Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2020 11.09.2019 yildagi 756-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 11-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
756-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 756-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga respublikada va xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish, koʻrgazma stendlarini yaratish, xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etish, shu jumladan anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni salohiyatli bozorlarga olib chiqish uchun taqdimotlar va reklama kampaniyalari oʻtkazish, shuningdek, xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishda moliyaviy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznes-treninglar — xodimlar koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznes-forum — biznes vakillarining maʼlum bir sohadagi biznes masalalarini muhokama qilishga bagʻishlangan vakillik yigʻilishi yoki syezdi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma-yarmarka tadbirlari — xalqaro, mintaqalararo, viloyat koʻrgazmalari, konfrensiyalari, festivallari, forumlari, biznes uchrashuvlari, yarmarkalari va tadbirkorlik subyektlarining eksport imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznes-seminarlar — ishbilarmonlik sohasiga oid tajriba, bilim va maʼlumotlar bilan almashish maqsadida oʻtkaziladigan interfaol oʻquv-amaliy tadbir shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reklama kampaniyasi (taqdimot) — maʼlum bir davrga moʻljallangan, mahsulotlarni (xizmatlarni) bozorda taklif etish uchun marketing vazifalarini hal qilishga qaratilgan bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan keng qamrovli reklama tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlashtirish — mavjud yoki amalga oshirish mumkin boʻlgan vazifalarga nisbatan umumiy yoki koʻp marotaba foydalanish uchun qoidalar belgilash orqali muayyan sohada tartibga solishning maqbul darajasiga erishishga qaratilgan faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlash — mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi bozorlarda mahsulotni sertifikatlash — mahsulotning tashqi bozorlarda qoʻyiladigan majburiy talablarga muvofiqligini baholash, shu jumladan texnik xususiyatlarini takomillashtirish va yaxshilash maqsadida oʻtkaziladigan hamda mahsulot uchun texnik hujjatlarni tayyorlash (ishlab chiqish, qayta ishlash, tarjima qilish), tajriba namunalarini transportirovka qilish, saqlash, sinash va utilizatsiya qilishni (keyingi oʻrinlarda muvofiqlikni baholash deb ataladi) oʻz ichiga olgan kompleks tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo missiyalari — mahsulotning salohiyatli xaridorlari bilan aloqalar oʻrnatish, shuningdek, mahsulot taqdimotlarini oʻtkazib, savdo missiyalari oʻtkaziladigan mamlakatda salohiyatli xaridorlar va tegishli davlat idoralari bilan kelgusidagi eksport bitimining tafsilotlarini muhokama qilish jarayoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibida koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaga muvofiq xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaga muvofiq taqdimotlar va reklama kompaniyalarini, shu jumladan milliy mahsulotlar va brendlarni salohiyatli savdo bozorlariga olib chiqish uchun oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaga muvofiq xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaga muvofiq xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma — yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlarini qoplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok uchun koʻrsatiladigan moliyaviy yordam eksport qiluvchi tashkilotning bir nafar vakili hisobga olingan holda qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Moliyaviy yordam olish uchun hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliyaviy yordam olish uchun eksport qiluvchi tashkilot tomonidan Agentlikka ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq moliyaviy yordam toʻgʻrisida ariza va toʻldirilgan anketa-talabnomani quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan va joriy moliyaviy yildagi xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan moliyaviy yordam berish maqsadlariga mos keladigan shartnomalar (bitimlar), toʻlov hujjatlari va (yoki) bajarilgan ishlar dalolatnomasi nusxalari;

xorijiy mamlakatlardagi koʻrgazma-yarmarkalar, biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda haqiqatda qatnashganlikni tasdiqlovchi kafolat xati;

eksport qiluvchi tashkilotning soliqlar boʻyicha qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

muddati oʻtgan kreditorlik va debitorlik qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ishlab chiqariladigan mahsulotlar boʻyicha taqdimot materiallari, broshyuralar va bukletlar namunalari (koʻrgazma yoki yarmarkada ishtirok etganda);

tovarlar, ishlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning raqobat varaqasi (anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni salohiyatli bozorlarga olib chiqish uchun taqdimotlar va reklama kampaniyalari oʻtkazishda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etish, bankrotlik va (yoki) tugatish bosqichidagi eksport qiluvchi tashkilotlarning arizalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashqi bozorlarda mahsulotlarni sertifikatlash (standartlashtirish), shuningdek, ishlab chiqarish hajmlarining oʻrta muddatli hisob-kitob qilingan koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan loyihaning biznes rejasi, mahsulotni eksportga yetkazib berish muddatlari hamda hajmlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan reja-jadvalini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy yordam haqida ariza bergan eksport qiluvchi tashkilot ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda quyidagilarni ham taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradigan akkreditatsiyalangan (notifikatsiyalangan) sinov laboratoriyalari va (yoki) sertifikatlash tashkilotlari bilan muvofiqlikni baholash bilan bogʻliq bajarilgan ishlar (xizmatlar) haqida eksport qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan kontrakt nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy (xorijiy) akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari (markazlari) va (yoki) sertifikatlash tashkilotlari tomonidan, zarur hollarda, notarial tasdiqlangan oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi bilan yuqori texnologiyali mahsulotlarning tashqi bozorlarda muvaffaqiyatli moslashganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Eksport qiluvchi tashkilotdan ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida va xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish uchun koʻrsatiladigan moliyaviy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smeta asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Eksport qiluvchi tashkilot tomonidan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bevosita taqdim qilingan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi darhol hujjatlar qabul qilingan sana belgisi bilan eksport qiluvchi tashkilotga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun javobgarlik eksport qiluvchi tashkilot zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Eksport qiluvchi tashkilotlarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlik tomonidan 7 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlik arizani ip oʻtkazib bogʻlangan, sahifalari raqamlangan va muhr bilan tasdiqlangan roʻyxatga olish jurnalida roʻyxatga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agentlik taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini, shuningdek ularning moliyaviy yordam shartlari va maqsadlariga muvofiqligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Moliyaviy yordam toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik bir ish kuni davomida pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida eksport qiluvchi tashkilotga bildirishnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va moliyaviy yordam berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablar va shartlarga muvofiq keladigan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan miqdordagi xarajatlarni qoplash uchun tovarlar, ishlar (xizmatlar) yetkazib beruvchining bank hisobraqamiga, amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha esa — qaror qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotning bank hisobraqamiga mablagʻlar oʻtkazish orqali moliyaviy yordam koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agentlik tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra moliyaviy yordam koʻrsatish uchun belgilangan shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda (tegishli shartlarni taʼminlamaslik, vakolatli organ bilan eksport qiluvchi tashkilot oʻrtasida imzolangan shartnomaning yoki kafolatining xati yoʻqligi), tegishli mablagʻlar Agentlik tomonidan yuborilgan yozma bildirishnoma qabul qilingan sanadan boshlab oʻn ish kuni davomida eksport qiluvchi tashkilot tomonidan qaytarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport qiluvchi tashkilot, vakolatli organ va Agentlik oʻrtasidagi shartnoma shartlarining buzilishi bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Maqsadli moliyaviy yordam sohasi va predmeti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Moliyaviy yordam quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada va xorijda mahsulotlarni sertifikatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
omologatsiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish talablarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) taqdimotlar va reklama kompaniyalarini, shu jumladan salohiyatli bozorlarga milliy mahsulotlar va brendlarni olib chiqish uchun oʻtkazish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reklama bannyerlari, interaktiv va yorugʻlik diodli koʻcha ekranlarni, shu jumladan aeroport terminallarida oʻrnatish, tarqatma materiallarni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar (raqobat varaqasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qidiruv mashinalari asosida saytni optimallashtirish xizmatlari haqini toʻlash (Search Engine Optimization — SEO) (raqobat varaqasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qidiruv marketingini oʻtkazish (Search Engine Marketing — SEM) (raqobat varaqasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallarni jamoatchilik hamjamiyatlar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan xeshteggingda nashr etish orqali ijtimoiy xizmatlarda saytni targʻib qilish xizmatlari haqini toʻlash (raqobat varaqasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli reklamani tayyorlash hamda xorijiy televideniye va radioda, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, messenjyerlar, onlayn oʻyinlarda joylashtirish, shuningdek, chet eldagi gazetalarda, biznes jurnallarda va kataloglarda nashr qilish xarajatlarini qoplash (tanlov varaqasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatga olish yigʻimlarini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender hujjatlarini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish sohasida, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashgan oziq-ovqat mahsulotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan mahsulotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi zarur boʻlgan boshqa mahsulotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolarni ijaraga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik taʼminot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha uskunalarni oʻrnatish va demontaj qilish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkaziladigan tadbir haqida axborotni tarqatish maqsadida ommaviy axborot vositalarining xizmatlari haqini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb qilingan xorijiy tashkilotlar, xorijiy mutaxassis-murabbiylar xizmatlari haqini toʻlash (shu jumladan mehmonxona, transport xarajatlari, vakillik xarajatlari, suvenirlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarjimon xizmati haqini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-taqdimot materiallari, bukletlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kofe-breyklarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish (shu jumladan transport xarajatlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) xorijiy mamlakatlarda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitish boʻyicha xorijiy kompaniyalar, biznes maktablari va mutaxassislarning xizmatlari haqini toʻlash (shu jumladan binoni ijaraga olish, tenik taʼminot, axborot-taqdimot materiallari, suvenirlar, kofe-breyklar, vakillik xarajatlari va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
delegatsiyaga chet elda hamrohlik qilish boʻyicha xizmatlari haqini toʻlash (uchrashuv, transfer, kuzatish, tarjimon, gid xizmatlari va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash xarajatlarini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan joygacha transport xarajatlarini toʻlash (havo yoʻllari va temir yoʻllari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ishlab chiqaruvchi-kompaniyalarga, shuningdek, tashqi savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga tashriflarni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatga olish yigʻimlarni toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma maydonlarini (shu jumladan stendlarni joylashtirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hamda koʻrgazma stendi va jihozlarini ijaraga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stendlarni ishlab chiqarish, montaj va demontaj qilish, qoʻshimcha koʻrgazma uskunalari va mebellarni ijaraga olish boʻyicha xizmatlar haqini toʻlash (shu jumladan friz yozuvi va stend dizayni uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr taʼminoti manbalariga ulanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma eksponatlarini yetkazib berish uchun transport xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha koʻrgazma xizmatlari haqni toʻlash (stendni tozalash va qoʻriqlash, aloqa vositalarini ulash va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salohiyatli import qiluvchi xaridorlarni topish uchun xorijiy ixtisoslashtirilgan kompaniyalarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdimot materiallari, broshyuralar va bukletlarni tayyorlash qismi boʻyicha xarajatlarni qoplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Moliyaviy yordam miqdori va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xarajatlarni qoplash boʻyicha moliyaviy yordam ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish — 100 foiz, lekin 20 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdimotlar va reklama kompaniyalarini, shu jumladan salohiyatli savdo bozorlarga milliy mahsulotlar va brendlarni olib chiqish uchun oʻtkazish — 100 foiz miqdorda, lekin bir korxona uchun kalendar yilining bir choragida 5 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish — 50 foiz miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish — 100 foiz miqdorda, lekin 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida, shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smetaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusidagi koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish — 100 foiz miqdorida haqiqiy xarajatlar boʻyicha cheklanmagan miqdorda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy valyutadagi xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy yordamni hisob-kitob qilishda qoplash miqdori tegishli toʻlov topshirigʻida koʻrsatilgan toʻlovlar amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada asosan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Quyidagilar moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchi tashkilot tomonidan hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchi tashkilot taqdim etgan hujjatlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan nomuvofiqlik sabab moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Agentlik bir ish kuni davomida eksport qiluvchi tashkilotga Agentlikning mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan rad etish sabablari, shuningdek, eksport qiluvchi tashkilot koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun topshirish muddati koʻrsatilgan holda asosli xulosani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Eksport qiluvchi tashkilot moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda belgilangan muddatda ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni, shu jumladan rad etishning ilgari koʻrsatilgan sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun Agentlikka topshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agar eksport qiluvchi tashkilot belgilangan muddatda moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, hujjatlar Agentlik tomonidan rad etilgan sabablarni bartaraf etish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Arizani qayta koʻrib chiqishda Agentlik tomonidan rad etishning ilgari yozma ravishda aytilmagan sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Belgilangan muddatdan keyin berilgan hujjatlar yangi topshirilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Eksport qiluvchi tashkilotlar moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, Agentlikning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Eksport qiluvchi tashkilotlarga xarajatlarni qoplash boʻyicha koʻrsatiladigan moliyaviy yordam bilan bogʻliq Agentlikning xarajatlari Agentlik uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy yil davomida tadbirkorlik subyektlarining taqdim etgan arizalariga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan bazaviy smetaga oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Har bir moliyaviy yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq Agentlikning tasdiqlangan smeta boʻyicha buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xorijdagi shartnomalar boʻyicha xarajatlar Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga muvofiq valyutani konversiyalash yoʻli bilan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Moliya yili yakuni boʻyicha Agentlik shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizom qoidalarini buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Agentlikka yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi eksport qiluvchi tashkilotlarga ushbu Nizomga muvofiq moliyaviy yordam koʻrsatish boʻyicha Agentlik faoliyatining samaradorligini monitoring qiladi va har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA

Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Eksport qiluvchi tashkilot

Ariza, buyurtmanoma-anketa va boshqa hujjatlarni tayyorlash va toʻgʻridan toʻgʻri, pochta orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etish, jumladan:

eksport qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan oʻtgan va joriy moliyaviy yildagi xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan moliyaviy yordam berish maqsadlariga mos keladigan shartnomalar (bitimlar), toʻlov hujjatlari va (yoki) bajarilgan ishlar dalolatnomasi nusxalari;

xorijiy mamlakatlardagi koʻrgazma-yarmarkalar, biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda haqiqatda qatnashganlikni tasdiqlovchi kafolat xati;

eksport qiluvchi tashkilotning soliqlar boʻyicha qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

muddati oʻtgan kreditorlik va debitorlik qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ishlab chiqariladigan mahsulotlar boʻyicha taqdimot materiallari, broshyuralar va bukletlar namunalari (koʻrgazma yoki yarmarkada ishtirok etganda);

tovarlar, ishlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning raqobat varaqasi (anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni salohiyatli bozorlarga olib chiqish uchun taqdimotlar
va reklama kampaniyalari oʻtkazishda)
.

Eksport qiluvchi tashkilotning ixtiyoriga
koʻra

2-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Moliyaviy yordam koʻrsatish yoki rad etishni koʻrib chiqadi va bu haqida qaror chiqaradi.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kunidan kechikmasdan

3-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Eksport qiluvchi tashkilotga qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish
kuni mobaynida

4-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy yordam koʻrsatadi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kunidan kechikmasdan

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

‎‎Moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida ariza

______________________________(eksport qiluvchi tashkilotning nomi) _________________________

‎‎(mahsulot nomi)

‎‎ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va _________yildan buyon oʻz

‎‎faoliyatini olib boradi. ‎
‎‎Quyidagilarda moliyaviy yordam koʻrsatishingizni soʻraymiz*:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

standartlar (sertifikatlar) olish

(standart, sertifikat nomi)

taqdimot va reklama kompaniyalari oʻtkazish

(batafsil maʼlumot koʻrsatiladi)

xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish

(batafsil maʼlumot koʻrsatiladi)

vakolatli organlarida

(davlat nomi)

roʻyxatdan oʻtkazish

(mahsulot nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida biznes — seminarlar,

treninglar, savdo missiyalari va biznes — forumlarda ishtirok etish

(tadbirlardan biri, uning nomi va oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi)

xorijiy mamlakatlarda biznes — seminarlar, treninglar, savdo

missiyalari va biznes — forumlarda ishtirok etish

(tadbirlardan biri, uning nomi va oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi)

xorijiy koʻrgazma (yarmarka)da ishtirok etish

(koʻrgazma (yarmarka)ning nomi, oʻtkazish joyi va sanasi)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Bandlardan birini koʻrsatish kerak.
‎‎___________________ rahbari‎

‎‎__________________________

‎(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Buyurtmanoma-anketa

1.

Eksport qiluvchi tashkilotning nomi:

2.

Eksportni qiluvchi korxonaning veb-sayti (agar mavjud boʻlsa):

3.

Eksport qiluvchi tashkilotning tashkil topgan yili:

4.

Joylashgan joyi (pochta manzili):

5.

Shtat (ishchilar soni):

6.

Ishlab chiqarish hajmi (miqdoriy va qiymat jihatdan):

7.

Yillik oborot (mln.soʻm):

8.

Murojaat qiluvchi shaxs (F.I.O., lavozimi):

9.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (tel., E-mail):

10.

Shunga oʻxshash tadbirlarda necha marta va qaysi birida ishtirok etgan
(oxirgi ikki yilda):

11.

Tadbirda namoyish etiladigan mahsulotlarning roʻyxati:

12.

Taqdim etilayotgan mahsulot sertifikatlashni talab qiladimi:

13.

Tashkil etiladigan uchrashuvlarda tashrif buyurganlarning qaysi toifasini (maqsadli auditoriya) koʻrishni xohlaysiz (distribyutyerlar, davlat tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar, konsalting kompaniyalar, assotsiatsiyalar vakillari va boshqalar):

14.

Mahsulotlar eksport �ilinadigan mamlakatlar:

15.

Yillik eksprot hajmi (ming dollarda):

16.

Tadbir oʻtkaziladigan mamlakatda mahsulot sotib oladigan hamkorlar mavjudmi (xorijiy davlatlardagi koʻrgazmalar-yarmarkalar, biznes- seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar doirasida):

17.

Taqdim etilgan mahsulotlarning asosiy raqobat ustunligini san�b bering:

Eksport qiluvchi tashkilot rahbari

Lavozimi_______________________________________
_____________________

F.I.O. ______________________________________________________________

Imzo________________________________________________________________

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/756/3728-son)