Nomi | Ta’rifi | |
---|---|---|
1. | Alkogolsiz mahsulot | Suv bilan aralashtirish orqali tayyorlanadigan (siroplar, konsentratlar, quruq aralashmalar) alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat yarim tayyor mahsulotlar. |
2. | Alkogolsiz ichimliklarning konsentratlari | Tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlarining asosiy komponentlarini to‘laligicha yoki bir nechta komponentlaridan olinadigan yarim tayyor mahsulotlarni o‘z ichiga oluvchi tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari; konsentratlar keyinchalik tarkibida to‘yingan yoki to‘yinmagan uglerod dioksidi bo‘lgan suv (iste’mol, mineral, tabiiy-oshxona), yetishmaydigan komponentlar bilan aralashtirish uchun qo‘llaniladigan bir yoki bir necha qismlardan iborat bo‘lishi mumkin. |
3. | Vino va vinomateriallarga asoslangan ichimliklar va kokteyllar | Turli xil vino va vinomateriallari aralashmasi yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida spirt miqdori 1,2 foizdan ko‘p bo‘lmagan alkogolsiz ichimliklar. |
4. | Alkogolsiz ichimliklar | Ichimlik holidagi (tarkibida ichimlik suvi, mineral va tabiiy-oshxona suvi, meva, sabzavot, don yoki boshqa o‘simlik xomashyosi (ekstraktlar, infuziyalar), vino va vinomateriallar, konsentratlar, sut mahsulotlari, shakar yoki uning o‘rnini bosuvchi moddalar, ta’m va hid beruvchi qo‘shimchalar, boshqa oziq-ovqat qo‘shimchalari va tarkibiy qismlari, oziq-ovqat bo‘yoqlaridan foydalanib tayyorlangan, issiq yoki sovuq holda quyiladigan) to‘yingan yoki to‘yinmagan uglerod dioksidli tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari. |
5. | Tiniq bo‘lmagan ichimliklar | Ichimlikka xira ko‘rinish beradigan tabiiy va (yoki) sintetik kelib chiqishga ega oziq-ovqat moddalari yordamida tayyorlangan alkogolsiz ichimliklar. |
6. | Kukunsimon ichimliklar | Qayta tiklash yo‘li bilan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan kukun, granulalar yoki tabletka shaklidagi “alkogolsiz ichimliklar” hisoblanadigan turli xil xomashyolarning aralashmasi. |
7. | Meva va/yoki sabzavot sharbatli ichimliklar | Tarkibiga 4 foizdan kam bo‘lmagan meva va/yoki sabzavot sharbati qo‘shilgan alkogolsiz ichimliklar. |
8. | O‘simlik xomashyoli ichimliklar | Tarkibi ekstraktlar, infuziyalar, dekoatsiyalar, konsentratlar va o‘simlik, meva, shu jumladan shirin-xushbo‘y xomashyolardan iborat alkogolsiz ichimliklar. |
9. | Don xomashyoli ichimliklar | Don xomashyosi va uning mahsulotlarini hid-ta’m beruvchi oziq-ovqat qo‘shimchalari, bo‘yoqlar va boshqa komponentlar yordamida qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklar. |
10. | Xushbo‘ylashtirgichli ichimliklar | Tabiiy va (yoki) tabiiy bilan bir xil va (yoki) sun’iy xid beruvchi moddalar yoki ularning aralashmasi (essensiya, efir moylari, emulsiyalar va boshqalar) yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida sharbat bo‘lmagan alkogolsiz ichimliklar. |
11. | Achitilgan ichimliklarva kvaslar | Tarkibida etil spirtining hajmi 1,2 foizdan oshmaydigan spirt achitqisi yoki spirt va don ekstraktlarining tugallanmagan sut kislotali achitqisi hamda sabzavot, meva, rezavor ekstraktlar va o‘simliklarning tabiiy shakarli boshqa xomashyolari va mahsulotlari bilan hid va ta’m beruvchi qo‘shimchalarni qo‘shib yoki qo‘shmasdan ishlov berilgan alkogolsiz ichimliklar. |
12. | Maxsus tayyorlangan ichimliklar | Tarkibida ingrediyentlar (jismoniy qiymatga ega, sog‘lik uchun xavfsiz, aniq fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega), mavjud xususiyatlari aniqlangan va fan tomonidan o‘rganilgan alkogolsiz ichimliklar; maxsus tayyorlangan ichimliklar tetiklashtiruvchi, sport, diabetik, parhezbop va iste’molchilarning muayyan toifasi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. |
13. | Energetik ichimliklar | Tarkibida 150 mg/l dan ortiq kofein va (yoki) inson organizmiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdorda boshqa tarkibiy qismlar mavjud ichimliklar. |
14. | Gazlangan ichimliklar | Ichimlik idishini ochganda bosimning tushishi hisobiga ichimlikdan qisman pufak shaklida ajralib chiqadigan, tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar. |
15. | Gazlanmagan ichimliklar | Tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar. |
16. | Kiritmali ichimliklar | Tarkibida o‘simliklarning turli tarkibiy qismlari — urug‘, et (quyqa), pulpa mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar. |
17. | Funksional ichimliklar | Tarkibida turli oziq-ovqat qo‘shimchalari va ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bir yoki bir qancha funksional oziq-ovqat ingrediyentlar miqdori mavjud, muntazam iste’mol qilishda, yetarlicha inson organizmining jismoniy funksiyasini ijobiy natija bilan ta’minlash uchun xizmat qiladigan, asosi suvdan iborat suyuq funksional oziq-ovqat mahsuloti. |
18. | Tetiklashtiruvchi ichimliklar | Tarkibida inson organizmiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan individual kimyoviy moddalar qo‘shilgan ichimliklar. Tetiklashtiruvchi komponentlarga kofein, glikozidlar, taurin, eleuterozidlar, sxizandrin, glyukuronolakton kiradi. |
19. | Alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq aralashma (keyingi o‘rinlarda quruq aralashma deb ataladi) | Ma’lum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun mo‘ljallangan quruq oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti. |
20. | Sirop | Ma’lum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti. |
Alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi zaharli elementlar va mikotoksinlarning ruxsat etilgan darajasi | ||
Mahsulotlar guruhi | Ko‘rsatkichlar | Ruxsat etilgan daraja, mg/kg yoki mg/cm3, dan ko‘p emas |
Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli, tetiklashtiruvchi (maxsus tayyorlangan) va sun’iy-minerallashtirilgan | Zaharli elementlar: | |
Qo‘rg‘oshin | 0,3 | |
Margumush | 0,1 | |
Kadmiy | 0,03 | |
Simob | 0,005 | |
Mikotoksinlar: | ||
Patulin | 0,05 — tarkibida olma yoki pomidor yoki oblepixa sharbati bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar uchun | |
Kofein | 150 — tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar uchun | |
Xinin | 85 — tarkibid� xinin bo‘lgan ichimliklar uchun | |
Umumiy minerallar, g/l, ko‘p emas | 2,0 — sun’iy minerallashtirilgan ichimliklar uchun |
Bir dona alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar iste’mol qadog‘ida biologik faol komponentlarining ruxsat etilgan maksimal darajasi | |
Komponent nomi | Miqdori, mg |
Taurin | 1200 |
Glyukuronolakton | 750 |
L-karnitin | 900 |
2-jadval | |||
Seziya-137 va Stronsiya-90 radionuklidlarining ruxsat etilgan darajalari | |||
T/r | Oziq-ovqat mahsulotlari guruhi | Seziy-137 solishtirma faolligi, | Stronsiya-90 solishtirma faolligi, |
1. | Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli va sun’iy-minerallashtirilgan ichimliklar | 70 | 100 |
2. | Pasterizatsiyalanmagan va 30 kundan kamroq muddatga ega bo‘lgan konservantlarsiz alkogolsiz ichimliklar | 80 | 70 |
3. | Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq bo‘lgan | 80 | 70 |
3-jadval | ||
Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligining mikrobiologik ko‘rsatgichlari | ||
Mahsulotlar nomi | Ko‘rsatkichlar | Ruxsat etilgan darajasi, mg/kg, ko‘p emas |
Alkogolsiz ichimliklar, shu jumladan, sharbatli, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq bo‘lgan: | ||
- shakarda | BGKP* (koliformlar) 100 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Achitqi va mog‘orlar, KOYE**/100 cm3, ko‘p emas | 15 | |
- tam beruvchilarda | Mezofilli aeroblar miqdori, KOYE/100 cm3, ko‘p emas | 100 |
BGKP (koliformlar) 100 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
- sharbatli tarkiblar | BGKP (koliformlar) 100 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Achitqi va mog‘orlar, KOYE/40 cm3, ko‘p emas | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Alkogolsiz ichimliklar uchun konsentratlar (suyuq, pastasimon), aralashmalar (kukunsimon, tabletkali, granulali va shunga o‘xshash) | KMAFAnM***, KOYE/cm3, (g), ko‘p emas (tarkibida bikarbonat natriya bo‘lgan konsentratlardan tashqari) | 5x104 |
BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Achitqi va mog‘orlar, KOYE/10 cm3, ko‘p emas | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Pasterizatsiya qilinmagan siroplar | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Achitqi va mog‘orlar, KOYE/10 cm3, ko‘p emas | 50 | |
Issiq pasterizatsiyalangan siroplar | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Achitqi va mog‘orlar, KOYE/40 cm3, ko‘p emas | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Tozalanmagan kvasl�r: | ||
- keglarda | BGKP (koliformlar) 3,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
- quyiladigan | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Pasterizatsiya qilinmagan tozalangan kvaslar: | ||
- polimer shishalarda (PETF) | BGKP (koliformlar) 10,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
- keglarda | BGKP (koliformlar) 3,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
- quyiladigan | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Pasterizatsiya qilingan tozalangan kvaslar | KMAFAnM, KOYE/cm3, ko‘p emas | 10 |
BGKP (koliformlar) 10,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Achitqi va mog‘orlar, KOYE/ g, cm3, ko‘p emas | 100 | |
Qaynoq alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq o‘simlik xomashyosi | KMAFAnM, KOYE/cm3, ko‘p emas | 5x105 |
BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yo‘l qo‘yilmaydi | |
Achitqi va mog‘orlar, KOYE/ g, ko‘p emas | 100 |
4-jadval | ||
Parazitologik ko‘rsatkichlar | ||
Mahsulotlar guruhi | Ko‘rsatkichlar | Ruxsat etilgan daraja, mg/kg, ko‘p emas |
Alkogolsiz ichimliklar, suyuq konsentratlar, siroplar, kvaslar | Gelmint tuxumlari, oddiy patogen ichak kistalari | yo‘l qo‘yilmaydi |
Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | ||||
I bosqich | — | “O‘zs�andart” agentligi, | — | Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) yetkazish. | — | Uch kun |
II bosqich | — | “O‘zstandart” agentligi, | — | 1. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo‘yicha mavjud normativ hujjatlar ro‘yxatini tuzish va xatlovdan o‘tkazish. 2. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilish. | — | Bir oy O‘n kun |
III bosqich | — | “O‘zstandart” agentligi | — | Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rish. | — | Olti oy |
IV bosqich | — | “O‘zstandart” agentligi, | — | Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni ta’minlash. | — | Jadvalga muvofiq |
V bosqich | — | Sanitariya-epidemiologiya xizmati hududiy organi | — | 1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza �a unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish. 2. Sinovdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish. 3. Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy bo‘lganda ariza beruvchiga sanitariya-epidemiologik xulosani berish. | — | Belgilangan tartibda |
VI bosqich | — | Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari | — | Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish. | — | Uch ish kuni mobaynida |
VII bosqich | — | “O‘zstandart” agentligi, | — | Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash. | — | Belgilangan tartibda |