Jizzax shahrida barpo etilgan Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bog‘i, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bog‘, “O‘rda” ekologik bog‘i, viloyat drama teatri istirohat bog‘i hamda viloyat hokimligi hududidagi yangi bog‘ni obodonlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish, ignabargli va manzarali o‘simliklarning qimmatli turlari saqlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyati hokimligining mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Jizzax shahar hokimligi huzurida Bog‘lar va xiyobonlarni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bog‘i, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bog‘, “O‘rda” ekologik bog‘i, viloyat drama teatri istirohat bog‘i hamda viloyat hokimligi hududidagi yangi bog‘larning namunali saqlanishini ta’minlash, obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish ishlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
sun’iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yo‘llar va yo‘laklar, ko‘chalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda bo‘lishini ta’minlash;
dov-daraxtlar, butalar va gullarni saqlash va parvarish qilish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirishning agrotexnik tadbirlarini qo‘l mehnatini kamaytirgan holda amalga oshirish;
ignabargli va manzarali o‘simliklarning qimmatli turlarini saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni saqlab qolish ishlarini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va rivojlantirish, ularning sanitariya jihatidan tozalanishini ta’minlash.
3. Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bog‘lar va xiyobonlarni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Jizzax viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bog‘i, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bog‘, “O‘rda” ekologik bog‘i, viloyat drama teatri istirohat bog‘i hamda viloyat hokimligi hududidagi yangi bog‘larga biriktirilgan shtat birliklari va texnikalarni belgilangan tartibda Departamentga o‘tkazilishini ta’minlasin.
har yili Jizzax viloyatining mahalliy budjeti parametrlarida obodonlashtirish uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga maqsadli yo‘naltirilgan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Departament xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi tatbiq etiladi.
Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bog‘lar va xiyobonlarni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bog‘i, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bog‘, “O‘rda” ekologik bog‘i, viloyat drama teatri istirohat bog‘i va viloyat hokimligi hududidagi yangi bog‘ hududida joylashgan ignabargli va manzarali o‘simliklar qimmatli turlarini, ko‘chalarni yoritish obyektlarini, favvoralarni va boshqa obodonlashtirish obyektlarini xatlovdan o‘tkazsin hamda xatlov natijalari bo‘yicha obodonlashtirish obyektlarini kelgusida foydalanish uchun Departamentga belgilangan tartibda ajratib bersin;
Jizzax shahrini obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga ajratiladigan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan amaliy monitoring olib borsin;
obodonlashtirish ishlarini shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq Jizzax shahri va uning tashqi qiyofasiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tashkil etsin va amalga oshirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Direktor | |||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||
Direktor o‘rinbosari — bosh agranom | Iqtisodiy �ahlil bo‘limi 2 | ||||||||||||||||||||||||||
Obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash uchastkasi boshlig‘i | Kadrlar bo‘yicha inspektor | ||||||||||||||||||||||||||
Ko‘kalamzorlashtirish 1 | Yuriskonsult | ||||||||||||||||||||||||||
Avtotransport vositalaridan foydalanish bo‘limi 1 | Texnika xavfsizligi | ||||||||||||||||||||||||||
Yordamchi xodimlar 6 | |||||||||||||||||||||||||||
|
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.