18.06.2019 yildagi 510-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligida tuproqning agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, ekin yerlarida tuproqning unumdorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ilmiy talabini aniqlash uchun agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish, mineral oʻgʻitlardan tuproqning holati va ekin turiga muvofiq konturlar kesimida tabaqalashtirib foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qaroriga muvofiq 2022-yildan boshlab sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari tuprogʻini har yili umumiy maydonning kamida 25 foizi hisobidan kelib chiqib tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi yerlarining ball bonitetini, har bir dala konturi boʻyicha tuproq tarkibi, ozuqa elementlari, fosfor va kaliy bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va ular asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarida qoʻllanadigan organik va mineral oʻgʻitlarning yillik meʼyorlariga tegishli tuzatishlar kiritish, shuningdek, organik va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha elektron kartogrammalarni tuzish, agrokimyoviy maʼlumotlar bazasini zamonaviy geografik axborot tizimi texnologiyalaridan keng foydalangan holda yaratish, ularning davriy oʻzgarishlarini tahlil qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dala sharoitida tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan namunalar olib, ularning tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdorini tahlil qilish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdori koʻrsatilgan guvohnomalar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv va oʻsimlik tarkibidagi mineral va organik oʻgʻitlarning kimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun maxsus zamonaviy statsionar va koʻchma laboratoriyalarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili oʻrganilgan viloyatlarning (tumanlar) sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha tegishli xulosa va tavsiyalarni tayyorlash hamda mahalliy hokimliklarga mineral va organik oʻgʻitlardan toʻgʻri va oqilona foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan suv va oʻsimlik tarkibidagi mineral va organik oʻgʻitlarning kimyoviy tahlilini oʻtkazish imkonini beruvchi maxsus zamonaviy statsionar va koʻchma laboratoriyalar tashkil etilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining “Tuproq bonitirovkasi” shuʼba korxonasi negizida “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda Markazning ustavi va tuzilmasini tasdiqlasin hamda uning faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish balansini shakllantirishda tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik holati va ilmiy asoslangan ehtiyoji inobatga olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy asoslangan ehtiyojga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun ajratilgan mineral oʻgʻitlar tabaqalashtirilgan holda joylarga yetkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish, turli qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun zamonaviy smart (aqlli) oʻgʻitlash tizimini yaratish, agrokimyoviy uslubiy koʻrsatmalarni takomillashtirish, xorijiy davlatlarning mineral oʻgʻitlarni samarali qoʻllash texnologiyalari va tajribalarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ilmiy-texnik davlat granti loyihalarini moliyalashtirib borish vazifasi yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida oʻtkazilgan tuproqning agrokimyoviy tahlillari natijalari, shuningdek, tuproq unumdorligi pasayishiga yoʻl qoʻygan yerdan foydalanuvchilar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlarni umumlashtirib borsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 18-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
510-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 510-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligi ekin yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrokimyoviy tahlil — tuproq tarkibidagi oʻsimlik uchun zarur ozuqa elementlarining harakatchan shakllari (harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy) va gumus miqdorini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrokimyoviy kartogramma — tuproqdagi oʻsimlik oʻzlashtira oladigan ozuqa elementlari — harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy va gumus bilan taʼminlanganlik darajasini koʻrsatib beradigan, ranglar bilan ajratiladigan kartogramma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning agrokimyoviy tahlili davriyligi — navbatdagi tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish oraligʻigacha boʻlgan davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aralash namuna — oddiy maydonchaning bir necha nuqtalaridan olingan alohida tuproq namunalarining aralashmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oddiy maydoncha — bitta aralash namuna bilan tavsiflanadigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi — davlat yer kadastri hujjatlarida aniq chegaraga ega boʻlgan maydon, joylashgan oʻrni, huquqiy maqomi va boshqa tavsiflari koʻrsatilgan yer fondining qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gumus — tuproqning oʻsimlik va hayvonot qoldiqlari asosida kechadigan biokimyoviy reaksiyalar natijasida hosil boʻladigan murakkab tarkibli oʻziga xos organik qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari — sugʻorma dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq — yer yuzasining tabiiy yoki antropogen omillar taʼsiri natijasida shakllanadigan, oʻsimliklarning yashashi uchun zarur unumdorlik xususiyatlariga ega bir nechta qatlamdan iborat boʻlgan ustki qismi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq tahlili — tuproq tarkibidagi gumus va ozuqa elementlari miqdorini aniqlashning kimyoviy usullari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuproqning agrokimyoviy tahlili maʼlumotlari va shu asosda tuzilgan agrokimyoviy kartogrammalar sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida mineral va organik oʻgʻitlardan tuproqning gumus va ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasini hisobga olib, tabaqalashtirgan holda foydalanish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalaridan quyidagilarda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiyalar va ilmiy asoslangan oʻgʻitlash tizimini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer fondidan joriy va koʻp yillik foydalanishni rejalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tuproqning agrokimyoviy tahlili huquqiy holati tegishli hujjat (vakolatli organning qarori) asosida belgilangan yoki tumanning yer kadastri daftarida tegishli yozuv bilan qayd etilgan barcha sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishda ilmiy-uslubiy rahbarlik Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish tartibi ilovadagi sxemaga muvofiq olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish ishlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish oʻtkazuvchisi — Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish rejalarini tuzishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat hokimliklarini tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish rejasidan xabardor qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqishi va yerdan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzishi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish dasturini tasdiqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish muddatini hamda nazorat qilish tizimini belgilashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning agrokimyoviy tahlili yakuniy maʼlumotlarini qabul qilish, koʻrib chiqish va uning natijalarini elektron axborot tizimiga kiritishi lozim.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tuproqning haydalma qatlamidagi gumus, harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy miqdori davriy ravishda olib boriladigan tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqning agrokimyoviy tahlili sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun har toʻrt yilda va davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xoʻjaliklari uchun har ikki yilda oʻtkaziladi. Yerdan foydalanuvchilarning talabiga koʻra, tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish muddati qisqartirilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan ushbu ishlarni oʻtkazish uchun tegishli shartnomani tuzadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish rejasida har yili bajariladigan ishlarning yer turlari boʻyicha hajmi, kimyoviy tahlil qilinadigan tuproq namunalarining soni, ularni bajarish uslublari belgilangan holda koʻrsatiladi. Maʼmuriy tumanlar boʻyicha ishlarni bajarish navbati aniqlanadi. Maʼmuriy tumanlar tuproqlarining agrokimyoviy tahlili bir dala mavsumida bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tahlillar oʻtkazilishi rejalashtirilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproq maydonlari ushbu ishlarni bajarish rejalashtirilgan yildan oldingi yil 1-yanvar holatidagi yer hisoboti boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun ekspeditsiya dala guruhlari tashkil qilinadi, guruh tarkibi va mutaxassislar soni bajariladigan ishlar hajmi va xususiyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi tashkilot rahbari bajariladigan ishlarni rejalashtirish, tashkil etish, ish sifati va shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilish boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha dala ishlarini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Dala ishlarini bajarishga kirishish arafasida mutaxassislar kerakli anjomlar, asbob-uskunalar bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mutaxassis tumanga kelgandan soʻng oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalarni qoʻllash, agrotexnik tadbirlar, oʻtkazilgan meliorativ ishlar, oxirgi 3-5 yilda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi toʻgʻrisidagi va boshqa kerakli maʼlumotlarni yigʻadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tuproqshunos-agrokimyogar pasportlashtiriladigan uchastkalar (alohida ishlov beriluvchi yoki ish maydonlari) sxemasini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qishloq xoʻjalik ekinlariga mineral oʻgʻitlar kiritilgan dalalardan birlashtirilgan tuproq namunalarini olish ishlari mineral oʻgʻit kiritilgandan 45 kundan keyin amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Faqat organik oʻgʻitlar qoʻllaniladigan dalalardan birlashtirilgan tuproq namunalari ekinlarning butun vegetatsiya davrida olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish tarhi tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishda, yer uchastkasi konturlari chegarasi va ishchi maydonchalar chegaralarini tushirishda asos boʻlib xizmat qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun birlashtirilgan tuproq namunalarini olish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Birlashtirilgan tuproq namunalarini olish konvert yoki marshrut yoʻnalishi usuli bilan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Birlashtirilgan tuproq namunalari oddiy maydonchadan olinadi. Har bir oddiy maydonchadan bitta birlashtirilgan tuproq namunasi olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish tuproqning xilma-xilligi va relyefining joylashuviga muvofiq tanlanadi. Bunda, sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida oddiy maydoncha kattaligi 5 gektarni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mevali bogʻ va uzumzorlar kvartallarga boʻlingandan keyin har bir kvartal oddiy maydoncha hisoblanadi. Odatda, kvartal kattaligi 4,5 — 5 gektarni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishda tuproqning unumdorlik va agrokimyoviy koʻrsatkichlarini belgilovchi tarkibi quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chirindi (gumus);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) harakatchan fosfor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) almashuvchan kaliy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari boʻyicha agrokimyoviy kartogrammalar ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari xoʻjalik, tuman, viloyat va respublika miqyosida umumlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun agrokimyoviy kartogrammalar tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijasida aniqlangan barcha koʻrsatkichlar boʻyicha xoʻjalikning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun agrokimyoviy kartogrammalar tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mualliflik kartogrammasining asl nusxasi (originali) xoʻjalikda dala masshtabida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazgan mutaxassislar tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oddiy maydonchalar tuproqning agrokimyoviy koʻrsatkichlari boʻyicha amaldagi agrokimyoviy guruhlash gradatsiyalarini eʼtiborga olgan holda ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik guruhlariga birlashtiriladi. Gradatsiyalarni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Viloyat va tumanlarning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun agrokimyoviy kartogrammalar va dala pasportlarini tuzishda foydalaniladigan barcha materiallarning bir nusxasi tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun tayinlangan tashkilotlarning arxivida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tuproqning umumlashtirilgan agrokimyoviy tavsifi koʻrsatkichlari turli usullar: oʻsimliklar ozuqa elementlari miqdorining oʻrtacha qiymatini aniqlash yoʻli bilan yoki aniqlanadigan elementlarning miqdorlari boʻyicha farq qiladigan maydonlar nisbatini aniqlash yoʻli bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklar ozuqa elementlari miqdorining oʻrtacha qiymatini aniqlash yoʻli quyidagicha amalga oshiriladi: alohida xoʻjaliklarning agrokimyoviy kartogrammalari va analitik vedomostlari asosida fermer xoʻjaligi yoki massiv hududi uchun aniqlanadigan koʻrsatkichlarning oʻrtacha qiymatini hisoblash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda a1 ....an — ozuqa elementlari miqdori boʻyicha tegishli guruhga kiruvchi tuproq maydoni yoki ushbu maydonning tadqiq qilingan umumiy maydondan foizdagi ulushi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
x1....xn — har bir guruhdagi koʻrsatkichlarning oʻrtacha qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqdagi ozuqa elementlari miqdori bilan farqlanuvchi maydonlar nisbatlarini aniqlashda qishloq xoʻjaligi yer maydonlari turli nisbatlarga ega 5-6 ta guruhga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini yakuniy vedomostini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tuproqning agrokimyoviy tahlili koʻrsatkichlarining turli parametrlari boʻyicha maydonlar taqsimlanishining yakuniy vedomosti maydonlar hisoblanishi nazarda tutilgan barcha yer turlari boʻyicha fermer xoʻjaliklari va massivlar uchun tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Hisob-kitoblar natijalari agrokimyoviy kartogrammaning eksplikatsiyasiga va ozuqa elementlari miqdorlarini saqlovchi maydonlar toʻgʻrisidagi hisobotlar yakuniy vedomostga yoziladi. Bu vedomostlar tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha tushuntirish xatlarida keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi tashkilotlarda tahlil natijalarini tizimlashtirish maqsadida tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari kartotekasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari kartochkasi kartotekaning asosini tashkil etadi. Kartotekalar maʼmuriy tumanlar boʻyicha guruhlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari yerdan foydalanuvchilarga yuk xatlari orqali topshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni koʻrib chiqish yuzasidan har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining oʻrinbosari (rais), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (rais oʻrinbosari), Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimi boshligʻi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi kiritiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tuman komissiyasi tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni uni topshirilgan kunidan boshlab 10 kun muddat ichida koʻrib chiqadi va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun tuman hokimining qarori bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I-bosqich

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi

Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish rejalarini tuzadi;

har yili yanvar oyida

tuman hokimliklarini tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish rejasidan xabardor qiladi;

har yili yanvar oyida

tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va yerdan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzadi;

har yili I chorakda

(ish bajarishdan oldin)

tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish dasturini tasdiqlaydi;

har yili I chorakda

tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish muddatini hamda nazorat qilish tizimini belgilaydi;

har yili yanvar-fevral oylarida tayyor boʻlishiga koʻra

tuproqning agrokimyoviy tahlili yakuniy maʼlumotlarini qabul qiladi, koʻrib chiqadi va uning natijalarini elektron axborot tizimiga kiritadi.

II-bosqich

Tuman hokimliklari

Tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli farmoyishni qabul qiladi;

Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallarni tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchisiga taqdim etadi.

tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlari bajarilishi toʻgʻrisida xabarnoma olingandan soʻng 3 kun muddatda

III-bosqich

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi

Tuproqning haydalma qatlamidagi gumus, harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy miqdorini davriy ravishda olib boriladigan tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari asosida aniqlaydi.

davriy ravishda

Tuproqning agrokimyoviy tahlili:

sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun har toʻrt yilda;

har toʻrt yilda

davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xoʻjaliklari uchun har ikki yilda oʻtkaziladi.

har ikki yilda

IV-bosqich

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti,Respublika agrokimyoviy tahlil markazi

Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari yerdan foydalanuvchilarga yuk xatlari orqali topshiriladi.

Shartnomada koʻrsatilgan muddatda

V-bosqich

Tuman hokimligi, tuman ishchi komissiyasi

Tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni koʻrib chiqish yuzasidan har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining oʻrinbosari (rais), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (rais oʻrinbosari), Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimi boshligʻi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi kiritiladi.

Tuman komissiyasi tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni uni topshirilgan kunidan boshlab 10 kun muddat ichida koʻrib chiqadi va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun tuman hokimining qarori bilan tasdiqlaydi.

Yakuniy maʼlumotlar topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 510-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Masʼullar

Qishloq xoʻjaligida tuproqning agrokimyoviy tadqiqot ishlarini takomillashtirish

1.

Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish hamda kartogrammalarini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish.

2019-yil

iyul

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Namangan viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2019-yil

iyul ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari

3.

Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2020-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari

4.

Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2021-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

5.

Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2022-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qoʻ�itasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

6.

Toshkent va Samarqand viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2023-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklari

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish

7.

Eksportga chiqariladigan barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (meva, sabzavot, poliz va boshqalar) tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari boʻyicha tahlil xulosalarini olish maqsadida laboratoriyalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2019-yil

iyul-avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ

8.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash maqsadida dala sharoitida namunalar olib, laboratoriya tahlillari asosida xulosalar berish tizimini joriy etish.

2019-yil

sentyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ,
“Oʻzstandart” agentligi

9.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining pishib yetilishi davrida omborga kiritishdan, savdoga chiqarishdan va qayta ishlashdan oldin mahsulotlar tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazish va tegishli xulosalar berish.

doimiy

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,
fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi klasterlari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining normativ hosildorligini belgilash

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini normativ hosildorligini amaldagi tartibga asosan tuproqlar oʻrtacha bonitet bali bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos normativ hosildorlikning yigʻindisi sifatida hisoblab chiqish.

har yili

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazi�lar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 09/19/510/3307-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son; 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)