O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son, 2019-yil 11-sentabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5817-son farmonlari va 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5285-son Farmoniga 3-ilovaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarning yangilangan tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5357-son Farmoniga 4-ilovada:
yigirma ikkinchi — ellik ikkinchi xatboshilar tegishincha yigirma uchinchi — ellik uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovada:
izohning uchinchi xatboshisidagi “va 19-bandlarda” so‘zlari “19 va 31-bandlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5505-son Farmoniga 2-ilovaning rus tilidagi matni 14-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomkonkurensii” so‘zi “Antimonopolniy komitet” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5564-son Farmoni 1-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 1-bandi, 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi, 3-bandi, 7-bandi “v” kichik bandining ikkinchi va yettinchi xatboshilari va “g” kichik bandi birinchi xatboshisi, 12-band “v” kichik bandidagi tegishli kelishikdagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1293-son qarori 5-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 1-avgustdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-1591-son qarori 2-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1843-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2164-son qarorida:
“tadbirkorlik subyektlarining ularni Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga taqdim etish”;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2647-son qarorida:
a) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘limlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Xaitmetov E.S. — direktor Agentstva po zaщite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan”;
v) 3-ilovaning rus tilidagi matni 6-bandi oltinchi xatboshisidagi va 16-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyam i razvitiyu konkurensii” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Agentstvo po zaщite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Sostav Rabochey gruppi utverjdayetsya predsedatelem Komissii iz chisla predstaviteley Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli, Ministerstva ekonomiki i promishlennosti, Ministerstva finansov, Ministerstva zdravooxraneniya, Sentralnogo banka, Agentstva po zaщite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan”;
23-bandning birinchi xatboshisidagi “Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyam i razvitiyu konkurensii” so‘zlari “Agentstvo po zaщite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2692-son qarorining 13-bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi” va “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” va “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qaroriga 3-ilovaning 60-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | 60. | 11. | Tovar-xom ashyo birjalarining birja faoliyati | 2019-y. | Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi | ”. |
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2773-son qarorining 4-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-son qaroriga 6-ilovaning rus tilidagi matni to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2935-son qaroriga 6-ilovaning rus tilidagi matni o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-son qaroriga 7-ilovaning rus tilidagi matni o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3082-son qarorining 16-bandidagi “Xususiy korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3532-son qaroriga 3-ilovaning rus tilidagi matni o‘n uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xaitmetov E.S. — direktor Agentstva po zaщite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan”.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matni 5-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomkonkurensii” so‘zi “Antimonopolniy komitet” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qarori 6-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3947-son qarorida:
“v1) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosariga — tovar-xomashyo birjalari xavflari bo‘yicha”;
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-son qaroriga 2-ilova 1-bandining “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-son qarorida:
“iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar bo‘yicha sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 100 foizi;
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga tushadigan davlat aktivlarini sotish summasining 4 foizi”;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli kelishikdagi “qo‘mitasi” so‘zidan keyin “va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xodimlarni” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xodimlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5204-son Farmoniga ilovaning 47-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2895-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2897-son qarorining 2 va 6-bandlari hamda 1 — 3a-ilovalari.