17.07.2019 yildagi 599-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotdan erkin foydalanishning zamonaviy va shaffof mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2019-yil 1-avgustdan boshlab joylarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishni hamda ushbu qaror talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 17-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
599-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 599-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishning shaffof mexanizmini yaratish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha tarqatilmasdan turgan yerlar — qishloq xoʻjaligi maqsadiga moʻljallangan, fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari hamda boshqa yuridik shaxslarga vaqtincha tarqatilmagan (zaxira yerlar) sugʻoriladigan yoki lalmikor ekin yerlar, bogʻzorlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa koʻp yillik mevali daraxtzorlar, boʻz yerlar, pichanzorlar, yaylovlar egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlar — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq bonitirovkasi — qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻrtacha agrotexnika darajasida tuproqning sifatini va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligini 100 ballik shkala boʻyicha qiyosiy baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agroplatforma” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tarkibiga kiruvchi hamda paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni ajratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga moʻljallangan yerlar. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, boʻz yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boʻlinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari — qishloq xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari hamda boshqa subyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq elektron xaritasi — qishloq xoʻjaligi geoportali.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdgai 330-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yer kadastriga doir axborot Oʻzbekiston Respublikasining davlat axborot resursi hisoblanadi va undan tegishli vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun moʻljallanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yer kadastriga doir axborotlar oʻzining shakliga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq yer kadastriga doir axborot.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborotga qishloq xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga ajratilgan yer uchastkasiga oid axborot kiradi, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari toʻgʻrisidagi shaxsiy identifikatsiyasiz maʼlumotlar bundan mustasno, ushbu axborotdan vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar foydalanadilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ochiq yer kadastriga doir axborotga bugungi kunda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan tartibda vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi axborot kiradi va ushbu axborotdan vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yer kadastriga doir axborotni shakllantirish va yangilab borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar yer kadastriga doir axborot shakllantirilishi uchun masʼul hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi (yer uchastkasi chegaralari boʻyicha) hududiy boʻlinmalari;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Suv xoʻjaligi organlari deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Qishloq xoʻjaligi organlari deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari (keyingi oʻrinlarda fermerlar kengashlari deb ataladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yer kadastriga doir axborotni “Agroplatforma” axborot tizimi boʻyicha shakllantirish, yangilab borish va undan foydalanish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yer kadastriga doir axborotda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining yerdan foydalanuvchilari boʻyicha nomi, xoʻjalik va huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, maydoni, yer toifalari va turlari;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) suv xoʻjaligi organlari tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik darajasi, shu jumladan, ularning manbai, yil mavsumlari boʻyicha suv bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari;

sugʻorish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos orqali yetkazib berish usuli), ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, tomchilatib sugʻorishning joriy qilinganligi;

tuproqning meliorativ holati, yer osti suvlarining satxi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shoʻrlanganlik darajasini pasaytirish boʻyicha joriy yil va kelajakka moʻljallangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

sugʻorish tarmoqlari va inshootlarini, nasos stansiyalarini kapital va joriy taʼmirlash dasturlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qishloq xoʻjaligi organlari tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ekilishi belgilangan (ekinlarni joylashtirish rejasi, jumladan, asosiy, takroriy, oraliq va qator orasi) qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari boʻyicha, shu jumladan, urugʻlik ekinlari turlari;

mavjud bogʻlar, tokzor, tutzorlar va boshqa mevali daraxtzorlarning holati (intensiv usulda ekilgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud chorva mollari va parrandalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (turi, bosh soni, yoʻnalishi va ixtisoslashuvi), shuningdek, baliqchilik va asalarichilik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha imkoniyatlar (qaysi yoʻnalishdagi qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini tashkil etish taklifi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) fermerlar kengashi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari yoʻnalishi (ixtisosligi), shu jumladan, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari;

faoliyat yuritayotgan, shu jumladan, zarar bilan faoliyat yuritayotgan past rentabelli hamda oʻz faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanib yuqori rentabellik darajasiga erishgan fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Qishloq xoʻjaligi vazirligining Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan:
(9-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning unumdorligi (ball boniteti) va sifat xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdgai 330-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yer kadastriga doir axborot qishloq xoʻjaligi geoportaliga doimiy ravishda kiritilib va yangilanib boriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Taqdim etilgan yer kadastriga doir axborot yagona elektron axborot markazi tomonidan umumlashtirilgan holda uch ish kuni mobaynida vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytiga kiritish uchun elektron shaklda taqdim etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) lar hokimliklariga axborotlar yagona elektron axborot markazidan yer kadastriga doir yangi axborot tushganidan soʻng uch ish kuni davomida oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

yer kadastriga doir axborotdan ushbu Nizomga ilovada keltirib oʻtilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq yer kadastriga doir axborotdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat sirlari hisoblangan yer kadastriga doir axborotni shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonunida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi shart, bunda:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot maxfiylik darajasi boʻyicha shakllantirilgan, yer kadastriga doir ochiq axborotdan foydalanish yuqori darajada yengillashtirilgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot toʻliq va ishonchli tayyorlanishi, yer uchastkasining hozirgi holati aks ettirilishi, axborot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga mos boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yer kadastriga doir axborotdan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yer kadastriga doir axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu Nizomga ilovada keltirib oʻtilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etishda, qishloq xoʻjaligidagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqishda, qishloq xoʻjaligiga ilgʻor agrotexnologiyalarni, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda, yer hisobotini va davlat kadastrlari yagona tizimini shakllantirishda, qishloq xoʻjalik ekinlari va mevazorlar maydonlarida koʻchatlarning toʻliq ekilishi monitoringni olib borishda, qishloq xoʻjalik ekin maydonlarida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etishda, parvarishlanayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari va mevazorlardan dastlabki kutilayotgan hosilni chamalashda, yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilishda, xoʻjalik faoliyatiga baho berishda, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini tahlil qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etishda, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha davlat, tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muomalaga kiritish, yerlardan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ushbu yerlar qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan tartibda berilishini tashkil etishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerlardan foydalanish boʻyicha imkoniyatlarni oʻrganish, ushbu yerlarda paxta-gʻallachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va boshqa yoʻnalishdagi qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining joylashgan joyi, unga olib keladigan yoʻllar, yer turlari (sugʻoriladigan, lalmikor yerlar, haydaladigan yerlar, boʻz yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali dov-daraxtlar) maydoni toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning unumdorligi (ball bonitet) va shoʻrlanganligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, shu jumladan, uning manbai, yil mavsumlari boʻyicha suv bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari, sugʻorish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos usuli), tuproqning meliorativ holati, yer osti suvlarining sathi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Nizom talablari buzilganligida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer kadastriga doir axborotni shakllantirish, yangilab borish va foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Yer kadastriga oid axborotni qishloq xoʻjaligi geoportali orqali shakllantirish va yangilab borish

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari

yer uchastkasining yerdan foydalanuvchilari boʻyicha nomi, xoʻjalik va huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari va turlari;

tuproqning unumdorligi (ball boniteti), sifat xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik darajasi, shu jumladan, ularning manbai, yil mavsumlari boʻyicha suv bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari;

sugʻorish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos orqali yetkazib berish usuli), ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, tomchilatib sugʻorishning joriy qilinganligi;

tuproqlarning meliorativ holati, yer osti suvlarining satxi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati;

sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shoʻrlanganlik darajasini pasaytirish boʻyicha joriy yil va kelajakka moʻljallangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

sugʻorish tarmoqlari va inshootlarini, nasos stansiyalarini kapital va joriy taʼmirlash dasturlari.

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ekilishi belgilangan (ekinlarni joylashtirish rejasi, jumladan, asosiy, takroriy, oraliq va qator orasi) qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari boʻyicha, shu jumladan, urugʻlik ekinlari turlari;

mavjud bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa mevali daraxtzorlarning holati (intensiv usulda ekilgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar);

mavjud chorva mollari va parrandalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (turi, bosh soni, yoʻnalishi va ixtisoslashuvi), shuningdek, baliqchilik va asalarichilik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha imkoniyatlar (qaysi yoʻnalishdagi qishloq xoʻjaligi korxonalari, tashkilotlar va muassasalar tashkil etish taklifi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

fermer xoʻjaliklari yoʻnalishi (ixtisosligi), shu jumladan, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari;

faoliyat yuritayotgan, shu jumladan, zarar bilan faoliyat yuritayotgan past rentabelli hamda oʻz faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanib yuqori rentabellik darajasiga erishgan fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Doimiy har chorakda birinchi oyning 5 sanasiga yangilab boriladi

2-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Yer kadastriga doir axborotni umumlashtiradi va vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga elektron shaklda taqdim etib boradi.

Har chorakda birinchi oyning 5-kunigacha yangilab boriladi

3-bosqich

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy veb-saytlari

Yer kadastriga doir axborot tushganidan soʻng oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi, bunda: foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborot, ochiq yer kadastriga doir axborotdan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning, shuningdek, ochiq yer kadastriga doir axborotdan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi imkoniyatini yaratadi.

3 ish kuni mobaynida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Yer kadastriga oid axborotlardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2019-y., 09/19/599/3444-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son; 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)