1-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Ipotekani qayta moliyalashtirish boʻyicha kompaniya tuzish va uning faoliyatini tashkil qilish |
||||
|
1. |
Aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) faoliyatini tashkil qilish choralarini koʻrish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-yil 1-avgustgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
2. |
Kompaniyaning ichki siyosati va hujjatlarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda yordam koʻrsatish. |
Kompaniyaning ichki hujjatlari |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
3. |
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmini koʻzda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni |
2019-yil 1-avgustgacha |
Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
4. |
Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari ishtirokida Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-noyabrgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
5. |
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan ular uchun iqtisodiy va boshqa majburiy normalarni (kapital yetarliligi, likvidlik va boshqalar boʻyicha talablar) belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Markaziy bank (Nurmuratov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
II. Ipoteka krediti bozorini va ushbu sohaning moliyaviy vositalarini rivojlantirish |
||||
|
6. |
Ipoteka qimmatli qogʻozlarini chiqarish, emissiya qilish, taqdim etish va muomalasida yuzaga keluvchi munosabatlarni, shuningdek, qayd etilgan ipoteka qimmatli qogʻozlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish qoidalarini tartibga soluvchi “Ipoteka qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni |
2020-yil 1-yanvargacha |
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
|
7. |
Garov shartnomasi va garov xati boʻyicha huquqlarni rasmiylashtirish, roʻyxatga olish va boshqaga berish, shuningdek, ijobiy jahon amaliyotini hisobga olgan holda garovga qoʻyilgan mulkni undiruvga qaratish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni |
2020-yil 1-yanvargacha |
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (Abdullayev) |
|
8. |
Qimmatli qogʻoz chiqaruvchining oʻz kapitali doirasida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish cheklovlarini bekor qilishni nazarda tutgan holda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarish tartibini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar |
2019-yil 1-avgustgacha |
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
|
9. |
Yetakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda ipoteka krediti sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019 — 2021-yillar davomida |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
10. |
Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri va garov reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar |
2019-yil 1-sentabrgacha |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (Abdullayev), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
11. |
Institutsional investor (pensiya jamgʻarmalari, sugʻurta kompaniyalari va boshqalar) tomonidan qimmatli qarz qogʻozlariga, shu jumladan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga qoʻyilmalar tartibini boshqarishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar |
2020-yil 1-iyungacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov) |
|
12. |
Seriyali obligatsiyalar chiqarilishini oldindan roʻyxatga olish tartibini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil 1-iyungacha |
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov) |
|
III. Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish |
||||
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uni malakali kadrlar bilan toʻldirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-iyulgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov) |
|
14. |
Bank yoki boshqa qonun bilan himoyalangan maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlaydigan, konsolidatsiyalashgan qarz oluvchilar, ipoteka kreditlarining soni, turi, hajmi, garovga qoʻyilgan mulkning narxi, kreditlar qiymati, kredit qarzlari toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ipoteka bozorining yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil 1-dekabrgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
15. |
Aholiga qulay shaklda quyidagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portalni ishlab chiqish: ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar toʻlash tartibi; uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, ular tomonidan qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni va joylashuvi; ipoteka krediti olish mumkin boʻlgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-yanvargacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Markaziy bank(Nurmuratov) |
|
16. |
Xalqaro amaliyot va umumqabul qilingan standartlarga muvofiq ipoteka bozori holati boʻyicha toʻliq maʼlumotni aks ettiruvchi yangicha hisobot shakllarini ishlab chiqish va joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2019-yil 1-avgustgacha |
Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
|
17. |
Quyidagilar boʻyicha yangi yondashuvni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish: uy xoʻjaliklari va uy-joy sektori daromadlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni yigʻish va tarqatish; uy xoʻjaliklari daromadlarini tegishli kichik toifalar kesimida, shuningdek, joriy uy-joy sharoitlari va aholi turmush darajasining boshqa jihatlaridan kelib chiqib taqsimlash; yangi va mavjud koʻp kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari narxlari boʻyichamaʼlumotlarni yigʻish va tarqatish hamda ilgʻor xalqaro amaliyotga muvofiq uy-joy narxlari indeksini ishlab chiqish. |
Idoraviy hujjat |
2020-yil 1-yanvargacha |
Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov) |
|
18. |
Yuridik shaxslarning arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashishi uchun malakaviy talablarni ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil 1-oktabrgacha |
Qurilish vazirligi (Toʻxtayev), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
|
19. |
Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarining ijrosi samaradorligini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish, shuningdek, ularni unifikatsiya va konsolidatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish: aholining keng qatlamlari uchun uy-joylar va kvartiralarni xarid qilish imkoniyatlarini oshirish maqsadida kredit ajratish shartlarini qayta koʻrib chiqish; qurilish hajmlarini optimallashtirgan holda namunaviy loyihalar asosida mavjud ipoteka krediti dasturlarini amalga oshirishni bosqichma-bosqich yakunlash; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-avgustgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi(Begalov), Qurilish vazirligi(Tuxtayev) |
|
20. |
Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida jismoniy shaxslarga uy-joy va kvartiralarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditini berish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2019-yil 1-avgustgacha |
Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) |
|
21. |
Tijorat banklarining kreditlarini jalb qilgan holda qurilgan shaxsiy uy-joylar va koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarning aholiga sotilmagan qismini inventarizatsiya qilish va ulardan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-sentabrgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank(Nurmuratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
22. |
“Qishloq qurilish invest” IK va “Oʻzshahar qurilish invest” MChJ faoliyati samaradorligini oʻrganish va uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada kuchaytirish boʻyicha taklif kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) |
2-ILOVA