13.04.2019 yildagi 308-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 165-F-son farmoyishining amal qilishi kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza bergan fuqarolarga interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishda tatbiq etiladi.
5. Ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari:
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-iyundan boshlab ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari belgilangan tartibda elektron hukumatning IMUTga ulanishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019-yil 1-oktabrgacha ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari “Yagona reyestr” ATning real vaqt rejimida ularning ma’lumotlar bazasiga kirishi uchun IIPga ulanishini ta’minlasin.
8. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2019-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan axborot ayirboshlashni nazarda tutuvchi “Yagona reyestr” AT ishlab chiqilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalariga kirish tartibini belgilasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-apreldan amal qilishini to‘xtatgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar

1.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, kuzatish va yanada takomillashtirish jarayonini metodik ta’minlash bo‘yicha mas’ul ijrochilar mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspertlar kengashini tashkil etish.

Moliya vazirligining buyrug‘i

2019-yil
may

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Pensiya jamg‘armasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

2.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish jarayonini texnik ta’minlash va kuzatish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘i

2019-yil
may

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha), manfaatdor vazirliklar va idoralar.

II. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish

4.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatish bo‘yicha ishlar (xizmatlar) qiymatini, shu jumladan, budjetdan tash�ari Pensiya jamg‘armasi xodimlarini o‘qitishga va Sirdaryo viloyatida tajriba loyihani tashkil etish doirasida uning samarali ishlashini ta’minlash uchun moddiy-texnik jihozlash xarajatlari qiymatini aniqlash.

Budjetni tasdiqlash hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash

2019-yil
may

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

5.

Soliq organlari va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalarini taqqoslash yo‘li bilan, shu jumladan, mobil ilova ishlab chiqilishini hisobga olgan holda oilalarning ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va olishga bo‘lgan muhtojligini real vaqt rejimida baholashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni tayyorlash.

Texnik vazifalarni tasdiqlash

2019-yil iyun

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini ri�ojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlari.

6.

Davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

7.

Davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa davlat organlari.

8.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kompyuter va boshqa texnikani, inventar va boshqa tovarlarni sotib olish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

9.

Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba loyihasini joriy etish va amalga oshirish hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘linmalari va boshqa vazirliklar va idoralarning xodimlarini — ushbu axborot tizimidan foydalanuvchilarni o‘qitish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

10.

Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba sifatida joriy etilishi natijalarini tahlil qilish.

Tahliliy
material

2020-yil
I choragi

Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

11.

Sirdaryo viloyatidagi tajriba loyihasini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublikaning butun hududida joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qaror loyihasi

2020-yil oktyabr

Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

III. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini kuzatib borish chora-tadbirlari

12.

Yangi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining mohiyati va vazifalari to‘g‘risida axborot materiallari tayyorlash, ularni barcha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholiga, ayniqsa borish qiyin bo‘lgan va chekka aholi punktlarida yashovchi aholiga yetkazish.

Tashkiliy
tadbirlar

2020-yil

Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy a�entligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

13.

Aholiga ko‘rsatiladigan davlat ijtimoiy xizmatlarining barcha turlarini xatlovdan o‘tkazish va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga joriy etish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar davlat klassifikatorini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga analitik ma’lumotlar va takliflar

2020-yil aprel

Pensiya jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)