat olishi, soʻngra kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali axborot almashinuvini amalga oshirishi kerak. Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi darhol Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga bu haqda xabar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banki Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi bilan kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali axborot almashinishi toʻgʻrisida uch nusxada dalolatnoma tayyorlaydi. Tijorat banki dalolatnomaning bir nusxasini Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga, ikkinchisini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga yuboradi, uchinchi nusxani oʻzida saqlab qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har kuni amaliyot kuni oxirida Axborotlashtirish Bosh markazi va Hududiy axborotlashtirish markazlari Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlagan tijorat banklari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlumot beradilar.
(2.13-bandning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil 25-dekabrdagi 22/16-son “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida tijorat banklaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi Nizom”ga 1-son qoʻshimcha (roʻyxat № 515-1, 2000-yil 27-yanvar) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 2-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Disketalar yordamida elektron axborotlarni uzatish, boshqa ruxsat etilgan usullardan foydalanish imkoniyati boʻlmagan favqulodda hollarda qoʻllanilib, u quyida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Hududiy axborotlashtirish markazi yoki Bosh axborotlashtirish markazi bilan elektron axborotlarni disketalar yordamidagi almashuvini amalga oshirish uchun, almashuv tashabbuskori tomonidan axborotni qabul qiluvchi tashkilot boshligʻi nomiga xat yuboriladi. Xatga tashabbuskor rahbarining imzosi qoʻyilgan boʻlib, unda sanani, elektron axborotlarni disketa orqali oʻtkazilishining sababini, axborotni disketa orqali uzatuvchi yoki qabul qiluvchi xodimning familiyasini va lavozimini, disketa toʻgʻri tayyorlanganligining tasdigʻi olinganligini koʻrsatish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat bankining hisoblash markaziga uzatish uchun tayyorlagan axboroti, uning bosh buxgalteri tomonidan tekshiriladi va mashina yozuviga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Elektron axborotlarni disketa orqali uzatishga tayyorlashda, kamida ikkita disketa — asosiy va qoʻshimcha disketalar tayyorlanishi zarur va quyidagilarga rioya qilish lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketani MS DOS formatida formatlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzatishga moʻljallangan fayllarning nomi 8.3 formatda (8 bayt — fayl nomining uzunligi. 3 bayt — fayl kengaytmasining uzunligi) boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot disketaga standart koʻchirish dasturlari orqali koʻchiriladi (MS DOS operatsion sistemasidagi COPY buyrugʻi, Norton Commander vositalari, Windows vositalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketada, uzatishga moʻljallanmagan axborotlar boʻlmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketadagi axborot viruslarning yoʻqligiga tekshirilgan boʻlishi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir disketaga ikkitadan maʼlumotnoma ilova qilinishi kerak boʻlib ularda: disketaning taqqoslash raqami, yaʼni muvofiq disketaga qoʻyilgan raqam bilan mos tushadigan raqam, uzatishga moʻljallangan barcha fayllarning nomi, hajmi, fayllar yaratilgan sana va vaqti, maʼlumotnomaning olingan vaqti va kunini, ijro etuvchining, yaʼni maʼlumotnoma olgan xodimning familiyasi va lavozimi koʻrsatilgan boʻlishi kerak (maʼlumotning shakli 3-ilovada keltirilgan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotnomalarga javobgar shaxs va ijro etuvchi tomonidan imzo chekilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Tijorat banki tomonidan Hududiy axborotlashtirish Markaziga (Axborotlashtirish Bosh Markaziga) axborotni disketada yetkazuvchi sifatida bosh muxosib, bosh muxosib yordamchisi yoki vakolatli boshqa xodim boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Axborotni disketada qabul qilib oluvchi Hududiy axborotlashtirish Markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi) xodimi quyidagilarni bajarishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatning mavjudligini va uning toʻgʻri tuzilganligini tekshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotnomalarning mavjudligini va ularda zarur boʻlgan rekvizitlarning qayd qilinganligini tekshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketani virus yoʻqligiga tekshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketadan oʻz programmasi orqali ikki nusxada maʼlumotnoma olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi olgan maʼlumotnomalarni disketa bilan birga keltirilgan maʼlumotnomalarga solishtirib koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotnomalar bir-biriga mos kelishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida keltirilgan shartlar toʻliq bajarilmasa disketadagi axborot qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Barcha shartlarga rioya qilingandagina, Hududiy axborotlashtirish Markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi)ning axborotni disketada qabul qilib oluvchi xodimi quyidagilarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketadan axborotni kompyuterga oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtta maʼlumotnomaga imzo qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketa bilan birga taqdim etilgan maʼlumotnomalarning birini va qabul qilish vaqtida olingan maʼlumotnomaning bir nusxasini, disketa bilan qoʻshib qaytarib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketa orqali qabul qilib olingan maʼlumotni belgilangan tartibda joʻnatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketa bilan keltirilgan maʼlumotnomalarning va qabul qilish vaqtida olingan maʼlumotnomalarning ikkinchi nusxalarini kundalik hujjatlarga tikib qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulotdagi holatlar daftariga, axborotning disketa orqali qabul qilinganligini yozib qoʻyadi. Shu bilan birga daftarga axborotning qabul qilingan sanasi, vaqti, qabul qilingan fayllarning nomi va hajmi, axborot uzatuvchining rekvizitlari kiritib boriladi. Disketa orqali axborotni qabul qilgan xodim daftarga oʻz imzosini qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
disketa orqali qabul qilingan axborotlarni belgilangan joyga toʻgʻri uzatilishini nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Axborotni disketada qabul qilib oluvchi Hududiy axborotlashtirish Markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi) xodimi, oʻrnatilgan qoidalarga asosan qabul qilingan axborot mazmunining xatoligiga javobgar emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Hududiy axborotlashtirish Markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi)ning axborotni disketalar orqali uzatuvchi xodimi, uzatish qoidalarining barchasiga rioya qilgani holda, disketaning holatiga va vujudga kelgan yaroqsiz joylariga javobgar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Tijorat banki X.25, Frame Relay va kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlash imkoniyati boʻlmagan holda ikkinchi tijorat banki aloqa tarmogʻidan foydalanib ishlash tartibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banki oʻziga yaqin boʻlgan tijorat banklarining biriga yozma ravishda murojaat qilishi va shu bank rahbarining roziligi bilan mazkur usulda axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Aloqa tizimi nosoz boʻlgan tijorat bankining oʻziga yaqin boʻlgan tijorat banklari aloqa tizimidan foydalanib turish toʻgʻrisidagi iltimosi rad etilgan taqdirda, u mazkur Nizomning 2.13-bandining 2-chi “Disketalar yordamida elektron axborotlarni uzatish” bandiga asosan ishlashi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz aloqa tarmogʻini foydalanish uchun beruvchi tijorat banki Axborotlashtirish bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi direktori nomiga quyidagi mazmundagi DOS formatidagi modem xatini SkkkkkDD.TXT (bu erda S-boʻlishi shart boʻlgan harf, kkkkk-MFO kodi, DD-xat yuborilayotgan sana) koʻrinishida nomlangan faylda yuboradi, shu sanada joʻnatiladigan keyingi modem xati fayllarining kengaytirilgan nomi TX1, TX2.... kabi nomlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

chiqish
‎ № sana ‎

Axborotlashtirish bosh markazi direktoriga (hududiy axborotlashtirish markazi direktoriga

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XXXXX (MFO kodi va bank nomi) tijorat bankining 19__ yil “__” ______ dagi № ___ sonli xatiga asosan, (xatda koʻrsatilgan qisqacha sabab) tufayli, mazkur bank bizning kkkkk (MFO kodi va bank nomi) bank aloqa tarmogʻi orqali ishlashiga imkoniyat yaratib berishingizni soʻraymiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kkkkk Bank boshqaruvchisi Ismi, sharifi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu erda: XXXXX — aloqa tarmogʻi nosoz tijorat banki kodi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kkkkk — aloqa tarmogʻi soz boʻlgan tijorat banki kodi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi mazkur modem xati nusxasini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga beradi. Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi qabul qilingan modem xatiga asosan javob yuboradi. Javob № kkkkkDD.TXT (bu erda №-boʻlishi shart boʻlgan harf, kkkkk — MFO kodi, DD — xat yuborilgan sana) koʻrinishida nomlangan fayl boʻlib, shu sanada joʻnatiladigan keyingi javob fayllarining kengaytirilgan nomi TX1, TX2.... kabi nomlanadi. Ushbu javob faylida soʻralgan ishlash imkoniyatlari yaratib berilganligi, muddati yoki boshqa tegishli axborotlar boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banki javob faylini olmagan taqdirda Axborotlashtirish bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga telefon qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banki ushbu usulda ishlashga majbur boʻlish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, amalga oshirilgan axborot almashinuvi toʻgʻrisida toʻrt nusxada dalolatnoma tayyorlaydi, bir nusxasi Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga, ikkinchisini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga, uchinchisini aloqa tarmogʻidan foydalanilgan tijorat bankiga yuboradi, toʻrtinchisini oʻzida saqlab qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har kuni amaliyot kuni oxirida Axborotlashtirish Bosh markazi va Hududiy axborotlashtirish markazlari Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlagan tijorat banklari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlumot beradilar.
(2.13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil 25-dekabrdagi 22/16-son “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida tijorat banklaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi Nizom”ga 1-son qoʻshimcha (roʻyxat № 515-1, 2000-yil 27-yanvar)ga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 2-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklarida elektron toʻlov tizimi orqali oʻtadigan toʻlov hujjatlari va bank balansida aks etgan axborotni himoyalashning tashkil qilinishi ustidan nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Tijorat banklari bosh boshqarmalari yoki viloyat boshqarmalarining buxgalteriya xodimlari har oyda bir marotaba oʻz banklariga tegishli boʻlimlarda mazkur Nizom talablarining bajarilishi ustidan tekshiruv oʻtkazishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirishlar natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda keltirilgan qoidabuzarlik va kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilgan holda Bosh banklarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Tijorat banklarining taftish guruhlari kamida bir yilda bir marotaba mazkur Nizom talablarining bajarilishi ustidan tekshiruv olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti tomonidan muvofiqlashtirilgan reja — jadvallari asosida, tijorat banklari Bosh boshqarmalari va boʻlimlarida mazkur qoidalarning talablarini bajarilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi oʻrinbosari S.B. RAHIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank operatsiya kunini tashkil etish hamda elektron toʻlovlar tizimi orqali banklararo hisob-kitoblar qilish boʻyicha tijorat bankining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FUNKSIONAL STRUKTURASI

2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning bevosita kundalik balansidan axborot va iqtisodiy maʼlumotlar uzatilishini tashkil etish boʻyicha tijorat bankining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
STRUKTURASI

3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh Markaziga (Hududiy Axborotlashtirish Markaziga) ______ sonli Tijorat bankidan disketada taqdim etiluvchi fayllar roʻyxati haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Faylning
‎nomi‎

Faylning
‎hajmi‎

Yaratilish
‎vaqti‎

Yaratilish
‎sanasi‎

Disketaning belgisi: _____________________‎

‎_____________________________

(vaqti,sanasi)