09.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3180
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan buyuraman:
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2008-yil 10-noyabrdagi 22-son “Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1879, 2008-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 50-son, 499-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkablik toifalari klassifikatoriga muvofiq murakkablik darajasi;
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab chiqishdagi murakkab sharoitlar uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Qurilishning umumiy qiymatida uskuna qiymatining solishtirma tarkibiga bog‘liq holda qurilishning hisob bahosini aniqlash uchun pasaytiruvchi koeffitsiyentlarning mavjudligi;
L — mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ishchi loyiha qiymatining hisoblash mezoni.
14. Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini shakllantirish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Qurilishning taxminiy qiymatini aniqlashga doir qisqacha tavsiyalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

T/r

Ishlar nomi

Hisoblanadigan qiymat darajasi, qurilish qiymatiga nisbatan % da

Qurilishning joriy narxlardagi qiymati (bazaviy hisoblash miqdorida)

800 baravarigacha

800 baravaridan
1500 baravarigacha

1500 baravaridan
10000 baravarigacha

10000 baravaridan
50000 baravarigacha

50000 baravaridan 200000 baravarigacha

1.

Maxsus yordamchi inshoot, moslamalarga ishchi chizmalarni ishlab chiqish. Konstruksiyalari va ishlarni bajarish usullari o‘ta murakkab bo‘lgan obyektlarni loyihalashdagi moslamalar va qurilmalar

0,7

0,56

0,45

0,36

0,28

2.

Zavodda ishlab chiqarilgan metall konstruksiyalar va texnologik quvur o‘tkazgichlarning mufassal chizmalarini, shuningdek andozasiz va nostandart jihozlarni ishlab chiqishga bo‘lgan konstruktorlik hujjatlarni ishlab chiqish (shu jihozlanishga boshlang‘ich talablarni tuzish bundan mustasno)

Konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishga taalluqli bo‘lgan to‘plamlar bo‘yicha

3.

Qurilish ustidan mualliflik nazorati, loyihalarni ishlanma boshlanishidan amalga tatbiq etilishining oxirigacha olib boriladigan texnikaviy kuzatuvi

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish qiymati doirasida

4.

Loyiha-tadqiqot hujjatlariga ekologik ilova materiallarini ishlab chiqish

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining shu sohaga oid qabul qilgan normativ hujjatlari asosida

5.

Buyurtmachi topshirig‘iga binoan qo‘shimcha ishlarni bajarish:
a) birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni shakllantirish;

Umumiy holda loyihalash tashkilotining ijrochilariga (ishlab chiqarish xodimlariga) to‘lashga rejalashtirilgan mehnat haqi fondidan kelib chiqqan holda mehnat xarajatlariga ko‘ra hisoblanadi (1-izoh)

b) topografiya (geodeziya), geologiya ishlari;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining shu sohaga oid qabul qilgan normativ hujjatlari asosida

v) ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash;

0,7

0,56

0,45

0,36

0,28

g) loyihalash topshirig‘ini shakllantirishga zarur bo‘lgan loyihalashdan oldingi ishlar majmuasi (shu jumladan, qurilish maydonchasi va birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni o‘rganib chiqish, buyurtmachi takliflarini ko‘rib chiqish hamda loyihalash topshirig‘ini tuzish)

0,05

0,04

0,032

0,026

0,021

d) loyihalash vaqtida dastlabki ma’lumot sifatida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-eksperimental amaliy ishlar, ilmiy va ilmiy texnikaviy asoslamalar

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining shu sohaga oid normativ hujjatlari asosida

6.

Texnik ko‘rik va o‘lchov ishlari

Ijrochilariga (ishlab chiqarish xodimlariga) to‘lashga rejalashtirilgan mehnat haqi fondidan kelib chiqqan holda mehnat xarajatlariga ko‘ra hisoblanadi (1-izoh)

2. Mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq qurilishning taxminiy qiymati 510,0 mln. so‘mni tashkil qiladi.
3. Mazkur Nizomning 3-ilovasiga ko‘ra vertikal qatordagi bir-biriga eng yaqin bo‘lgan ikkita ko‘rsatkich interpolatsiya yo‘li bilan loyiha-tadqiqot ishlari qiymatining hisoblash mezoni aniqlanadi.
Mazkur Nizomning 7-ilovasi 5-bandiga muvofiq tegishli hujjatlarni ishlab chiqishga hisoblash mezonini gorizontal qatordagi bir-biriga eng yaqin bo‘lgan ikkita ko‘rsatkich interpolatsiya yo‘li bilan aniqlanadi.