01.02.2019 yildagi PQ-4145-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-22-yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi Oʻzbekiston-Germaniya tarixida doʻstlik va sheriklik munosabatlarining yangi sahifasini ochdi, ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish hamda oʻzaro anglashuvni chuqurlashtirishga kuchli turtki berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq, doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, Bundestagdagi, Bavariya hukumatidagi va ishbilarmon doiralar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar tomonlarning Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan ikki tomonlama intilishlarining kuchayganligini yana bir bor tasdiqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, innovatsion, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va qoʻshma qarorlar qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, innovatsion, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni toʻliq hajmda amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, shuningdek xavfsizlik sohasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2019-2020-yillarga moʻljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi davomida imzolangan investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini monitoring hamda nazorat qilishni taʼminlash mexanizmi 4-ilovaga muvofiq* tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur qarorning 3-ilovasiga* kiritilgan investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-son Farmoni bilan tashkil etilgan Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlash masalalari boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imzolangan hujjatlarning soʻzsiz va sifatli bajarilishi, shu jumladan Germaniya Federativ Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlar hamda alohida hujjatlarning kuchga kirishi boʻyicha mamlakat ichki tartib-taomillarini oʻz vaqtida amalga oshirish ustidan doimiy va tizimli monitoring hamda nazoratni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning soʻzsiz ijro etilishi boʻyicha masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan koʻrilayotgan amaliy choralar toʻgʻrisida hisobotlarni har oyda eshitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, innovatsion, harbiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek ushbu masalalar boʻyicha nemis tomoni, avvalo Investitsiya va texnologiyalar boʻyicha Oʻzbekiston-Germaniya qoʻmitasi doirasida muntazam va samarali hamkorlikni tashkil qilishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalangan holda tarmoq jadvallarini va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot oyidan keyingi oyning 3 sanasiga qadar tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni tegishlicha Tashqi ishlar vazirligiga — 1 va 2-ilovalarga* muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga — 3-ilovaga* muvofiq taqdim etishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobot oyidan keyingi oyning 7 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalarining ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga mazkur qaror hamda tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari ijrosining tanqidiy tahlilini taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4145-son