1-ILOVA
|
Tayyorgarlik darajalari |
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddat |
Yosh |
Maqsad |
|
Birinchi yoʻnalish: futbol mashgʻulotlariga bolalar va oʻsmirlarni jalb qilish. Futbol bilan shugʻullanishga qiziqishni tizimli oshirib borish |
I bosqich |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari |
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish uchun futbol boʻyicha oʻyin shaklida koʻrgazmali darslarni tashkil etish. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida doimiy tarzda futbol boʻyicha festivallar va qiziqarli koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish. |
Jadval asosida haftasiga kamida bir marotaba |
3 — 6 yosh |
Bolalar va oʻsmirlarning jismoniy tarbiya va sportga, shu jumladan futbolga boʻlgan qiziqishini uygʻotish. |
|
II bosqich |
Umumtaʼlim maktablari |
1. Har bir tuman (shahar) umumtaʼlim maktablari oʻrtasida doimiy ravishda “Maktablarda futbol” musobaqalarini oʻtkazib borish. 2. “Maktablarda futbol” musobaqalarini tuman (shahar) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablagʻlar, shuningdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish. 3. “Maktablarda futbol” musobaqalarini oʻtkazish natijalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarni tuman (shahar) sport maktablarining futbol boʻlinmalari hamda xususiy futbol maktablariga saralab olish (seleksiya). |
Yiliga kamida ikki marotaba |
7 — 14 yosh |
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan, shu jumladan futbol bilan muntazam shugʻullanish. Futbol orqali insonning shaxsini shakllantirish va undan individual qobiliyatlarni roʻyobga chiqaruvchi ijtimoiy loyiha sifatida foydalanish. | |
|
Ikkinchi yoʻnalish: havaskor futbolni ommalashtirish |
III bosqich |
Tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalari va xususiy futbol maktablari |
1. Tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va xususiy futbol maktablari oʻrtasida yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan meʼyorlar asosida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borish. 2. “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirish. 3. “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalari oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari (keyingi oʻrinlarda — futbol maktablari), futbol akademiyalari, xususiy futbol maktablari, professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalariga, terma jamoalarga futbolchilarni saralab olish (seleksiya). |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq |
12 — 17 yosh |
Futbol maktablari, xususiy futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalarida iqtidorli va qobiliyatli futbolchilarning tarkibini shakllantirish. |
|
Uchinchi yoʻnalish: havaskor futboldan boshlangʻich professional futbol bilan shugʻullanishga oʻtish |
IV bosqich |
Futbol maktablari, futbol akademiyalari, xususiy futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari |
1. Futbol maktablari, xususiy futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalarida yosh toifasidan kelib chiqib, belgilangan meʼyorlar asosida “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borish. 2. “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari oʻtkazish natijalari boʻyicha terma jamoalarga va professional futbol klublariga futbolchilarni saralab olish (seleksiya). 3. “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirish. 4. Futbol maktablari, futbol akademiyalari, xususiy futbol maktablar va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari futbolchilarining tomonidan respublika hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishi. |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq |
13 — 17 yosh |
Professional futbolchilarni professional futbol klublari uchun yagona dastur asosida tayyorlash. |
|
Toʻrtinchi yoʻnalish: professional futbol bilan shugʻullanish |
V bosqich |
Hududiy futbol akademiyalari, professional futbol klublari |
Futbol boʻyicha professional faoliyatni olib borish. |
Shartnoma asosida |
16 yoshdan yuqori |
Futbol boʻyicha sport mahoratini oshirish. |
|
VI bosqich |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika futbol akademiyasi |
Futbol boʻyicha turli yosh toifasidagi terma jamoalar tarkibini shakllantirish. |
Rejaga asosan |
16 yoshdan yuqori | ||
|
VII bosqich |
Xorijiy futbol klublari |
Chet davlatlarda futbol faoliyati bilan shugʻullanish. |
Shartnoma asosida |
18 yoshdan yuqori |
Xalqaro darajadagi futbol oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish. Oʻzbekiston terma jamoalari uchun sifatli zaxirani shakllantirish. |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish |
||||
|
1. |
Mahalla yoshlari oʻrtasida “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Charm-toʻp” futbol musobaqalarini muntazam va yuqori saviyada oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), OʻzbekistonYoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev) |
|
2. |
Hududlar kesimida barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi tizim musobaqalarini keng qamrovda va muntazam tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
3. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish uchun futbol boʻyicha oʻyin shaklida koʻrgazmali darslarni tashkil etish. Maktabgacha taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida doimiy tarzda futbol boʻyicha festivallar va qiziqarli koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-apreldan boshlab |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
4. |
Umumtaʼlim maktablari oʻrtasida har bir tuman (shahar)da doimiy ravishda yiliga kamida ikki marotaba “Maktablar futbol ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borish. “Maktablar futbol ligasi” musobaqalarini oʻtkazish natijalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarni tuman (shahar) bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining futbol boʻlinmalari hamda xususiy futbol maktablariga saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Tuman (shahar) bolalar-oʻsmirlar sport maktablari futbol boʻlinmalari va xususiy futbol maktablari oʻrtasida yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan meʼyorlar asosida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borish. “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi oʻrinlarda — futbol mahorat maktablari), xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalariga futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
6. |
Futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari oʻrtasida yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan meʼyorlar asosida “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borish. “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini oʻtkazish natijalari boʻyicha hududiy professional futbol klublariga futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
7. |
Xususiy futbol maktablari va xususiy professional futbol maktablari faoliyatini tartibga solish va yanada rivojlantirish, shu jumladan ular toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
8. |
Futbolni ommalashtirishga oid qisqa metrajli videoroliklar yaratish, hujjatli va badiiy filmlarni suratga olish hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), “Oʻzbekkino” MA (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
9. |
Futbolni ommaviylashtirish va har tomonlama rivojlantirish maqsadida tuman (shahar) bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida ayollar futboli, futzal (mini-futbol) va sohil futboli guruhlarini tashkil qilish, ular oʻrtasida muntazam ravishda musobaqalarni oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
10. |
Taniqli futbolchilar va trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun uchrashuv va master-klasslar oʻtkazib borish. |
Rejaga asosan |
2019-2020-yillar davomida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
11. |
Futbol trenerlarning mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish. Bunda trenerlarga qoʻshimcha pul mukofoti (oylikdan tashqari) miqdorini tarbiyalangan bolalar va oʻsmirlarning milliy terma jamoasi va professional futbol klublariga aʼzoligidan kelib chiqib belgilash mexanizmlarini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-sentabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
12. |
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi oʻyinlarga barcha hududlardan fan-klublari aʼzolarini markazlashgan holda jalb etish choralarini koʻrish hamda vatanparvarlik ruhidagi targʻibot-tashviqot tadbirlarini muntazam olib borish. |
Rejaga asosan |
2019-2020-yillar davomida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
II. Professional futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish |
||||
|
13. |
Professional futbol klublari hamda terma jamoalar tarkiblarini jismoniy tayyorgarligi yaxshi futbolchilar orasidan shakllantirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik talablarini qayta koʻrib chiqish. Bunda professional futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik talablarini mazkur Farmon bilan tasdiqlanayotgan jismoniy tayyorgarligi boʻyicha modellashtirilgan meʼyorlari doirasida amalga oshirish. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qarori |
2020-yil 1-mart |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
14. |
Iqtidorli futbolchilarni tayyorlash orqali Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy va boshqa futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish, xorijiy futbol bozorlarini egallash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
15. |
Professional futbol klublarini futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish faoliyatini ragʻbatlantirish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish |
2020-yil 1-dekabr |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
16. |
Professional futbol klublari huzurida innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, shu jumladan, futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari va zamonaviy imitatsiya uskunalari bilan taʼminlash. |
Rejaga asosan |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
17. |
Futbol klublarining huquqiy maqomini belgilash va ularga qoʻllanadigan soliq va bojxona imtiyozlaridan samarali foydalanish mexanizmini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-fevral |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
III. Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya), ularni professional darajada tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish |
||||
|
18. |
Tuman (shahar), viloyat va respublika sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalarda qatnashuvchi barcha futbolchilarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish. Respublika boʻyicha futbol bilan muntazam shugʻullanayotgan barcha sportchilarning funksional diagnostika natijalarining yagona bazasini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-yanvar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
19. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi faoliyatini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
IV. Futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish |
||||
|
20. |
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga javob beradigan zamonaviy futbol maydonlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2020-yil 15-noyabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Futbolchilarni tayyorlash va yoshlarni futbolga jalb qilish maqsadida respublikada futbol maydonlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2020-yil 15-noyabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
22. |
Hududlarda futzal (mini-futbol) boʻyicha musobaqalar oʻtkazishga moʻljallangan zamonaviy sport zallari tarmogʻini barpo etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash. Har bir hududda sohil futboli bilan shugʻullanish uchun qumli maydonchalar barpo etilishini taʼminlash. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2020-yil 1-avgust |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
23. |
Futbol maydonlari va mini-futbol maydonchalarini barpo etish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash. Futbol maydonlari va mini-futbol maydonchalarini barpo etishda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kredit liniyalarini Hukumat kafolati asosida jalb qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
24. |
Xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021-yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni taʼminlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-dekabr |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev) |
|
25. |
VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini 2020-yil avgust oyidan boshlab Superliga uchrashuvlarida tajribada qoʻllanishi (offlayn rejimi) amalga oshirilishi uchun har bir stadionda kamida 6 ta ND kamera oʻrnatilishini taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-mart |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
26. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasini joylashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
27. |
Toshkent viloyati, Angren shahri, Krasnogorsk qoʻrgʻonida joylashgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Oʻquv-sogʻlomlashtirish bazasini Futbol boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarning qisqa muddatli oʻquv yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun rekonstruksiya qilish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2020-yil 1-noyabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
28. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Futbol boʻyicha respublika sport mahoratini oshirish oliy maktabi bino va inshootlarini 2020-yilda zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2020-yil |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
V. Davlat taʼlim muassasalari, shu jumladan sport maktablarini futbol uchun zarur boʻlgan anjomlar va jihozlar bilan taʼminlash |
||||
|
29. |
Davlat taʼlim muassasalari, shu jumladan tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalarini futbol uchun zarur boʻlgan anjom va jihozlar bilan taʼminlanganligini oʻrganish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
30. |
Umumtaʼlim maktablari va tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalarini futbol boʻyicha sport anjomlar hamda jihozlar bilan, shu jumladan futbol toʻplari doimiy ravishda belgilangan meʼyorlar doirasida taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
VI. Futbol sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga innovatsion yondashuv, ilgʻor ilmiy-metodik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish |
||||
|
31. |
Futbol boʻyicha texnik direktor lavozimlariga mutaxassislarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qarori |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
32. |
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi instruktorlari rahbarligida hakamlar uchun nazariy va amaliy oʻquv seminarlarini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
33. |
Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:futbol mahorat maktablari trenerlari va mutaxassislarining professional darajasini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil etish; Osiyo Futbol Konfederatsiyasi dasturlari boʻyicha (ayollar futboli, futzal (mini futbol), sohil futboli, darvozabonlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha trenerlar) xalqaro instruktorlarni jalb qilgan holda xalqaro trenerlik kurslarini oʻtkazish; Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Birlashmasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik taʼlimi boʻyicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish; futbolning turli yoʻnalishlari — ayollar futboli, futzal (mini futbol), sohil futboli boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining ixtisoslashtirilgan seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish; futbol boʻyicha trenerlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish; futbol seleksionerlari va tahlilchilari uchun oʻquv kurslarini joriy etish va muntazam ravishda oʻtkazish. |
Rejaga asosan |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
34. |
Zamonaviy ilmiy yutuqlar va innovatsion texnologiyalaridan foydalanilgan holda trener, seleksioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog va futbol menejeri yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish orqali Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazini tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasida futbol boʻyicha hakamlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tanlab olish mezonlarini qayta qoʻrib chiqish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-fevral |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
35. |
Futbol oʻyinlari davomida muxlislar bilan ishlash va lokal xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha “styuard muxlis” tizimini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
36. |
Oʻzbekiston futbol mutaxassislarini xalqaro futbol tuzilmalarining boshqaruv boʻgʻinlarida faoliyat yuritishlarini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Sport vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
37. |
Hududlarda klublar, bolalar va oʻsmirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida chet ellik mutaxassislarini jalb etgan holda ularning ish tajribalaridan amaliy foydalanish. |
Loyihalar doirasida |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
38. |
Futbolda sharhlovchilik sohasini kuchaytirish, ushbu yoʻnalishda isteʼdodli kadrlarni tayyorlash, malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
39. |
Futbolni yorituvchi jurnalistlar, sharhlovchilar, texnik guruh, koʻchma televizion stansiyalari xodimlarining malaka oshirib borishlari uchun futbol mutaxassislari bilan seminar treninglar tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
40. |
Futboli rivojlangan Yevropa mamlakatlarining (Angliya, Xorvatiya, Serbiya, Rossiya va boshq. ) bolalar futboli tizimi bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining mutaxassis xodimlariga xorij safarlarini tashkil qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
VII. Futbol musobaqalari televizion translyatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirish |
||||
|
41. |
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq oʻtkaziladigan hamda Oʻzbekiston ichki musobaqalarini yoritish uchun 2ta koʻchma televizion stansiyalarni xarid qilish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2020-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
42. |
Futbol musobaqalari televizion translyatsiyasi media huquqlarini oʻrta va uzoq muddatli shartlarda xususiy sektorga oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
43. |
Futbol stadionlardan futbol musobaqalarining toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyasini tashkil etish uchun optik tolali aloqa liniyalarini oʻtkazish. Futbol stadionlardan reportajlarni onlayn tarzda tayyorlash maqsadida yuqori tezlikdagi Internet tizimini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil davomida |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
VIII. Futbol sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish |
||||
|
44. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qarorini yangi tahrirda qabul qilish va unda hududiy futbol assotsiatsiyalarining faoliyatini tartibga soluvchi mexanizmlarni nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-fevral |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
45. |
Futbol mahorat maktablariga futbolchilarni yagona tizimda qabul qilishni joriy qilish va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-may |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
46. |
Xalqaro talablardan kelib chiqib, futbol sport turi boʻyicha (agentlar)ning vositachilar faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 15-fevral |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
47. |
Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan mazkur maktablar trenerlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bosqichma-bosqich oshirish, seleksioner lavozimi sonini koʻpaytirish. Umumtaʼlim maktablarning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib hamda oʻquvchilar qiziqishiga koʻra bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining futbol boʻyicha tarmoq toʻgaraklarini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-sentabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
48. |
“Sport shifokori”, “sport psixologi”, “sport farmakologi”, “sport diyetologi”, “sport seleksioneri”, “futbol tahlilchisi”, “sport huquqshunosi”, “texnik direktor” va “futbol hakami” kabi zamonaviy kasblarni qonunchilik doirasida belgilovchi va faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 15-noyabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
49. |
Futbolda korrupsion sxemalar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
Rejani tasdiqlash — 2019-yil Rejani amalga oshirish — rejaga asosan |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsi?siyasi (A. Azizov) |
|
50. |
Huquqshunoslik sohasida faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalarida sport huquqi yoʻnalishini rivojlantirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
51. |
Hududiy futbol assotsiatsiyalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-mart |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
IX. Futbolni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va tijoratlashuv mexanizmlarini joriy etish |
||||
|
52. |
Stadionlarga futbol muxlislarini keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi (shu jumladan abonement sotuvi)ni joriy qilish, qolaversa, stadionlar infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari” (xostel, ovqatlanish, fitnes, sport maktablari va boshqalar)ni tashkil etish, klublar va stadion muzeylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yildan boshlab |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
53. |
Professional futbol klublari boshqaruv tizimini tijoratlashtirish, jumladan 2020-yildan boshlab har bir klubning aniq yillik biznes-rejalarini ishlab chiqilishini va ularni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga taqdim etishni taʼminlash. |
Biznes-rejalar |
Har yili |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
54. |
Futbol sohasi subyektlari faoliyatini tijoratlashtirish maqsadida “futbol merchandayzingi” (klublar atributikasi, suvenir va ekipirovkalar majmuini yaratish, turistik sayohat marshrutlari va boshqalar)ni joriy qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar davomida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov) |
|
X. Futbol boʻyicha terma jamoalar va ularning zaxirasini shakllantirishda mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish |
||||
|
55. |
Futbol boʻyicha terma jamoalarga iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qarori |
2020-yil 1-may |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
56. |
Terma jamoa tiklanish vositalari bilan taʼminlash, ularning ovqatlanish va vitaminizatsiya tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2020-yil 1-iyul |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
57. |
Futbol klublarining rasmiy muxlislar fan-klublari aʼzolari uchun milliy qadriyat va anʼanalari asosida “Muxlis kodeksi” qoidalar majmuini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
Qoʻshma qaror |
2020-yil 1-avgust |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
58. |
Futbol boʻyicha Oʻzbekistonning yagona madhiyasini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-sentabr |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
|
59. |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida funksional diagnostika va sportchilarni sogʻlomlashtirish uchun zamonaviy sport tibbiy markazini tashkil qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar davomida |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov) |
|
60. |
2020-yilning 14 — 31-oktabr kunlari mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichini yuqori saviyada tashkil qilish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2020-yil |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
4-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
2030-yilgacha erishiladigan natija* |
Masʼul ijrochilar |
|||||
|
2020 |
2021 |
2022 |
2023 |
2024 |
2025 |
|||||
|
I. Ommaviy futbolni rivojlantirish va turli musobaqalar oʻtkazish |
||||||||||
|
1. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish uchun futbol boʻyicha oʻyin shaklida koʻrgazmali darslarni tashkil etilishini muntazam yoʻlga qoʻyish, festivallar va qiziqarli koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish |
Foizda (jami tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan) |
0,5 |
1 |
1,5 |
2 |
2,5 |
3 |
6 |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
2. |
Mahalla yoshlari orasida “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Charm toʻp” futbol musobaqalarini doimiy ravishda tashkil etib borish |
Foizda (jami mahalla yoshlari soniga nisbatan) |
5 |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
50 |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
3. |
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Maktablar futbol ligasi” futbol musobaqalarini doimiy ravishda tashkil etib borish |
Foizda (jami umumtaʼlim maktablar oʻquvchilari soniga nisbatan) |
5 |
9 |
13 |
17 |
21 |
24 |
35 |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Hududlarda barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari oʻrtasida futbol, mini-futbol (futzal), ayollar futboli, jumladan “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi” “Rahbar kubogi” �abi musobaqalarni keng qamrovda va muntazam tashkil etib etib borish |
Foizda (jami xodimlar soniga nisbatan) |
1 |
1,5 |
2 |
2,5 |
3 |
3,5 |
7 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
5. |
Ayollar futboli, mini-futbol (futzal), sohil futboli musobaqalarini barcha hududlarda tizimli tashkil qilish |
Foizda (jami hududlar soniga nisbatan) |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
11 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
6. |
Mashhur mahalliy futbolchilar va trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun festivallar va “master-klasslar” oʻtkazish |
Tadbir soni |
14 |
14 |
28 |
28 |
28 |
28 |
42 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
7. |
Bolalar-oʻsmirlarning futbol bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash maqsadida sport maktablari, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi oʻrinlarda — futbol mahorat maktablari), professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari, umumtaʼlim maktablarini yetarli darajada sifatli sport inventarlari bilan jihozlash |
Foizda (jami muassasalar soniga nisbatan) |
10 |
20 |
30 |
40 |
50 |
75 |
100 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
8. |
Respublikada futbolning ommaviyligi umumiy aholiga nisbatan futbol bilan muntazam shugʻullanuvchilar sonini oshirish |
Foizda |
1 |
1,5 |
2 |
2,5 |
3 |
3,5 |
5 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
9. |
Futbol boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar soni |
Soni |
1 900 |
2 100 |
2 300 |
2 500 |
2 700 |
2 900 |
3 900 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
II. Futbol infratuzilmasini mustahkamlash |
||||||||||
|
10. |
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga javob beradigan zamonaviy futbol maydonlarini davlat-xususiy sherikchilik, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar, homiylar va boshqa manbalar hisobidan barpo etish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish |
Soni |
0/1 |
1/1 |
0/1 |
1/1 |
0/1 |
1/1 |
5/9 |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Futbolchilarni tayyorlash va yoshlarni futbolga jalb qilish maqsadida respublikada davlat-xususiy sherikchilik asosida futbol maydonlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish |
Soni |
10/20 |
15/25 |
20/30 |
25/35 |
30/40 |
35/45 |
365/375 |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
III. Futbol sohasida kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish |
||||||||||
|
12. |
Futbol mahorat maktablari trenerlari |
Foizda |
10 |
20 |
30 |
40 |
50 |
60 |
100 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
13. |
Futbol seleksionerlari uchun oʻquv kurslarini joriy etish |
Foizda |
10 |
20 |
30 |
40 |
50 |
60 |
100 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
14. |
Futbol mahorat maktablari trenerlarining xalqaro stajirovkalarini belgilangan tartibda tashkil etish |
Soni |
3 |
5 |
7 |
10 |
12 |
15 |
20 |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
15. |
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi instruktorlari rahbarligida hakamlar uchun nazariy va amaliy oʻquv seminarlarini tashkil etish |
Soni |
4 |
6 |
8 |
10 |
15 |
25 |
30 |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
IV. Futbolni yanada tijoratlashtirish |
||||||||||
|
16. |
Futbol stadionlarini tijoratbopligini oshirish maqsadida xospitaliti xizmatlari, merchandayzing, klub va stadion muzeylarini yaratish, stadionlarda pullik xizmatlarni koʻrsatish (ovqatlanish, fitnes va boshqalar) (reja-grafik asosida) |
Foizda |
10 |
20 |
30 |
40 |
50 |
75 |
100 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
17. |
Futbol stadionlariga kirish uchun elektron chipta va abonementlar sotishning yagona tizimini joriy qilish (reja-grafik asosida) |
Foizda |
10 |
20 |
30 |
40 |
50 |
75 |
100 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Superliga oʻyinlariga futbol yatadionlarini tomoshabinlar bilan toʻldirish (chipta sotish orqali) |
Foizda |
20 |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
100 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
V. Futbolni ilmiy-metodologik taʼminlash |
||||||||||
|
19. |
Futbolchilarni tayyorlashning zamonaviy ilmiy-uslubiy va tibbiy taʼminlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish |
Foizda |
20 |
30 |
40 |
50 |
60 |
80 |
100 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
20. |
Futbol mahorat maktablarida ilgʻor ilmiy-uslubiy, tibbiy va biologik ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etish |
Foizda |
10 |
20 |
40 |
60 |
80 |
100 |
100 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
VI. Futbol mahorat maktablari tarbiyalanuvchilarini xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash |
||||||||||
|
21. |
Futbol mahorat maktablari tarbiyalanuvchilarining xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda qatnashishini taʼminlash |
Foizda (jami tarbiyalanuvchilari soniga nisbatan) |
3 |
6 |
9 |
12 |
15 |
18 |
30 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
22. |
Futbol mahorat maktablari trener va mutaxassislarini xalqaro tajriba almashishini belgilangan tartibda taʼminlash |
Foizda (jami trener va mutaxassislari soniga nisbatan) |
3 |
6 |
9 |
12 |
15 |
18 |
30 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
23. |
Oʻzbekistonda Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tasnifiga kiruvchi chempionatlar va rasmiy xalqaro turnirlarni tashkil qilish va oʻtkazish |
Musobaqalar soni |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
12 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
24. |
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining Oʻzbekiston milliy terma jamoalar reytingidagi oʻrni |
Oʻrin |
81 |
78 |
75 |
72 |
69 |
66 |
50 |
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Sport vazirligi |
|
VII. Professional futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi boʻyicha modellashtirilgan meʼyorlari |
||||||||||
|
25. |
30 myugurish |
Sekund |
4,25 |
4,24 |
4,23 |
4,22 |
4,21 |
4,20 |
4,18 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
26. |
“Mokisimon” yugurish 7×50 m |
Sekund |
64 |
63 |
62 |
61 |
60 |
59 |
58 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
27. |
Joydan sakrash |
Santimetr |
250 |
255 |
260 |
265 |
270 |
275 |
275 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
28. |
“YO-YO” test |
Metr |
1 300 |
1 350 |
1 400 |
1 450 |
1 500 |
1 550 |
1 800 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
29. |
Toʻpni olib qoʻyish (xatolar) |
Foizda |
55 |
50 |
45 |
42 |
40 |
35 |
30 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
30. |
Toʻpni uzatish (xatolar) |
Foizda |
45 |
40 |
35 |
30 |
25 |
20 |
20 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
31. |
Havodagi yakkakurash (xatolar) |
Foizda |
55 |
50 |
45 |
40 |
35 |
30 |
30 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
|
32. |
Aldamchi harakatlar (xatolar) |
Foizda |
65 |
60 |
55 |
50 |
45 |
40 |
35 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
6-ILOVA
|
Professional futbol klublari |
Taʼsischilar |
Ustav fondidagi ulushi (foizda) | |
|
1. |
“Bunyodkor” PFK |
“Oʻztransgaz” AJ |
61,8 |
|
“Neftgazmontaj” QK MChJ |
30,2 | ||
|
“Koʻkdumaloq GAZ” QK MChJ |
3 | ||
|
“Oʻzneftmahsulot” AJ |
3 | ||
|
“Gissarneftgaz” QK MChJ |
2 | ||
|
2. |
“Paxtakor” PFK |
Toshkent shahar hokimligi |
20 |
|
3. |
“Nasaf” PFK |
“Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi” MChJ va uning korxonalari |
99,1 |
|
4. |
“Olmaliq” PFK |
“Olmaliq KMK” AJ |
100 |
|
5. |
“Buxoro” PFK |
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ |
80 |
|
Buxoro shahar hokimligi |
20 | ||
|
6. |
“Neftchi” PFK |
“Oʻzbekneftgaz” AJ |
97,5 |
|
Fargʻona viloyati hokimligi |
2 | ||
|
Fargʻona viloyati madaniyat boshqarmasi |
0,5 | ||
|
7. |
“Lokomotiv” PFK |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
20,9 |
|
“Toshkent mexanika zavodi” AJ |
58,2 | ||
|
“Oʻztemiryoʻlovchi” AJ |
20,9 | ||
|
8. |
“Shoʻrtan” PFK |
“Oʻzbekneftgaz” AJ |
99,9 |
|
9. |
“Dinamo plyus” PFK |
Samarqand viloyati hokimligi |
100 |
|
10. |
“Metallurg” PFK |
“Oʻzmetkombinat” AJ |
100 |
|
11. |
“Mashʼal” PFK |
“Oʻzbekneftgaz” AJ (“Muborakneftgaz” MChJ) |
48,8 |
|
“Oʻzbekneftgaz” AJ (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ) |
51,2 | ||
|
12. |
“Navbahor Lochinlari” PFK |
“Namangan viloyati hokimligi binolardan foydalanish direksiyasi” DUK |
100 |
|
13. |
“Surxon” PFK |
Surxondaryo viloyati hokimligi |
100 |
7-ILOVA