11.09.2019 yildagi 933-son
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) 38 va 39-moddalariga muvofiq (siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovida ishtirok etish uchun qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibini belgilaydi.
26. Mazkur Nizomning 23 va 25-bandlarida nazarda tutilgan oldindan taqdim etilgan va qo‘shimcha taqdim etilgan imzo varaqalarining haqiqiy deb topilganlari qo‘shiladi.