Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT (tavsifi) | |||
Davlat namunasidagi malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun ― qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun ― och kulrang rangda bosib chiqariladi. | |||
| |||
| |||
____________________________________________________________________________________________ | |||
(Mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||
20___ yil ___________________ dan 20 ___ yil ________ gacha | |||
____________________________________________________________________________________________ | |||
(Malaka oshirish kursining nomi) | |||
bo`yicha malakasini oshirdi. | |||
Muhr o`rni | Markaz direktori ______________ | ||
Sana ________________ | |||
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.08.2019 yildagi 663-son
Дата вступления в силу
13.08.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) inson huquqlari masalalari bo‘yicha davlat organlari xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlari va tartibotlarini shakllantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun BMTning ustav va shartnomaviy organlariga inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy ma’ruzalarini, shuningdek, muqobil ma’ruzalarni tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar so‘rovlariga javoblar yuborish yuzasidan o‘quv kurslarini o‘tkazish yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi 2-ilovaga muvofiqtasdiqlansin.
3. Quyidagilar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarining (keyingi o‘rinlarda O‘quv kurslari deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari to‘g‘risida aniq tushunchani shakllantirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish asosida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini o‘rganish;
O‘quv kurslari tinglovchilarida o‘z faoliyatida xalqaro inson huquqlari standartlarini tatbiq etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
davlat boshqaruvining alohida sektorlarida vaziyatni tizimli nazorat filish va monitoring olib borish, inson huquqlari va erkinliklarining tegishli sohasidagi taraqqiyotdan dalolat qiluvchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni aniqlash ko‘nikmalarini o‘rgatish;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha samarali axborot-ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini bajarish sohasida samarali xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning dolzarb masalalari muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni muntazam asosda o‘tkazish.
O‘quv kurslariga o‘quv-metodik rahbarlik qilish va bu kurslar faoliyatini tashkil qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
O‘quv kurslari tinglovchilarining kontingenti va o‘qitish jadvali davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtmanomalari bo‘yicha boshqaruv xodimlari orasidan Markaz tomonidan shakllantiriladi;
O‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida Markaz, yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
O‘quv kurslariga o‘qishga yuborilgan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davrida saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa shaharlik tinglovchilarga turar joyni ijaraga olish va ta’lim olish joyiga bir marta borib kelish bo‘yicha sarflagan yo‘l xarajatlari, sutkalik to‘lovlar ularni yuborayotgan tashkilot tomonidan xizmat safari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan normalar va tartibda qoplanadi;
O‘quv kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish, shu jumladan, o‘quv, tarqatma materiallar va idora ashyolarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va donorlik mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda O‘quv kurslari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
O‘quv kurslarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi va yetakchi amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishini, shuningdek, o‘quv jarayoni o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishini ta’minlasin.
6. Xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019-yil 15-avgustdan boshlab Markaz xodimlari (shu jumladan, yordamchi xodimlar) lavozim maoshiga 50 foiz miqdordagi har oylik ustamalar belgilansin.
Bunda boshqaruv xodimlari va yordamchi xodimlarning har oylik ustamalarini belgilash bo‘yicha qaror belgilangan tartibda Markaz direktori tomonidan qabul qilinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar boshqaruv xodimlaridan iborat mutaxassislarini har yili Markazga yo‘naltirish yo‘li bilan inson huquqlari xalqaro standartlari bo‘yicha professional o‘qitish uchun ularning kasbiy darajasini muntazam oshirishni amaliyotga joriy etsinlar.
Markazning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish, shu jumladan, mini-bosmaxona sotib olish va O‘quv kurslari tashkil etish xarajatlari bilan bog‘liq budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida 2020-yildan boshlab Markaz xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda O‘quv kurslari deb ataladi)ning maqsad va vazifalarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. O‘quv kurslari davlat organlarining boshqaruv xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish masalalari bo‘yicha kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan.
Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida faoliyat olib boruvchi fuqarolik jamiyati institutlari xodimlarini O‘quv kurslarida o‘qitish tavsiyaviy tusga ega.
3. O‘quv kurslari uchun tinglovchilar tarkibini shakllantirish davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtma nomalari asosida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) amalga oshiriladi.
4. Xodimlarni O‘quv kurslarida o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi tashkilotlar deb ataladi) tashabbusi bo‘yicha tashkil qilinadi.
5. O‘quv kurslarining maqsadi inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish bo‘yicha kadrlarning kasbiy bilimlari, mahorat va ko‘nikmalarini muntazam yangilash, BMTning ustav va shartnomaviy organlariga O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini bajarishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari to‘g‘risida aniq tushunchalarni shakllantirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish asosida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini o‘rganish;
O‘quv kurslari tinglovchilarida o‘z faoliyatida xalqaro inson huquqlari standartlarini tatbiq etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
davlat boshqaruvining alohida sektorlarida vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish, inson huquqlari va erkinliklarining tegishli sohasidagi taraqqiyotdan dalolat qiluvchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni aniqlash ko‘nikmalarini o‘rgatish;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha samarali axborot-ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini bajarish sohasida samarali xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning dolzarb masalalari muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni muntazam asosda o‘tkazish.
7. Tinglovchilarning O‘quv kurslarida ta’lim olishi ishdan ajralgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq Markaz tomonidan tashkil qilinadi.
8. O‘quv kurslarida o‘qitish hajmi 36 soatni tashkil etadi. O‘quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv yuklamasining umumiy hajmi inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar talablari, BMTning shartnomaviy organlari va BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy hisoboti bo‘yicha bergan tavsiyalaridan kelib chiqqan holda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi.
9. Buyurtmachi tashkilotlar har yili 20-noyabrgacha bo‘lgan muddatda sanasiga qadar Markazga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Markaz buyurtmachi tashkilotlar bilan birgalikda har yili 1-dekabrgacha O‘quv kurslari tinglovchilarining kontingentini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
10. Tinglovchilar O‘quv kurslariga tasdiqlangan reja-jadval asosida Markaz direktorining buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
11. O‘quv kurslariga o‘qishga yuborilgan tinglovchilarning o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda O‘quv kurslarida malaka oshirish o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning muntazam yangilanishini ta’minlaydi;
malaka oshirish tizimiga ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qiladi.
kadrlar malakasini oshirish qamrovining to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilganligi uchun mas’ul hisoblanadilar;
inson huquqlari bo‘yicha asosiy konvensiyalarning qoidalarini bajarish bo‘yicha milliy ma’ruzalar uchun axborot tayyorlovchi xodimlar orasidan o‘qitish uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydilar va ular kontingentini shakllantiradilar;
nazariy o‘qitishning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini, amaliy mashg‘ulotlar va stajirovkalar o‘tkazilishini ta’minlaydilar;
Markazga statistik, axborot-tahliliy materiallarni, huquqni qo‘llash amaliyoti umumlashmalari va materiallarini taqdim etadilar, axborot-resurs bazasini rivojlantirishga ko‘maklashadilar.
14. O‘quv kurslari inson huquqlari sohasidagi dolzarb muammolar inobatga olingan holda tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
O‘quv dasturlari har yili inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida takomillashtiriladi.
16. Mashg‘ulotlar asosan interaktiv shaklda, shu jumladan, “aqliy hujumlar”, “keys stadi”, “jamoa bo‘lib ishlash”, “davra suhbatlari” hamda bilimlar va ko‘nikmalar berishning boshqa zamonaviy shakllarida o‘tkaziladi.
O‘quv kurslari tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza asosida masofadan o‘qitish usullari qo‘llanilgan holda tashkil qilinishi ham mumkin.
17. Barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlarining davomiyligi 80 daqiqani tashkil etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus ― kamida 10 daqiqadan iborat bo‘ladi.
18. Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni tinglovchilarining soni, qoidga ko‘ra, guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda kamida 15 ― 20 kishidan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi. Mashg‘ulotlar tinglovchilarning qaysi tilni afzal ko‘rishlariga bog‘liq holda davlat tilida va rus tilida ham olib boriladi.
19. Uzrli sabablar bilan (hujjatlar asosida tasdiqlangan kasallik yoki boshqa sabablar) o‘qishni davom ettira olmaydigan tinglovchilar o‘z arizasiga ko‘ra tinglovchilar safidan chiqariladi.
Kurslar tinglovchilari uzrsiz sabablar bilan 12 soatdan ko‘p hajmdagi mashg‘ulotlarda qatnashmaganligi uchun tinglovchilar safidan chiqariladi. Kursdan chiqarilgan tinglovchilar kursni o‘tmagan hisoblanadi.
20. Kursga kelmaganligining xolisona sabablari bo‘lganda tinglovchi keyingi guruhlarda kursni o‘tish jadvaliga kiritiladi.
21. O‘quv kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazishga shartnoma asosida yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining hodimlari, xorijiy mutaxassislar va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilinadi.
22. Kurslar tinglovchilarining bilimi suhbat (test sinovi) asosida baholanadi. O‘quv kurslari tinglovchilarining bilimini baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun inson huquqlari sohasidagi yetakchi mutaxassislar orasidan kamida 3 ― 5 kishidan iborat komissiya shakllantiriladi.
23. Bilimlarni baholash jarayoniga uzrli sabab bilan ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
24. O‘qitish ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Suhbatdan (test sinovidan) o‘tmagan tinglovchilarga malaka oshirish o‘quv dasturini o‘zlashtirmagan shaxslar uchun ma’lumotnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, kurslar tinglovchilari uchun o‘quv, tarqatma materiallar va idora anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va donorlik mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Davlat organlari xodimlarini O‘quv kurslarida o‘qitish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar vakillarini O‘quv kurslarida o‘qitish xarajatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Asosiy ish joyidan ajralgan holda boshqa hududlardan o‘qishga yuborilgan shaxslarning ta’lim olish joyiga bir marta borib-kelish xarajatlari, xizmat safari xarajatlari buyurtmachi tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
27. O‘quv kurslarida ta’lim olish to‘lovi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz tomonidan belgilanadi.