30.03.2020 yildagi 192-son
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarda gender tenglikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Davlat organlarining gender-huquqiy ekspertiza natijalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi gender-huquqiy ekspertiza xulosasida aks ettiriladi va tegishli birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
19. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining (keyingi o‘rinlarda — loyiha) gender-huquqiy ekspertizasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ishlab chiquvchi va huquqiy ekspertiza doirasida adliya organlari tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlar normalari va qoidalarini hamda ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, qonunda belgilangan tartibda kuchga kirgan xalqaro shartnomalar hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan gender tahlildan o‘tkazish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish reja (keyingi o‘rinlarda reja) loyihasini shakllantirish maqsadida davlat organlariga o‘z takliflarini taqdim etishlari uchun so‘rov yuboradi.

Reja loyihasini shakllantirishdan oldin


2-bosqich

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar

Davlat organlari gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun o‘z faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini birinchi rahbar (istisno hollarda uning birinchi o‘rinbosari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Adliya vazirligi

so‘roviga asosan unda ko‘rsatilgan muddatlarda


3-bosqich

Adliya vazirligi

1. Davlat organlari tomonidan berilgan takliflarni umumlashtiradi.

2. Reja loyihasiga normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlili asosida ishlab chiqilgan takliflarni kiritishi mumkin.

3. Reja loyihasini tasdiqlashdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Komissiya) kelishish uchun taqdim etadi.

4. Rejani tasdiqlaydi.

Har uch yilda bir marotaba yilning
I choragida


4-bosqich

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar

1. Rejada belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

2. Gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborot va takliflarni o‘z ichiga olgan xulosani Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Rejada belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Adliya vazirligi

1. Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan xulosalarni tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga nomuvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadi.

2. O‘rganish natijalariga ko‘ra, xulosalarni maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emas deb topadi.

Bir oy muddatda


6-bosqich

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlardagi gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar bo‘yicha tayyorlangan va umumlashtirilgan xulosalarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etadi.

Rejada

belgilangan muddatda


7-bosqich

Komissiya

Umumlashtirilgan xulosalarning tahlili asosida tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar mavjud deb topilgan hollarda, ularni bartaraf etish maqsadida mazkur normativ-huquqiy hujjatni bajarish va qo‘llash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qayta ko‘rib chiqish hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha aniq muddatini ko‘rsatgan holda topshiriq berish huquqiga ega.

Zaruratga ko‘ra

Oldingi tahrirga qarang.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar (ishlab chiquvchi)

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari tegishli loyiha bo‘yicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasida aks ettiriladi.

2. Loyiha gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq bo‘lsa, yuridik xizmat loyihani tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tegishli tarkibiy bo‘linmaga qaytaradi.

Zaruratga ko‘ra


2-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyiha yuridik xizmat tomonidan gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda manfaatdor organlar va tashkilotlarga kelishish uchun yuboriladi.

Loyiha bo‘yicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasi olingandan keyin


3-bosqich

Manfaatdor organlar va tashkilotlar

Kelishish jarayo�ida loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishi va shu bo‘yicha o‘zlarining taklif va e’tirozlarini ishlab chiquvchiga bildirishlari mumkin.

Zaruratga ko‘ra


4-bosqich

Ishlab chiquvchi

Adliya organlariga huquqiy ekspertizadan va uning doirasida gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuboradi.

Manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilgandan so‘ng


5-bosqich

Adliya organlari

1. Loyihani huquqiy ekspertiza doirasida uning gender tengligi prinsiplariga muvofiqligi va jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlari vujudga kelishiga shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

2. Loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari huquqiy ekspertiza bo‘yicha tegishli xulosada aks ettiriladi, unda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan normalarning mavjudligi to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot beriladi va loyihani qayta ishlash zarurligi to‘g‘risida takliflar yoki bunday normalar yo‘qligi ko‘rsatiladi.

Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda