03.05.2019 yildagi PQ-4307-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, jahonda gʻoyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, maʼnaviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot gʻoyalar taʼsiriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qoʻshilib qolish holatlari hamon uchramoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, maʼnaviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika kengashi deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi oʻrtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va sogʻlomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, “mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda uzluksiz maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yoʻnalishlari, taʼsirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik gʻoyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targʻibot ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ijtimoiy-maʼnaviy hayotida bunyodkorlik gʻoyalarini kuchaytirish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) raislari oʻn kun muddatda hududiy kengashlar tarkibini qayta tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika kengashining yigʻilishi bir yilda bir marta Respublika kengashi raisi, boshqa vaqtlarda esa zaruratga qarab Respublika kengashi raisining oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy kengashlarning yigʻilishlari hududiy kengashlar raislari tomonidan har yarim yilda bir marta oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Respublika kengashining, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagogikaning ilgʻor yutuqlaridan samarali foydalanish shakllari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviy tarbiyani shakllantirishda oila, taʼlim muassasalari, mahalla, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar oʻrtasida samarali hamkorlikni oʻrnatish mexanizmlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borishni nazarda tutuvchi uzluksiz maʼnaviy tarbiya tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviy tarbiyani shakllantirishning homiladorlik davridan boshlanishi va tarbiyaning har bir bosqichdagi oʻziga xos xususiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sogʻlomlashtirish metodikasi loyihasini ishlab chiqsin va Respublika kengashiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini xonadonma-xonadon yurib aniqlash, tizimli monitoring va tahlil qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish shakllari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahlil natijalarini “mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit xaritasida aks ettirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va manzilli targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishga doir tavsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan innovatsion metodlarni yaratish, ilmiy-amaliy dasturlarni amaliyotga joriy etish mexanizmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Markazning hududiy boʻlim va boʻlinmalari xodimlari, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun masʼul xodimlarini Markaz huzuridagi “Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasida tizimli ravishda oʻqitish amaliyotini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Madaniyat va maʼrifat” telekanalini Markaz, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari faoliyatini yoritish masalalari boʻyicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan maqolalar, tok-shoular, ijtimoiy roliklar, koʻrsatuvlar, publitsistik chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Markaz, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishdagi, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishdagi samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga topshiriladigan “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markaz huzurida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti shaklida taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati faoliyatini davlat subsidiyasi shaklida qoʻllab-quvvatlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uchun 2019-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga — Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari F.Sh. Maxmudovga — Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning toʻliq amalga oshirilishi, keyingi yillar uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlar dasturlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishining tashkil etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalar ijrosining toʻgʻri tashkil etilishi hamda tadbirlarning muddatida va toʻliq bajarilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvahitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 3-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4307-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Konsepsiya loyihasi

2019-yil iyul

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova)

2.

Oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish, uning manzilliligi, tizimliligi va taʼsirchanligini taʼminlash, targʻibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sogʻlomlashtirish metodikasini ishlab chiqish hamda Respublika kengashiga kiritish.

Metodika

2019-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), “Mahalla” jamoat fondi (Sh. Javlonov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova)

3.

“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi
(J. Qoʻchqorov)

II. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbirlari

4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari ishtirokida kelishilgan reja asosida “Maʼnaviyat festivali”ni oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng aholi vakillariga yetkazishga qaratilgan turkum targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamoat fondi
(Sh. Javlonov)

6.

Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targʻibot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash.

Tarqatma materiallar, risolalar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati

7.

Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga taʼsirini oʻrganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuygʻusi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi oʻrtasida sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash.

Soʻrovlar, tadqiqotlar va tahlillar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati

8.

Oʻzining samarali mehnati, vatanparvarligi, jismoniy va intellektual salohiyati bilan turli sohalarda katta muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Men shu yurt farzandiman” ruknida turkum koʻrsatuvlar tashkil etish.

Media reja

2019-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

9.

Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda rahbar xodimlarning tutgan oʻrni, ularning maʼnaviy-axloqiy sifatlarining aholi kayfiyatiga taʼsirini yoritish maqsadida:

“Rahbar maʼnaviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati” mavzularida seminar-trening va erkin muloqotlar tashkil etish;

“Rahbarning maʼnaviyati va maʼrifati” mavzusida risola tayyorlash.

Seminar-trening

Risola

yil davomida

avgust

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasi (N. Salayev)

10.

“Jamiyat taraqqiyotining asosi — maʼrifatdir” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

Ilmiy-amaliy konferensiya

2019-yil avgust

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov)

11.

Markaziy koʻchalar, magistral yoʻllarda kitobxonlik targʻibotiga oid shiorlar, hikmatli soʻzlardan iborat bannerlar, koʻrgazmali tasviriy-targʻibot vositalaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi, tarqatma materiallar, bannerlar, plakatlar

2019-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Tasviriy oyina” uyushmasi (I. Latipov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va gʻoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar

12.

“Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida:

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga koʻmaklashish;

ishtirokchilarni axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(K. Allamjonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov)

13.

Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga bagʻishlangan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan buyuk alloma” nomli xalqaro konferensiya oʻtkazish.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2019-yil noyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Roʻziyev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov)

14.

Abu-l-Muin Nasafiy hayoti va yozgan asarlari asosida maxsus toʻplam tayyorlash va chop etish.

Toʻplam

2019-yil noyabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akromov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov)

IV. Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning yoshlar tarbiyasiga eʼtiborsizligi kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar

15.

Mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Oila — muqaddas dargoh” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova), “Mahalla” jamoat fondi
(Sh. Javlonov)

16.

Yoshlar tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Avlodlar uchrashuvi” loyihasi asosida barcha taʼlim muassasalarida el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan faxriy avlod vakillari bilan tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning uchrashuvlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari

17.

Jazoni ijro etish muassasalarida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining aʼzolari ishtirokida “Taqdirni qoʻl bilan yaratur inson” mavzusida “maʼnaviyat soatlari”ni tashkil etish.

“Maʼnaviyat soatlari”

yil davomida

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva)

18.

Jamiyatda uchrayotgan turli salbiy illatlar va muammolarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida “Faol fuqaro” debat klubini tashkil etish.

Ijrochilar qoʻshma qarori

2019-yil iyul

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

V. Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari

19.

Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan oilalarga maʼnaviy tarbiyani tashkil etishda koʻmaklashish maqsadida “Yosh ota-ona kitobi”, bogʻcha tarbiyachilari uchun “Baxtli bola maʼnaviyati”, maktab oʻqituvchilari uchun “Fazilatli bola” qoʻllanmalarini tayyorlash va tarqatish.

Metodik qoʻllanma

2019-yil sentabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

“Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

Ilmiy-amaliy tadqiqot

2019-yil dekabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

21.

Boy maʼnaviy merosimiz, meʼmoriy va tarixiy yodgorliklarni keng targʻib qilish, xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tarixi, milliy urf-odatlari haqida toʻgʻri maʼlumot berish va ijobiy imijini shakllantirish maqsadida Oʻzbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qoʻllanma tayyorlash.

Uslubiy qoʻllanma

2019-yil noyabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (R. Abdullayev)

22.

Targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, jamiyatdagi jipslik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda xorijiy davlatlar, xususan Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlari tajribasini oʻrganish va risola tayyorlash.

Risola

2019-yil sentabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

VI. Yoshlarda sogʻlom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik koʻnikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar

23.

“Bu yilda oʻqish zarur boʻlgan 100 ta kitob” roʻyxatini tuzish, yil davomida ushbu asarlar mahalliy teleradiokanallarda el tanigan rahbarlar va ziyolilar tomonidan oʻqib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma targʻibot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayidov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

24.

Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda faol boʻlgan “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari oʻrtasida “Yilning eng faol maʼnaviyat targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish.

Respublika tanlovi

2019-yil avgust

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati

25.

Anʼanaviy tarzda bir yilda kamida ikki marta (1-iyun — xalqaro bolalar kuni, 2-sentabr — bilimlar kuni) “Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman” shiori ostida aksiyalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2019-yil iyun- sentabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov), hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari

26.

Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni taʼminlash maqsadida Markaz xodimlari va “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari uchun “Internet maydonidagi maʼnaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy oʻquvlar tashkil etish.

Oʻquv mashgʻulotlari

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari, “Maʼnaviyat targʻibotchisi” oʻquv markazi (N. Salayev)

VII. Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan tadbirlar

27.

Taʼlim muassasalarida talaba, oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Bilib qoʻyki, seni Vatan kutadi”, “Avlodlarga munosib voris boʻlaylik”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Maʼrifatli yoshlar — millat faxri”mavzusida harbiy faxriylar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

28.

Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish. Bunda:

Korrupsiya kelajakka tahdid insholar tanlovi;

Oʻzbekiston yoshlar nigohida rasmlar tanlovi,

Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “Oʻzbekistonlik ekanimdan faxrlanaman, Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar, tanlovlar, ijtimoiy roliklar

2019-yil iyul-oktabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Badiiy akademiya
(A. Nuritdinov)

29.

Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targʻib qilish maqsadida “Yurtim tarixini oʻrganaman” va “Yurtim boʻylab oʻn kun sayohat” loyihasini amalga oshirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2019-yil iyun-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Davlat turizm qoʻmitasi
(A. Akkulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

“Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi?” ruknida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va erta nikohning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2019-yil avgust

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

VIII. Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya anʼanalarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar oʻrtasida dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar

31.

“Biz maʼrifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida turkum chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Targʻibot tadbirlari

yil davomida

Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akromov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” jamoat fondi
(Sh. Javlonov)

32.

“Bir oilada ezgu maqsadlar sari” shiori ostida taʼlim muassasalari va mahallalarda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash borasidagi ishlar targʻibotini tashkil etish.

Targʻibot tadbirlari

yil davomida

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (R. Kurbanov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akromov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov)

33.

“12 oyga — 12 alloma” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida:

yil davomida buyuk ajdodlarimiz hayoti, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy merosi haqida risolalar tayyorlash va chop etish;

har oyda taʼlim muassasalarida maʼlum bir alloma hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan tanlovlar oʻtkazish.

Risolalar va tanlovlar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Oʻzbekistonning boy maʼnaviy merosi, meʼmoriy va tarixiy yodgorliklarini keng targʻib qilish maqsadida YUNESKO jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi obyektlar haqidagi maʼlumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib qilish. Bunda:

jamlanmaga kiritiladigan meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar roʻyxatini shakllantirish;

fotojamlanmani toʻplash va uning 3D formatini yaratish;

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining veb-sahifasi, ijtimoiy tarmoqlarga bepul koʻchirib olish imkoniyati bilan joylashtirish hamda Google maps dasturiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil iyun

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov)

IX. Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida amalga oshiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar

35.

Internet tizimida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Buyuk yurt farzandlari” telegram kanalini tashkil qilish. Bunda:

Oʻzbekiston hududida yetishib chiqqan buyuk allomalar, sarkardalar, davlat va jamoat arboblarining hayoti, ilmiy, ijodiy ishlari, davlat va jamiyat rivoji yoʻlida amalga oshirgan ibratli faoliyati haqida maʼlumotlar berib borish;

mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, sanʼat va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaxslarning hayoti va ijodi, xususan maktab davri haqidagi ibratli voqealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar, maqola, infografika, soʻrovlar

yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oʻzbekiston milliy kutubxonasi (U. Toshboyeva)

36.

Mustaqillik neʼmati, buyuk ajdodlarimiz orzu-niyatlari, istiqlol bergan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlarni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida:

“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari va barcha targʻibotchilarga moʻljallangan uslubiy qoʻllanma tayyorlash;

Mustaqillik kuniga bagʻishlangan videorolik tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot tadbirlarini oʻtkazish;

ijtimoiy tarmoqlarda “Vatanni sevmoq iymondandur” targʻibot aksiyasini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil avgust

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), tegishli vazirlik va idoralar

37.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida mahallalar, taʼlim muassasalari va tashkilotlarda:

“Konstitutsiya va qonun talablariga qatʼiy rioya qilish maʼnaviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart” mavzusida davra suhbatlarini tashkil qilish;

“Insonning maʼnaviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga ogʻishmay amal qilishida namoyon boʻladi” mavzusida respublika insholar tanlovini oʻtkazish.

Davra suhbati




Insholar tanlovi

2019-yil sentabr — dekabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2019-y., 07/19/4307/3079-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)