Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2011 15.06.1992 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2011
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERLARNING QIShLOQ VA OʻRMON XOʻJALIGINI YuRITISh BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN EHTIYOJLAR UChUN OLINIShI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI HAJMLARINI ANIQLASh HAMDA ULARNING OʻRNINI QOPLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qonunchiligini yanada rivojlantirish va “Oʻzbekiston Respublikasining “Yer haqida”gi Qonunini amalga oshirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyundagi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er uchastkalari foydalanishga olingach, qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash boshlangandan keyin bir oy muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari tomonidan tegishli banklarda ochilgan maxsus schyotlarga, ilova qilinayotgan Nizomga toʻla muvofiq holda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu yil oxirigacha 1990-yilning 1-avgustiga qadar ajratilgan yerlar uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi oldidagi qarzlarini uzsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash tartibi boʻyicha tushgan mablagʻlardan, koʻrsatib oʻtilgan Nizomga muvofiq belgilangan maqsad boʻyicha foydalansinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilova qilinayotgan Nizomning 11-bandiga muvofiq olinadigan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi yerlari oʻrniga yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish boʻyicha ishlarni, shuningdek, boshqa meliorativ ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha mintaqaviy dasturlarni va viloyatlararo tadbirlarni amalga oshirish uchun jami summaning 10 foizi miqdoridagi qismini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining maxsus schyotiga oʻtkazsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari berilgan yer uchastkalari uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplanmagan vazirliklarga, davlat qoʻmitalariga, idoralarga, birlashmalarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga korxonalar, binolar va imoratlar qurish uchun qoʻshimcha yer maydonlari ajratmasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash hisobiga tushadigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari ajratilishi munosabati bilan korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga koʻrilgan zararni va foydalanilmagan xarajatlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 1964-yil 20-yanvardagi 43-son qarorning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashga doir qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlar ajratishda koʻrilgan zararni yerdan foydalanuvchilarga va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini toʻlash toʻgʻrisida” 1974-yil 9-avgustdagi 636-son qarori yuzasidan 1974-yil 29-avgustdagi 417-son qarorning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashga doir qismi (OʻzSSR QT, 1974-y., 8-son, 44-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yerlar ajratishdan koʻrilgan zararlar oʻrnini qoplash miqdorlari toʻgʻrisida” 1986-yil 27-martdagi 152-son, “Qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlar uchun yerlar ajratishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashga moʻljallangan mablagʻlarni planlashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” 1986-yil 3-sentabrdagi 435-son qaror (OʻzSSR QT, 1986-y., 9-son, 36-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 15-iyundagi 282-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq qishloq xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash va ularning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning oʻrnini qoplash tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiligi oʻrni quyidagi hollarda qoplanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yer-suvlari, shuningdek, fuqarolar tasarrufida va foydalanishida boʻlgan ana shu yerlar qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yer-suvlarining oborotdan chiqishi va ularning kam qimmatli yer-suvlarga oʻtkazilishi bilan bogʻliq boʻlgan koʻrilayotgan obyektlar atrofida muhofaza, sanitariya va himoya zonalari belgilanishi bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari cheklanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati taʼsiri natijasida yerlar sifati yomonlashganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash barcha kategoriyadagi yerlardan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yer-suvlari olinganda hamda ular qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun ham doimiy, ham vaqtinchalik foydalanish uchun berilganda (ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan hollar bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-apreldagi 126-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi nohiya hokimining Farmoyishi bilan tuzilgan baholash komissiyasi tomonidan aniqlanadi, bir vaqtning oʻzida yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlarning olib qoʻyilishi munosabati bilan ularning koʻrgan zararlarini belgilangan tartibda qoplash belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdorlarini aniqlash uchun baholash komissiyasiga dastlabki maʼlumotlarni yer ajratib berish loyihasini ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullanish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer olib qoʻyilgan va vaqtinchalik foydalanishga berilgan holda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi keyingi uch yilda olib qoʻyiladigan yer uchastkasidan oʻrtacha olinadigan dehqonchilik va oʻrmon xoʻjaligi mahsuloti qiymatining miqdoridan hisoblab chiqariladi. Ushbu pul miqdori yer uchastkasi foydalanishga berilgan yillar soniga koʻpaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik foydalanish uchun yer uchastkasi olgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uni avvalgi yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga qishloq va oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullanishga yaroqli holatda oʻz vaqtida qaytarishlari shart. Yer uchastkasidan foydalanish zarurati saqlanib qolgan va uni avvalgi yer egalariga belgilangan muddatlarda qaytarish imkoniyati boʻlmagani holda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yer uchastkasi bergan organga foydalanish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida tavsiyanoma kiritadi. Bunda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi tegishli yillar soniga koʻpaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik berilgan yerlarni qishloq va oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullanish uchun yaroqli holatga keltirish qishloq xoʻjaligi organlarining xulosasiga koʻra maqsadga muvofiq boʻlmagan chuqurlikda tuproq qatlami buzilgan xolda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi mazkur Nizomning II va III boʻlimlariga muvofiq toʻla hajmda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya ish natijalari qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va oʻrmonlardan olib qoʻyiladigan maydonlarni, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining qabul qilingan meʼyorlarini va umumiy qiymatini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari yer ajratib berish loyihasi bilan bir vaqtda ushbu loyihani tasdiqlash oʻz vakolatiga qiruvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun mablagʻlarni yer ajratib berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, viloyatlar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bank muassasalarida ochilgan maxsus schyotlarga oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan mintaqaviy dasturlarni va viloyatlararo tadbirlarni amalga oshirish uchun, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash hisobiga keluvchi mablagʻning 10 foiz miqdordagi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining maxsus schyotiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar hokimliklari mablagʻlarning oʻz vaqtida kelib tushishini va hisobga olinishini, shu mablagʻlar hisobiga inshootlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishni hamda ishlarni belgilangan tartibda qabul qilishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar inshoot qurilishini moliyaviy taʼminlash boshlangandan keyin bir oy muddat ichida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun moʻljallangan mablagʻlarni koʻchirishlari hamda kapital mablagʻlarni viloyatlar hokimliklariga berishni belgilangan tartibda rasmiylashtirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻzining maxsus schyotiga kelib tushuvchi mablagʻlar doirasida ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi, titul roʻyxatlarini tasdiqlaydi, moliyaviy taʼminlashni boshlaydi hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan pudrat ishlarining chegaralangan miqdorda berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, keyinchalik ularning hajmlarini Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun tushgan mablagʻlar maxsus maqsadga ega boʻlib, undan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi yerlarni oʻzlashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarni toʻla-toʻkis qayta tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zovur-zax qochirish shoxobchalarini qurishga va qayta qurishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarni tubdan tekislashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan madaniy yaylovlar yaratish va tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daraxtzorlar barpo etish va tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻqolib ketgan oʻrmon urugʻchiligi, tup (parxish) daraxtlar va sanoat daraxtzorlari, bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, koʻchatxonalar barpo etish va tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erlarning unumdorligini oshirish, qumlar, suv havzalari va daryolarning qirgʻoqlarini mustahkamlash va daraxtzorlarga aylantirish, togʻ qiyaliklarini pogʻona-pogʻona qilib ishlash va boshqa eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er tuzish, kadastrlash va oʻrmon tuzish ishlari, shuningdek, ularni kompyuterlashtirishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash maqsadida tushgan mablagʻlar mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, qoidaga koʻra, yerlari olib qoʻyilgan egalik qilinadigan va foydalaniladigan yerlarda ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash uchun tushgan mablagʻlarning foydalanilmagan qoldiqlari yilning oxirida olib qoʻyilmaydi va keyingi yilda mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyaviy taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Loyihani joyiga koʻchirish va yerlardan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlarini tayyorlash yer maydonlari ajratilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrni qoplangandan soʻnggina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qoʻshimcha yer ajratilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORLARINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari olib qoʻyilgan haydaladigan maydonlar, koʻp yillik daraxtzorlar (bogʻlar, mevazorlar, uzumzorlar, tutzorlar, koʻchatxonalar, sitrus oʻsimliklari), boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar, shu jumladan, shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlaridan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari olib qoʻyilgan qishloq xoʻjaligida yaroqli yerlarning oʻrniga teng bahodagi yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirishning zarurligidan kelib chiqib, bunda ularning sifati, mahsuldorligi, joylashish oʻrni va samarali foydalanilishi hisobga olinadi, shuningdek, yangi yerlarni oʻzlashtirishga oid ishlarni bajarish davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatini yoʻqotganligini hisobga olib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifatini hisobga olish tuproq kartalari va yerlarni iqtisodiy baholash materiallari boʻyicha yer ajratish loyihasini tuzuvchi yer tuzish tashkilotlari tomonidan belgilangan bonitet ballari boʻyicha amalga oshiriladi. Asoslari boʻlmagan yangidan oʻzlashtirilgan yer maydonlari boʻyicha bonitet ballari yerlar ajratish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida amaldagi uslubiy koʻrsatmalar boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi yerlari oʻrniga teng bahodagi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati yerlarning sifati va jadal foydalanilishiga qarab 1-jadval boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sugʻoriladigan zonadagi olib qoʻyilgan boʻz yerlarning 1 gektari oʻrniga, ularning sifatini hisobga olgan holda, teng bahodagi yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati 0,25 koeffitsiyentini qoʻllanish yoʻli bilan 1-jadval boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Olib qoʻyilgan lalmi yerlarning 1 gektari oʻrniga teng bahodagi yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekislikdagi (yogʻingarchilik kam boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 7,5 va boʻz lalmi yerlar uchun 2,4 ming soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekislik-past-balandlikdagi (yogʻingarchilik yetarli boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar va koʻp yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va boʻz lalmi yerlar uchun 4,4 ming soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
togʻ oldi va togʻ (yogʻingarchilik yetarli boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar va koʻp yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va boʻz lalmi yerlar uchun 4,4 ming soʻm.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 16-iyundagi 223-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga qoʻshimcha ravishda sof daromad qoʻshiladi. Bu daromad loyihalashtirish, yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish, ularni madaniylashtirishga oid ishlarni va boshqa madaniy-texnika ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan toʻrt yil davomidagi davrda olib qoʻyilgan yer maydonida sof daromadning summasi jamoa va davlat xoʻjaliklari hamda boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oxirgi uch yilgi maʼlumotlariga koʻra olib qoʻyilgan maydonlardagi qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtzorlarining oʻrtacha hosildorligidan kelib chiqib, yer ajratish loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 16-iyundagi 223-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Pichanzorlar va yaylovlar olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi yoʻqotilgan yaylov ozuqalari hajmlarini qoplash uchun pichanzorlar va yaylovlarning tegishli maydonlarini tubdan yaxshilash zaruratidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pichanzorlar va yaylovlar olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari ularning mahsuldorligiga koʻra balandlik mintaqalariga qarab 2-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 16-iyundagi 223-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdorlarini aniqlashda olib qoʻyilgan yer maydonining muhandislik kommunikatsiyalari va energiya manbalarining koʻpligi bilan ajralib turuvchi maʼmuriy va sanoat markazlariga nisbatan oʻrnashgan joyi hisobga olinadi, bu esa yerdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyilgan yer maydonlarining oʻrnashgan joyini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar 3-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-jadval
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyilgan yer maydonlarining oʻrnashgan joyini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Aholi yashash joylari‎

Aholi punktlari chegaralari bilan ajratilgan yer orasidagi masofa, km‎

Oshirish koeffitsiyentlari‎

Toshkent shahri‎

20 gacha‎ 2,0‎
Viloyat markazlari‎ 10 gacha‎ 1,5‎
Boshqa shaharlar, shahar posyolkalari va nohiya markazi hisoblanuvchi qishloq aholi punktlari‎

‎5 gacha‎


‎1,3‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. OʻRMON XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORLARINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻrmon yerlarini saqlash va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining zarur darajasini taʼminlash maqsadida oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori teng kattalikdagi yangi yerlarni oʻzlashtirishga zarur xarajatlarga qarab aniqlanadi. Bunda tuproqni madaniylashtirish va uning unumdorligini oshirish, yangi xoʻjaliklarni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish va olib qoʻyilgan oʻrmonlarni qayta tiklash xarajatlari hisobga olinadi. Bundan tashqari, sugʻoriladigan dehqonchilik zonasida sugʻorish qiymati, togʻli zonada — boshqa oddiy gidrotexnika inshootlarini supalash yoki qurish qiymati, choʻl zonada — koʻchma qumlarni mustahkamlash qiymati hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻrmon bilan qoplangan va daraxtlari siyrak yerlar, shuningdek, oʻrmon daraxtlari, urugʻlik, parxish daraxtlar hamda yongʻoq, ildiz mevali va boshqa qimmatli daraxt turlarining sanoatbop maydonlari olib qoʻyilayotganda oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi summasi oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlarini va qoʻshimcha foydalaniladigan mahsulotni yangi yerlarni oʻzlashtirish va ana shunday daraxtzorlarni barpo etish ishlarini bajarish vaqtida sotishdan olinadigan daromadning nobud boʻlishini hisobga olgan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. p. l.=S [Z osv.+T (P. l. pr.+P. pr. pob.)],
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. p. l. — oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni olib qoʻyishdan koʻrilgan oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori, soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — olib qoʻyiladigan oʻrmonzorlar maydoni, gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Z osv. — 1 gektar yangi yerni oʻzlashtirishning soʻm hisobidagi xarajatlari (sugʻoriladigan oʻrmonzorlar olib qoʻyilayotganda yerlarning sifatini hisobga olgan holda, 1-jadval boʻyicha, sugʻorilmaydigan oʻrmonzorlar olib qoʻyilayotganda yerlarning tabiiy zonalar boʻyicha joylashganligiga qarab — mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq qabul qilinadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T — yangi yerlarni oʻzlashtirishni loyihalashtirish va bu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt, yil (oʻrta hisobda 4 yil olinadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. l. pr. — oʻrmon mahsulotini (yogʻoch, yongʻoqlar, mevalar, urugʻliklar, rezavorlar) sotishdan olinadigan foyda, 1 gektardan oʻrta hisobda 3 yilda, soʻm (xoʻjalikning hisobot maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P. pr. pob. — qoʻshimcha foydalaniladigan mahsulotni (shifobaxsh va boshqa foydali oʻsimliklar, pichan, asalarichilik va boshqa mahsulotlarni) sotishdan olinadigan foyda, 1 gektardan oʻrta hisobda 3 yilda, soʻm (xoʻjalikning hisobot maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yongan, nobud boʻlgan, kesilgan oʻrmon daraxtlaridan iborat maydonlar olib qoʻyilganda oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori haydaladigan lalmi yerlarni qoplash uchun oʻzlashtirish ishlari xarajatlariga teng qilib olinadi, boʻsh yerlar, yalangliklar olib qoʻyilganda esa — mazkur Nizomning 20-bandiga binoan qabul qilinadigan boʻz lalmi yerlar qiymati olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining aholi yashaydigan punktgacha boʻlgan masofasiga hamda muhandislik kommunikatsiyalari va energiya manbalari bilan taʼminlanganligiga qarab nobudgarchilik miqdori mazkur Nizomning 3-jadvalida keltirilgan koeffitsiyentlar yordamida tuzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. YER EGALARI VA YERDAN FOYDALANUVChILARNING HUQUQLARI ChEKLANIShI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORLARINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisida”gi Qonuniga, shuningdek, boshqa meʼyoriy aktlarga muvofiq, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning qoʻriqlanadigan, sanitariya va himoya zonalarining quyidagi obyektlaridan foydalanish huquqlari cheklangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
temir yoʻl va avtomobil yoʻllari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral truboprovodlar va ular atrofidagi inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa va radiolashtirish liniyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqxonalar, milliy va dendrologiya parklari, botanika bogʻlari, zakazniklar (ov qilinadiganidan tashqari) va davlat tabiat obidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar, memorial parklar, dafn etish joylari, tarix va madaniy arxeologik obidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari hamda boshqa suv havzalari, shuningdek, aholini davolash va madaniy-sogʻlomlashtirish ehtiyojlari uchun ichimlik va kundalik ehtiyoj suv manbalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidrometeorologiya stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er va suv bilan qoplangan maydonlarda yovvoyi hayvonlar toʻplangan joylar, shuningdek, ular atrofidagi ikki kilometrli masofa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari cheklanganligi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishidan koʻrilgan zararlarning oʻrni qoʻriqlash, sanitariya va himoya zonalarida joylashgan qurilayotgan obyektlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarish yoki ularni unchalik qimmatli boʻlmagan yerlarga koʻchirish moʻljallanayotgan taqdirda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan mazkur Nizomning 28-bandida sanab oʻtilgan binolar va inshootlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalari loyihasini ishlab chiqish jarayonida avvalo ularni qoʻriqlash, sanitariya va himoya zonalari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarining maydoni va sifati, shuningdek, ulardan bundan keyin foydalanish tartibi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qurilayotgan obyektlarni qoʻriqlash, sanitariya va himoya zonalaridagi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari oborotidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi mazkur Nizomning II va III boʻlimlariga muvofiq toʻla hajmda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari boshqa sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlariga aylantirilayotganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiligi mazkur Nizomning 18 va 25-bandlariga muvofiq aniqlangan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini olib qoʻyishdan koʻrilgan zarar bilan 20, 22 va 26-bandlariga muvofiq aniqlangan sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini olib qoʻyishdan koʻrilgan zarar miqdori oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lalmi yerlar boʻz yerlarga koʻchirilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq lalmi yerlar olib qoʻyilgandagi zarar miqdori bilan boʻz yerlar olib qoʻyilgandagi zarar miqdorlari oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. YERLAR SIFATINING YoMONLAShUVI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGI MIQDORINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining atrof-muhitga taʼsiri xarakteriga koʻra ulardan foydalanish qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari sifatining yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu oqibatlar obyektlarni loyihalashtirish jarayonida oldindan nazarda tutilishi va ajratiladigan yerlar loyihasida oʻz aksini topishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Yerlar sifatining yomonlashuvi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiligi mazkur Nizomning II va III boʻlimlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini hozirgi ahvolda olib qoʻyilganligi uchun koʻrilgan zarar bilan yerlarning nazarda tutilayotgan yomonlashuvidan keyingi zarar oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 6-son, 21-modda; 1995-y., 4-son, 15-modda)