05.03.2020 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoni va “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri bir hafta muddatda Moliya vazirligi markaziy apparati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi markaziy apparatida 10 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika jamgʻarmasi) mablagʻlarini boshqarish boshqarmasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari tuzilmasida 2 ta shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalar (keyingi oʻrinlarda — Hududiy jamgʻarmalar) mablagʻlarini boshqarish sektorlarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Koʻprikqurilish” tresti” UK tarkibidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK va “Toshkent shahar mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK ning qurish-taʼmirlash ishlari boshlangan va yakuniga yetmagan obyektlar boʻyicha buyurtmachi funksiyasi 2020-yil yakuniga qadar saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy jamagʻarmalarga avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda yoqilgʻi birligi uchun 25 soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maxsus yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar hisobini yuritish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yigʻimdan tushadigan mablagʻlar hisobini yuritish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 5-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 123-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmalari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika jamgʻarmasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — Hududiy jamgʻarmalar) mablagʻlarini boshqarish, ularning mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar tegishli ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, korxonalarni modernizatsiya qilish, saqlash, qishqi qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda joriy taʼmirlash va saqlash ishlari uchun texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish (keyingi oʻrinlarda — jihozlash) ishlarini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy yoʻllar) loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni toʻplash, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida tashkil etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari Moliya vazirligining axborot tizimida respublika va hududiy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda jihozlash boʻyicha ishlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” unitar korxonasi markaziy apparatini, “Avtoyoʻlinvest” agentligini, “Respublika dispetcherlik markazi” unitar korxonasi, “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari markazi” unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — bosh boshqarmalar) saqlash bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — OʻTTJ) mablagʻlari hisobiga 30 yil davomida uzish sharti va 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladigan foizsiz kreditlar shaklida 2020-yilda 50 mln AQSh dollari va 2021 — 2024-yillarda har yili 100 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joriy taʼmirlash, saqlash, qishqi qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlaridan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirish uchun mahalliy vakillik hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan yigʻimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning bazaviy stavkasiga qoʻshimcha koeffitsiyentlarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika jamgʻarmasidan transfertlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari boʻyicha huquqni taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, tashqi reklamaning oʻrnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlarning 60 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasida joylashgan yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining boshqa obyektlarini joylashtirish va qurish uchun ushbu yer uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarning 60 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, avtomobilga egalik uchun yillik yigʻim tuman (shahar)larning tegishli budjetlariga yoʻnaltiriladi hamda ushbu tuman (shahar)larning mintaqaviy yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun maqsadli sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi yoʻllarda joriy taʼmirlash, saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlarida nazarda tutilgan mablagʻlarni boshqa maqsadlar uchun qayta taqsimlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining tasdiqlangan parametrlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, korxonalarni modernizatsiya qilish, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini, jihozlash hamda boshqa xarajatlarni moliyalashtirish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar Respublika jamgʻarmasiga Moliya vazirligi tomonidan kelgusi oy uchun joriy oyning uchinchi oʻn kunligida oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Respublika jamgʻarmasidan Hududiy jamgʻarmalarga ajratilishi rejalashtirilgan transfertlar Hududiy jamgʻarmalarga Respublika jamgʻarmasi tomonidan kelgusi oy uchun joriy oyning uchinchi oʻn kunligida oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transfertlar Respublika jamgʻarmasidan Hududiy jamgʻarmalarga quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalariga olib boruvchi mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi qurilayotgan namunaviy uy-joy massivlariga olib boruvchi va ichki yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida koʻzda tutilgan mablagʻlar OʻTTJ tomonidan Moliya vazirligi va OʻTTJ oʻrtasida tuziladigan foizsiz qarz shartnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu mablagʻlar belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan Respublika jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi har yili kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (kelgusi oʻrinlarda — Davlat budjeti) parametrlarini shakllantirishda OʻTTJ tomonidan ajratiladigan foizsiz kreditlarni qoplash uchun tegishli mablagʻ ajratilishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻTTJ tomonidan ajratiladigan foizsiz kreditlarning Respublika jamgʻarmasiga maqsadli yoʻnaltirilishi yuzasidan nazorat OʻTTJ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek, tumanlar va shaharlar budjetlarining (keyingi oʻrinlarda — mahalliy budjetlar) tasdiqlangan parametrlarida rejalashtirilgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — moliya bosh boshqarmalari) hamda tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlarini moliyalashtirish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar Respublika jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar Hududiy jamgʻarmalarga kelgusi oy uchun joriy oyning uchinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining tasdiqlangan parametrlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga rejalashtirilgan mablagʻlar Respublika jamgʻarmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelgusi oy uchun joriy oyning uchinchi oʻn kunligida oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash, korxonalarni modernizatsiya qilish hamda saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy jamgʻarmalarga transfertlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi “Loyihalarni amalga oshirish guruh”larini zarur hollarda saqlash xarajatlari, yagona ijtimoiy toʻlovlar va retroaktiv (qisqa muddatda qaytarish sharti bilan) moliyalashtirish xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va bosh boshqarmalarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga muvofiq, istisno hollarda, avtomobil yoʻllari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini davlat kadastri geoaxborot tizimini yaratish va geoaxborot tizimi mobil ilovasini qoʻllagan holda avtomobil yoʻllari obyektlari joylashuvini aniqlash xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erni masofadan turib zondlash asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining elektron kartografiya asosini yaratish xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini respublika avtomobil yoʻllarining yagona elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda avtomobil yoʻllari obyektlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida avtomobil yoʻllari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini shakllantirish xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini Davlat kadastrlari yagona tizimiga integratsiya qilish xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, standartlar va meʼyorlarni ishlab chiqishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalariga olib boruvchi mintaqaviy yoʻllar va ichki yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi qurilayotgan namunaviy uy-joy massivlariga olib boruvchi va ichki yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarning davlat kadastri geoaxborot tizimini yaratish va geoaxborot tizimi mobil ilovasini qoʻllagan holda avtomobil yoʻllari obyektlari joylashuvini aniqlash xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erni masofadan turib zondlash asosida mintaqaviy avtomobil yoʻllarining elektron kartografiya asosini yaratish xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni respublika avtomobil yoʻllarining yagona elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda avtomobil yoʻllari obyektlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida avtomobil yoʻllari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini shakllantirish xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni avtomobil yoʻllari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini Davlat kadastrlari yagona tizimiga integratsiya qilish xarajatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish mos ravishda Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) va Moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari mablagʻlarini boshqarish sektorlari (keyingi oʻrinlarda — Sektorlar) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisida choraklik va yillik hisobotni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan kiritilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari, korxonalarni modernizatsiya qilish, shuningdek, jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarini koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy jamgʻarmalarga transfert sifatida oʻtkazib beriladigan mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha xarajatlarni hududlar va yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash hamda saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlari uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar boʻyicha kiritilgan prognoz parametrlarini koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan buyurtmachilar tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining yil oylari boʻyicha yoyilmasini tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda, joylarga chiqqan holda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantirishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari, shuningdek, obyektlarni jihozlash tadbirlari ijrosi monitoringini olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sektorlarning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobotni tayyorlash va Boshqarmaga belgilangan muddatlarda taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy jamgʻarmalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan buyurtmachilar tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlarining yil oylari boʻyicha yoyilmasini tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda, joylarga chiqqan holda, mintaqaviy yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantirishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash tadbirlari ijrosi monitoringini olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilar tomonidan tegishli hisobotlar taqdim etilmaganda buyurtmachi rahbariyatini yozma xabardor qilgan holda Boshqarma va Sektorlar tegishli hisobotlar talab darajasida taqdim etilgunga qadar Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalardan xarajatlarni moliyalashtirishni (toʻlashni) cheklab qoʻyishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarining daromadlari va xarajatlari prognozini koʻrib chiqish va tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, korxonalarni modernizatsiya qilish, jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantiradi va kelgusida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlariga kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini mukammal taʼmirlash obyektlarining manzilli dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bayonnomasi bilan tasdiqlash uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuman va shaharlar hokimliklari taklifi asosida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda mintaqaviy avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash obyektlarining manzilli dasturlarini shakllantiradi, tasdiqlaydi hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va Davlat budjeti loyihasini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Moliya vazirligi har yili navbatdagi yil uchun Davlat soliq qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyinga oʻrinlarda — hududiy hokimliklar) bilan birgalikda Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar daromadlari, shu jumladan, Davlat budjetidan tushadigan tushumlar va boshqa manbalari boʻyicha tushumlar prognozini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Respublika jamgʻarmasining xarajatlari boʻyicha kelgusi davr uchun budjet soʻrovini Moliya vazirligiga joriy yilning 1-iyuligacha taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining hududiy bosh boshqarmalari tomonidan hududiy hokimliklar bilan birgalikda Hududiy jamgʻarmalarning xarajatlari boʻyicha kelgusi davr uchun budjet soʻrovini moliya bosh boshqarmalariga joriy yilning 1-iyunigacha taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Moliya vazirligi tomonidan Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarning daromadlari va xarajatlarining kelgusi yil uchun prognoz koʻrsatkichlari Davlat budjeti loyihasini shakllantirish va tasdiqlashda inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarning kelgusi yildagi daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlari tasdiqlangandan soʻng Moliya vazirligi besh kun muddatda kelgusi yilga Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga va qonunchilikda belgilangan boshqa buyurtmachilarga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yonilgʻisi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda yonilgʻi birligi uchun 25 soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maxsus yigʻim (keyingi oʻrinlarda — maxsus yigʻimlar) miqdorlari boʻyicha takliflarni keng jamoatchilik muhokamasi asosida, muayyan maʼmuriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda kelgusi yillar uchun Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini tuzish va koʻrib chiqish bilan bogʻliq muddatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mintaqaviy avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha qoʻshimcha manzilli dasturlar hududiy maqsadli jamgʻarmalarga maxsus yigʻimlar hamda avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlardan tushadigan mablagʻlar doirasida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tumanlar va shaharlar hokimliklari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yigʻim (keyingi oʻrinlar — yillik yigʻim) miqdorlari boʻyicha takliflarni keng jamoatchilik muhokamasi asosida, muayyan maʼmuriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini tuzish va koʻrib chiqish bilan bogʻliq muddatlarda tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlariga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, yillik yigʻim boʻyicha mablagʻlar toʻliq tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladi hamda mintaqaviy yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun maqsadli sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini sarflash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan tadbirlarga quyidagilar buyurtmachi hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va mukammal taʼmirlash yuzasidan — “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash yuzasidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari huzuridagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK va qonunchilikda belgilangan boshqa buyurtmachilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar koʻchalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash ishlari yuzasidan — sinov (tajriba) tariqasida Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilangan buyurtmachilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash hamda saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlari, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish hamda jihozlash yuzasidan — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi bosh boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni (standartlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, idoraviy qoidalar va normalar, yoʻriqnomalar va boshqalar) ishlab chiqish va qayta ishlash hamda markazlashgan aloqa-dispetcherlik xizmatini saqlash yuzasidan — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinadigan jihoz va materiallar yuzasidan — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtgan qismida joriy taʼmirlash, saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlari, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari hamda jihozlash yuzasidan — “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi” UK;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi qurilayotgan namunaviy uy-joy massivlariga olib boruvchi va ularning ichki yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha — qonunchilikda belgilangan tashkilotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan tadbirlarga buyurtmachi vazifasi boshqa tashkilotlarga ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari Moliya vazirligining axborot tizimida respublika va hududiy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda jihozlash ishlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar asosida va xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika jamgʻarmasidan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, bosh boshqarmalar, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi “Loyihalarni amalga oshirish guruh”lari, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni moliyalashtirish belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar asosida va xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Shartnomalarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va mintaqaviy yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishning dastlabki oyida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizi miqdorida ajratilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda, ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizigacha joriy moliyalashtirish amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining qolgan 5 foizini pudratchiga toʻlashning majburiy shartlari nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash, saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish rejalashtirilgan oylik ish hajmining 40 foizi miqdorida avans berish yoʻli bilan amalga oshirilishi, keyinchalik hisobot oyining yakuni bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratilgan avans toʻlovlari har oyda chegirib tashlangan holda amalda bajarilgan ishlar oyma-oy moliyalashtirilishi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridagi tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar ishlar qiymatining 50 foiziga avans berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda, ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 100 foizigacha joriy moliyalashtirish nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mintaqaviy yoʻllarni joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy taʼmirlash ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans toʻlovlari taʼmirlash ishlari prognoz qilinayotgan yil uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizi miqdorida ajratilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda, ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 100 foizigacha joriy moliyalashtirilishi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini va mintaqaviy yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans toʻlovlari loyiha ishlarining tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida ajratilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar, shartnomalarda koʻrsatilgan shartlarda, bajarilgan ishlar qiymatidan kelib chiqib, ajratilgan avansni ushlab qolgan holda joriy moliyalashtirilishi nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Respublika jamgʻarmasi xarajatlari prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangandan soʻng Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, taʼmirlash, shuningdek ularda tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatlarni, shuningdek, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, bosh boshqarmalar, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi “Loyihalarni amalga oshirish guruh”lari, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish ishlari boʻyicha xarajatlarning yigʻma smetalarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat oqibatlarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarining manzilli roʻyxatlarini kelishish va moliyalashtirish tartibi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Hududiy jamgʻarmalar xarajatlari prognozi tasdiqlangandan soʻng, hududiy hokimliklar mintaqaviy yoʻllarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxatlarni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bosh boshqarmalari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy bosh boshqarmalari va moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalashtirish va taʼmirlash ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatlarni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bosh boshqarmalari va moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy hokimliklar mintaqaviy avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash obyektlari manzilli dasturlari hamda roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan olingan va buyurtmachi majburiyatlari boʻyicha loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, saqlash, qishki qarov, koʻkalamzorlashtirish hamda jihozlash va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish ishlari, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha toʻliq moliyalashtirilmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtkazilib maqsadli ravishda sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga oʻtkazish va vaqtinchalik olib qoʻyish taʼqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot va nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Moliya vazirligi, moliya bosh boshqarmalari Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida hisob va hisobotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Hududiy hokimliklar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari boʻyicha huquqni taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, tashqi reklamaning oʻrnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasida joylashgan yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining boshqa obyektlarini joylashtirish va qurish uchun ushbu yer uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarning hisoblanishini hamda toʻliq va oʻz vaqtida belgilangan taqsimot asosida Hududiy jamgʻarmalarga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tushumlardan Hududiy jamgʻarmalarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar va ushbu mablagʻlardan yuzaga kelgan qarzdorliklar boʻyicha Moliya vazirligiga har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-kuniga qadar hisobot (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalar bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hududiy hokimliklar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (kelgusi oʻrinlarda xalq deputatlari kengashlari) tomonidan joriy etiladigan avtomobillarga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari tomonidan benzin, dizel yonilgʻisi, suyultirilgan gaz va siqilgan gazni oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda yonilgʻi birligi uchun mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maxsus yigʻimlar miqdorlari (25 soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda) boʻyicha tushumlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlarning hisoblanishini, toʻliq va oʻz vaqtida Hududiy jamgʻarmalarga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tushumlardan Hududiy jamgʻarmalarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar va ushbu mablagʻlardan yuzaga kelgan qarzdorliklar boʻyicha Moliya vazirligiga har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-kuniga qadar hisobot (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalar bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qoʻshimcha koeffitsiyentlarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlar hisoblanishini, toʻliq va oʻz vaqtida Hududiy jamgʻarmalarga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tushumlardan Hududiy jamgʻarmalarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar va ushbu mablagʻlardan yuzaga kelgan qarzdorliklar boʻyicha Moliya vazirligiga har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-kuniga qadar hisobot (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy hokimliklardan ushbu Nizomning 41 — 43-bandlarida nazarda tutilgan yigʻim va toʻlovlarga taalluqli qoʻshimcha axborot va maʼlumotlarni talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Buyurtmachi tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi boʻyicha tegishli hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) Boshqarmaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy jamgʻarmalardan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi boʻyicha tegishli hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) Sektorlarga har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-kuniga qadar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Sektorlar Hududiy jamgʻarmalardan moliyalashtirilgan xarajatlar boʻyicha tegishli hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) har oy yakuni bilan keyingi oyning 8-kuniga qadar Boshqarmaga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Boshqarma Sektorlar va buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan tegishli hisobot va maʼlumotlar asosida Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalardan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi yuzasidan monitoring olib boradi hamda har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15-kuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida va mintaqaviy yoʻllarda amalga oshirilgan ishlar va ajratilgan mablagʻlarning shaffofligini taʼminlash yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlar, loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hajmi hamda foydalanishga topshirilgan obyektlar toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlar, loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hajmi hamda foydalanishga topshirilgan obyektlar toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maqsadli jamgʻarmalar tushumlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda keng jamoatchilik orasida muhokama qiladi va ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan mos ravishda vazirliklar va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maxsus yigʻimlar miqdorlari boʻyicha jamoatchilik fikri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Hududiy hokimliklar mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maxsus yigʻimlar miqdorini (25 soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda) kiritish uchun muayyan maʼmuriy-hudud birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olgan holda keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Hududiy hokimliklar maxsus yigʻimlar miqdorlarini har yili 1-aprelga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi yagona portaliga hududiy hokimliklarning tegishli qarori loyihasini joylashtirish orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlarining rasmiy veb saytlari va ijtimoiy tarmoq kanallari orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, hududiy viloyat televideniyelarida, davriy gazeta va jurnallarda chop etish orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha maxsus tashkilotlar va muassasalar bilan xoʻjalik shartnomalarni tuzish orqali muayyan maʼmuriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib, keng jamoatchilik fikrini oʻrganish uchun muhokamaga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Maxsus yigʻimlar miqdorlarini kiritish boʻyicha jamoatchilik fikri kamida ikki oy mobaynida oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Hududiy hokimliklar jamoatchilikdan tushgan takliflarni koʻrib chiqib, maxsus yigʻimlar miqdorlari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi hamda har yili 15-iyunga qadar Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xalq deputatlari Kengashlari navbatdagi sessiyasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Maxsus yigʻimlar miqdorlari xalq deputatlari Kengashlari tomonidan maʼqullangandan soʻng hududiy hokimliklarning tegishli qarori qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarni qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Respublika jamgʻarmasi va Hududiy jamgʻarmalarni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2020-y., 09/20/123/0254-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)