09.01.2020 yildagi PQ-4563-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda, shu jumladan mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlovchi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va tashkil etishga qaratilgan investitsiya siyosatini yanada faollashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilingan 2019-yilda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, investitsiyalarni, avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirishni kengaytirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar 2019-yilda 184 trln soʻm atrofida kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish imkonini berdi va bu oʻtgan yilga nisbatan 1,3 barobar koʻp demakdir. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalarning ulushi 34 foizdan oshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, xom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va shu asosda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
850,5 trln soʻm investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning yigʻma prognoz parametrlari, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari 1, 1a va 1b-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi 2-ilovaga* muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur, shuningdek, uning choraklar kesimida ijrosining prognoz koʻrsatkichlari 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha 2020-yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasida jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qiymati 50 mln AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini budjet mablagʻlari hamda moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibini mazkur investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning iqtisodiy samaradorligi, shu jumladan uning rentabelligi va sarflangan mablagʻlarni qoplay olishi taʼminlanishini asoslovchi loyihaoldi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligining loyihani soʻralayotgan yer uchastkasida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalar loyihaoldi va loyiha hujjatlarining mazkur bandda koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi nuqtai nazaridan ularni kompleks ekspertiza qilish “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — loyihalarning tashabbuskorlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 20-yanvarga qadar mazkur qarorning 3 — 5-ilovalariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning kompleks tarmoq jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etsin. Bunda 2020-yilning har bir choragi uchun investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirishning belgilangan prognoz koʻrsatkichlari soʻzsiz bajarilishi nazarda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-fevralga qadar mazkur qarorning 6-ilovasiga kiritilgan loyihalar boʻyicha moliyalashtirish manbalarini aniqlash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish hamda tasdiqlash yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan “yoʻl xaritalari”ni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar mazkur qarorning 7-ilovasiga kiritilgan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Transport vazirligi mazkur qarorning 6-ilovasiga kiritilgan tegishlicha suv taʼminoti va kanalizatsiya, shuningdek, avtomobil yoʻllari sohasidagi loyihalar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyulga qadar — loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishi yakunlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda qarz shartnomalari imzolanishini tezlashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-avgustga qadar — moliyalashtirishning ochilishi boʻyicha choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov mazkur bandning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur prognoz parametrlari bajarilishi holatining tizimli monitoringi va har oylik muhokamasini, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq muammoli masalalarni hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, natijalari boʻyicha tegishli maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 7-ilovasiga kiritilgan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama koʻmaklashish, keyinchalik ularni amalga oshirish uchun salohiyatli mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar 2021 — 2025-yillarda ilgʻor texnologiyalar, shuningdek, klaster yondashuvi va sanoat kooperatsiyasi asosida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirishga qaratilgan yangi investitsiya takliflari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 15-noyabrga qadar Dasturning asosiy koʻrsatkichlarini aniqlashtirgan va yangilagan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyevga — Dasturning sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va tasdiqlangan prognoz parametrlarning bajarilishi holati muntazam ravishda muhokama qilib borilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqovga — Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning tizimli monitoringi va tahlilini, shu jumladan mablagʻlarni oʻzlashtirish samaradorligi va obyektlar hamda ishlab chiqarish quvvatlarining belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish, qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 6 va 7-ilovalariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini sifatli ishlab chiqish, belgilangan muddatlarda kelishish va tasdiqlash, shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlar hamda tashkilotlar bilan zarur shartnomalarni imzolash masalasini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyunga qadar mazkur qarorning 1, 1a va 1b-ilovalariga muvofiq prognoz parametrlar asosida keyingi uch yillik davr uchun investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilish parametrlarini aniqlashtirish va yangilash uchun asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 9-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4563-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 07/20/4563/0034-son, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)