20.02.2020 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoni)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi D.N. Samatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 20-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) VII boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“VII. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar bilan chakana savdo belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi oʻrinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) chakana savdo huquqi uchun beradigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini majburiy tarzda olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar — yuridik shaxslar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan chakana savdo qilish uchun beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olmasdan, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni chakana sotish, aholidan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan qimmatbaho metallar parchalarini, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni litsenziyada koʻrsatilgan manzil boʻyicha sotib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning chakana savdosi ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo huquqi uchun yigʻim obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar, qayta ishlangan, tozalanmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar faqat ixtisoslashtirilgan zargarlik doʻkonlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarning boʻlimlari hamda seksiyalarida sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Savdo zalida belgilangan tartibda metrologik nazoratdan oʻtkazilgan, birinchi yoki ikkinchi toifa aniqlikdagi (elektron yoki tahliliy) tarozilar va toshlar, uzuk oʻlchagichlar, barmoq oʻlchagichlar majburiy tartibda boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Ixtisoslashtirilgan zargarlik doʻkonlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarning boʻlimlari hamda seksiyalarida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning probalari toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tekshirish, tahlil qilish va tamgʻalash tartibini belgilaydigan normativ hujjatlardan koʻchirmalar, asillik darajasi tamgʻalarining izlari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari izlarining tasviri, Davlat asillik darajasini belgilash palatasining chakana savdo huquqi uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi, mazkur Qoidalar va xaridor uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻzga koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining chakana savdosini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (litsenziyaga ega zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar) uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning probalari toʻgʻrisidagi axborot, asillik darajasi tamgʻalarining izlari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari izlarining tasviri, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun beriladigan litsenziya, ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasining kodi va xaridorlar uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻzga koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar faqat ularda ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qoʻygan asillik darajasi tamgʻasining belgisi yoki zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda qoʻyiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlari mavjud boʻlsagina sotiladi (Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari uchun).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zargarlik va boshqa buyumlarga qoʻyilgan asillik darajasining ishonchliligi uchun ularni ishlab chiqaruvchisi javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet eldan sotish maqsadida keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan buyumlarda ham asillik darajasi belgisi va tamgʻa, Davlat asillik darajasini belgilash palatasining Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻamasining izi majburiy tartibda qoʻyilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gardishga solinmagan qimmatbaho toshlar qirralangan shaklda, gardishga solinmagan yarim qimmatbaho toshlar esa qayta ishlangan shaklda sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qirralangan olmos, zumrad, yoqut, laʼl, aleksandritlar har bir shunday tosh yoki sotiladigan qimmatbaho toshlar toʻplami uchun import qiluvchining sertifikati boʻlgan taqdirdagina sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotilishi lozim boʻlgan qirralangan qimmatbaho toshlar (0,3 karatdan ortiq) alohida oʻramga ega boʻlishi, shuningdek, gardishga solingan qimmatbaho tosh uchun import qiluvchining sertifikati boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Chakana savdoga qoʻyilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarda buyumning nomi, qimmatbaho metall turi, asillik darajasi, qoʻshimchalarning turlari va xususiyatlari, shu jumladan qimmatbaho toshning sifat hamda rangi va qiymati xususiyatlarini oʻzgartirgan ishlov berish usuli, buyumning chakana narxi koʻrsatilgan tamgʻalangan yorliqli boʻlishi kerak (qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar ulgurji sotilganda, har bir buyum uchun alohida tamgʻalangan yorliqlar boʻlishi talab qilinmaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho toshlar xususiyatiga ega boʻlgan sunʼiy materiallardan qoʻshimchalar sifatida foydalanilganda, yorliqlarda ushbu tosh sunʼiy tayyorlangani haqidagi axborot koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlariga muvofiq, tamgʻalanmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar savdo zaliga qoʻyilishidan avval sotuvdan oldin tayyorgarlikdan oʻtishi zarur. Bu jarayon buyumlarni koʻzdan kechirish va saralash, davlat asillik darajasi tamgʻasining izi yoki ishlab chiqaruvchi mustaqil ravishda qoʻygan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun) va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasinining izi, plomba va yorliqlarning saqlangani, oʻlchamlari boʻyicha saralanganligini tekshirishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchilarning rasmiy roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy tamgʻalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan erkin foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi xaridorga malakali yordam koʻrsatishi va qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashda, yaxshi saqlashda zarur maslahat bilan taʼminlashi, xaridorni sotuvdagi mavjud namunalar bilan tanishtirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridorning xohishiga koʻra, sotuvchi-xodim xaridor tanlagan qimmatbaho toshlar va metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini doʻkon ish kunining oxirigacha boʻlgan muddatgacha saqlab turish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar alohida oʻrab joylangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi qoʻshimcha tovarlar sotishni tashkil etishi va xaridorga qoʻshimcha kompleks xizmatlar koʻrsatishi mumkin (oʻyma naqsh solish, oldindan buyurtma qabul qilish, sovgʻani yetkazib berish va topshirish, chiroyli qilib oʻrab joylash va boshqa turdagi xizmatlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi xaridorga sotib olgan tovarni berishda unda davlat asillik darajasi tamgʻasining izi yoki ishlab chiqaruvchi mustaqil ravishda qoʻygan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun) va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasinining izi, shuningdek, qirrali qimmatbaho toshlar uchun sertifikatni tekshirishi hamda bular haqida xaridorni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi xaridorning talabiga binoan sotib olingan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni oʻlchashda xatoligi 0,01 grammdan oshmaydigan tarozilarda uning ishtirokida oʻlchaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi xaridorning talabi boʻyicha ishlab chiqaruvchilarning rasmiy roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy tamgʻalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi, ularda sotib olungunga qadar sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning boʻsh mahkamlangani, yoriqlar, singan, tirnalgan joylar, gʻudurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat asillik darajasi tamgʻasi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izining zargarlik qotishmasining haqiqiy asillik darajasiga, buyum xususiyatining plombalangan yorliq maʼlumotlariga mos kelmagan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotilgan buyumlar, gardishga solinmagan qimmatbaho toshlar va qayta ishlov berilgan yarim qimmatbaho toshlar uchun xaridorga kassa cheki beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qirrali qimmatbaho (0,3 karatdan ortiq) toshlar almashtirilishi va qaytarilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar aniqlangan taqdirda, xaridor ularni xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda, shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqiga ega yoki ulardagi nuqsonlar tekin bartaraf etilishi yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridor, shuningdek, zarari qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli. Xaridorning koʻrsatib oʻtilgan talablari tovar cheki nusxasi taqdim etilgandan keyingina koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Almashtirish yoki nuqsonlarni tekinga bartaraf etish muddati buzilgan taqdirda, sotuvchi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Sifatga oid nuqsonlar paydo boʻlishi sabablari masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqsa, sotuvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumni xaridordan qabul qilib olishga va uni mustaqil ekspertiza oʻtkazish uchun Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuborishga majbur, ekspertizadan oʻtkazish ishlari uchun toʻlov sotuvchi tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot sifati boʻyicha eʼtirozlar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga asosan asossiz boʻlgan taqdirda, xaridor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvchining xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Sotilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun xaridordan naqd pullar qonun hujjatlariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, nazorat-kassa mashinalari yoki toʻlov terminallari orqali qabul qilinadi hamda albatta chek beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan vositachilik savdosi tovarlar bilan vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq faqat mazkur Qoidalarning 92-93-bandlarida koʻrsatilgan va Davlat asillik darajasini belgilash palatasining guvohnomasiga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan savdo obyektlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Sotuvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalarini buzganligi, zargarlik buyumlarini asillik darajasini belgilash va tamgʻalash, shuningdek, kirim qilinmagan kontrafakt mahsulotlarni sotganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning chakana, vositachilik hamda ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, olingan va sotilgan zargarlik buyumlarining elektron reyestrini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 107-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“107. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning chakana savdosi bilan shugʻullanish huquqi uchun berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga ega boʻlgan yuridik shaxslar aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari parchalarini, ulardan tayyorlangan buyumlarni, shuningdek, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni zargarlik doʻkonlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarining boʻlimlari, seksiyalaridagi maxsus jihozlangan punktlarda tashkil qilingan sotib olish punktlari orqali (keyingi oʻrinlarda sotib olish punktlarida deb ataladi) xarid qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning chakana savdosi bilan shugʻullanish huquqini beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga ega yuridik shaxslarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) aholidan shartnoma asosida quyidagilarni sotib olishga ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi qimmatbaho toshlar (paladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) va ulardan yasalgan madaniy-maishiy buyumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallardan standart, oʻlchovli yombilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallardan yasalgan soatlar va ularning qismlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kumush gardishli chinni va billur buyumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilarni sotib olish taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik olmoslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlov berilmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof holdagi, shlix, plastinalardagi, sim va qum shaklidagi oltin, kumush platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, rutiniy va osmiy);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish uchun moʻljallangan oltin, platina, paladiy va kumushdan yasalgan buyumlar (perchinlar, platinali laboratoriya shisha idishlari va anjomlari — tigllar, kosachalar, tigl qopqoqlari, elektrodlar, shpatellar, sinov naychalari, termal konvertorlar, platina va platina rodiyli qotishmalaridan tayyorlangan termooʻzgartirgichlar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlarining qimmatbaho buyumlari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi mazmundagi 1071 — 1074-bandlar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1071. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan beriladigan guvohnomani olmasdan, faqat ishlab chiqarish maqsadida foydalanish sharti bilan jismoniy shaxslardan litsenziyada koʻrsatilgan manzil boʻyicha (litsenziyada koʻrsatilgan manzildan boshqa manzilda boʻlsa — roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olgan holda) quyidagilarni sotib olish huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, zargarlik buyumlarining parchalari va ulardan tayyorlangan buyumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar, standart va oʻlchovli yombilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tish yasashga moʻljallangan mahsulotlar uchun qimmatbaho metallardan tayyorlangan disklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof holdagi, shlix, plastinalardagi, sim va qum shaklidagi oltin, kumush platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, rutiniy va osmiy);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlarning qimmatbaho buyumlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1072. Notariusning ijro xatlariga ega boʻlgan lombardlar, mikrokredit tashkilotlari ixtiyorida qoladigan zargarlik buyumlari, shuningdek, ushbu buyumlar parchalari zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga yoki sotib olish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga yoki affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga shartnoma asosida sotilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1073. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyada koʻrsatilgan manzilda maxsus shoxobcha ochmasdan va Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan beriladigan guvohnomasiz sotib olishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1074. Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olmasdan, faqat litsenziyada koʻrsatilgan manzil boʻyicha (litsenziyada koʻrsatilgan manzildan boshqa manzilda boʻlsa — roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olgan holda) yuridik va jismoniy shaxslardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari va zargarlik buyumlarining parchalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar, standart va oʻlchovli yombilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tish yasashga moʻljallangan mahsulotlar uchun qimmatbaho metallardan tayyorlangan disklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof holdagi, shlix, plastinalardagi, sim va qum shaklidagi oltin, kumush platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, rutiniy va osmiy), ishlab chiqarish-texnik yoʻnalishdagi buyumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallar ishlab chiqarish parchalari va chiqindilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlarning qimmatbaho buyumlarini sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qimmatbaho metallarni sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarga xizmat koʻrsatish uchun sotib olinadigan qimmatbaho metallning saqlanishini taʼminlaydigan, shuningdek, mazkur Qoidalarning 112-bandi talablariga muvofiq jihozlangan sayyor punktlar tashkil etish huquqiga egadir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 109-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“109. Sotib olish punktlari tomonidan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng xarid qilingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, ulardan tayyorlangan buyumlar, shuningdek, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar qimmatbaho sotuvchilarga qaytarilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 110 va 111-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 112-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“112. Qimmatbaho metallarning asillik darajasini aniqlash va ularning ogʻirligini oʻlchash uchun sotib olish punktlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan barcha asillik darajalarini aniqlash uchun tahlil uskunalari va/yoki kimyoviy moddalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho toshlarni oʻlchash uchun karat (elektron yoki tahliliy) tarozilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallarni oʻlchash uchun I yoki II toifadagi tarozilarga (elektron yoki tahliliy) ega boʻlishi zarur”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) 114-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“114. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, zargarlik buyumlari parchalari, shuningdek, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni sotib olish bilan bogʻliq barcha operatsiyalar qimmatbaho buyumlar sotuvchi ishtirokida amalga oshiriladi (asillik darajasini aniqlash, oʻlchash, shtiftlar, kanifolni olib tashlash va boshqalar)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) 115 va 116-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) 117-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“117. Sotib olish punktlari orqali sotib olingan va kelgusida sotishga yaroqli boʻlgan, ushbu Qoidalarning 98-bandi talablariga mos keladigan zargarlik buyumlari sotuvga qoʻyiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) quyidagi mazmundagi 1171 — 1174-bandlar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1171. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ham affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan sotib olish punktlari kabi sotib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish, saqlash, sarflash va hisob-kitob qilish tartibini mustaqil belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1172. Boshqa barcha sotib olish punktlari uchun sotib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qabul qilish hamda hisob-kitob qilish boʻyicha mustaqil ishlab chiqilgan va hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan tartib talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1173. Sotib olish punktlari Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qoʻyadigan Oʻzbekiston Respublikasining asillik darajasi izi yoki ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasiga hamda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchisi tomonidan mustaqil ravishda qoʻyiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining iziga (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun) ega boʻlmagan va sotuvga qoʻyilmaydigan buyumlarini sotib olganda, ularni zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga va affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga shartnoma asosida sotishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1174. Kontrafakt zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanishi, shuningdek, sotilishining oldini olish maqsadida sotib olish punktlariga Oʻzbekiston Respublikasining asillik darajasi izi yoki ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasiga hamda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchisi tomonidan mustaqil ravishda qoʻyiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining iziga (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun) ega boʻlmagan sotib olingan buyumlarni Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga asillik darajasini belgilash va tamgʻalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday buyumlar ushbu Qoidalarning 1173-bandiga asosan sotiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalari” soʻzlaridan keyin “va plastik kartalardan toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminallari” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) 148-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“148. Sotilgan tovar puli komitent — jismoniy shaxsga komissioner tomonidan berilgan vositachilik bitimi va fuqarolik pasporti taqdim etilgan holda, xarajat-kassa orderi yoki bank oʻtkazmasi toʻlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) quyidagi mazmundagi X1 boʻlim qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“X1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning vositachilik savdosining xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1561. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning (keyingi oʻrinlarda tovar deb ataladi) vositachilik savdosi Davlat asillik darajasini belgilash palatasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1562. Vositachilikka qabul qilinadigan tovarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tamgʻa izi yoki ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil qoʻyiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun) boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1563. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan antikvar buyumlarni vositachilikka qabul qilish va sotish, Oʻzbekiston Respublikasining antikvar buyumlarini sotish tartibini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vositachilikka qabul qilinadigan tovarning qiymati va komissioner mukofoti oʻzaro kelishuv boʻyicha belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) quyidagi mazmundagi XVII2 boʻlim qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“XVII2. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar savdosini internet-doʻkonlar orqali amalga oshirish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18710. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda internet-doʻkonlari orqali sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yuridik shaxsda chakana savdo bilan shugʻullanishi uchun Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtish guvohnomasi boʻlishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) 1-ilovaning 9-bandi “(mazkur Qoidaning 99-bandida keltirilgan xolatlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
r) 2-ilovaga quyidagi mazmundagi 5-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 778-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 40-son, 1057-modda) bilan tasdiqlangan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-banddagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi beradigan (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi oʻrinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) beradigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ yoki boshqa qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni (tilla va kumush) oʻlchamli plastinalar va granulalar koʻrinishida davlat standarti asosida ishlab chiqarishni taʼminlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyasini tekshiradi va” soʻzlari “zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun amaldagi litsenziyasini Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali orqali tekshiradi yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “har oyning birinchi va/yoki uchinchi seshanba kunlari” soʻzlari “har ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidan “keyinchalik olib sotish huquqisiz, ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tijorat banklariga “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni (oltin va kumush) oʻlchamli plastinalar koʻrinishida, shuningdek, 5 gramm ogʻirlikdagi va undan ogʻir granulalarni (qimmatbaho metallar sof ogʻirligiga qayta hisoblaganda) London qimmatbaho metallar birjasining tonggi fiksingi asosida milliy valyutada sotib olish huquqi beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 17-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallar mustaqil sotib olingan taqdirda, Markaziy bankka qimmatbaho metalllar plastinalarini ishlab chiqarish (qayta ishlash, tashish, saqlash va boshqalar) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun vositachilik haqi toʻlanmaydi va bank ixtiyorida qoladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) 18-banddagi “Agentlikni xabardor qilgan holda,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“19. Davlat asllik darajasini belgilash palatasi va davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olingan qimmatbaho metallardan maqsadli foydalanishni nazorat qiladi (ustav jamgʻarmasida davla ulushiga ega boʻlmagan yoki kamida 50 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno)”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-banddagi “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-banddagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-banddagi “Markaziy bank” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash, tahlillar oʻtkazish va boshqa xizmatlar uchun asillik darajasi toʻlovi miqdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ishlarning nomi

Oʻlchov birligi

Asillik darajasi toʻlovi miqdori, bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizlarda

Asillik darajasini belgilash va tamgʻalash uchun toʻlov

(asillik darajasini belgilash uchun toʻlov asillik darajasi toʻlov miqdorining 80, tamgʻalash uchun 20 foizni tashkil qiladi)

1.1.

Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

2,76

kumush

dona

0,59

platina, palladiy

dona

2,67

1.2.

Chet elda ishlab chiqarilgan va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

6,43

kumush

dona

1,83

platina, palladiy

dona

6,43

1.3.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi va sobiq Ittifoq ramzi tushirilgan asillik darajasi tamgʻa izlarini qayta tamgʻalash uchun jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

2,94

kumush

dona

0,66

platina, palladiy

dona

2,94

1.4.

Qimmatbaho metalldan yasalgan soat korpuslari (shu jumladan ajralmaydigan brasleti bilan):

oltin

dona

11,95

kumush

dona

2,94

platina, palladiy

dona

13,60

1.5.

Zargarlik va boshqa buyumlarning tarkibida elementlar* soni 5 tadan oshsa, asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash narxi ikki baravar oshadi.

II. Muzeylar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlash uchun toʻlov

2.1.

1 5 element mavjud boʻlgan buyumlarda:

oltin, platina va palladiy

dona

1,32

kumush

dona

0,33

2.2.

Buyumlarning asillik darajasini tekshirish narxi buyum tarkibida:

6 tadan 15 tagacha element* boʻlganda — 2 baravar;

16 tadan 50 tagacha element* boʻlganda — 3 baravar;

51 tadan 100 tagacha element* boʻlganda — 4 baravar;

100 tadan ortiq element* boʻlganda — 5 baravar koʻpayadi.

*) Element — zargarlik va boshqa mahsulotlarning tarkibiy qismi

III. Texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov

3.1.

Quyidagilarni:

Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalari izlarining haqiqiyligini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari qalbakiligini, shuningdek, buyumlarda har xil tamgʻa izlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash.

dona

5,40

3.2.

Asillik darajasini aniqlash:

spektrometrda rentgen-fluoressentli usul bilan;

dona

18,20

metall turidan qatʼiy nazar, namuna toshida tekshirish usuli bilan:

dona

2,2

3.3.

Qirralangan karat ogʻirligidagi olmoslarning (brilliantlar) xususiyatlarini aniqlash (nomlanishi, ogʻirligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):

0,29 gacha

1 tosh uchun

11,51

0,30 dan 0,99 gacha

1 tosh uchun

23,02

1,00 dan 2,99 gacha

1 tosh uchun

57,55

3,00 dan 5,99 gacha

1 tosh uchun

80,57

6,00 va yuqori

1 tosh uchun

109,34

3.4.

Qirralangan karat ogʻirligidagi zumrad, yoqut, sapfir va aleksandritlarning xususiyatlarini aniqlash, (nomlanishi, ogʻirligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):

0,29 gacha

1 tosh uchun

5,75

0,30 dan 0,99 gacha

1 tosh uchun

17,26

1,00 dan 2,99 gacha

1 tosh uchun

34,53

3,00 dan 5,99 gacha

1 tosh uchun

63,30

6,00 va yuqori

1 tosh uchun

86,32

3.5.

Qirralangan va qirralanmagan toshlarning nomlanishini aniqlash (qimmatbaho toshlardan tashqari)

har bir nom uchun

0,81

3.6.

Qirralanmagan qimmatbaho va boshqa toshlarning nomlanishi va ogʻirligini aniqlash

har bir nom uchun

3,74

IV. Tahlil oʻtkazilganlik uchun toʻlov

4.1.

Zargarlik, yasama tish qotishmalari va boshqa qotishmalarda:

kupelatsiya �suli bilan oltinni aniqlash (cheki bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash

1 tekshiruv

103,12

4.2.

4.2. Elektrolitlar, yaxob suv va eritmalarda (suyuq oltinda):

oltinni aniqlash (soʻnggi kupelatsiya usuli bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash

1 tekshiruv

103,12

4.3.

Qoplamalar, zargarlik kretslari, shliflar va shlamlarda:

oltinni aniqlash (soʻnggi kupelatsiya usuli bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

4.4.

Yorugʻlikni sezadigan turli kino-foto-rentgen materiallar va fiksaj eritmalarda:

kumushni aniqlash (titrlash usuli bilan)

1 tekshiruv

32,99

4.5.

Rudalar, jinslar, konsentrantlarni eritish usuli bilan asillik darajasini tekshirish:

oltin va kumushning asillik darajasini tekshirish

1 tekshiruv

73,80

oltin va kumushning asillik darajasini kvartlab tekshirish

1 tekshiruv

88,60

platina guruhiga kiruvchi metallarning asillik darajasini jamlash

1 tekshiruv

57,53

4.6.

Atom-emissiya spektometrida 1 — 8 element boʻyicha miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

103,12

4.7.

Namunadagi namlikni aniqlash

1 tekshiruv

13,33

4.8.

Namunalarda qizdirish paytidagi yoʻqotishlarni aniqlash

1 tekshiruv

13,33

4.9.

Katalizatorlarda platinani spektrofotometrik aniqlash

1 tekshiruv

88,69

4.10.

Rentgen-fluoressent spektrometrda zargarlik sanoati buyumlari, qotishmalari va parchalarini miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

18,20

4.11.

Rentgen mikroanalizatorda bir nuqtada namunaning (metall, qotishma, buyumning) kimyoviy tarkibini tekshirish

1 tekshiruv

84,09

4.12.

ICP-mass-spektrometrda namunadagi kimyoviy elementlar tarkibini miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

258,80

V. Turli ishlarni amalga oshirish

5.1.

Probir reaktivlarni tayyorlash (ularni tayyorlashda ishlatiladigan qimmatbaho metallarni hisobga olmasdan):

kislotali, tuzli (oltin uchun)

1 millilitr

0,28

xrompik (kumush uchun)

1 millilitr

0,28

Azot-kislotali kumush (kumush uchun)

1 millilitr

0,28

”.

Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)